Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/10 13:17 Mayns 2-0 Ayntraxt Braunshveyg
20/10 13:17 Hannover-96 1-4 Hoffenhaym
20/10 13:17 Bayer 2-1 Augsburg
20/10 13:17 Shalke 1-3 Borussiya D
20/10 13:17 Bavariya 3-2 Gerta
20/10 13:20 Volfsburg 3-0 Verder

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Angliya Premyer-ligasi

36-tur, 1 may, soat 18:05. Bosh hakam: Maykl Oliver

MANCHESTER YUNAYTED

Antoni Marsial (8)

1 : 1

LESTER

Ves Morgan (17)
JAMOALAR TARKIBI
01.David de Xea (D)
05.Markos Roxo
12.Kris Smolling
17.Deyli Blind
35.Djessi Lingard
16.Maykl Kerrik
25.Antonio Valensiya
27.Maruan Fellayni
09.Antoni Marsial
39.Markus Reshford
10.Ueyn Runi (S)
  01.Kasper Shmeyxel (D)
06.Robert Xut
15.Jeff Shlupp
17.Denni Simpson
28.Kristian Fuks
05.Ves Morgan
14.Ngolo Kante
04.Denni Drinkuoter
23.Leonardo Ulloa
20.Sindzi Okazaki
26.Riyod Mahrez
ZAHIRA
20.Serxio Romero (D)
51.Timoti Fosu-Mensa
36.Matteo Darmian
08.Xuan Mata
21.Ander Errera
28.Morgan Shnayderlin
07.Memfis Depay
  32.Mark Shvarser (D)
27.Marsin Vasilevski
30.Ben Chilvell
11.Mark Elbrayton
13.Daniel Amarti
10.Endi King
22.Demaray Grey

Matn

90+4'
O‘yin yakunlandi. "Manchester Yunayted" - "Lester" - 1:1. Muddatidan avval chempionlik bugun yuz bermadi. Lekin bu natija "MYu"ni ham qanoatlantirmadi. Boisi, ular YECHL yo‘llanmasidan quruq qolishlari mumkin. "Lester" ertaga chempionlikni rasmiylashtirishi mumkin, agar "Chelsi" - "Tottenxem" o‘yinida "shporlar" g‘alaba qozona olishmasa
90+2'
Vuuuuh! Kasper Shmeyxel murakkab vaziyatda jamoasini qutqardi.
90'
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shildi
90'
Vuuuh! "MYu" jarima maydonchasi burchagiga yaqin joydan jarima to‘pi ishladi. Depayning zarbasi jonli devorga tegib qaytdi. Runi yo‘llagan xavfli zarbani darvozabon egalladi
89'
Ueyn Runi to‘g‘ridan-to‘g‘ridan darvozaga zarba berdi. Shmeyxel musht bilan to‘pni qaytardi
88'
"Lester"da o‘zgarish: Mahrez o‘rniga Endi King tushdi
87'
Hakam jarima to‘pini jarima maydonchasi tashqarisidan belgiladi. Aslida penalti edi bu vaziyat
86'
Chap qanotdan berilgan uzatma paytida Depay jarima maydonchasiga kirayotganida Drinkuoter Memfisni qo‘li bilan tortib yiqitdi. Natijada ikkinchi sariq kartochkani olib, maydonni tark etdi.
85'
Chap qanotda Depayga nisbatan fol ishlatildi. Runi yetkazib bergan to‘pni Shmeyxel egalladi
82'
"MYu"da o‘zgarish: Reshford o‘rniga Memfis Depay tushdi
80'
Vuuuh! Xut to‘pni egalladi va jamoasning qarshi hujumiga asos soldi. Mahrez jarima maydonchasida ochilgan Ulyoaga aniq uzatma berdi. Leonardo to‘pni ko‘kragi bilan qaytardi va uni yerga tushirmasdan zarba berishga harakat qildi. To‘p oyog‘iga yaxshi tegmay qoldi
78'
Vuuuuh! Runi yuqoridan uzatma berdi. Smolling bosh bilan zarba berdi. To‘p ustunga tegib, maydonni tark etdi!
77'
"Lester"da o‘zgarish: Shlupp o‘rniga Olbrayton tushdi
75'
"MYu"da o‘zgarish: Fellayni o‘rniga Errera tushdi
73'
Grey chap qanotdan uzatma berdi. To‘p Mahrezgacha yetib kelmadi. Himoyachilar qaytardi
71'
Vuuuuuh! Qarshi hujumda Mahrez ikki himoyachidan o‘tib ketdi va chap oyoqda kuchli zarba berdi. De Xea musht bilan to‘pni urib yubordi!
70'
O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmaga Fellayni bosh bilan zarba berishga muvaffaq bo‘ldi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi
67'
"Lester"da o‘zgarish: Okadzaki o‘rniga Demaray Grey tushdi
65'
Vuuuuh! O‘ng qanotda belgilangan jarima to‘pini Drinkuoter o‘yinga kiritdi. Ulyoa bosh bilan zarba berdi. Biroz noaniq
63'
Chap ianotdan berilgan uzatma uchun jarima maydonchasi ichida to‘p uchun kurashda Fellayni qoida buzdi
61'
"MYu"da o‘zgarish: Lingard o‘rniga Xuan Mata tushdi
61'
"MYu" futbolchilari jarima maydonchasiga kirib borishdi. Runi 16 metrdan parashyut uslubida zarba berishga qaror qildi. Noaniq
59'
Qanotdan belgilangan jarimadan yetkazilgan uzatmani Xut bosh bilan qaytardi
58'
Drinkuoter sariq kartochka qabul qildi
57'
Maykl Kerrik ogohlantirish oldi. U Shluppni ataylab chaldi. Aks holda mehmonlar qarshi hujumga o‘tib ketishardi
55'
"Lester" burchak to‘pini o‘yinga kiritayotganida deyarli har safar mehmonlar ustun kelishmoqda. Hozircha to‘p "MYu" darvozasiga kirmayapti
54'
Lingard ogohlantirildi
51'
VUuuuuh! Mahrezning uzatmasidan keyin o‘ng tomondan jarima maydonchasiga kirdi va darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. To‘p himoyachining oyog‘idan o‘z yo‘nalishini biroz o‘zgartirgani uchun Okadzaki to‘pni darvozaga bura olmay qoldi
50'
Chap qanotdan "MYu" jarima maydonchasiga uzatma berildi. Okadzaki himoyachiga nisbatan fol ishlatdi
48'
Oho! Marsial jarima maydonchasi ichida himoyachilar orasida bo‘lishiga qaramay zarba berishga muvaffaq bo‘ldi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi
47'
Vuh! Burchakdan yetkazilgan uzatmaga Ves Morgan bosh bilan aniq zarba berdi. De Xea to‘pni egalladi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
45+1'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Manchester Yunayted" - "Lester" - 1:1. Tanaffus
45+1'
Lingard o‘ng qanotdan uzatma berdi. Shmeyxel to‘pni egalladi
45'
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shildi
44'
Okadjzaki jarima maydonchasi chizig‘i ustidan Smollingdan o‘tib ketishga urindi, ammo yutqazdi
43'
Valensiya jarima maydonchasi burchagidan zarba berdi. Xutga tekkan to‘p, maydonni tark etdi
41'
Vuuuh! "Lester" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Morgan bosh bilan zarba berishga muvaffaq bo‘ldi. Afsuski, zarba berish chog‘ida gavdasini kerakli pozisiyaga keltira olmadi. To‘p darvozadan ancha yuqoridan o‘tib ketdi
39'
Vuuuh! Shlupp chap qanotdan uzatma-zarba berdi. De Xeani to‘pni qaytardi. To‘p jarima maydonchasi ichida turgan Mahrezga kelib tushdi. U himoyachini aldamoqchi bo‘ldi, ammo unga urilib yiqildi. Hech narsa yo‘q. Barakalla, Maykl Oliver. O‘yinni yaxshi boshqaryapti
36'
Blind burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Fellayni yo‘llagan zarbani Shmeyxel egalladi
33'
Reshford jarima maydonchasi ichida zarba berishga harakat qildi. Himoyachining oyog‘iga tekkan to‘pni Shmeyxel maydon tashqarisiga chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymadi
31'
Vuuuuh! Simpson maydon markazida sheriklariga uzatma berayotganida to‘pni Lingardga berib qo‘ydi. Jessi darvozabon bilan birga bir qochib ketishga harakat qildi. Yo‘l-yo‘lakay Lingard va Simpson bir-birlariga nisbatan qo‘l ishlatishdi. Shmeyxel yugurib chiqib, to‘pni tepib yubordi. Fol qayd etilmadi
30'
Vuuuuuuh! "Tulkilar" chap qanotdan jarima maydonchasi tomon kombinasiya orqali kirib kelishdi. Mahrez Shluppga uzatma berdi. Qanot yarim himoyachisi 15 metrlardan zarba berdi. To‘p himoyachining oyog‘idan maydonni tark etdi!
28'
"MYu" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Xavfli vaziyat ro‘y berishiga mehmonlar yo‘l qo‘yishmadi
26'
Roxo chap qanotdan uzatma berdi. Xut to‘pni qaytardi
24'
Mahrez maydon markazida o‘ziga nisbatan fol uchun belgilangan jarima to‘pini raqib jarima maydonchasiga yetkazdi. Fellayni bosh bilan to‘pni qaytardi
23'
Jarima zarbasini Runi tepdi. To‘p jonli devorga tegib qaytdi
22'
Jarima maydonchasi yarim aylanasi ichida Marsialga nisbatan fol ishlatildi. Xavfli jarima zarbasi
21'
Blind burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Ulyoa to‘p yo‘nalishini o‘zgartirmaganida Falleyni darvozani ishg‘ol qilish imkoniyatiga ega bo‘lardi
18'
Runi jarima maydonchasi tashqarisidan noaniq zarba yo‘lladi
17'
GOOOOOOOOL! Ves Morgan, 1:1! Drinkuoter jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. "Lester" sardori bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi!
14'
Vuuuuuuh! Yuqoridan yetkazilgan uzatmani Fellayni "Lester" jarima maydonchasi ichida ko‘kragi bilan qaytardi va Runiga tashlab berdi. Ueyn yo‘llagan kuchli zarbani Shmeyxel qiyinchilik bilan qaytardi!
12'
Vuuuuh! Olis masofadan yetkazilgan uzatmani Mahrez raqib jarima maydonchasining o‘ng tomonida qabul qildi va yuqoridan uzatma berdi. Okadzaki darvozabon maydonchasi chizig‘i ustida to‘pni bosh bilan darvozaga aniq bura olmadi
11'
O‘yindan oldin "MYu" bosh murabbiyi Lui van Gal: "Biz "Lester"ning chempionlik bayramini buzmoqchi emasmiz, shunchaki uni keyinroqqa qoldiramiz", deb aytib o‘tgandi. Shunday bo‘ladi shekilli. Lekin hali butun o‘yin oldinda. "Lester"dan qahramonlik kutamiz
8'
GOOOOOOL! Antoni Marsial, 1:0! Valensiya o‘ng qanotdan uzatma berdi. To‘p barchadan o‘tib ketib, olis ustun tomondagi Marsialga kelib tushdi. Antoni darvozabon maydonchasi burchagidan zarba berdi. To‘pni Shmeyxel qaytara olmadi!
5'
Reshford jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. To‘p himoyachiga tegib qaytdi
3'
To‘p nazorati mezbonlar tomonida. Buning hayron qoladigan joyi yo‘q. "Lester" mavsum boshidanberi himoyaviy o‘yinq ilib kelmoqda.
1'
O‘yin boshlandi! To‘pni "MYu" futbolchilari o‘yinga kiritib berishdi
'
Bugun "tulkilar" davom etib kelayotgan ertakni ajoyib tarzda yakunlashlari mumkin! Buning uchun Ranyeri jamoasi bugun g‘alaba qozonishi shart. Shunda "Lester" muddatidan avval chempionlikni naqd qiladi!
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari. Angliya Premyer-ligasida mavsumning eng muhim o‘yinlaridan biri. "Manchester Yunayted" o‘z maydonida "Lester"ni qabul qilmoqda!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.