Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/10 13:17 Mayns 2-0 Ayntraxt Braunshveyg
20/10 13:17 Hannover-96 1-4 Hoffenhaym
20/10 13:17 Bayer 2-1 Augsburg
20/10 13:17 Shalke 1-3 Borussiya D
20/10 13:17 Bavariya 3-2 Gerta
20/10 13:20 Volfsburg 3-0 Verder

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Oliy liga

7-tur, 29 aprel, soat 19:00. Bosh hakam: Aziz Asimov

BUNYODKOR

Doston Hamdamov (56-penalti)
Zabihillo O‘rinboyev (58)
Eldor Shomurodov (89)

3 : 0

PAXTAKOR

JAMOALAR TARKIBI
Murod Zuxurov
Akmal Shorahmedov
Akrom Komilov
Shaker Zuagi
Javlon Ibrohimov
Sato Minori
Eldor Shomurodov
Doston Hamdamov
Zabihillo O‘rinboyev
Rustam Ashurmatov
Yurisa Bulyat
  Nikita Ribkin
Adnan Oraxovas
Akbar Ismatullayev
Sherzod Karimov
Jaloliddin Masharipov
Igor Sergeev
Davron Hoshimov
Azim Ahmedov
Jamshid Boltaboyev
Javohir Sohibov
Vladimir Kozak

Matn

'
Shuning bilan bugungi translyasiyamizni yakunlaymiz, xayr, sog‘ va salomat bo‘ling!
90'
Uchrashuv tugadi! Bunyodkor - Paxtakor 3:0!
90'
Paxtakor ketma -ket hujum uyishtirmoqda, avval jarima zarbasi, keyin burchak to‘pi ham unga omad keltirmadi.
89'
Eldor jarima maydonchasi oldida to‘p uchun kurashda Azim Ahmedovdan qochib ketdi va darvozaga yaqinlashib Ribkinning uzoq burchagini nishonga oldi. Chiroyli gol!
89'
Gooooooooool! 3:0. Eldor Shomurodov!
87'
Anvar Soliyev burchak to‘pi ishladi.
86'
Paxtakorda o‘zgarish: Adnan Oraxavaso‘rniga Anvar Soliyev tushdi.
84'
Nurmatov chap qanotdan sheriklariga to‘p uzatmoqchi edi to‘pga himoyachi g‘ov bo‘ldi. Bunyodkor burcha to‘pini tepadi.
83'
Paxtakorning burchak to‘pidan so‘ng xavf yuzaga kelmadi, Bunyodkorning qarshi hujumi ham samarasiz tugadi.
82'
Akrom Komilov tshpni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Paxtakor burchak to‘pi tepadi.
80'
Karimov chap qanotdan darvoza oldiga uzatma berdi. To‘pni Zuxurov egalladi
79'
Sherzod yo‘llagan zarba aniq bo‘ldi. Zuxurov musht bilan to‘pni urib yubordi
78'
Alempiyevich Karimovga nisbatan fol ishlatdi.
77'
"Paxtakor" chap qanotdan jarima to‘pni o‘yinga kiritdi. Mezbonlar to‘pni egallab, qarshgi hujumga o‘tishga urinishdi. Oldinga chiziqqa yetkazilgan uzatmani Sherzod Karimov egallab oldi
75'
"Bunyodkor"da o‘zgarish: Zabihillo O‘riinboyev o‘rniga Shahzodbek Nurmatov tushdi
72'
Qilivchev olis masofadan zarba berdi. To‘p Kozakdan maydonni tark etdi
69'
Temur Tolipov ancha olis masofadan zarba berdi. Zuhurov to‘pni to‘sin ustidan oshirib yubordi
68'
"Bunyodkor"da o‘zgarish: Shaker Zuagi o‘rniga Aleksandar Alimpiyevich tushdi
66'
Jarimadan yetkazilgan uzatmani paxtakorchilar qaytarishdi
66'
Adnan Oraxovas sarif kartochka oldi. To‘psiz qolgan Shomurodovni ortidan tepib ag‘dardi.
64'
Mezbonlar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Xavfli vaziyat yuzaga kelmadi
61'
"Paxtakor" chap burchak yaqinida jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. To‘p barchadan o‘tib ketib, Azim Ahmedovga keldi. Yarim himoyachi to‘pni maydonda olib qola olmadi
60'
"Paxtakor"da o‘zgarish: Akbar Ismatullayev o‘rniga Oybek Qilichev tushdi
59'
GOOOOOOOL! Zabihillo O‘rinboyev, 2:0! Olis masofadan yetkazilgan uzatmani Ribkin mushti bilan urib yubordi va o‘zi yiqilib tushdi. O‘rinboyev 25 metrlardan bo‘sh qolgan darvozaga zarba berdi. To‘p Oraxovasning boshidan to‘rga borib tushdi!
57'
GOOOOOOL! Doston Hamdamov, 1:0! Burchakka zarba berildi. Ribkin boshqa tomonga tashlandi
56'
PENALTI! "Paxtakor" darvozasiga! Sato Minori jarima maydonchasi ichida bosh bilan to‘p yo‘nalishini o‘zgartirayotganida Boltaboyev qo‘l bilan to‘pni qaytardi. Hakam buni o‘z vaqtida ko‘ra oldi!
54'
Vuuuuuh! Shomurodov yuqoridan yetkazilgan uzatmani Zuagiga qoldirdi va tunislik futbolchi Eldorni birga bir vaziyatga chiqarib yubordi. Hujumchining darvozaga yaqin joydan bergan zarbasidan so‘ng to‘p Ribkinning oyog‘iga tegib, olis ustun yonidan o‘tib ketdi!
50'
"Bunyodkor"ning xavfli hujumi! Shorahmedov o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirib keldi va olis ustun tomonga yuqoridan uzatma berdi. Zuagi to‘pni maydonda olib qoldi, darvoza oldiga uzatma berdi. "Paxtakor" himoyachisi to‘pni qaytardi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
46'
"Bunyodkor"da o‘zgarish bo‘ldi. Javlon Ibrohimov o‘rniga Otabek Shukurov tushdi
45+2'
Birinchi bo‘lim tugadi! Hisob 0:0. Tanaffus.
45+1'
Qo‘shimcha daqiqalarda Paxtakor to‘pni egallab Bunyodkor tomonda hujum uyushtirish uchun payt poylayapti.
45'
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi.
43'
Paxtakor hujumda. Karimov jarima maydoni ichida sheriklariga pas uzatdi, to‘p himoyachiga tegib noaniq manzil bo‘ylab ketdi.
42'
O‘yin tempi biroz susaygandek.
39'
Dostonbek Hamdamov ham uzoq masofadan darvozani nishonga olishga harakat qilib ko‘rdi. Noaniq.
38'
Sherzod Karimov jarima zarbasini amalga oshirdi, Zuhurov mushtlari bilan to‘pni qaytardi.
36'
Sohibov Sergeevga aniqroq to‘p oshirganida Igor Zuhurov bilan birga bir chiqishi mumkin edi.
35'
Paxtakorda o‘zgarish: Jaloliddin Masharipov o‘rniga Temur Tolipov tushdi.
35'
Masharipovning zarbasi noaniq bo‘ldi.
33'
Oliy liganing qolgan o‘yinlariga qaraganda tezkor o‘yin guvohi bo‘lyapmiz, agar ustunlik kimda ekanligini aytish shart bo‘lganda, biz Paxtakorni aytgan bo‘lar edik.
32'
Mezbonlarning hujumini Masharipov bartaraf etdi.
32'
Karimov yana uzoqdan zarba berdi. U OCHLda urgan golini esdan chiqara olmayapti, shekilli))
31'
Shomurodov uzoqdan kuchli zarba berdi, ammo to‘g‘ri Ribkinning o‘ziga...
28'
Yana shunday holat! Bunyodkorning hujumiga Paxtakor yana qarshi hujum bilan javob berdi. Igor Sergeev aniqroq harakat qilganda xavfli vaziyat yuzaga kelishi mumkin edi.Igor to‘pni Karimovdan qizg‘anib, o‘zi tepishga harakat ildi. To‘p himoyachining oyog‘iga tegib qaytdi.
26'
Paxtakorning burchak to‘pi xavfli chiqmadi, o‘yin davom etadi.
25'
Bunyodkorning hujumiga Paxtakor darhol tezkor qarshi hujum bilan javob berdi va burchak to‘pi ishlab oldi.
23'
Paxtakorning xavfli hujumi!!! Uch paxtakorchi uyushtirgan hujum yakunida qulay turgan Karimovga emas, Sergeevga to‘p oshirildi. Igorning darvoza yaqinidan bergan zarbasi ham yomon chiqmadi, ammo noaniq...
22'
Sherzod Karimovning uzoq masofadan bergan zarbasi biro noaniq ketdi!
20'
Mezbonlarning hujumi! Nikita Ribkin jarima maydoni chizig‘i ustidan to‘pni boshi bilan qaytarib qoldi, aks holda Dostonbek Hamdamov to‘pga yaqin kelayotgan edi.
19'
Eldor Shomurodovga tibbiy yordam ko‘rsatildi.
18'
Sato Minorining uzoq masofadan bergan zarbasi noaniq chiqdi.
17'
Bunyodkorning hujumi xavfsiz chiqdi.
14'
Bunyodkor gol urishi mumkin edi! Sato burchak to‘pini amalga oshirdi, to‘p yuqoridan keldi, Ribkin to‘pga chiqishda xatoga yo‘l qo‘ydi, o‘tkazib yubordi. Yerga tushgan to‘ni Zuagiga tegib darvozaga kirib ketayotgan chog‘ida himoyachi uni qaytardi!
13'
Bunyodkorning hujumi, paxtakorchilar to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Burchak to‘pi.
12'
Paxtakor faolroq o‘ynamoqda.
10'
To‘p maydon markazida Paxtakor tomonidan nazorat qilinyapti.
1'
Uchrashuvga start berildi! To‘pni Paxtakor o‘yinga kiritdi!
'
Futbol faxriysi Vitaliy Suyunov xotirasiga 1 daqiqalik sukut saqlandi.
'
Assalomu aylaykum, hurmatli futbol muxlislari! Bunyodkor va Paxtakor o‘rtasidagi Oliy liganing 7-tur uchrashuvidan matnli translyasimizni boshlaymiz!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.