Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/10 13:17 Mayns 2-0 Ayntraxt Braunshveyg
20/10 13:17 Hannover-96 1-4 Hoffenhaym
20/10 13:17 Bayer 2-1 Augsburg
20/10 13:17 Shalke 1-3 Borussiya D
20/10 13:17 Bavariya 3-2 Gerta
20/10 13:20 Volfsburg 3-0 Verder

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Ispaniya La ligasi

35-tur, 23 aprel, soat 23:30. Bosh hakam: Klos Gomes

BARSELONA

Lionel Messi (12)
Luis Suares (63, 74-penalti, 77-penalti, 88)
Neymar (86-penalti)

6 : 0

SPORTING XIXON

JAMOALAR TARKIBI
13.Klaudio Bravo (D)
18.Xordi Alba
03.Jerar Pike
08.Andres Inyesta
20.Serxi Roberto
04.Ivan Rakitich
05.Serxio Buskets
14.Xavyer Maskerano
09.Luis Suares
10.Lionel Messi
11.Neymar
  01.Ivan Kuelyar (D)
21.Ognen Vranyesh
03.Aleks Menendes
09.Migel Guerrero
02.Luis Ernandez
04.Igor Lixnovski
18.Ismael Lopez
24.Rashid
25.Alen Xalilovich
17.Omar Maskarell
22.Pablo Peres
ZAHIRA
01.Mark-Andre ter Shtegen (D)
06.Dani Alves
15.Mark Bartra
21.Adriano
12.Rafinya
07.Arda Turon
17.Munir el-Haddodiy
  26.Dennis (D)
15.Roberto Kanelya
06.Serxio Alvares
11.Alberto Lora
19.Karlos Karmona
16.Karlos Kastro
20.Antonio Sanabria

Matn

90+2'
O‘yin yakunlandi. "Barselona" - "Sporting" - 6:0. Luis Suares ketma-ket ikkinchi o‘yinda "poker"ni rasmiylashtirmoqda. U La ligadagi gollari sonini 34taga yetkazib oldi va to‘purarlar bahsida Ronaldudan 3ta to‘pga o‘tib ketdi. "Barselona" esa 1-o‘ringa qaytdi
90'
Ikkinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shildi
88'
GOOOOOL! Luis Suares, 6:0! Messining uzatmasidan keyin urugvaylik futbolchi zarba berdi. To‘p ustunga tegib, to‘rga borib tushdi
87'
Xalilovich sariq kartochka oldi
86'
GOOL! Neymar, 5:0! Markaz bo‘ylab yo‘naltirilgan to‘p Kuelyarning oyog‘iga tegib, to‘rga borib tushdi
85'
Ognen Vranyesh to‘pga sakrayotgan Neymarning yelkasidan bosgani uchun ikkinchi sariq kartochkani oldi
85'
PENALTI! Mehmonlar darvozasiga...
81'
Suares ofsaydda qoldi
77'
GOOOL! Luis Suares, 4:0! Urugvaylik futbolchi bu safar markaz bo‘ylab zarba berdi. La ligadagi 33-gol!
76'
PENALTI! Yana "Sporting" darvozasiga. Neymar himoyachidan o‘tib ketmoqchi bo‘ldi, to‘qnashuvda braziliyalik hujumchi yiqildi
75'
"Barselona"da so‘nggi o‘zgarish: Rakitich o‘rniga Arda Turon tushdi
74'
GOOOOOOL! Luis Suares, 3:0! Darvozabonga hech qanday imkoniyat qoldirmadi
73'
PENALTI! "Sporting" darvozasiga!
72'
Vuuuuh! Neymar Messidan uzatma qabul qildi va ikki himoyachi orasida uzatma berib, Leoni to‘p bilan ta’minladi. Argentinalik hujumchi to‘pni ikki marta tizzasi bilan qayta ishladi va zarba berdi. Himoyachi darvozaga kirayotgan to‘pni qaytarib qoldi
71'
Luis Ernandes ogohlantirildi
70'
Alves yetkazgan uzatmaga Neymar bosh bilan zarba berdi. Kuelyar to‘pni egalladi
69'
Alves o‘ng qanotdan uzatma berdi. Himoyachi to‘pni qaytardi. Rakitichning zarbasi kuchli, ammo biroz noaniq
66'
"Barsa"da o‘zgarish: Jerar Pike o‘rniga Mark Bartra tushdi
63'
GOOOOOOOL! Luis Suares, 2:0! Messi-Inyesta-Suares kombinasiyasidan keyin Luis darvozaning bo‘sh qolgan qismini ishg‘ol qildi!
63'
"Sporting"da o‘zgarish: Pablo Peres o‘rniga Antonio Sanabriya tushdi
62'
Messining zarbasi ancha yuqoriga qarab ketdi...
61'
Alvesga nisbatan fol ishlatildi
60'
Inyesta chap tomondan jarima maydonchasiga kirdi va Suares tomon uzatma berdi. Luis to‘pga yeta olmadi
59'
Vuuuuuh! Messining uzatmasidan keyin Neymar yana yakkama-yakka vaziyatga chiqdi. Uning zarbasini Kuelyar qaytardi!
58'
Vuuh! Alves o‘ng qanotdan uzatma berdi. Darvozabon olshdinga chiqib, to‘pni qaytara olmadi. Suares ham, Neymar ham to‘pni darvozaga bura olishmadi
56'
Vuuuuh! Messi jarima maydonchasiga kirdi va ikki himoyachini chalg‘itib chap oyoqda zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi...
54'
Alba maydon markazida to‘pni egallab, o‘ta xavfli qarshi hujumga asos soldi. Messi Neymardan kelgan uzatmani jarima maydonchasi ichida bo‘sh turgan Suaresga muvaffaqiyatli o‘tkaza olmadi. Urugvaylik hujumchining zarbasi noaniq bo‘ldi
51'
Vuh! Messi ikki himoyachi orasidan o‘tdi va 20 metrlardan chap oyoqda zarba berdi. To‘p olis ustun yoniadn o‘tib ketdi
49'
Messi darvozani ishg‘ol qildi, ammo biroz avval Suares havodagi to‘p uchun kurashda davrozabonga nisbatan fol ishlatgandi
46'
Alves o‘ng qanotdan uzatma berdi. To‘p Suaresgacha yetib kelmadi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
46'
"Barselona"da o‘zgarish: Serji Roberto o‘rniga Dani Alves tushdi
45'
Hakam birinchi bo‘limga vaqt qo‘shmadi, tanaffus.
45'
Vuuuuuuuuh! Hozir omad tufayli to‘p "Barselona" darvozasiga kirmay qoldi! Darvoza tomon ikkita zarba berildi. Dastlab Maskerano, keyin Pike chiziq oldida to‘pni qaytarishdi
43'
Ehhhh, Neymar! Qarshi hujumdi Messining uzatmasidan keyin braziliyalik hujumchi yakkama-yakka vaziyatga chiqdi. Darvozabonni aldab, zarba berdi. To‘pni himoyachi qaytardi!
40'
Vuuuuuuh! Messining uzatmasidan keyin Neymar jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qildi va 4 himoyachini chalg‘itib, Suaresga tovon bilan pas berdi. Luis zarbasi yo‘liga himoyachi tashlandi. Burchak to‘pi
38'
Mezbonlar qisqa paslar orqali jarima maydonchasiga kirishini himoyachilar qaytarishdi, Inyestaning zarbasi noaniq bo‘ldi
37'
"Barsa" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Messi yetkazgan uzatmani darvozabon egalladi
36'
"Sporting" xavfli hujum tashkil qildi. Jarima maydonchasiga yetkazilgan uzatmani Menendes darvozabon maydonchasi yaqinida darvozaga burishga urindi, ammo buning uddasidan chiqa olmadi
33'
"Barsa" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Kuelyar musht bilan to‘pni urib yubordi
31'
Xixonliklar o‘yin sur’atini tenglashtirishdi, ammo hozircha xavfli vaziyatlar yo‘q
27'
Vuuuh! Chap qanotdan yetkazilgan uzatma natijasida to‘p jarima maydonchasi chizig‘i ustida turgan Robertoga kelib tushdi. Serjining chap oyoqda yo‘llagan zarbasi noaniq bo‘ldi
26'
Ognen Vranyesh ogohlantirish oldi
21'
Xalilovich burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Taxlikali vaziyat yuzaga keldi. Pike to‘pni yon tomonga tepib yubordi
21'
Mezbonlarning hujumlarini himoyachilar bartaraf etishmoqda
16'
Vuuuuuh! Inyesta yuqoridan bergan uzatmani Suares bosh bilan orqaroqdagi Messiga qoldirdi. Leo to‘pni qayta ishladi va chap oyoqda zarba berdi. Kuelyar zarbani qaytardi
15'
Alba chap qanotdan jarima maydonchasiga uzatma berdi. To‘pni himoyachi egallab oldi
12'
GOOOOL! Lionel Messi, 1:0! Rakitich yuqoridan uzatma berdi va darvozabon to‘pni urib yubordi. Messi bosh bilan bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol qildi
11'
Vuuuuuh! "Sporting" ajoyib imkoniyatdan foydalana olmadi! Mehmonlar maydon markazida to‘pni olib qo‘yishdi. Gerrera o‘ng tomondan jarima maydonchasiga kirdi va Menendesga uzatma berdi. Aleksning 10 metrdan bergan zarbasini Bravo egallab oldi
10'
Rakitich jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. Tzp himoyachiga tegdi
7'
Mehmonlar chap qanotdan jarima to‘pini o‘yinga kiritishdi. Kataloniyaliklar to‘pni qaytarishdi
5'
Messining uzatmasidan keyin Neymar birga bir vaziyatga qochib ketishi mumkin edi, himoyachi to‘pni qaytardi. Qaytarilgan to‘pni mezbonlar egallashdi va hujumning ikkinchi to‘lqinini tashkil etishdi. Suaresning uzatmasini Messi darvozabon maydonchasi oldida egallay olmadi
3'
Vuuh! Serji Roberto o‘ng qanotdan uzatma berdi. Messi darvozabon maydonchasi ichida bosh bilan zarba berdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi
1'
Messi jarima maydonchasi ichida ochilishga urinayotgan Suares tomon uzatma berdi. To‘p maydonni tark etdi
1'
O‘yin boshlandi!
'
"Barsa" ko‘k-anorrang, "Sporting" sariq rangli formada o‘ynaydi
'
Diqqat! Jamoalar "Barselona" madhiyasi sadolari ostida "Kamp Nou" stadioniga chiqib kelishdi
'
Ispaniya La ligasi oqshomi davom etadi. "Barseloan" o‘z maydonida Xixonning "Sporting" klubini qabul qilmoqda
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.