Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/10 13:17 Mayns 2-0 Ayntraxt Braunshveyg
20/10 13:17 Hannover-96 1-4 Hoffenhaym
20/10 13:17 Bayer 2-1 Augsburg
20/10 13:17 Shalke 1-3 Borussiya D
20/10 13:17 Bavariya 3-2 Gerta
20/10 13:20 Volfsburg 3-0 Verder

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Evropa chempionlar ligasi

Yarim final, 27 aprel, soat 23:45. Bosh hakam: Mark Klattenburg (Angliya)

ATLETIKO MADRID

Saul Niguyes (11)

1 : 0

BAVARIYa MYUNXEN

JAMOALAR TARKIBI
13.Yan Oblak (D)
20.Xuanfran
24.Xose Ximenes
03.Filipe Luis
15.Stefan Savich
17.Saul Niguyes
07.Antuan Grizmann
06.Koke
12.Augusto Fernandes
14.Gabi (S)
09.Fernando Torres
  01.Manuel Noyer (D)
21.Filipp Lam (S)
27.David Alaba
18.Xuan Bernat
11.Duglas Kosta
14.Xabi Alonso
23.Arturo Vidal
08.Xavi Martines
06.Tyago Alkantara
29.Kingsli Koman
09.Robert Levandovski
ZAHIRA
01.Migel Moyya (D)
18.Xesus Games
22.Tomas Parti
19.Lukas Ernandes
10.Oliver Torres
16.Anxel Korrea
23.Lusiano Viyetto
  26.Sven Ulrayx (D)
04.Serdar Tashchi
05.Mexdi Benatia
19.Mario Gyotse
32.Joshua Kimmix
25.Tomas Myuller
07.Frank Riberi

Matn

90+4'
O‘yin yakunlandi. Dastlabki o‘yinda "Atletiko" o‘z uyida "Bavariya"ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Javob o‘yini 6 kundan keyin "Alyans Arena"da bo‘lib o‘tadi
90+3'
Vuuuuuh! Levandovski bosh bilan to‘pni Vidalga qoldirdi. Arturo jarima maydonchasi ustida zarba yo‘lladi. Oblak!
90+3'
Vuuuh! Chap qanotdan yetkazilgan uzatmaga Benatiya bosh bilan zarba berdi. Oblak to‘pni egalladi
90+1'
Vuh! Duglas Kosta chap qanotdan markaz tomon surildi va jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. To‘pni himoyachilar qaytarishdi
90'
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shildi
89'
"Atletiko" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Qaytarilgan to‘pga Augusto Fernandes jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. Noaniq
89'
Arturo Vidal ogohlantirildi. Hakamga keskin e’tiroz bildirgani uchun
87'
Vuh! Duglas Kosta chap qanotdan aylanma zarba berdi. Oblak to‘pni ikkinchi urinishda egalladi
85'
"Atletiko"da o‘zgarish: Saul o‘rniga Tomas Parti tushdi
84'
Saul ogohlantirildi. Vaqtni cho‘zgani uchun
82'
Qiziq vaziyat. Koke chap qanotdan oldinga o‘tayotgandi, to‘p maydonni tark etganiga va hakam hushtak chalganiga qaramay, u oldinga qarab to‘pni tepib ketaverdi. Natijada Xavi Martines uni chaldi (to‘pni olish uchun). Buning uchun ogohlantirish oldi. Maydonda yotgan Kokeni o‘rnidan majburlab turg‘azishga uringan Noyer ham ogohlantirildi
81'
Torres yakkama-yakka vaziyatga chiqdi, ammo ofsayd
81'
David Alaba jarima maydonchasi burchagidan zarba berdi. To‘p to‘sin ustidan o‘tib ketdi
77'
"Bavariya"da o‘zgarish: Bernat o‘rniga Mexdi Benatia tushdi
75'
VUUUUUUUUH! Ohohohoho! Riberi maydon markazida to‘pni oldirib qo‘ydi va mezbonlar qarshi hujumga o‘tib ketishdi. Torres jarima maydonchasiga kirdi, bir himoyachini aldadi va oyog‘ining tashqitomoni bilan olis burchakka zarba berdi. To‘p ustunga tegib qaytdi. Gabi 16 metrdan yana zarba berdi. Noyer egalladi! Vuuuuh!
74'
VUUUH! Arturo Vidal olis masofadan yuqori burchak tomon kuchli zarba berdi. Oblak zarbani qaytardi
73'
"Atletiko" ketma-ket ikki marta burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. To‘pni egallagan mehmonlar qarshi hujumga o‘tishdi. Riberining uzatmasi biroz noaniq bo‘ldi
71'
Vuuuuuh! Lam maydon markazidan turib jarima maydonchasiga kirayotgan Kostani to‘p bilan ta’minladi. Duglas yakkama-yakka vaziyatni to‘pni Oblak ustidan oshirishga harakat qildi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi
70'
"Bavariya"da ikkinchi o‘zgarish: Tiago Alkantara o‘rniga Tomas Myuller tushdi
65'
"Bavariya"da dastlabki o‘zgarish: Kingsli Koman o‘rniga Frank Riberi tushdi
64'
Vuuuuh! Vidal bir harakat bilan o‘ziga yetkazilgan uzatmani jarima maydonchasidagi Levandovskiga uzatmadi. Robert o‘tkir burchak ostida zarba berdi. To‘p Oblakning qo‘liga tegib, olis ustun yonidan o‘tib ketdi
60'
"Bavariya" mezbonlarni o‘z jarima maydonchasi ichiga qamab qo‘ydi!
59'
Vuuuh! Koman xuddi Saul kabi jarima maydonchasiga kirib keldi va darvoza oldiga uzatma berishga harakat qildi. To‘p himoyachining oyog‘idan maydonni tark etdi
57'
VUUUH! Burchakdan yetkazilgan uzatmani Xavi Martines baland sakragancha darvoza tomon burdi. Oblak to‘pni naq chiziq ustida egalladi
54'
VUuuuuuuh! Alaba kutilmaganda 35 metrlardan zarba berib qoldi!!!! To‘p to‘singa tegib qaytdi!
52'
Duglas Kosta chap qanotdan darvoza yaqiniga uzatma yuyerdi. To‘pni Oblak egalladi
48'
Levandovski chap qanotdan himoyachilardan o‘tib ketib, jarima maydonchasiga uzatma berdi. Vidalning zarbasini himoyachilar qaytarishdi
47'
Xavfli vaziyat! "Bavariya" futbolchisi burchak to‘pini jarima maydonchasining olis tomoniga yetkazdi. U yerda futbolchilardan biri bosh bilan to‘pni darvozabon maydonchasiga yaqiniga yetkazdi. Alaba bosh bilan bilan zarba berdi. Noaniq
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
'
Birinchi bo‘lim statistikasi: To‘p nazorati: 33-67%, Zarbalar: 7-7, Aniq zarbalar: 4-1, Burchak to‘plari: 2-1, Ofsaydlar: 1-0, Follar: 6-6, Ogohlantirshilar: 0-1.
45+1'
Bernat olis masofadan noaniq zarba yo‘lladi. Klattenburg birinchi bo‘limga yakun yasadi. Tanaffus. Hozircha Saulning yagona goli evaziga "Atletiko" oldinda bormoqda
45'
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shildi
44'
Burchak to‘pi xavfli bo‘lmadi
44'
Vuuuh! Chap qanotdan yetkazilgan uzatmani Koke o‘tkir burchak ostida tovoni darvoza tomon burdi. Xavi Martines bosh bilan zarbani qaytardi.
43'
Birinchi bo‘limning so‘nggi daqiqalarida mezbonlar ustunlikka ega bo‘lishmoqda
41'
Koke o‘ng qanotdan jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Noyer to‘pni egallab oldi
36'
Jamoadoshlari Vidalni zarbavor vaziyatga chiqarishdi. Arturo 18 metrdan aniq zarba bera olmadi
34'
Vuuuh! Koman butun maydonni bosib, jarima maydonchasining o‘ng tomonida himoyachini aldadi va darvozabon oldiga uzatma berdi. Oblak to‘pni egallab oldi
34'
Vidal o‘yin qoidasini buzdi. Qanotdan yetkazilgan jarima to‘pini mehmonlar egallashdi
30'
Burchak to‘pi xavfli vaziyatni taqdim etmadi
30'
Vuuuuuuh! Grizmann darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketdi va Martinesning ta’qibi ostida unchalik kuchli bo‘lmagan zarba berdi. Noyer zarbani qaytardi!
28'
Vuuuh! Filipp Lam jarima maydonchasi tashqarisida bir himoyachini aldadi va 16 metrdan zarba berdi. To‘p himoyachiga tegib qaytdi. Lam hakam qo‘lni ko‘rsatdi. Klattenburg jim
27'
Germaniyaliklar "Atletiko" jarima maydonchasigacha to‘pni olib kira olishmayapti
25'
Vuuuh! Duglas Kosta kutilmaganda yaqin burchakka to‘pni aylantirdi. To‘p to‘rga yon tomondan tegdi
24'
Felipe Luis o‘ng qanotdan Vidalni chalib yiqitdi
22'
To‘p nazorati "Bavariya" tomoniga o‘tmoqda, ammo hozircha xavfli vaziyatlar yo‘q
20'
Alonso maydon markaziga yaqin joydan jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Oblak to‘pni egalladi
17'
Alaba jarima maydonchasi tashqarisidan yo zarba berdi, yoki uzatma - noaniq bo‘ldi
15'
Felipe Luis maydon markazidan boshlab oldinga yurdi, yo‘l-yo‘lakay ikki futbolchini aldadi, ammo raqib jarima maydonchasi oldida to‘pni yo‘qotdi
13'
Alaba o‘ng qanotdan uzatma berdi. Vidal bosh bilan zarba berishga urindi. Oblakning qo‘liga tegdi to‘p
12'
VUUUUUH! "Bavariya" hisobni tenglashtirishi mumkin edi. Burchakdan yetkazilgan uzatmaga mehmon futbolchisi bosh bilan zarba berdi. To‘pni darvozabon emas, himoyachi bosh bilan maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
11'
GOOOOOOOL! Saul Niguyes, 1:0! Vuuuuh! Qoyil! Saul naq 3 futbolchini aldab, "Bavariya" jarima maydonchasiga kirib keldi, u yerda 3 himoyachi orasida bo‘lishiga qaramay, olis burchak tomon aniq zarba berdi! To‘p ustunga tegib, to‘rga tushdi!
9'
David Alaba o‘ng qanotdan uzatma berdi. Oblak to‘pni egalladi
8'
Torres o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va chap oyoqda zarba berdi. KUchsiz zarbani "Bavariya" posboni egallab oldi
7'
Oho! Gabining maydon markazidan yetkazgan uzatmani Grizmann jarima maydonchasi ichida ko‘kragi bilan qabul qildi va akrobatik uslubda zarba berdi. Antuan ofsaydda qolgandi
6'
Mezbonlar kuchli pressing uyushtirishmoqda. Gabi o‘ng qanotdan to‘pni egallab, jarima maydonchasiga uzatma berdi. Noyerning nasibasi bu
4'
Vuh! Dastlabki aniq zarba. Saul jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. Noyerga bu "semichka po‘choq")
3'
Ikki daqiqadan oshiqroq vaqt davomida "Bavariya" to‘pni nazorat qildi
1'
O‘YIN BOSHLANDI!
'
ECHL madhiyasi yangramoqda!
'
Diqqat! Futbolchilar va hakamlar maydonga chiqib kelishmoqda. Kutib olamiz.
'
Xabaringiz bor, Gvardiola "Bavariya"dagi o‘zining so‘nggi mavsumini o‘tkazmoqda. Yana bir oydan keyin u Myunxenni tark etib, "Manchester Siti"ni qabul qilib oladi. Myunxenlik muxlislar Pepdan aynan YECHL bosh sovrinini kutishmoqda. "Atletiko" esa har qanaqa jamoaga jiddiy qarshilik ko‘rsata oladi!
'
O‘yin boshlanishiga 20 daqiqa qoldi.
'
Madridliklarga bugun Diyego Godin yordam bera olmaydi. Gvardiola esa Riberi va Myullerni zaxirada qoldirgan.
'
"Visente Kalderon" stadioni. Madrid. "Atletiko" - "Bavariya" to‘qnashuvi
'
Xayrli oqshom, qadrli futbol muxlislari. Yevropa chempionlar ligasiinng ikkinchi yarim finali bahsidan matnla translyasiyani boshlaymiz
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.