Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/10 13:17 Mayns 2-0 Ayntraxt Braunshveyg
20/10 13:17 Hannover-96 1-4 Hoffenhaym
20/10 13:17 Bayer 2-1 Augsburg
20/10 13:17 Shalke 1-3 Borussiya D
20/10 13:17 Bavariya 3-2 Gerta
20/10 13:20 Volfsburg 3-0 Verder

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Osiyo chempionlar ligasi

«A» guruhi, 6-tur. 3 may, soat 20:00. Bosh hakam: Abdulrahmon Al-Jassim (Qatar)

LOKOMOTIV

0 : 0

AN-NASR (BAA)

JAMOALAR TARKIBI
1.Ignatiy Nesterov
5.Kaxi Maxaradze
8.Server Jeparov
11.Temurxo‘ja Abduxoliqov
15.Sardor Mirzayev
17.Salim Mustafoyev
18.Timur Kapadze (S)
20.Islom To‘xtaxo‘jayev
22.Sanjar Shoahmedov
28.Ikrom Aliboyev
33.Oleg Zoteev
  12.Ahmad Shambih
4.Xolid Jalol
6.Mahmud Xamis
7.Nilmar
8.Jires Kembo Ekoko
10.Luis Ximenes (S)
11.Xonatan Pitroypa
16.Amir Muborak
18.Ahmad Al-Yassiy
20.Masud Sulaymon
23.Esam bin Salmin
ZAHIRA
12.Ma’mur Ikromov
7.Sadriddin Abdullayev
10.Marat Bikmayev
21.Doniyor Usmonov
37.Sherzod Fayziyev
70.Ivan Nagayev
77.Jasur Hasanov
  40.Abdulla Mohd
3.Salim ar-Rejaybiy
5.Toriq Ahmad
17.Jassim Yoqub
22.Ahmad Xamis
52.Hussayn Abbos
70.Rashid Muhammad

Matn

90+3'
O‘YIN YAKUNLANDI! "Lokomotiv" o‘z guruhida 1-o‘rinni egallab, nimchorak finalga chiqdi. "Temiryo‘lchilar" pley-offda Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" klubiga qarshi o‘ynaydi. Dastlabki o‘yin Saudiyada bo‘lib o‘tadi.
90+2'
"An-Nasr"da o‘zgarish: Pitroypa o‘rniga Ahmad Xamis tushdi
90'
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shildi
89'
"An-Nasr"da o‘zgarish: Kembo Ekoko o‘rniga Toriq Ahmad tushdi
87'
Narigi o‘yinda "Al-Ittihod" ikkinchi golni urdi. "Lokomotiv" - "An-Nasr" o‘yini durang bilan yakunlansa, "Ittihod"ning g‘alabasidan hech qanday naf yo‘q
82'
Raqiblar jarima to‘pni o‘yinga kiritishdi. Hujumchi bosh bilan to‘pni orqaroqqa qoldirdi. To‘pni vakillarimiz egallab olishdi
78'
"An-Nasr"da o‘zgarish: Nilmar o‘rniga Salim ar-Rejaybiy tushdi
77'
Islom To‘xtaxo‘jayev ogohlantirish oldi
75'
"Lokomotiv"da o‘zgarish: Ikrom Aliboyev o‘rniga Sadriddin Abdullayev tushdi
71'
Sardor Mirzayev jarima maydonchasining chap tomonida belgilangan jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Mehmon himoyachisi to‘pni qaytardi
68'
Bikmayev tomon yetkazilgan uzatmaga Marat yetib bora olmadi
67'
"Lokomotiv"da o‘zgarish: Temurxo‘ja Abduxoliqov o‘rniga Marat Bikmayev tushdi
66'
Jeparov jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qildi va orqaroqda to‘p so‘ragan Aliboyevga uzatma berdi. Ikrom "parashyut" zarba berishga qaror qildi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi
65'
Kapadze jarima maydonchasi tashqarisida zarba berish mumkin bo‘lgan vaziyatda o‘ng qanotdan yordamga kelgan Mustafoyevg uzatma berdi. To‘p maydonni tark etdi
63'
"Lokomotiv"da o‘zgarish: Oleg Zoteev o‘rniga Sherzod Fayziyev tushdi
62'
"Lokomotiv" to‘pni nazorat qilmoqda. Miklyayev shogirdlarini durang natija qanoatlantiradi. "Nasr"ni ham
58'
Jeparov va Kapadze burchak yaqinida o‘zaro kombinasiya orqali to‘pni jarima maydonchasiga yetkazmoqchi bo‘lishdi, ammo himoyachi to‘pni egallab oldi
57'
Burchakka yaqin joyda Sardor Mirzayevga nisbatan fol ishlatildi. Jarima to‘pi o‘yinga kiritildi va burchak to‘pi ishlandi
54'
Mustafoyev o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga uzatma berdi. Shambih to‘pni egallab oldi
51'
Mirzayev chap qanotdan turib jarima maydonchasi yaqiniga uzatma berdi. Abduxoliqov to‘pni egallay olmadi
49'
Aliboyev ofsadda qoldi
48'
Vuuuuh! Shoahmedov 18 metrlardan zarba yo‘llladi. Darvozabondan qaytgan to‘pni himoyachi tomonga tepib yubordi
47'
Kembo Ekoko olis masofadan noaniq zarba berdi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
45+1'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha hisob ochilmadi. Tanaffus
45+1'
Aliboyev olis masofadan zarba yo‘lladi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi
45'
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shildi
45'
Pitroypa Nilmarni birga bir vaziyatga chiqaradigan uzatma berdi. Laynsmen bayrog‘ini ko‘tardi. Ofsayd
42'
Luis Ximenesga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda
41'
Jarimadan yetkazilgan uzatmani Maxaradze bosh bilan qaytardi
40'
Nilmar chap qanotdan Maxaradzedan o‘tib ketishga urindi, ammo Kaxi fol orqali uni to‘xtatdi
38'
To‘p nazorati "temiryo‘lchilar" tomonida.
35'
Vuuuuh! Burchakdan yetkazilgan uzatmani Sulaymon qaytardi. Shoahmedov olis masofada kuchli va aniq zarba berdi. Darvozabon mushti bilan to‘pni urib yubordi
34'
Jeparov jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi va burchak to‘pi ishladi
33'
Kembo Ekoko chap qanotdan darvoza yaqiniga uzatma berdi. Nesterov to‘pni egalladi
31'
Sardor Mirzayev raqib jarima maydonchasi ostonasiida ofsaydda qoldi
29'
Aliboyev o‘ng qanotdan oldinga o‘tdi va jarima maydonchasiga uzatma berdi. To‘p narigi qanotga o‘tib ketdi va uni Mirzayev egalladi. KEyin esa Sardor to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Ataylab emas, to‘pni bo‘ysundira olmadi
25'
Vuuuuuh! Chap qanotdan diagonal uzatma bilan to‘p jarima maydonchasining o‘ng tomonidagi Jeparovga uzatma berildi. Serverning uzatmasidan keyin Abduxoliqov va Mirzayev zarba berishga biroz ulgurishmadi
23'
Jarima maydonchasi chizig‘i ustidan sakrayotgan to‘pni Shoahmedov darvoza tomon tepishga harakat qildi. Zarba muvaffaqiyatsiz chiqdi
22'
Tomonlar himoyada to‘pni nazorat qilishmoqda, ammo hujumga o‘tishga shoshilishmayapti. Hujumga o‘tsalar ham xatoga yo‘l qo‘yishmoqda
19'
"Nasr" futbolchisi ofsaydda qoldi
18'
Jeparovga tibbiy yordam ko‘rsatildi. Server maydonga qaytdi
18'
Narigi o‘yinda "Al-Ittihod" "Sepahon" darvozasini ishg‘ol qildi. Bugun "Lokomotiv" yutqazishga haqi yo‘q. Durang natija "Loko" va "Nasr"ni keyingi bosqichga olib chiqadi
15'
O‘ng qanotdan Mustafoyevga nisbatan qoida buzildi. Jeparov to‘pni jarima maydonchasiga emas, o‘ng qanotdan oldinga o‘tayotgan Salimga yetkazdi. Ammo Mustafoyev to‘pni o‘zidan uzoqlashtirib yubordi va yiqildi. To‘p maydonni tark etdi
13'
Aliboyev 21 metrdan zarba berdi. To‘p yuqoriga ko‘tarilib ketdi
12'
Raqibning ikki futbolchisi bir-birlariga uzatma berib, "Loko" darvozabon maydonchasiga kirib kelishdi. Hakam ofsayd qayd etdi. Lekin hakam adashdi
11'
Jeparovdan uzatma qabul qilgan Abduxoliqov jarima maydonchasiga kirishga urindi, ammo himoyachiga nisbatan fol ishlatdi
8'
Vuuuh! Vakillarimiz qarshi hujumga o‘tishdi. Mustafoyev o‘ng qanotdan oldinga o‘tdi va jarima maydonchasida ochilayotgan Abduxoliqovga uzatma berdi. Temurxo‘ja birga bir vaziyatga chiqishi mumkin bo‘lgan vaziyatda to‘pni o‘zidan uzoqlashtirib yubordi. To‘pni Shambih egalladi
7'
"An-Nasr" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Maxaradze bosh bilan to‘pni qaytardi
5'
Shoahmedov olis masofadan ancha noaniq zarba berdi
3'
Sardor Mirzayev chap qanotdan oldinga o‘tdi, ammo himoyachi bilan to‘qnashuvda yiqildi. Hakam o‘yinni to‘xtatmadi
1'
"A" guruhida yana bir o‘yin — "Sepohon" - "Al-Ittihod" bahsi ham ayni paytda boshlandi
1'
UCHRASHUV BOSHLANDI! To‘pni o‘yinga "An-Nasr" kiritib berdi!
'
O‘yinnin boshlash uchun barcha narsa shay.
'
"Lokomotiv" qizil, "An-Nasr" ko‘k rangli formada harakat qilishadi
'
Diqqat, hakamlar va futbolchilar maydonga chiqib kelishmoqda.
'
Qadrli futbol muxlislari! Toshkentdagi "Bunyodkor" stadionida "Lokomotiv" o‘zining OCHL guruh bosqvichidagi so‘nggi uchrashuvini o‘tkazadi. "Lokomotiv" va BAAning "An-Nasr" klublari maydonga chiqib kelishga tayyor bo‘lib turishibdi
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.