Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Angliya Premyer-ligasi
| 36-tur, 2 may, soat 00:00. Bosh hakam: Mark Klattenburg (Angliya) | ||
CHELSIGari Kexill (58)
Eden Azar (83) |
2 : 2 |
TOTTENXEMXarri Keyn (35)
Son Xeung Min (44) |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
01.Asmir Begovich (D) 26.Jon Terri 24.Geri Kexill 28.Sesar Aspilikueta 02.Branislav Ivanovich 21.Nemanya Matich 04.Sesk Fabregas 12.Jon Obi Mikel 22.Villian 19.Diyego Kosta 17.Pedro Rodriges |
01.Ugo Lyoris (D) 04.Tobi Alderveyreld 15.Erik Dayer 05.Yan Vertongen 02.Kayl Uoker 03.Denni Rouz 23.Kristian Eriksen 11.Erik Lamela 10.Xarri Keyn 19.Mussa Dembele 07.Son Xeung-Min |
|
| ZAHIRA | ||
|
32.Marko Ameliya (D) 06.Baba Raxman 10.Eden Azar 14.Bertrand Traore 08.Oskar 16.Robert Kenedi 36.Ruben Loftus-Chik |
13.Mishel Vorm (D) 27.Kevin Vimmer 33.Ben Devis 08.Rayan Meyson 22.Naser Shadli 28.Tom Kerrol 14.Klinton N'Jiye |
|
Matn
| 90+7' | ![]() |
O‘yin yakunlandi! "LESTER — CHEMPIOOOONNN!!!! |
| 90+6' | ![]() |
Meysonga sariq kartochka. Har bir to‘qnashuv ur-yiqit, to‘polonga aylanib keyapti... |
| 90+5' | ![]() |
Xarri Keyn va Mussa Dembele ogohlantirish olishdi |
| 90+4' | ![]() |
Azar olis masofadan zarba berdi. To‘p Oskarning beliga tegib, maydonni tark etdi |
| 90+1' | ![]() |
"Tottenxem"da o‘zgarish: Alderveyreld o‘rniga Nosir Shodli tushdi |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 6 daqiqa qo‘shildi! |
| 89' | ![]() |
Fabregas tomonidan yetkazilgan uzatmani mehmonlar qaytarishdi |
| 88' | ![]() |
Erik Dayer sariq kartochka oldi. Ur yiqit, to‘polon.... |
| 85' | ![]() |
Mehmonlar jarima to‘pini "Chelsi" jarima maydonchasiga yetkazishdi. Kexill to‘pni qaytardi |
| 83' | ![]() |
GOOOOOOOL! Eden Azaaaaar, 2:2! Diyego Kostadan uzatma qabul qilgan Azar 14 metrlardan zarba berib, to‘qqizlikni aniq nishonga oldi! |
| 82' | ![]() |
"Tottenxem"da o‘zgarish: Denni Rouz o‘rniga Ben Devis tushdi |
| 81' | ![]() |
Vuuh! Azar chap qanotdan kuchli tarzda mehmonlar jarima maydonchasiga uzatma berdi. Lyoris to‘pni egalladi |
| 78' | ![]() |
"Chelsi"da o‘zgarish: Matich o‘rniga Oskar tushdi |
| 76' | ![]() |
VUuuuuuh! Uoker o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirayotgan Meysonga uzatma berdi. Rayan 13-14 metrlardan yo‘llagan zarbani Begovich qaytardi! |
| 74' | ![]() |
VUUUUH! Azar jarima maydonchasining chap tomonidan darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Diyego Kosta to‘pga biroz yeta olmadi! |
| 72' | ![]() |
"Tottenxem" ketma-ket ikki marta burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Xavf yo‘q |
| 71' | ![]() |
Ivanovich ham sariq kartochkadan benasib qolmadi |
| 70' | ![]() |
O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmaga Ivanovich bosh bilan zarba berdi. Noaniq |
| 70' | ![]() |
Eriksen sariq kartochka oldi. Azarni chalib yiqitgani uchun |
| 68' | ![]() |
"Tottenxem" ketma-ket ikki marta burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Ikkinchisidan keyin qayta tashkil etilgan hujum paytida Vertongen to‘pni darvoza yaqinga bosh bilan yetkazdi. Begovich to‘pni egalladi |
| 64' | ![]() |
"Tottenxem"da o‘zgarish: Son Xeung Min o‘rniga Rayan Meyson tushdi |
| 62' | ![]() |
Vuuuuh! "Chelsi"ning qarshi hujumi! Diyego Kosta jarima maydonchasi tashqarisida himoyachilarni chalg‘itdi va o‘ng tomondan jarima maydonchasiga kirgan Villianga uzatma berdi. Braziliyalik yarim himoyachining zarbasini Lyoris egalladi |
| 60' | ![]() |
Diyego Kosta chap tomondan jarima maydonchasiga kirdi, ammo yiqilib tushdi |
| 60' | ![]() |
Nafaqat o‘yinga, balki butun boshli APLga intriga qaytdi. Yana yarim soat... |
| 58' | ![]() |
GOOOOOOOL! Geri Kexill, 1:2! Burchakdan yetkazilgan uzatmani himoyachi 11 metrli nuqta ustidan qabul qildi va chap oyoqda kuchli zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi! |
| 56' | ![]() |
Matich o‘ng qanotdan uzatma berdi. Posbon egalladi |
| 54' | ![]() |
Son Xeng Min jarima maydonchasi chizig‘i ustidan zarba berdi. Biroz noaniq |
| 53' | ![]() |
"Totenxem" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Xavfli vaziyat yuzaga kelmadi |
| 51' | ![]() |
Vuh! Azar jarima maydonchasi burchagida zarba berdi. Zarba aniq, ammo Lyoris to‘pni egalladi |
| 51' | ![]() |
Erik Lamela ogohlantirish oldi. Fabregas oyog‘iga xavfli tashlangani uchun |
| 50' | ![]() |
Keyn jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qildi va o‘tkir burchak ostida zarba berdi. Begovich to‘pni egalladi |
| 48' | ![]() |
Burchak to‘pi samarasiz chiqdi |
| 48' | ![]() |
"Chelsi"ning hujumi paytida Aspilikueta jarima maydonchasining chap tomonida to‘pni egalladi va narigi tomon uzatma berayotganida to‘p himoyachidanm maydonni tark etdi |
| 47' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan uzatmaga Xarri Keyn bosh bilan zarba berdi. Zarba kuchli chiqmadi. Begovich to‘pni egalladi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi. Davom etamiz |
| 46' | ![]() |
"Chelsi"da o‘zgarish: Pedro o‘rniga Eden Azar tushdi |
| 45+3' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Chelsi" - "Tottenxem" - 0:2. Tanaffus |
| 45+1' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shildi |
| 45+1' | ![]() |
Villian va Denni Rouz tortishib ketishdi. Ular ogohlantirish oldi. Vaziyatga "Tottenxem" ustozi Pochettino ham aralashib, futbolchilarni ajratdi |
| 44' | ![]() |
GOOOOOOOL! Son Xeung Min, 0:2! Ivanovichning xatosidan keyin Eriksen to‘pni egalladi va koreyalik futbolchini birga bir vaziyatga chiqarib yubordi. Son imkoniyatdan samarali foydalandi |
| 43' | ![]() |
Maydon markazidan yetkazilgan jarima to‘pini Diyego Kosta jarima maydonchasi ichida ko‘kragi bilan qabul qildi va chalqancha uslubda zarba berdi. Ammo ofsayd |
| 42' | ![]() |
Pedro chap qanotdan darvoza yaqiniga uzatma berdi. Lyoris to‘pni egalladi |
| 40' | ![]() |
VUUUUUH! Qanotdan yetkazilgan uzatmaga Lamela 11 metrli nuqta ustida zarba berdi. Himoyachi zarbani qaytardi. Son Xeung Min bergan zarba muvaffaqiyatli chiqmadi |
| 39' | ![]() |
Vuuuh! To‘p qanotdan uloqtirib berilishi natijasida Fabregas jarima maydonchasiga kirib bordi. Zarba berish chog‘ida himoyachi uning ortida biroz itargani bois zarba noaniq chiqdi. Qoidabuzarlik qayd etilmadi |
| 38' | ![]() |
Yan Vertongen sariq kartochka oldi |
| 35' | ![]() |
GOOOOOL! Xarri Keyn, 0:1! Erik Lamelaning uzatmasidan keyin Keyn birga bir vaziyatga chiqib ketdi va jarima maydonchasi ichida Begovichni aldab o‘tib, bo‘sh qolgan darvozaga to‘pni joyladi! |
| 34' | ![]() |
"Shporlar" birinchi raqam ostida o‘ynashga harakat qilishmoqda. Bu tushunarli. Ularga g‘alaba kerak. "Chelsi"ning qarshi hujumlari xavfliroq chiqmoqda |
| 31' | ![]() |
Burchak to‘pi xavfli bo‘lmadi |
| 31' | ![]() |
Vuuuh! Diyego Kosta raqib himoyachilaridan to‘pni olib qo‘ydi va jarima maydonchasi chizig‘i oldidan zarba yo‘lladi. To‘p Lyorisning qo‘lidan tark etdi |
| 30' | ![]() |
Xarri Keyn 30 metrlardan belgilangan jarima zarbasini tepdi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 28' | ![]() |
Son Xeung Min jarima maydonchasi tashqarisidan aniq zarba bera olmadi |
| 27' | ![]() |
Kayl Uoker sariq kartochka oldi |
| 27' | ![]() |
VUUUUUH! "Chelsi" ajoyib qarshi hujum tashkil qildi. Diyego Kostadan kelgan to‘pga Fabregas 13 metrlardan zarba berdi. To‘p ustundan yarim metr masofadan o‘tib ketdi. |
| 25' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan uzatmani Fabregas qaytardi. Eriksen yo‘llagan zarba noaniq bo‘ldi |
| 24' | ![]() |
Oldingi chiziqqa yetkazilgan uzatmaga Son Xeung Min ega chiqdi, jarima maydonchasi ichida o‘tkir burchak ostida zarba berdi. Burchak to‘pi |
| 22' | ![]() |
Dayer o‘ng qanotdan mezbonlar jarima maydonchasiga uzatma berdi. To‘p qaytarildi |
| 21' | ![]() |
Xavfli vaziyat! Mezbonlar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi, to‘p qaytarildi. Pedro darvozabon maydonchasi yaqiniga uzatma berdi. Denni Rouz yiqilib tushdi. Diyego Kosta buni kutmagandi shekilli, tayyor imkoniyatdan foydalana olmadi |
| 20' | ![]() |
"Chelsi" qarshi hujumga o‘tayotganida burchak to‘pi ishladi |
| 19' | ![]() |
Let's do it for Ranieri - Ranyeri uchun bu ishni qilaylik, deb yozib olibdi "Chelsi" muxlislaridan biri |
| 16' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan uzatmani Fabregas darvoza tomon bura olmadi |
| 15' | ![]() |
"Chelsi" jarima to‘pini burchak to‘piga aylantirdi |
| 14' | ![]() |
Jarima maydonchasi burchagiga yaqin joyda Kostaga nisbatan fol ishlatildi |
| 11' | ![]() |
Vuuh! Denni Rouz 26 metrlardan "Chelsi" darvozasi tomon zarba berdi. To‘p to‘sin ustidan o‘tib ketdi! |
| 10' | ![]() |
"Chelsi" jarima maydonchasiga yetkazilgan uzatmani Aspilikueta egallab oldi va xavfni bartaraf etdi |
| 10' | ![]() |
Villian o‘ng qanotdan jarima to‘pini jarima maydonchasiga yetkazdi. To‘p hech kimga tegmasdan yon qanotga qarab ketib qoldi |
| 7' | Ilk daqiqalardan futbolchilar o‘rtasida tortishuvlar yuzaga kelmoqda | |
| 5' | ![]() |
Vuuh! "Chelsi" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Keyxill bosh bilan zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 4' | ![]() |
O‘yin asosan maydon markazida. Klublar o‘z o‘yinlarini yo‘lga qo‘yish payida bo‘lishoqda |
| 1' | ![]() |
UCHRASHUV BOSHLANDI! To‘pni o‘yinga "Chelsi" kiritib berdi |
| ' | ![]() |
Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. O‘yin boshlanish arafasida |
| ' | ![]() |
Ikki kundan beri Angliya chempioni aniqlanishini kutyapmiz. Shu maqsadda bugun "Chelsi" - "Tottenxem" o‘yinini birgalikda kuzatib boramiz |
| ' | ![]() |
Xayrli oqshom, qadrli futbol muxlislari! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|