Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Osiyo chempionlar ligasi

Saralash bosqichi, 9 fevral, soat 14:00

LOKOMOTIV

Ivan Nagayev (66)

1 : 3

KUVAYT SK

Issam Jema’ (22, 37, 86)
JAMOALAR TARKIBI
12.Temur G‘aniyev
3.Evgeniy Gogol
6.Anvar G‘ofurov
20.Islom To‘xtaxo‘jayev
22.Sherzod Sharipov
29.Viktor Karpenko
30.Dilshod Jabborov (S)
77.Jasur Hasanov, 87.Andrey Kojokar
88.Lutfulla To‘rayev
99.Vyacheslav Shevchenko
  1.Musab al-Kandariy
2.Yoqub al-Tohir
3.Fahad Avad
6.Javod Nekunam
7.Fahad al-Enaziy
10.Rojerio Koutinyo
13.Chadi Hammamiy
15.Volid Juma
17.Issam Jema’
20.Husayn Hakam al-Shammariy
33.Fahad ar-Rashidiy
ZAHIRA
4.Boburbek Yo‘ldoshev
8.Akmal Xolmatov
9.Sardor Mirzayev
11.Aleksandr Shadrin,
16.Jasur Hasanov
23.Ivan Nagayev
32.Eldor Isaboyev
  8.Abdulloh al-Burakiy
16.Xolid al-Azimiy
18.Jarah al-Atiqiy
22.Badir al-Azamiy
31.Sami as-Sanea
37.Sheredah ash-Sheridah
38.Fahad Salim

Matn

'
E’tiboringiz uchun rahmat
90+4'
O‘YIN TUGADI!
90+3'
Kuvayt SK jamoasi 15 fevral kuni "Laxviya" bilan Dohada o‘ynaydi. E’tiborli tomoni, juftlik g‘olibi "Bunyodkor" o‘rin olgan "V" guruhidan o‘rin oladi
90+2'
O‘yin "pishdi". OCHLda faqat "Bunyodkor" bilan ishtirok etadigan bo‘ldik. Demak, bizning hozirgi kundagi saviyamiz mana shu
90+1'
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi
90+1'
Koutinyo maydonni tark etdi. U o‘z ishini to‘la bajardi. Sheredah ash-Sheridah maydonga tushdi
89'
Ehhe! Gol urishimiz kerak bo‘lgan vaziyatlarni havo sovuryapmiz
88'
Volid Juma o‘rniga Sami as-Sanea tushdi
87'
Jabborov jarima maydonchasiga yaxshi yorib kirdiyu, ammo uzatmani qoyillatmadi
86'
Husayn Hakim yetkazgan to‘pni yana o‘sha Issam Jema’ osonlik bilan darvozaga yo‘lladi! G‘aniyev uxlab qoldi!
85'
Raqib jarima zarbasini amalga oshiradi.
85'
Mehmonlar to‘pni nazorat qilish evaziga vaqtdan yutishmoqda
84'
Musab al-Kandariy to‘pni ishonch bilan egallab oldi
83'
Yana burchak to‘pi tepamiz
82'
Jabborov to‘pni aylantirib kuchli zarba yo‘lladi! Burchak to‘pi!
82'
Yoqub al-Tohir jarima maydonchasi chizig‘i oldida to‘pni qo‘li bilan qaytardi. Jarima zarbasi
81'
Katta Hasanov bir himoyachi ta’qibadan qochdiyu, ammo hal qiluvchi uzatmani aniq yetkaza olmadi
80'
Futbolchi almashtirish. Fahad al-Enaziy o‘rniga Abdulloh al-Burakiy
79'
Jarima zarbasidan keyin to‘p rosa raqib darvoza oldida aylandiyu, ammo darvozaga kirmadi.
78'
Chadi Hammamiy ogohlantirildi
76'
Koutinyo xavfli! Uning qanotdan yetkazgan to‘pini himoyachilarimiz qaytarishdi
75'
Andrey Kojokar ogohlantirish oldi. MAydon markazidan o‘zidan o‘tib ketayotgan Koutinyoni to‘xtatib qoldi
74'
Yana bir burchak to‘pi
74'
Loko jonlandi! Burchak to‘pi
73'
Eh, Vanya! Yana o‘sha Hasanov yetkazgan to‘pni jarima maydonchasi ichida yerga tushirmasdan tepishga qaror qildi. Noaniq
71'
Nagayeeeeev!!! Darvozabon maydonchasi ichida to‘pni sal balandroqqa yo‘naltirib yubordi. Chap qanotdan to‘pni unga katta Hasanov yetkazgandi!
70'
O‘ng qanotdan yetkazilgan to‘pga Nagayev bosh bilan zarba berdi. To‘p himoyachilarga tegib qaytdi
69'
Zarba noaniq chiqdi
68'
To‘xtaxo‘jayev kerakmas joyda qoida buzdi. jarima maydonchamiz atrofida
67'
G‘ofurov yetkazib bergan to‘pga Nagayev yeta olmadi. Darvozabon egallab oldi
67'
Koutinyo jarima maydonchamizga yorib kirib, kuchli zarba yo‘lladi. Baxtimizga noaniq
66'
Sardor Mirzayev o‘ng qanotdan yetkazgan to‘pni Nagayev bosh bilan darvozaga yo‘lladi
66'
Gooooooollll! Nihoyat! Ivan Nagayeevvvv!!!! Borakansanu, Vanya!!!
65'
Kuvaytliklar hujumini qiyinchilik bilan bartaraf etishda vakillarimiz
64'
Lokoning hozirgi kombinasiyasi o‘xshadi, ammo kichik Hasanov zarbasi noaniq bo‘ldi
63'
Himoyachi Sherzod Shiripov o‘rniga hujumkor yarim himoyachi Sardor Mirzayevni maydonga tashladi. Tavakkal yurish!
61'
G‘ofurovning "qovun tushirishi"dan keyin Koutinyo darvozamiz tomon xavf soldi. BUrchak to‘pini bartaraf etdik
60'
Kojokar jarima maydonchamizning o‘ng tomonida raqibga nisbatan qoida buzdi
58'
Katta HAsanovning zarbasi darvozasi ustuniga tegib maydonni tark etdi!
58'
himoyachining jarima maydonchasi ichidagi xatosidan foydalanib Shevchenko darvoza tomon zarba berdi. Ammo kuchsiz!
57'
Raqib ofsaydda
56'
Burchak to‘pi xavfli bo‘ldi. Bizning hujumchilar qayerda turishni bilishmaydi ochig‘i...
55'
Kichik Jasurning uzatmasini himoyachi maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
54'
Futbolchilarimiz endi markazdan ham hujum uyushtirishmoqda. So‘nggi pas aniq bo‘lmayapti
53'
Anvar G‘ofurov ijrosida o‘ta no‘noq zarba
51'
Katta Hasanov ikki futbolchi orasidan o‘tib ketib, Shevchenkoga to‘pni yetkazgandi. Vyacheslav ofsaydda qolgan ekan
50'
Islom To‘xtaxo‘jayev burchakdan yetkazilgan to‘pga bosh bilan yaxshi zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi
49'
BUrchak to‘pi
49'
Mezbonlarning 2-bo‘limdagi hujumlari haqli raqib jarima maydonchasiga yetib kelmayapti
46'
IKKINCHI BO‘LIM BOSHLANDI!
46'
"Loko"da ikkita o‘zgarish yuz berdi. Karpenko o‘rniga Jasur Hasanov, Lutfulla To‘rayev o‘rniga Ivan Nagayev
'
Jamoalar ikkinchi bo‘limni o‘tkazish uchun maydonga chiqib kelishdi
45+3'
BIRINCHI BO‘LIM TUGADI. "Lokomotiv" - "Kuvayt" SK - 0:2
45+2'
Lutfulla To‘rayev. Posbonga nisbatan keskin harakat uchun
45'
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi
45'
Mezbonlar to‘pni faqat yuqorilatib oshirishmoqda. Bu esa samarasiz bo‘lmoqda
43'
Mehmonlar maydonga to‘la moslashib olishdi. O‘zlarini ancha yaxshi his qilishmoqda
42'
Bunday vaziyatlardan foydalanish kerak axir! Raqib jarima maydonchasi ichida Shevchenko-Jabborov-Karpenko kombinasiyasidan keyin Viktorning zarbasiga aniqlik yetishmadi
41'
Yana o‘sha Jema’ jarima maydonchamizga yorib kirib, o‘tkir burchakdan kuchli zarba berdi. G‘aniyev to‘pni egalladi
40'
Agar "Loko" rostdan ham OCHL guruh bosqichiga chiqishni istasa, tanaffusgacha kamida bitta gol ura olishi kerak. AKs holda ikkinchi bo‘limda qiyin bo‘ladi
39'
Karpenko jarima to‘pini jarima maydonchasiga yetkzadi. Darvozabon to‘pni mushti bilan urib yubordi
37'
Yana o‘sha Jema’ Koutinyodan to‘pni qabul qilib olib, darvozabon bilan birga bir vaziyatda ikkinchi golni urmoqda. Gogol juda bo‘sha harakat qildi. To‘pni qaytarsa bo‘lardi...
37'
Goooool! "Kuvayt" SK yana oddiy vaziyatda gol urib ketmoqda!
35'
Endi esa Jasurning uzatmasi o‘ta noaniq
34'
Hasanov chap qanotda o‘zi tomon markazdan yetkazilgan to‘pni yerga tushirmasdan jarima maydonchasiga yetkazgandi. Bu zarba bo‘lib chiqdi. Al-Kandariy to‘pga ega chiqdi
32'
Mezbonlarning bir xil uslubdagi — qanotlardan jarima maydonchasiga yetkazish orqali o‘yinni tashkil etishlari foyda bermayotgandi. Mana hozir Karpenko jarima maydonchasi tashqarisidan darvozaga zarba yo‘lladi. Posbon egallab oldi
31'
Kojakar ancha olis masofadan yerlatib zarba berdi. To‘pni darvozabon osonlik bilan egalladi
29'
jarima maydonchasi ichida To‘rayev va kuvaytlik himoyachi baravar yiqilishdi. Mehmon futbolchisining turishi qiyin. BU ahvolda 60 daqiqa toza o‘yinni ko‘rishimiz qiyin
28'
Hasanov yetkazib bergan burchak to‘pidan keyin xavfli vaziyat yuzaga keldi. Biroq to‘pni darvoza yo‘llaydigan futbolchi topilmadi
28'
Jabborov burchak to‘pi ishladi
27'
Karpenko o‘ng qanotdan yaxshi ochildi. Biroq uning jarima maydonchasiga yetkazib bergan to‘pini himoyachilar qaytarishmoqda
26'
Shevchenko darvozabonga nisbatan qo‘pollik qildi deb topildi
25'
Karpenko burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Himoyachilar to‘pni qaytarishdi. Viktorning o‘zi yana bir burchak to‘pi ishladi
23'
Alamli, "Lokomotiv" juda ko‘p hujum qildi, ammo raqibning birgina qarshi hujumi gol bilan yakunlandi
22'
Gooool! "Lokomotiv" maydon markazida to‘pni yo‘qotdi va Issam Jema’ qanotdan uzatib berilgan to‘pni bosh bilan darvozaga yo‘lladi!
20'
Lokomotiv maydon markazida to‘pni egallab olib, tezkor qarshi hujum uyushtirayotganida raqib to‘pni qo‘li bilan to‘xtatib qoldi. Minoru negadir futbolchini ogohlantirmadi
18'
Mehmon himoyachisi qaltis harakat qildi. Ammo bundan vakillarimiz foydalana olishmadi
17'
Ancha vaqtdan beri to‘p ilk marta G‘aniyevga yetib keldi
16'
Maydon egalari sakkiz va to‘qqizinchi marta burchak to‘plarini o‘yinga kiritishdi. Befoyda
16'
Sovuq, nam va sirpanchiq maydonda mezbonlar o‘zlarini raqiblarga nisbatan biroz erkinroq his qilishmoqda
15'
Ustunlik "Lokomotiv" tomonida. Ketma-ket hujumlar tashkil etilmoqda
15'
Burchak to‘pidan keyin esa To‘rayev noaniq zarba berdi
14'
Hasanov chap qanotdan jarima maydonchasiga yorib kirdi. Himoyachi uning uzatmasini maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
13'
Mezbonlar chiroyli kombinasiya uyushtiridi. Shevchenko tomonidan bosh bilan berilgan zarba aniq bo‘ldiyu, biroq darvozabon uni egallab oldi
11'
Dilshod Jabborov ijrosida xavfli jarima zarbasi. To‘p rekoshet holatida darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi. Burchak to‘pidan esa samara chiqmadi
9'
Karpenko o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga uzatdi. Shevchenkoning bosh bilan bergan zarbasiga aniqlik yetishmadi
7'
Jasur Hasanov o‘ng qanotga o‘tib o‘ynamoqda. To‘p qanotlarda jarima maydonchasiga yetkazilmoqda. Hozir to‘p darvozabonga nasib qilmoqda. Jasurning hozirgina yo‘llagan zarbasiga aniqlik yetishmadi
6'
Darvozabon Temur G‘aniyev jarima maydonchasini tark etib, raqib hujumchisi tomon uzoqdan yetkazib berilgan to‘pni qaytarib qoldi. Ulgurdi
5'
Temiryo‘lchilar ketma-ket ikkinchi marta to‘pnni burchakdan o‘yinga kiritishdi. Endi qarama-qarshi burchakdan uchinchi standart
3'
Xavfli vaziyat. jarima maydonchasiga yetkazilgan to‘p Karpenkoga kelayotgandi, himoyach uni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
2'
"Loko" hujum uyushtirdi. Dastlabki zarba himoyachiga tegib qaytgan bo‘lsa, jarima maydonchasiga uzatilgan to‘pni egallab olishdi darvozabon xatoga yo‘l qo‘ydi. Biroq to‘pni egallab oladigan temiryo‘lchi yo‘q edi
1'
Kuvaytlik futbolchi ofsaydda qoldi
1'
"Loko" to‘pni to‘g‘ridan-to‘g‘ri jarima maydonchasi tomon yetkazgandi, mehmonlar to‘pni qaytarishdi
1'
O‘YIN BOSHLANDI!
'
Qiziq, birinchi bo‘limda "Kuvayt" SK posboni qo‘riqlaydigan darvoza to‘rining pastki burchagida (to‘rning ustunga bog‘langan qismi)da teshik paydo bo‘pti. Buni qanot hakami aniqlandi. Hozirda ushbu muammo bartaraf etilmoqda
'
Hakamlar va jamoa sardorlari o‘rtasidagi mini-qur’aga ko‘ra, uchrashuvni "Lokomotiv" boshlab beradigan bo‘ldi
'
"Lokomotiv" qizil, "Kuvayt" SK esa oq rangli formalarda harakat qilishadi
'
Jamoalar suratga tushishmoqda
'
OFKning "60 daqiqa. To‘xtama! O‘yna" kampaniyasi OCHL musobaqasida ham amalda bo‘ladi. Shunday yozuvda bayroq ham maydonga olib chiqildi
'
Jamoalar va hakamlar maydonga chiqib kelishmoqda!
'
"Lokomotiv" safidagi Jasur Hasanovning kattasi, chapaqayi bugun asosiy tarkibda harakat qiladi. Buxorolik Jasur esa zaxirada
'
Jamoalarning maydonga chiqib kelishini kutamiz
'
Stadionda muxlislar unchalik ko‘p emas. Faqatgina "Lokomotiv" fan-klubi a’zolari va yana bir necha muxlislar temiryo‘lchilarni qo‘llab-quvvatlash uchun kelishgan
'
Maydon o‘yinga tayyor. Jamoalar ham. Ular chigalyozdi mashg‘ulotini o‘tkazib, kiyinish xonasiga yo‘l olishdi. Ular ayni damda murabbiylardan so‘nggi ko‘rsatmalarni olishmoqda
'
Mazkur stadion bugun ertalab qordan tezda tozalandi.
'
Yana 10 daqiqadan keyin jamoalar "Paxtakor" stadioni maydoniga chiqib kelishadi
'
"Lokomotiv" va "Kuvayt" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin boshlanishiga taxminan 15 daqiqa vaqt qolmoqda.
'
Barchangizni quyoshli havo bilan tabriklaymiz. Har holda kun sovuq bo‘lsada, Toshkentda quyosh charaqlab turibdi
'
ASSALOMU ALAYKUM, QADRLI FUTBOL MUXLISLARI
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.