Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/10 13:17 Mayns 2-0 Ayntraxt Braunshveyg
20/10 13:17 Hannover-96 1-4 Hoffenhaym
20/10 13:17 Bayer 2-1 Augsburg
20/10 13:17 Shalke 1-3 Borussiya D
20/10 13:17 Bavariya 3-2 Gerta
20/10 13:20 Volfsburg 3-0 Verder

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Osiyo chempionlar ligasi

«D» guruhi, 6-tur. 3 may, soat 21:30

AL-AYN (BAA)

Danilo Asprillo (39)
Ismoil Ahmad (90)

2 : 0

NASAF

JAMOALAR TARKIBI
17. Xolid Iyso
5. Ismoil Ahmad
6. Flipp Bastos
9. Dyanfres Duglas
10. Umar Abdulrahmon
16.Muhammad ar-Raqiy
19. Muhanad Salim
23. Muhammad Ahmad G‘arib
29. Li Myung Ji
50. Muhammad Fayoz
70. Danilo Asprillo
  25.Eldorbek Suyunov
4.Maqsud Karimov
23.Sherzod A’zamov
5.Ildar Mamatkazin
7.Shuhrat Muhammadiyev
10.Dilshod Rahmatullayev
20.Erkin Boydullayev
18.Bahrom Abdurahimov
21.Azamat Allaniyozov
31.Saydullo Rahmatov
45. Bobur Abduxoliqov
ZAHIRA
75.Hamad al-Mansuriy
8.Rashid Iyso
11. Said al-Xatiriy
18.Ibrohim Diakiy
20. Hilol Said
77. Muhammad Favzi.
  35.Sanjar Quvvatov
14.Sharof Muhitdinov
27.Islom Rashidxonov
16.Dilshod Xushbakov
38.Doniyorjon Narzullayev
42.Najmiddin Normurodov.

Matn

90+3'
O‘yin yakunlandi. "Nasaf" ham OCHLni tark etdi!
90'
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shildi
90'
GOL! Burchakdan yetkazilgan uzatmaga Ismoil Ahmad bosh bilan zarba berib, hisobdagi farqni oshirdi!
89'
Vuuuuh! Ibrohim Diakiy jarima maydonchasi ichida Mamatkazinni aldab o‘tdi va o‘tkir burchak ostida kuchli zarba yo‘lladi. To‘pni Suyunov qaytardi!
87'
Muhiddinov olis masofadan ikki marta zarba berdi. Dastlabkisini himoyachi qaytardi, ikkinchisi noaniq bo‘ldi
86'
Darvoza yaqiniga yetkazilgan uzatmani Suyunov egalladi
82'
Sharof Muhiddinov "sariq" oldi.
81'
Taxlikali vaziyat! Yana Asprilla. Suyunov to‘pni egalladi
80'
"Nasaf"da o‘zgarish: Erkin Boydullayev o‘rniga Doniyor Narzullayev tushirildi
78'
"Al-Ayn"da o‘zgarish: Muhammad Abdulrahmon o‘rniga Ibrohim Diakiy maydonga tushdi.
76'
VUUUUUH! Abduxoliqov chap qanotdan jarima maydonchasi kirdi va zarba yo‘lladi. To‘p to‘singa tegib qaytdi! Afsus!
75'
Xavfli vaziyat! Muhammad Abdulrahmon chap qanotda Muhammadiyevni chalg‘itdi va olis burchak tomon zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi
73'
BAAliklar jarima to‘pini kombinasiya shaklida amalga oshirishdi va burchak to‘pi ishlashdi. Burchak to‘pi xavfli bo‘lmadi
69'
Suyunov jarima maydonchasini chap tomondan tark etdi va Asprillaning oyog‘i ostidan to‘pni maydon tashqarisiga tepib yubordi
68'
"Nasaf"da o‘zgarish: Saydullo Rahmatov o‘rniga Sharof Muhiddinov tushdi
65'
"Al-Ahli" - "Al-Jaish" o‘yinida mezbonlar hisobni ochishdi
61'
VUUUUUH! Asprilla, Umar Abdulrahmon, MUhammad Raqiy - mana shu futbolchilar jarima maydonchasi ichida ketma-ket 3 marta zarba berishdi! Zarbalarni darvozabon va himoyachilarimiz qaytarishdi!
58'
Qarshiliklar hujum o‘tishmoqda, ammo jarima maydochnasi atrofida nima qilishni bilishmayapti
56'
Boydullayev jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. To‘p darvozagacha yetib bormadi
55'
"Nasaf" faqat va faqat himoyalanmoqda. Qachon hujum qilamiz. Aniq fikr bildirish qiyin
53'
Suyunov bugun yaxshi o‘ynamoqda. O‘ynashga majbur. Olis masofadan berilgan zarbani egalladi
52'
Saydulla Rahmatov ogohlantirish oldi
51'
VUUUUH! "Nasaf" darvozasi tomon olis masofadan zarba berildi. Suyunov to‘pni qaytarganidan keyin darvozaning bir tomoni bo‘sh qolgandi, to‘pni Muhammad ar-Raqiy egalladi. Uning zarbasini himoyachilarimiz qaytarishga muvaffaq bo‘lishdi
46'
Ikkinchi bo‘limga start berildi
'
Parallel kechayotgan "Al-Ahli" - "Al-Jaish" o‘yinida hisob ochilmagan. Tanaffus
45+2'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Al-Ayn" - "Nasaf" - 1:0. Tanaffus
45+2'
Bastos jarimadan zarba yo‘lladi. To‘p yerga urilib, Suyunovga bordi. Davrozabon to‘pni qaytardi. Rahmatov to‘pni vaziyatdan uzoqlashtirdi
45'
Bastosga jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘llash imkonini berishdi. Suyunov to‘pni qaytardi
43'
Qarshi hujumda Asprilla himoyachilarimizni yana qiynadi. Uning zarbasini qarshiliklar qaytarishdi
41'
Bastos olis masofadan zarba berdi. Suyunov to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
39'
GOL! Danilo Asprillo, 1:0! Abdulrahmonning uzatmasidan keyin Asprillo to‘p uchun kurashda Rahmatovdan ustun keldi va o‘tkir burchak ostida zarba berib, darvozani ishg‘ol qildi!
37'
Abduxoliqov hujumga o‘tmoqchi bo‘lganida to‘pni oldirdi. Natijada Duglas jarima maydonchasi tashqarisidan ancha noaniq zarba yo‘lladi
36'
Vuuuh! Umar olis masofadan aniq zarba berdi. Suyunov to‘pni egallab oldi
35'
"Nasaf"da majburiy o‘zgarish: A’zamov bahsni davom ettira olmadi. Maydonga Islom Rashidxonov tushdi
34'
Duglas ofsaydda qoldi
32'
Sherzod A’zamovga maydon chetida tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Tezroq maydonga qaytishi kerak
29'
Rahmatullayev olis masofadan zarba berdi. To‘p mezbon himoyachilariga tegib qaytdi va ular qarshi hujumga o‘tib ketishdi. Xavf bartaraf etildi
27'
Yana bir xavfli vaziyat. Umarning uzatmasiga Asprillo jarima maydonchamiz ichida zarba berdi. Noaniq. Biroq hujumchi zarbavor vaziyatga chiqish oldidan A’zamovga nisbatan fol ishlatgandek bo‘ldi. Hakam bunga ahamiyat bermadi
26'
Bizga g‘alaba kerak, ammo "Ayn" futbolchilari ko‘proq hujum tashkil qilishmoqda. Ularga ham g‘alaba kerak-da! Hozircha tartibli himoyalanib tursak, raqib charchab qolar a?!
23'
Vuuuh! Olis masofadan yetkazilgan uzatmani Abdulrahmon chap qanotdan qabul qildi. U jarima maydonchasiga kirdi va darvozabon maydonchasiga kuchli uzatma berdi. Suyunov to‘pni qaytardi. So‘ngra Mamatkazin to‘pni vaziyatdan uzoqlashtirdi
19'
VUUUUUH! Asprillo o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va ochiq turgan Li Myung Juga uzatma berdi. Uning 10 metrlardan bergan zarbasini Suyunov qaytardi!
16'
Bugungi o‘yinda "Nasaf"ning yagona maqsadi — g‘alaba qozonish. Ana undan keyin narigi o‘yin haqida bosh qotirishi mumkin. Bugun Artur Gevorkyan jamoaga yordam bera olmaydi. Shunisi jiddiy yo‘qotish
12'
Vuuuh! Qarshi hujumda Umar Abdulrahmon Asprilloni birga bir vaziyatga chiqaradigan ajoyib pas berdi. Danilo to‘pga biroz yeta olmadi. Suyunov to‘pni egalladi
10'
Burchakdan yetkazilgan uzatmani mezbonlar egallashdi
10'
Abdurahimov jarima maydonchasi ichida ikki himoyachidan o‘tib ketmoqchi bo‘ldi. Burchak to‘pi ishladi
9'
Ustunlik "Al-Ayn" tomonida. Berdiyev shogirdlari raqib bosimidan chiqishga harakat qilishmoqda
6'
Xavfli zarba! Li Myung Ji jarima maydonchasi tashqarisidan yerlatib zarba berdi. Suyunov to‘pni egalladi
3'
Qarshiliklar yana himoyada qo‘pol xatoga yo‘l qo‘yishdi. Mezbonlar imkoniyatdan foydalana olishmadi
1'
Vuuuuh! "Nasaf" himoyachilari raqib futbolchilarining bosimi ostida xatoga yo‘l qo‘yishdi. Umar Abdulrahmon bosh bilan uzatma berdi va Duglas birga bir vaziyatga chiqib, o‘tkir burchak ostida zarba berdi. Baxtimizga noaniq!
'
DIQQAT! BAAda "Al-Ayn" - "Nasaf" o‘rtasidagi o‘yin boshlandi!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.