Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Evropa chempionlar ligasi
| Yarim final, javob o‘yini. 4 may, soat 23:45. Bosh hakam: Damir Skomina (Sloveniya) | ||
REAL MADRIDFernando (20-avtogol)
|
1 : 0 |
MANCHESTER SITI |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
01.Keylor Navas (D) 15.Daniel Karvaxal 03.Pepe 04.Serxio Ramos (S) 12.Marselo 19.Luka Modrich 11.Garet Beyl 08.Toni Kroos 22.Isko 20.Xese 07.Krishtianu Ronaldu |
01.Jo Xart (D) 03.Bakari Sanya 04.Vensan Kompani 30.Nikolas Otamendi 22.Gael Klishi 25.Fernandinyo 42.Yaya Ture (S) 15.Xesus Navas 17.Kevin de Bryuyn 06.Fernando 10.Serxio Aguero |
|
| ZAHIRA | ||
|
13.Kiko Kasilya (D) 02.Rafayel Varan 16.Mateo Kovachich 18.Lukas Vaskes 29.Borxa Mayoral 10.Xames Rodriges 23.Danilo |
13.Vilfredo Kabalyero (D) 11.Aleksandr Kolarov 20.Elyakim Mangalya 07.Rahim Sterling 18.Fabian Delf 14.Vilfrid Boni 72.Kelechi Ixeanacho |
|
Matn
| 90+6' | ![]() |
O‘yin yakunlandi! "Real" chempionlar ligasi finalida! "Madrid" muxlislarini tabriklaymiz! |
| 90+5' | ![]() |
Vuuuh!" Xames birga bir vaziyatda yiqilib tushdi! |
| 90+4' | ![]() |
Otamendi sariq kartochka oldi |
| 90+3' | ![]() |
Vuh! "Real" qarshi hujumga o‘tdi, ammo Kovachich noaniq uzatma berdi. Xart to‘pni egalladi |
| 90+1' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shildi. Biroq darvozabonga 2 daqiqa davomida tibbiy yordam ko‘rsatildi |
| 90+1' | ![]() |
Keylor Navasga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda |
| 90' | ![]() |
Vuuuuuh! Olis masofadan yetkazilgan uzatma uchun Keylor jarima maydonchasini tashlab chiqib, ikki marta bosh bilan o‘ynab, to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi! |
| 89' | ![]() |
Vuuuh! Aguero jarima maydonchasi tashqarisidan xavfli zarba yo‘lladi. To‘p to‘sindan oshib, to‘rga yuqoridan kelib tushdi! |
| 88' | ![]() |
"Real"da so‘nggi o‘zgarish: Luka Modrich o‘rniga Mateo Kovachich tushdi |
| 84' | ![]() |
De Bryuyne jarima zarbasini yaqin burchakka tepishga qaror qildi. To‘p to‘rga yon tomondan tegdi |
| 83' | ![]() |
Lukas Vaskes burchakka yaqin joyda Sterling oyog‘iga xavfli tashlandi. Sariq kartochka. Standart vaziyat |
| 82' | ![]() |
Sterling chap qanotdan uzatma berdi. To‘p darvoza ustidan maydonni tark etdi |
| 77' | ![]() |
Vuh! Vaskes o‘ng qanotda ikki himoyachi orasidan o‘tib ketdi va jarima maydonchasiga kirib, zarba berdi. To‘p himoyachilarga tegib qaytdi |
| 77' | ![]() |
Manchesterliklar og‘ir, juda og‘ir harakat qilishmoqda... |
| 75' | ![]() |
"Real"ning yana bir xavfli qarshi hujumini Mangalya "podkat" orqali qaytarib qoldi |
| 75' | ![]() |
"Siti" pozision hujum tashkil qilishga urindi. To‘pni egallagan mezbonlar qarshi hujumga o‘tishayotgan edi, ammo Beylning uzatmasi noaniq bo‘ldi |
| 71' | ![]() |
Fernando ataylab Modrichni yiqitdi va qarshi hujumga barham berdi. Sariq! |
| 70' | ![]() |
Sterling chap qanotdan darvoza yaqiniga uzatma berdi. Ramos to‘pni bosh bilan qaytardi |
| 69' | ![]() |
"Manchester Siti"da yana o‘zgarish: Xesus Navas o‘rniga Ixeanacho tushdi |
| 67' | ![]() |
"Real"da ikkinchi o‘zgarish: Isko o‘rniga Xames Rodriges tushdi |
| 64' | ![]() |
VUUUUUUH! Qiziq ishlar bo‘lib o‘tdi!!!! "Real" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi va Beyl bosh bilan zarba berdi. To‘p to‘singa tegib qaytdi!!! To‘pni Pepe egalladi va olis ustun tomonga yuqoridan uzatma berdi. Ronaldu ikki qo‘llab basketbol uslubida gol urdi! Hakam unga sariq kartochka bermadi, Boisi, uzatma berilayotganda, u ofsaydda bo‘lgan ekan! |
| 63' | ![]() |
Vuuuuh! Mangalya sirpanib yiqilib tushishi natijasida to‘pni Ronaldu egallab oldi va jarima maydonchasi chizig‘i ustida zarba berdi. To‘p rekoshet holatida darvozabonning ustidan oshib o‘tdi va maydonni tark etdi! |
| 61' | ![]() |
"Siti"da o‘zgarish: Yaya Ture o‘rniga Rahim Sterling tushdi |
| 59' | ![]() |
Vuh! Jarima maydonchasiga o‘ng tomondan kirgan Ronalduga uzatma berildi. Krishtianuning zarbasini Jo Xart qaytardi |
| 58' | ![]() |
"Shaharliklar" to‘pni egallagan paytda "Real" himoyasini yorib o‘tish uchun loyiq bo‘lgan hujum tashkil qila olishmayapti |
| 56' | ![]() |
"Real"da o‘zgarish: Xese o‘rniga Lukas Vaskes tushdi |
| 55' | ![]() |
VUuuuh! Modrichning uzatmasidan keyin Karvaxal o‘ng qanotdan oldinga o‘tdi va 11 metrli nuqta atrofiga uzatma berdi. Ronaldu baland sakrab bosh bilan zarba berdi. To‘pni Xart egalladi |
| 53' | ![]() |
De Bryuynedan to‘pni qabul qilgan Xesus o‘ng qanotdan darvoza yaqiniga uzatma berdi. To‘pni Ramos qaytardi |
| 52' | ![]() |
VUUUUUH! Beylning uzatmasidan keyin Modrich jarima maydonchasi ichida darvozabon bilan yuzma-yuz holatda qoldi! Lukaning zarbasi Jo Xartga tegib, maydonni tark etdi |
| 51' | ![]() |
Vuuuh! Xese o‘ng tomondan jarima maydonchasiga kirdi va zarba berdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi |
| 50' | ![]() |
Yuqoridan yetkazilgan uzatmaga Ronaldu jarima maydonchasi ichida zarba berdi. Zarba kuchli chiqmadi. Ronaldu formada emasligi sezilib turibdi |
| 48' | ![]() |
Vuuuuh! Xese chap qanot bo‘ylab barchadan o‘tib ketdi, ammo jarima maydonchasiga uzatma berishni qoyillatmadi! To‘pni Xart egalladi |
| 46' | ![]() |
Vuuuuh! Kroos jarima maydonchasiga o‘ng tomondan kirgan Karvaxalga diagonal uzatma berdi. Himoyachi darvozabon maydonchasidagi Ronalduga to‘pni yetkazdi. Ammo Krishtianu ofsaydda deb topildi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi. Davom etamiz |
| ' | ![]() |
Darvoqe, "Real"ning goli Beylga emas, Fernandoga avtogol sifatida yozilibdi |
| ' | ![]() |
Birinchi bo‘lim qisqacha statistikasi: To‘p nazorati — 57% - 43%: Zarbalar — 4-2; Aniq zarbalar — 1-0; Burchak to‘plari — 3-3; ofsaydlar — 3-2; Qoidabuzarliklar — 1-5. |
| 45+2' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Real" - "Manchester Siti" - 1:0. Tanaffus |
| 45+2' | ![]() |
"Real" ketma-ket ikkita burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Xavf bartaraf etildi |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berdi |
| 44' | ![]() |
VUUUUUUH! Fernandinyo 16 metrdan kuchli zarba berdi. To‘p ustunga tegib, maydonni tark etdi!!!! |
| 43' | ![]() |
Beyl olis masofadan aniq zarba yo‘lladi. Xart to‘pni egalladi |
| 42' | ![]() |
Yaya Turening uzatmasini Klishi jarima maydonchasining chap tomonida qabul qildi, ammo hujumni rivojlantira olmadi |
| 41' | ![]() |
De Bryuyne burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Keylor to‘pni egalladi |
| 39' | ![]() |
Vuuuuh! Modrich chap qanotda ochilayotgan Marseloni to‘p bilan ta’minladi. Braziliyalik himoyachining darvoza yaqiniga bergan uzatmasiga hech kim yeta olmadi |
| 36' | ![]() |
VUUUUUH! Jarimadan yetkazilgan uzatma natijasida Ramos darvozani ishg‘ol qildi. Ammo to‘pni qabul qilgan Pepe ofsayddaligi qayd etildi! |
| 35' | ![]() |
Maydon markazida Beylga nisbatan fol ishlatildi |
| 33' | ![]() |
"Siti" burchak to‘pi ishladi. Mezbonlar burchak to‘pidan keyin yuzaga kelgan taxlikani bartaraf etishdi |
| 33' | ![]() |
"Siti" burchak to‘pi ishladi |
| 31' | ![]() |
Beyl jarima maydonchasiga kirayotgan Xesega uzatma berdi. Otamendi xavfni bartaraf etdi |
| 30' | ![]() |
Kevin de Bryuyne sariq kartochka oldi |
| 29' | ![]() |
Mezbonlar to‘pni nazorat qilib, navbatdagi hujumlar uchun variant qidirishmoqda |
| 27' | ![]() |
Ronaldu jarima to‘pini darvoza yaqiniga yetkazdi. Xart to‘pni musht bilan urib yubordi. Ramos unga nisbatan fol ishlatdi deb topildi |
| 26' | ![]() |
Burchakka yaqin joyda Otamendi Ronalduni yiqitdi. Jarima zarbasi |
| 25' | ![]() |
Vuuuh! Xesus Navas o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Keylor to‘pni egalladi |
| 24' | ![]() |
Vuuh! Isko chap qanotdan jarima maydonchasiga uzatma berdi. Ronalduning zarbasi noaniq chiqdi |
| 22' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan uzatmaga Mangalya bosh bilan zarba berdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi |
| 20' | ![]() |
GOOOOOOOL! Karvaxal o‘ng qanotdan jarima maydonchasi ichidagi Beylga uzatma berdi. Garet o‘ng oyoqda uzatma berayotganida to‘p Fernandoning oyog‘idan rekoshet holatida olis ustunga tegib, to‘rga borib tushdi! |
| 18' | ![]() |
Modrich jarima maydonchasi tashqarisida ikki himoyachini aldashga urindi, ammo to‘p himoyachining oyog‘idan Xartga bordi |
| 18' | ![]() |
Madridliklar asta-sekin ustunlikni qo‘lga olishmoqda. "Siti" to‘liq himoyada |
| 13' | ![]() |
Vuuh! Karvaxal o‘ng qanotdan uzatma berdi. Ronaldu jarima maydonchasi ichida bosh bilan zarba berdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi |
| 12' | ![]() |
Xesus Navas ofsaydda qoldi |
| 11' | ![]() |
Olis masofadan berilgan uzatma natijasida to‘p Jo Xartga nasib etdi |
| 10' | ![]() |
Kompani maydonni tark etdi. Elyakim Mangalya o‘yinni davom ettiradi. Dastlabki majburiy almashtirish |
| 8' | ![]() |
Vuh! Vensan Kompani tep tekis joyda jarohat oldi. Oyog‘i qiyshayib ketdi shekilli... |
| 7' | ![]() |
Mehmonlarning hujumi. "Siti" mezbonlarni himoyalanishga majbur etmoqda |
| 3' | ![]() |
Xesus Navas o‘ng qanotdan havolatib uzatma berdi. Keylor Navas mushti bilan to‘pni urib yubordi |
| 2' | ![]() |
Karvaxal jarima maydonchasiga kirgan Xesega uzatma berdi. O‘zining ofsayddaligini bilgan Xese to‘pga teginmadi |
| 1' | ![]() |
O‘yin boshlandi! |
| ' | ![]() |
Diqqat! "Real" va "Manchester Siti" jamoalari maydonga chiqib kelishdi! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|