Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Oliy liga
| 7-tur, 28 aprel, soat 17:00. Bosh hakam: Ravshan Ermatov | ||
LOKOMOTIVMarat Bikmayev (5, 16)
Ikrom Aliboyev (9) Server Jeparov (65-penalti) |
4 : 0 |
OLMALIQ |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
1.Ignatiy Nesterov 5.Kaxi Maxaradze 8.Server Jeparov 10.Marat Bikmayev 15.Sardor Mirzayev 17.Salim Mustafoyev 20.Islom To‘xtaxo‘jayev 22.Sanjar Shoahmedov 28.Ikrom Aliboyev 37.Sherzod Fayziyev 44.Sergey Proxorov |
35.Nikita Shkvirin 3.Saidkomil Akbarov 5.Evgeniy Gogol 6.Rahmatillo Berdimurodov 7.Arslonmurot Amanov 10.Farhod Tojiyev 11.Zohir Pirimov 17.Muhammad Isayev 19.Islom Inomov 27.Nikita Pavlenko 77.Diyor Turopov |
|
| ZAHIRA | ||
|
12.Ma’mur Ikromov 7.Sadriddin Abdullayev 18.Temur Kapadze 21.Doniyor Usmonov 24.Xurshid Muxtorov 29.Quvondiq Ro‘ziyev 77.Jasur Hasanov |
16.Umid Xonimqulov 8.Yaroslav Martinyuk 14.Doniyor Ismoilov 15.Dilshod Jo‘rayev 20.Darko Stanoyevich 22.Ro‘zimboy Ahmedov 24.Ruslan Vagapov |
|
Matn
| 90+1' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. "Lokomotiv" - "Olmaliq" 4:0. |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shildi |
| 87' | ![]() |
Tomonlar bir martadan yaxshi imkoniyatlarpdan foydalana olishmadi |
| 80' | ![]() |
VUUUUH! Dilshod Jo‘rayev 25 metrlardan zarba yo‘lladi. Naq to‘qqizlikka borayotgan to‘pni Nesterov darvoza yuqorisiga ko‘tarib yubordi |
| 79' | ![]() |
Mirzayevning uzatmasidan keyin Sadriddin Abdullayev o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va zarba yo‘lladi. Shkvirin to‘pni egalladi |
| 77' | ![]() |
"Olmaliq" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Xavf yo‘q |
| 73' | ![]() |
"Loko"da o‘zgarish: Ikrom Aliboyev o‘rniga Quvondiq Ro‘ziyev tushdi |
| 72' | ![]() |
Olmaliqliklar jarima zarbasini tepishdi. Noaniq |
| 68' | ![]() |
Diyor Turopovga sariq kartochka |
| 66' | ![]() |
"Lokomotiv"da o‘zgarish bo‘ldi. Server Jeparov o‘rniga Sadriddin Abdullayev tushdi |
| 65' | ![]() |
GOOOOOL! Server Jeparov, 4:0! Server 11 metrli zarbani yengilgina markaz bo‘ylab tepdi. Nikita Shkvirin yonga tashlanib, keyin to‘pni qaytarishga harakat qildi, ammo to‘p chiziqni kesib o‘tishga ulgurdi |
| 65' | ![]() |
PENALTI! "Olmaliq" darvozasiga! |
| 63' | ![]() |
Vuuuh! Mirzayev Doniyor Usmonovni birga bir vaziyatga chiqarib yubordi. Hujumchi to‘pga biroz yeta olmadi. Shkvirininng o‘g‘li to‘pni egallab oldi |
| 61' | ![]() |
"Lokomotiv"da o‘zgarish: Marat Bikmayev o‘rniga Doniyor Usmonov tushdi |
| 59' | ![]() |
Farhod Tojiyev darvozani ishg‘ol qildi, ammo u qanotdan yetkazilgan uzatmani qabul qilish chog‘ida Proxorovni qo‘li bilan itarib yuborgani uchun gol inobatga olinmadi |
| 57' | ![]() |
Pavlenko to‘p uchun kurashda Proxorovdan ustun keldi va yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketdi. Nikita "Lokomotiv" jarima maydonchasi ichida o‘zi zarba berishi mumkin bo‘lgan vaziyatda, himoyachilarni aldashga qaror qildi. Uning uzatmasidan keyin to‘p Tojiyevgacha yetib kelmadi |
| 54' | ![]() |
Vuuuuh! Serverning uzatmasidan keyin Aliboyev raqib jarima maydonchasiga kirdi va narigi qanotdan ochilgan Bikmayev tomon uzatma berdi. Gogol to‘pni maydon tashqarisiga chiqarishga muvaffaq bo‘ldi |
| 54' | ![]() |
Arslanmurot Amanov o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga uzatma berdi. Nesterov to‘pni egalladi |
| 51' | ![]() |
Islom Inomov ogohlantirildi. |
| 47' | ![]() |
Doniyor Ismoilov maydon markazidan oldinga qarab yurdi va olis masofadan zarba yo‘lladi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| 45+1' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. "Lokomotiv" - "Olmaliq" 3:0. Tanaffus |
| 45' | ![]() |
BIrinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shildi |
| 44' | ![]() |
"Olmaliq" ketma-ket ikki marta burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Jo‘rayev jarima maydonchasi chizig‘i ustidan zarba berdi. Nesterov to‘shpni egalladi |
| 42' | ![]() |
Bikmayev jarima maydonchasi ichida yakkama yakka vaziyatda zarba yo‘lladi. OFsayd |
| 41' | ![]() |
Vuuuuuh! Shoahmedov va Bikmayev ikki marta devor o‘ynab, mehmonlar jarima maydonchasi yaqiniga yetib borishdi. Sanjarning zarbasidan keyin to‘p ddarvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 40' | ![]() |
Jeparovning uzatmasidan keyin to‘p olis ustun yonginasida turgan Mirzayevgacha yetib bordi. Sardor buni kutmagandi shekilli, to‘pni darvozaga aniq bura olmadi |
| 39' | ![]() |
"Olmaliq" himoyachisi Rahmatullo Berdimurodov ogohlantirildi. Mustafoyev o‘ng qanotdan uzatma berayotganida himoyachi to‘pni qo‘li bilan qaytardi. Jarima maydonchasi o‘ng tomonidan jarima to‘pi |
| 38' | ![]() |
Dilshod Jo‘rayev olis masofadan zarba yo‘lladi. noaniq |
| 37' | ![]() |
Mezbonlarda yaxshi imkoniyat! Jeparovning uzatmasidan keyin Shoahmedov jarima maydonchasiga kirdi va olis ustun tomonda ochilgan Mirzayev uzatma berdi. Sardorning zarbasini himoyachi qaytardi. Fayziyevning zarbasidan keyin to‘p yuqoridan o‘tib ketdi |
| 35' | ![]() |
Server 22 metrlardan chap oyoqda zarba berdi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 31' | ![]() |
Mezbonlar qarshi hujum tashkil qilishdi. Mirzayev chap qanotdan uzatma berdi. Marat Bikmayev to‘pga yeta olmadi |
| 27' | ![]() |
"Olmaliq"da o‘zgarish: Muhammad Isayev o‘rniga Dilshod Jo‘rayev tushdi |
| 24' | ![]() |
Farhod Tojiyev jarima maydonchasiga kirdi, bir himoyachini aldadi va o‘tkir burchak ostida noaniq zarba berdi |
| 22' | ![]() |
Dastlabki 16 daqiqa ichida 3ta gol urib olganiga qaramay, ustunlik to‘laligacha temiryo‘lchilar tomonida |
| 19' | ![]() |
Vuh! Sardor Mirzayev chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va zarba berdi. Himoyachiga tegib qaytdi to‘p |
| 16' | ![]() |
GOOOOOOL! Marat Bikmayev, 3:0! Proxorovning uzatmasidan keyin Jeparov o‘ng tomondan olmaliqliklar jarima maydonchasiga kirib keldi va darvoza oldiga uzatma berdi. Bikmayev darvozaning bo‘sh qismini osongina ishg‘ol qildi |
| 9' | ![]() |
GOOOOOOOL! Ikrom Aliboyev, 2:0! Mustafoyev chap qanotdan yerlatib yetkazgan uzatmani Ikrom Aliboyev 13 metrlardan chap oyoqda zarba berib, darvozani ishg‘ol qildi! |
| 7' | ![]() |
Olmaliqliklarning hujumlari besamar yakunlandi |
| 5' | ![]() |
GOOOOOOOL! Marat Bikmayev, 1:0! Server Jeparov jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Marat bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi! |
| ' | ![]() |
Diqqat! "Lokomotiv" va "Olmaliq" jamoalari o‘rtasidagi Oliy liganing 7-tur o‘yiniga start berildi |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|