Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Angliya Premyer-ligasi

35-tur, 24 aprel, soat 18:05

SANDERLEND

0 : 0

ARSENAL

JAMOALAR TARKIBI
25.Vito Mannone (D)
27.Yan Kirxoff
03.Patrik van Anxolt
23.Lamin Kone
15.Yunes Kabul
24.DeAndre Yedlin
21.Yann Mvila
06.Li Kattermol
22.Vaxbi Xazri
09.Fabio Borini
18.Jermeyn Defo
  33.Petr Chex (D)
04.Per Mertezaker
06.Loran Koselni
18.Nacho Monreal
24.Ektor Bellerin
16.Aaron Remzi
11.Mesut O‘zil
35.Muhammad el-Nenni
12.Olivye Jiru
17.Aleksis Sanches
45.Aleks Ivobi
ZAHIRA
13.Jordan Pikford (D)
16.Jon O Shi
02.Billi Djons
41.Dunkan Uotmor
07.Sebastyan Larsson
08.Jek Roduell
10.Dame N'Doye
  13.David Ospina (D)
05.Gabriel Paulista
34.Fransis Koklen
10.Jek Uilshir
23.Denni Uelbek
28.Xoel Kembell
14.Teo Uolkott

Matn

90+4'
O‘yin yakunlandi. Hisob ochilmadi. "Arsenal" muhim 2 ochkodan mahg‘rum bo‘lib, 4-o‘ringa tushdi, "Sanderlend" esa muhim 1 ochkoga ega bo‘ldi va APLda qolish uchun kurashni davom ettiradi
90+3'
Xazri sariq kartochka oldi
90+2'
Kosyelni sariq kartochka oldi
90+1'
Vuh! Burchak to‘pidan keyin Kone chalqancha uslubda zarba berdi. noaniq
90'
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shildi
90'
Mezbonlar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Jarima maydonchasi tashqarisidan berilgan zarba himoyachiga tegib qaytdi
87'
Vuuuh! Sanches! 18 metrdan zarba berishga muvaffaq bo‘ldi. Mannone to‘pni yon tomonga qaytardi
86'
Uolkott o‘ng qanotdan uzatma berdi. To‘pni darvozaga buradigan futbolchi topilmadi
84'
"Arsenal"da o‘zgarish: Mesut O‘zil o‘rniga Jek Uilshir tushdi
82'
Vuuuh! Uelbek! U jarima maydonchasi chizig‘i ustida kuchli zarba berishga muvaffaq bo‘ldi. To‘p aynan darvozabonning qo‘liga borib tushdi
79'
Olis masofadan yetkazilgan uzatmani qaytarish uchun "Sanderlend" darvozaboni jarima maydonchasini tashlab chiqdi va bosh bilan to‘pni qaytardi. To‘p shu joyda turgan Uelbekka kelib tushdi. Himoyachi uni itarib yiqitdi, ammo hakam fol qayd etmadi. Bu sariq kartochkali qoidabuzarlik edi
77'
"Sanderlend"da o‘zgarish: Xazri o‘rniga Sebastyan Larsson
76'
Vuuuuh! O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmaga Sanches raqib jarima maydonchasi ichida oyoq uzatdi, ammo biroz yeta olmadi
74'
"Sanderlend"da o‘zgarish: Fabio Borini o‘rniga Dunkan Uotmor tushdi
71'
Venger birdaniga ikkita o‘zgarish qildi. Ivobi va Jiru maydonni tark etdi. Uolkott va Uelbek o‘yinni davom ettiradi
70'
"Arsenal"ning burchakdan yetkazayotgan uzatmalari xavfli bo‘lmayapti bugun
63'
Vuuuh! Defo Mertezakerdan qochib ketdi va to‘pni Chexning ustidan oshirdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi...
60'
"Arsenal" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Jarima maydonchasi tashqarisiga chiqqan uzatmaga Remzi noaniq zarba berdi
58'
Borini sariq kartochka oldi
57'
Ehhh, jarima maydonchasi ichida yana shunday uzatmalar... ammo zarba yo‘q
56'
Vuuuuh! Venger shogirdlari raqib jarima maydonchasi ichida to‘pni uyoqdan buyoqqa oshirib, bir narsalar qilib tashlashdi, ammo aniq zarba ko‘rmadik
53'
Burchak to‘pi xavfli bo‘lmadi
52'
Xazri 22 metrlardan zarba yo‘lladi. Chex to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
50'
Vuuuuuh! Chex ikki marta xavfli zarbani qaytardi. Maydon markazidan yetkazilgan uzatma natijasida Defo jarima maydonchasiga kira solib zarba berdi. Chex to‘pni qaytardi. Takroriy zarbani ham Petr bartaraf etdi
49'
Ektor Bellerin ogohlantirish oldi
46'
"Arsenal" qisqa paslar orqali raqib jarima maydonchasiga kirib keldi. O‘zilning uzatmasidan so‘ng Jiru ofsaydda deb topildi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
45+2'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha o‘yinda hisob ochilmagan. Tanaffus
45'
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shildi
43'
Ivobi chap qanotdan 11 metrli nuqta ustida sakrayotgan Jiruga uzatma berdi. Olivye to‘pga yeta olmadi
41'
Vuuuuh! Jarima maydonchasiga yetkazilgan uzatmani Jiru biroz orqaroqda turgan Ivobiga qoldirdi. Aleksning zarbasi bir himoyachining qo‘liga tegib, ikkinchi himoyachining oyog‘idan qaytdi. Bu vaziyatda ham penalti yo‘q
37'
Vuuuuuh! "Sanderlend"da yaxshi vaziyat! Borini jarima maydonchasiga uzatma berdi. Bellerin bosh bilan to‘pni qaytardi. Qaytgan to‘pni Defo 11 metrli nuqta ustida darvoza tomon tepdi. To‘p undan atigi 1 metr masofada turgan Mertezakerning qo‘liga tegdi. Penalti yo‘q deya ishora qildi Mayk Din
35'
Burchak to‘pi yanada xavfli bo‘ldi. Bosh bilan berilgan zarba qaytarildi, yaqin masofadan berilgan zarbani himoyachilar qaytarishdi
34'
Vuuuuuh! Aleksis Sanches darvoza burchagi tomon zarba berdi. Darvozabon to‘pni yon tomonga urib yubordi. Jiru o‘tkir burchak ostida darvoza tomon zarba berdi. To‘p himoyachidan maydonni tark etdi
33'
Hakam "Sanderlend" darvozasi tomon jarima zarbasi belgiladi. Darvozagacha 24 metr
31'
O‘zil jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. To‘p himoyachinging oyog‘iga tegibE, o‘z yo‘nalishini o‘zgartirdi. Shunga qaramay, Mannone to‘pni egalladi
30'
Mehmonlar to‘pni nazorat qilib, raqib jarima maydonchasiga qisqa paslar orqali yorib kirishga urinmoqda. "Sanderlend" ishonchli himoyalanmoqda
27'
"Arsenal" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Darvoza tomon zarba berilmadi
24'
Monreal chap qanotdan darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Jiru to‘pni darvoza tomon aniq bura olmadi
22'
Vuuuuh! "Sanderlend" darvozagacha 25 metrlardan jarima zarbasini tepish huquqini qo‘lga kiritdi. Patrik van Anxolt yo‘llagan zarba natijasida to‘p ustun va to‘sin kesishgan joyga tegib, maydonni tark etdi
20'
Ivobi jarima maydonchasi burchagidan zarba yo‘lladi. Mannone to‘pni egalladi
18'
Jarima maydonchasiga uzatma berildi. Jiru ofsaydda qoldi
15'
Burchak to‘pini "kanonirlar" qaytarishdi. Kattermol jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. Bu safar ham burchak to‘pi edi, ammo hakam rekoshetni sezmay qoldi
14'
"Arsenal" himoyachilarining maydon markazidagi xatosidan keyin Xazri to‘pni egallab olib, mehmonlar jarima maydonchasiga yaqinlashib keldi va zarba berdi. To‘p himoyachidan maydonni tark etdi
10'
Burachkdan yetkazilgan uzatmaga Mertezaker bosh bilan zarba berdi. To‘p to‘ppa-to‘g‘ri Mannonega bordi
9'
Xavfli vaziyat! Jiru "Sanderlend" darvozabon maydonchasining o‘ng tomonida to‘pni qabul qildi va o‘tkir burchak ostida zarba berdi. To‘p himoyachining oyog‘iga tegib, darvozabonning ustidan oshayotgandi, Mannone to‘pni qaytardi.
5'
Mezbonlar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Xavfli vaziyat yuzaga kelmai
4'
Vuuh! Ivobi jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi
1'
"Sanderlend" va "Arsenal" jamoalari o‘rtasidagi APLning 35-tur bahsiga start berildi!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.