Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/10 13:17 Mayns 2-0 Ayntraxt Braunshveyg
20/10 13:17 Hannover-96 1-4 Hoffenhaym
20/10 13:17 Bayer 2-1 Augsburg
20/10 13:17 Shalke 1-3 Borussiya D
20/10 13:17 Bavariya 3-2 Gerta
20/10 13:20 Volfsburg 3-0 Verder

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Osiyo chempionlar ligasi

«C» guruhi, 6-tur. 3 may, soat 19:30. Bosh hakam: Ma Ning (Xitoy)

PAXTAKOR

Suhrob Berdiyev (13)
Temur Tolipov (23)
Jaloliddin Masharipov (81)

3 : 0

AL-JAZIRA

JAMOALAR TARKIBI
1.Nikita Ribkin
5.Akbar Ismatullayev
6.Abbos Otaxonov
8.Sherzod Karimov
11.Igor Sergeev
14.Jamshid Boltaboyev
19.Suhrob Berdiyev
21.Kamoliddin Tojiyev
24.Davron Hoshimov
29.Vladimir Kozak
48.Temur Tolipov.
  36.As-Senaniy
5.Musallam Fayoz
8.Park Jong Vu
10.Tiago Neves
12.Rashid Salim
21.Yoqub Yusuf
44.Faris Juma
45.Said Mabxut
70.Ahmad al-Hashmiy
88.Salim Ali
99.Kenvayn Jons

Matn

'
Afsus, "Traktorsoziy" - "Al-Hilol" 1:2. Bu o‘yin tugadi. "Paxtakor" 10 ochko bilan guruhda qolib ketdi.
90+4'
O‘yin yakunlandi. "Paxtakor" guruhdagi so‘nggi o‘yinda yirik hisobda g‘alaba qozondi. Endi "Traktorsoziy" - "Al-Hilol" o‘yini tugashini kutamiz
90+2'
Kozak jarimadan yo‘llagan zarbadan keyin to‘p jonli devordan tark etdi
90+1'
Musallam Fayyozga sariq kartochka ko‘rsatildi
90'
Oybek Qilichevga qizil kartochka! Raqib oyog‘ini bosib oldi. Bu to‘g‘ridan to‘g‘ri qizilga tortmasdiyov...
88'
Sulton Bargash sariq kartochka oldi.
86'
"Paxtakor"da o‘zgarish: Suhrob Berdiyev o‘rniga Akobir To‘rayev tushdi
83'
Davron Hoshimov ogohlantirildi
81'
GOOOOOL! Jaloliddin Masharipov, 3:0! Yarim himoyachi ikki futbolchini aldab, darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqdi va to‘pni posbonning ustidan oshirib qo‘ydi
80'
Suhrob Berdiyev sariq kartochka oldi.
79'
Tolipov olis masofadan yo‘llagan jarima zarbasini Senaniy egalladi
78'
Salim Rashid sariq kartochka oldi
77'
"Al-Jazira"da o‘zgarish: Salim Ali o‘rniga Sulton Bargash tushdi
77'
Vuuuh! Kozak chap qanotdan uzatma berdi. Oybek Qilichev 12 metrlardan zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi
76'
"Traktorsoziy" gol o‘tkazib yubordi. "Hilol" ikkinchi golni urdi.
74'
Temur Tolipov olis masofadan zarba yo‘lladi. Senaniy to‘pni egalladi
68'
"Al-Jazira"da o‘zgarish: Tiago Neves o‘rniga Ahmad Rabiya tushdi
68'
Vuuuuuh! Burchakdan yetkazilgan uzatmani mehmonlar qaytarishdi. Hoshimov jarima maydonchasi tashqarisidan kuchli zarba berdi. Biroz noaniq
67'
"Paxtakor" to‘pni nazorat qilmoqda. O‘ng qanotdan yetkazilgan natijasida burchak to‘pi ishlandi
63'
Vuuuh! "Paxtakor" himoyachilarining xatosidan keyin Salim Ali jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qildi va zarba berdi. Baxtimizga zarba noaniq chiqdi
62'
"Paxtakor"da o‘zgarish: Sherzod Karimov o‘rniga Oybek Qilichev tushdi
59'
Vuuuh! Temur Tolipov jarimadan to‘pni yaqin burchakka aylantirdi. To‘p shundoqqina ustun yonidan o‘tib ketdi. Jrima zarbalarini yaxshi teparkan bu futbolchi. Darvoqe, Tolipov Yoshlar ligasining ushbu mavsumida 7ta gol urdi
56'
Salim Ali olis masofadan zarba yo‘lladi. noaniq
53'
Yaxshi xabar! "Traktorsoziy" hisobni tenglashtirdi! Bo‘shashma, "Traktor"!
51'
Vuuuh! Kozak-Masharipov-Sergeev uzatmalaridan keyin Igor 11 mterli nuqta ustida zarba berdi. To‘p yuqoriga ko‘tarilib ketdi...
47'
Ehhhhh, Sergeeev! Masharipovning uzatmasidan keyin darvozabon bilan yakkama yakka vaziyatga chiqdi, posbonni aldab o‘tdi, ammo bo‘sh qolgan darvozaga to‘pni joylay olmadi!
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
46'
"Al-Hilol"dayam o‘zgarish: Ahmad al-Hashmiy o‘rniga Muhammad Jamol tushdi.
46'
"Paxtakor"da o‘zgarish: Kamoliddin Tojiyev o‘rniga Jaloliddin Masharipov tushdi
'
"Traktorsoziy"dan hamon gol kutyapmiz. Eronlik ozarlar ikkinchi bo‘limda vaziyatni o‘z tomonlari og‘dirishar a? KUtamiz
45+2'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. "Paxtakor" - "Al-Jazira" - 2:0.
45'
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shildi
45'
Hoshimov o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga uzatma berdi. To‘pni Sergeev va Tolipov egallay olishmadi
42'
Kozak jarimadan yo‘llagan zarba ancha noaniq bo‘ldi
41'
Said Nozim Mabxut ikkinchi sariq kartochkani olib maydonni tark etdi. U Davron Hoshimovga nisbatan xavfli tashlandi
35'
O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmani Ribkin egallab oldi. Jons sakragancha unga kelib urildi. Nikita tibbiy yordamga muhtoj
29'
"Paxtakor" maydon markazi yaqinidan jarima to‘pini o‘yin kiritdi. To‘p Temur Tolipovning boshiga tegib, ortga qaytdi
28'
Sherzod Karimov jarima maydonchasi burchagidan zarba berdi. Zarba aniq, ammo u Senaniyga nasib etdi
26'
Hammasi yaxshi ketmoqda. Faqat Masqatda o‘tayotgan "Traktorsoziy" - "Al-Hilol" o‘yinida eronliklardan gol(lar) kutib qolamiz
23'
GOOOOOOOOL! Temur Tolipoooov, 2:0! Jarimadan yo‘llangan zarba natijasida to‘p olis burchakka borib tushdi!
20'
"Paxtakor" futbolchisi olis masofadan aniq zarba yo‘lladi. Darvozabon to‘pni qaytardi. So‘ngra himoyachi to‘pni yon tomonga tepib yubordi
19'
Mehmonlar burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Ribkin musht bilan to‘pni urib yubordi. Temur Tolipov to‘pni egallab oldinga o‘tayotganida Salim Ali hujumchini shortigidan tortib qoldi. Ogohlantirish
19'
Kenvayn Jons burchak to‘pi ishladi.
16'
Vuuuuh! Sherzod Karimov 28 metrlardan kuchli zarba berdi. Senaniy to‘pni egalladi
15'
Parallal kechayotgan o‘yinda biz uchun unchalik quvonchli bo‘lmagan xabar: "Al-Hilol" hisobni ochdi
13'
GOOOOOOL! Suhrob Berdiyev, 1:0! Olis masofadan yetkazilgan uzatmani darvozabon qaytardi. Hujumchi yaqin masofadan darvozani ishg‘ol qildi!
8'
Otaxonov o‘yindan tashqari holatda qolib ketdi. Bu vaziyatda unga to‘pni Karimov uzatgan edi
7'

O‘yin qoidasi buzildi. Boltaboyev raqib tomonidan yiqitildi. "Paxtakor" uchun yaxshi imkoniyat yuzaga kelmoqda.
4'
Biroz ustunlik "Al JAzira" futbolchilari tomonda.
1'
O‘yin boshlandi!
'
2-3 daqiqadan keyin futbolchilar maydonga chiqib kelishadi
'
"Paxtakor" keyingi bosqichga chiqishi uchun bugun g‘alaba qozonishi, o‘z navbatida parallel o‘yinda "Al-Hilol" "Traktorsoziy"ga yutqazishi kerak
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! Yana bir necha daqiqalardan keyin "Paxtakor" va "Al-Jazira" klublari o‘rtasida OCHL bahsi boshlanadi
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.