| 20/10 13:17 | Mayns | 2-0 | Ayntraxt Braunshveyg | ||
| 20/10 13:17 | Hannover-96 | 1-4 | Hoffenhaym | ||
| 20/10 13:17 | Bayer | 2-1 | Augsburg | ||
| 20/10 13:17 | Shalke | 1-3 | Borussiya D | ||
| 20/10 13:17 | Bavariya | 3-2 | Gerta | ||
| 20/10 13:20 | Volfsburg | 3-0 | Verder |
Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Evropa chempionlar ligasi
| Yarim final, 26 aprel, soat 23:45. Bosh hakam: Junayt Chaqir (Turkiya) | ||
MANCHESTER SITI |
0 : 0 |
REAL MADRID |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
01.Jo Xart (D) 04.Vensan Kompani 30.Nikolas Otamendi 22.Gael Klishi 03.Bakari Sanya 06.Fernando 15.Xesus Navas 21.David Silva 17.Kevin de Bryuyn 25.Fernandinyo 10.Serxio Aguero |
01.Keylor Navas (D) 03.Pepe 04.Serxio Ramos 12.Marselo 15.Daniel Karvaxal 14.Kazemiro 19.Luka Modrich 11.Garet Beyl 08.Toni Kroos 18.Lukas Vaskes 09.Karim Benzema |
|
| ZAHIRA | ||
|
13.Vilfredo Kabalyero (D) 20.Elyakim Mangalya 05.Pablo Sabaleta 11.Aleksandr Kolarov 18.Fabian Delf 07.Rahim Sterling 72.Kelechi Ixeanacho |
13.Kiko Kasilya (D) 02.Rafayel Varan 10.Xames Rodriges 22.Isko 23.Danilo 16.Mateo Kovachich 20.Xese |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
David Silva (37)
|
Pepe (24)
|
|
Matn
| ' | ![]() |
"MANCHESTER SITI" - "REAL MADRID" - 0:0. Barcha masala javob o‘yiniga qoldi. Hozircha hech narsa aniq emas |
| 90+4' | ![]() |
Burchak to‘pi o‘yinga kiritildi. To‘p qaytarildi. Chaqirning hushtagi yangradi. |
| 90+3' | ![]() |
De Bryuynening jarimadan zarbasini Navas darvozadan yuqoriga ko‘tarib yubordi. Burchak to‘pi |
| 90+2' | ![]() |
Kevin de Bryuyne chap qanotdan Karvaxaldan o‘tib ketib, jarima maydonchasi kirishga yaqin qolgandi. Himoyachi uni tortib yiqitdi. s ariq! |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shildi |
| 90' | ![]() |
VUUUUH! Agueroning uzatmasidan keyin Sterling birga bir vaziyatga chiqib borayotgandi, Pepe undan to‘pni olib qo‘ydi! |
| 90' | ![]() |
"Real"da o‘zgarish: Toni Kroos o‘rniga Isko tushdi |
| 89' | ![]() |
De Bryuyne jarima maydonchasiga kirayotgan Sterling tomon uzatma berdi. Uzatma biroz noaniq va to‘pni Keylor egalladi |
| 87' | O‘yin maydon markaziga qo‘chdi | |
| 82' | ![]() |
VUUUUUUH! VUUUUUH! Qanday qilib? Qandaayyyyy? Burchakdan yetkazilgan uzatmadan keyin to‘pi darvozabon maydonchasi ichida turgan Pepega kelib tushdi. Uning 2-3 metrdan yo‘llagan zarbasini Xart qaytardi! Fantastika!!! |
| 82' | ![]() |
Beylning zarbasidan keyin to‘p Kompanii boshiga tegib, maydonni tark etdi. Burchak to‘pi |
| 81' | ![]() |
Chaqir "Siti" jarima maydonchasi chizig‘i oldida jarima zarbasi belgiladi. Fernando Marseloni chaldi |
| 79' | ![]() |
VUUUUUH! "Real" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Kazemiro bosh bilan zarba berdi. Jo Xart oyog‘i bilan zarbani qaytardi!!! |
| 77' | ![]() |
"Siti"da o‘zgarish: Xesus Navas o‘rniga Rahim Sterling tushdi |
| 76' | ![]() |
Xese jarima maydonchasiga kirib kelgan Vaskesga uzatma berdi. Lukas Otamendi bilan to‘qnashuvda yiqildi. Qoidabuzarlik qayd etilmadi |
| 75' | ![]() |
Vuuuuh! Kroosdan to‘pni qabul qilgan Beyl jarima maydonchasining o‘ng burchagiga kirdi va chao oyoqda zarba berdi. To‘p ustundan yarim metr masofadan o‘tib ketdi |
| 72' | ![]() |
VUUUUUUH! O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmaga Xese 11 metrli nuqta yaqinida bosh bilan zarba berdi. To‘p yo‘nalishi "parashyut" hosil qildi va darvoza to‘siniga tegib, yuqoridan to‘rga tushdi. Xart to‘pga sakradi, ammo uning qo‘li to‘pga tegmadi |
| 71' | ![]() |
Qarshi hujumda De Bryuyne chap qanotdan turib jarima maydonchasiga kirayotgan Agueroga uzatma berdi. To‘pni Modrich qaytardi. Mezbonlar hakamga Luka to‘pni qo‘li bilan qaytarganini tushuntirishga urinishdi. Hech narsa yo‘q |
| 69' | ![]() |
Vuuuh! De Bryuyne burchak to‘pini Navasga yetkazdi va qayta qabul qilib, o‘ng qanotdan darvozabon maydonchasiga yerlatib uzatma berdi. Keylor Navas to‘pni egalladi |
| 68' | ![]() |
Navas o‘ng qanotdan uzatma berayotganida, to‘p Marseloning oyog‘idan maydonni tark etdi. Burchak to‘pi |
| 66' | ![]() |
Kroos 23-24 metrlardan zarba berdi. Zarba unchalik kuchli emas, boz ustiga, to‘p ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 64' | ![]() |
"Siti" hujumga o‘tayotganida, Xesus Navas jarima maydonchasining o‘ng tomonida Kazemiroga nisbatan fol ishlatdi |
| 61' | ![]() |
Kevin de Bryuyne qarshi hujumda oldinga o‘tayotganida Vaskes bilan to‘qnashuvda yiqildi. Turkiyalik hakam o‘yinni to‘xtatmadi |
| 60' | ![]() |
Marselo olis masofadan zarba berdi. To‘p himoyachiga tegib qaytdi |
| 59' | ![]() |
Kevin yana burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Mehmonlar hujumga o‘tishayotganida Fernando to‘pni egalladi va o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirayotgan Agueroga uzatma berdi. Argentinalik futbolchi Karvaxalni aldab o‘tayotganida Chaqir hushtak chaldi. Fol |
| 58' | ![]() |
"Qirollik klubi" to‘pni nazorat qilib, hujum haqida ko‘proq o‘ylamoqda |
| 55' | ![]() |
De Bryuyne burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Kompani to‘pga sakradi, tayinli zarba bera olmadi. Boz ustiga Kazemiroga nisbatan o‘yin qoidasini buzdi |
| 54' | ![]() |
Vuuuuuh! Burchakdan yetkazilgan uzatmaga Ramos bosh bilan zarba berdi. Jo Xart to‘pni egalladi |
| 54' | ![]() |
Menhmonlar chap qanotdan to‘pni o‘yinga kiritishdi. "Shaharliklar" to‘pni maydon tashqarisiga chiqarish orqali xavfni bartaraf etishdi |
| 52' | ![]() |
"Real"ning hujumi. Modrich chap qanotdan hujumga qo‘shilgan Marseloga yaxshi uzatma berdi. Braziliyalik himoyachi to‘pni jarima maydonchasiga yetkazdi. Kompani to‘pni qaytardi. Xese biroz kech qoldi |
| 51' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan uzatmani mezbon himoyachilari qaytarishdi. Kroosga uzatma berildi, nemis futbolchisi ofsaydda qoldi |
| 50' | ![]() |
Xese o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirgan Karvaxalga uzatma berdi. Himoyachi burchak to‘pi ishladi |
| 47' | ![]() |
Vuh! Beyl o‘ng tomondan "Siti" jarima maydonchasiga kirdi va Otamendi bilan to‘qnashuvda yiqildi. Chaqir penalti yo‘qligiga ishora qildi |
| 46' | ![]() |
Vuuuuh! Farnandinyo maydon markazida to‘pni raqibdan olib qo‘ydi va darhol Aguero tomon yetkazdi. Serxio jarima maydonchasi tashqarisidan chap oyoqda zarba berdi. To‘p to‘sin ustidan o‘tib ketdi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| 46' | ![]() |
"Real"da o‘zgarish: Karim Benzema o‘rniga Xese tushdi |
| ' | ![]() |
Birinchi bo‘lim statistikasi: To‘p nazorati: 52% - 48%, Zarbalar: 2-3, aniq zarbalar: 0-1, burchak to‘plari: 0-2, ofsaydlar: 1-1, follar: 10-6. |
| 45+2' | ![]() |
Qo‘shimcha daqiqalarda "Real" hujum qilishga harakat qildi. Ammo xavfli vaziyat yaratilmadi. Tanaffus. Birinchi bo‘limdan so‘ng hisob ochilmadi |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shildi |
| 45' | ![]() |
O‘ng tomondan oldinga o‘tgan Pepega Ramos uzatma berdi. Pepe jarima maydonchasi yerlatib uzatma berdi. Benzemaning zarbasi ancha noaniq bo‘ldi |
| 45' | ![]() |
Toni Kroos burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. De Bryuyne to‘pni bosh bilan qaytardi |
| 41' | ![]() |
Beyl ofsaydda qoldi |
| 40' | ![]() |
David Silva o‘rniga Kelechi Ixeanacho tushdi |
| 39' | ![]() |
David Silvani jarohati bezovta qilib qoldi. U maydonni tark etmoqda. Dastlabki majburiy o‘zgarish bo‘ladi |
| 37' | ![]() |
David Silvaga ogohlantirish berildi. Beylni ortdan tepib yiqitgani uchun |
| 36' | ![]() |
De Bryuyne chap qanotdan yerlatib uzatma berdi. Ramos to‘pni egalladi |
| 34' | ![]() |
Beyl olis masofadan zarba yo‘lladi. To‘p Fernandinyoning oyog‘idan yuqori ko‘tarildi va uni Jo Xart egallab oldi |
| 32' | ![]() |
Ustunlik mezbonlar tomoniga o‘tayotgandek |
| 31' | ![]() |
Bakari Sanya hujumda Ramosga nisbatan qoida buzdi |
| 29' | ![]() |
Vuh! "Siti"ning hujumi. Aguero tomon yetkazilgan uzatmani Pepe bosh bilan qaytardi. Qaytgan to‘pga de Bryuyne jarima maydonchasi chizig‘i ustida zarba yo‘lladi. Karvaxal zarba yo‘liga g‘ov bo‘ldi |
| 27' | ![]() |
"Real" darvozasi oldida taxlikali vaziyat yuzaga keldi. Jarimadan uzatmani Pepe qaytardi. Keyingi hujum chap qanotdagi David Silva orqali amalga oshirildi. Otamendi bosh bilan zarba berdi. Noaniq |
| 26' | ![]() |
Jarima maydonchasi burchagiga yaqin joyda Ramos Fernandinyoga nisbatan qo‘pol o‘ynadi. |
| 25' | ![]() |
de Bryuyne jarima maydonchasining o‘ng tomonidan jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Hujumda fol ishlatildi va o‘yin to‘xtatildi |
| 24' | ![]() |
Pepe ogohlantirildi. Qarshi hujumda de Bryuyne undan o‘tib ketayotgandi, kartochka evaziga xavfni bartaraf etishga majbur edi |
| 23' | ![]() |
"Siti"ning hujumi. Jarima maydonchasiga kirgan Agueroga uzatma berildi. Ramos undan to‘pni olib qo‘ydi |
| 21' | ![]() |
Olis masofadan yetkazilgan uzatmaga Beyl yugurdi va himoyachidan o‘tib ketib, jarima maydonchasiga uzatma berdi. Kompani to‘pni qaytardi |
| 20' | ![]() |
Modrichning pasidan keyin Vaskes raqib jarima maydonchasiga kirib, uzatma berayotganida, to‘p himoyachidan so‘ng o‘ziga tegib, maydonni tark etdi |
| 20' | ![]() |
Yopiq o‘yin, kutilganidek |
| 17' | ![]() |
Qarshi hujumda de Bryuyne maydon markazida Pepedan o‘tib ketdi, ammo Kazemiro podkat orqali to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 13' | ![]() |
Beyl o‘ng burchak oldidan jarima maydonchasiga uzatma berdi. Benzema biroz noqulay holatdan zarba berishga urindi. To‘p uning oyog‘iga yaxshi tegmay qoldi |
| 11' | ![]() |
Navas o‘ng qanotdan "Real" jarima maydonchasiga uzatma berishni qoyillatmadi |
| 10' | ![]() |
Kazemiro maydon markazida Fernandinyoga nisbatan qo‘pol o‘ynadi. Chaqir uni og‘zaki ravishda tartibga chaqirib qo‘ydi |
| 9' | ![]() |
"Siti" himoyada yotmoqchi emas. Xesus Navas o‘ng qanotdan darvoza yaqiniga uzatma berdi. To‘pni darvozaga buradigan futbolchi topilmadi |
| 6' | ![]() |
"Shaharliklar"ning dastlabki hujumi. Jarima maydonchasiga kirayotgan Agueroga uzatma berildi. Ramos to‘pni maydon tashqarisiga tepib yubordi |
| 4' | ![]() |
Otamendi maydon markaziga yaqin joyda Benzemaga nisbatan fol ishlatdi |
| 4' | ![]() |
"Real" birinchi raqam ostida o‘ynashga harakat qilmoqda. Zidan jamoasi boshqacha o‘ynashga o‘rganmagan |
| 2' | ![]() |
"Real" burchak to‘pi ishladi. Kross to‘pni o‘yinga kiritdi. Mezbonlar to‘pni qaytarishdi |
| 1' | ![]() |
O‘YIN BOSHLANDI! To‘pni mezbonlar o‘yinga kiritishdi |
| ' | Kompani, Ramos va Chaqir mini-qur’a o‘tkazib, to‘pni kim o‘yinga kiritishiga oydinlik kiritishdi | |
| ' | ![]() |
"Real" bugun to‘q ko‘k rangli foydada harakat qiladi. "Siti" esa o‘zining uy formasi — och ko‘k rangli futbolkada o‘ynaydi |
| ' | ![]() |
Barchamizga yoqimli bo‘lib qolgan Yevropa chempionlar ligasi madhiyasi yangramoqda! |
| ' | ![]() |
Kutib oling, "Manchester Siti" va "Real" jamoalari maydonga chiqib kelishmoqda! |
| ' | Stadionni to‘ldirib o‘tirgan muxlislar kuylashmoqda, bayrochalar orqali ajoyib moziakani yuzaga keltirishgan. Go‘zal manzara, fantastik muhit! | |
| ' | Manchester shahridagi "Etihad" stedium muxlislar bilan to‘lgan. Kameralarning diqqat markazida Ronaldu! U zaxira o‘rindig‘ining bir chetida o‘tiribdi. Qulog‘ida naushnik | |
| ' | ![]() |
Biroz statistika. Har ikkala jamoa YECHLning ushbu mavsumida 10tadan o‘yinda maydonga tushgan. "Siti" hisobida 6ta g‘alaba, 2ta durang va 2ta mag‘lubiyat. "Real" esa 8ta g‘alaba, 1ta durang va 1ta mag‘lubiyat qayd etgan |
| ' | Bugun qarama-qarshi hujumlarga soslangan ochiq o‘yinni kutish noto‘g‘ri bo‘ladi | |
| ' | ![]() |
Bundan tashqari, pley-offda jamoalarning o‘ziga xos strategiya asosida harakat qilishadi. Masalan, "Real" safarda gol urishga harakat qiladi. "Siti" esa o‘z darvozasini goldan muhofaza qilib, javob o‘yini oldidan sezilarli ustunlikni yuzaga keltirishni istaydi. |
| ' | ![]() |
Taxminimizcha, bugun murabbiylar bahsi bo‘ladi. Qaysi mutaxassis raqibining ojiz nuqtalaridan foydalana olsa, o‘sha muvaffaqiyatga erishadi |
| ' | Jamoalarda boshqa tarkib bilan bog‘liq muammo yo‘q. Qiziqarli bahs ko‘ramiz, degan umiddamiz | |
| ' | ![]() |
Darvoqe, "Manchester Siti" tarkibida ham bitta yo‘qotish bor. Yahyo Ture bugun o‘yin qaydnomasidan o‘rin olmagan. |
| ' | Tayyorgarlik jarayonida Zidan Ronaldusiz o‘yin modelini yaratganmi yoki yo‘qmi bilmadik, lekin bugun Krishtianusiz "Real"ga biroz qiyin bo‘ladi. Ronalduning o‘rnida bugun Lukas Vaskes harakat qiladi. U "Rayo" qarshi bahsda ancha muvaffaqiyatli harakat qilganini ta’kidlash lozim | |
| ' | Ma’lumotlarga qaraganda, bugungi tibbiy tekshiruvdan keyin Zidan Krishtianu maydonga tushirib, tavakkal qilishni istamagan. Har holda mashg‘ulot boshqa, rasmiy o‘yin boshqa. Futbolchini jarohatini chuqurlashtirib olsa, mavsumning qolgan qismida maydonga tusha olmasligi mumkin | |
| ' | Xabaringiz bor, 1 hafta oldin bo‘lib o‘tgan "Vilyayerreal"ga qarshi bahsda portugaliyalik futbolchining o‘ng oyog‘ining son qismidagi mushagi cho‘zilgandi. Shu sababli u "Rayo Valyekano"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborib, yakshanba va dushanba kunlari jamoaning mashg‘ulotlarida qatnashgandi | |
| ' | ![]() |
Boshlang‘ich tarkib e’lon qilingan zahoti barchaning e’tiborini tortgan asosiy narsa — Krishtianu Ronaldu "Manchester Siti"ga qarshi dastlabki o‘yinda ishtirok etmaydi! |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! Yevropa chempionlar ligasining yarim final bahsidan matnli translyasiyani boshlaymiz |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|