Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/10 13:17 Mayns 2-0 Ayntraxt Braunshveyg
20/10 13:17 Hannover-96 1-4 Hoffenhaym
20/10 13:17 Bayer 2-1 Augsburg
20/10 13:17 Shalke 1-3 Borussiya D
20/10 13:17 Bavariya 3-2 Gerta
20/10 13:20 Volfsburg 3-0 Verder

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Angliya Premyer-ligasi

37-tur, 7 may, soat 16:45

NORVICh

0 : 1

MANCHESTER YUNAYTED

Xuan Mata (72)
JAMOALAR TARKIBI
01.Jon Ruddi (D)
05.Rassell Martin
06.Sebastyan Bassong
23.Martin Olsson
25.Ivu Pintu
22.Natan Redmond
08.Jonatan Xouson
28.Gari O'Nil
12.Robert Breydi
14.Uesli Xulaxan
10.Kemeron Jerom
  01.David de Xea (D)
05.Markos Roxo
12.Kris Smolling
36.Matteo Darmian
08.Xuan Mata
16.Maykl Kerrik
21.Ander Errera
25.Antonio Valensiya
07.Memfis Depay
35.Jessi Lingard
10.Ueyn Runi
ZAHIRA
13.Deklan Rudd (D)
02.Stiven Uittaker
16.Mett Jervis
18.Grexem Dorrans
07.Stiven Neysmit
09.Dyemersi Mbokani
11.Patrik Bemford
  20.Serxio Romero (D)
33.Patrik MakNeyr
43.Kemeron
51.Timoti Fosu-Mensa
28.Morgan Shnayderlin
11.Adnan Yanuzay
09.Antoni Marsial

Matn

90+6'
O‘yin yakunlandi. "MYu" muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi.
90+5'
Vuuuh! Qarshi hujumda Errera jarima maydonchasining o‘ng tomonida ochilgan Mataga uzatma berdi va to‘pni qayta qabul qilib, 15 metrlardan zarba berdi. Noaniq
90+3'
Depayning zarbasidan keyin to‘p ustun yonidan o‘tib ketdi!
90+3'
"MYu" jarima zarbasi tepadi. Darvozagacha 25 metrlar
90'
Ikkinchi bo‘limga 5 daqiqa qo‘shildi
90'
"Norvich" bosim qilmoqda, ammo bu samara bermayapti
87'
"MYu"da o‘zgarish: Maykl Kerrik o‘rnik Timoti Fosu-Mensa tushdi
85'
Vuuuh! Runining uzatmasidan keyin Yanuzay jarima maydonchasi ichida zarba berdi. Noaniq
80'
Mezbonlar jarima to‘pini o‘yinga kiritishdi. Bosh bilan berilgan zarba muvaffaqiyatli chiqmadi
78'
"Norvich"da o‘zgarish: Jerom o‘rniga Bemford tushdi
72'
GOOOOOL! Xuan Mata, 0:1! Ueyn Runi o‘ng qanotdan uzatma berdi va bir himoyachini aldab o‘tib, zarba berishi mumkin bo‘lgan vaziyatda, to‘pni orqa tomonga olib o‘tdi va yordamga kelgan Mataga pas berdi. Xuan birga bir vaziyatda darvozani ishg‘ol qildi!
71'
"MYu" ketma-ket ikki marta burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Samarasiz
69'
Vuuuuh! O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmaga Mbokani bosh bilan zarba berishga urindi. To‘p yuqoriga ko‘tarildi va uni De Xea egalladi
68'
O‘yin erta boshlangani uchun havo harorati yuqori shekilli, jamoalar hujum qilishyaptiyu, ammo xavfli vaziyat yarata olishmayapti
66'
Chap qanotdan yetkazilgan uzatmani Bortvik qaytarishga harakat qildi. To‘pni mezbon futbolchisi egalladi va 15 metrlardan zarba berdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi
63'
"Norvich"da o‘zgarish: Braydi o‘rniga Dyemersi Mbokani tushdi
63'
Bortvik chap qanotdan uzatma berdi. To‘p mehmonlarga nasib etdmas
59'
"Norvich" futbolchisi Gari O'Nilga tibbiy yordam ko‘rsatildi
54'
"Norvich" futbolchisi markazdan boshlab chap qanot bo‘ylab oldinga o‘tdi va jarima maydonchasiga uzatma berdi. To‘pni De Xea egalladi
51'
"MYu" bosimni oshirayotgandek...
48'
Vuuuh! Mata chap qanotdan uzatma berib, Errerani qulay vaziyatga chiqardi. Ander jarima maydonchasi ichida o‘tkr burchak ostida zarba berdi. Zarba berayotganida yiqilib tushgani uchun bo‘lsa kerak, to‘p to‘rga yon tomondan tegdi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
45+3'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha o‘yinda hisob ochilmadi
47'
Chap qanotdan yetkazilgan uzatmaga Kemeron Jerom bosh bilan zarba berishga urindi. To‘p darvozagacha yetib bormadi
45'
Birinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shildi
43'
Ehhh, Depay! Qarshi hujumda raqib jarima maydonchasi ichida bir himoyachini aldamoqchi bo‘ldi, ammo to‘pni yo‘qotdi. Erreraning zarbasi himoyachiga tegib qaytdi
41'
Kemeron Jerom o‘ng qanotda ikki himoyachini aldab, mehmonlar jarima maydonchasiga kirib bordi. Ammo to‘pni yo‘qotdi
37'
Depayning zarbasidan keyin to‘p jonli devorga tegib qaytdi
36'
"MYu" jarima maydonchasi tashqarisidan ikki marta zarba yo‘lladi. Uchinchisi paytida fol qayd etildi. Darvozagacha 25 metrlar
34'
Shogirdlarining xatolaridan "Norvich" bosh murabbiyi asabiylashmoqda
30'
Vuuuh! Lingard jarima maydonchasi tashqarisidan aniq zarba berdi. Jon Ruddi to‘pni egalladi
29'
Vuuh! Burchakdan yetkazilgan uzatmaga darvozabon maydonchasi ichida baland sakragan Smolling bosh bilan zarba berdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi
29'
Mata jarimadan yetkazilgan uzatmani "Norvich" himoyachisi maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
26'
Depay olis mkasofadan zarba yo‘llab, burchak to‘pi ishladi
25'
"Norvich" futbolchisi o‘ng qanotdan raqib jarima maydonchasiga uzatma berdi. To‘pni mehmonlar egallashdi
22'
Darmianning jarohati jiddiy shekilli, uni shifoxonaga olib ketishdi
20'
Xuan Mata o‘ng tomondan jarima maydonchasiga kirdi va 11 metrli nuqta atrofiga uzatma berdi. Mezbonlar to‘pni egallashdi
18'
Bugungi o‘yinda ochko har ikkala jamoaga o‘ta muhim! "MYu" kuchli to‘rtlikka kirib, YECHL yo‘llanmasini qo‘lga kiritishni maqsad qilgan bo‘lsa, "Norvich" APLda qolish uchun tish-tirnog‘i bilan kurashmoqda
15'
Darmian o‘yinni davom ettira olmadi. Uning o‘rniga Kemeron Bortvik-Jekson tushdi
14'
Jarima maydonchasiga kirayotgan Runi tomon olis masofadan uzatma berildi. Ueyn to‘pni to‘xtata olmadi
1'
"MYu" himoyachisi Mateo Darmian jarohat oldi. Unga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda
8'
Yaxshi vaziyat! Chap qanotdan yetkazilgan uzatmani Mata raqib jarima maydonchasi ichida egallashga urindi, ammo uni o‘zidan uzoqlashtirib yubordi. Xavf yo‘qoldi
4'
Vuuuh! De Xea qutqardi! "Novrich" bu safar chap qanotdan hujum tashkil qildi va jarima maydonchasiga yetkazilgan uzatmaga hujumchi bosh bilan zarba berdi. De Xea oyog‘i bilan qaytardi
4'
Burchakdan yetkazilgan uzatmaga "Norvich" futbolchisi darvozabon maydonchasi ichida zarba berdi. Zarba kuchsiz chiqdi, ammo xavfli. To‘pni Roxo qaytardi
3'
Vuuuh! Dastlabki xavfli vaziyat! "Norvich" futbolchisi o‘ng tomondan jarima maydonchasiga kirdi va darvoza yaqiniga uzatma berdi. To‘p mehmonlardan maydonni tark etdi
1'
O‘yin boshlandi!
'
"Manchester Yunayted" safarda "Norvich" mehmoni bo‘lmoqda
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! Angliya Premyer-ligasining 37-turidan matnli onlayn translyasiyani boshlaysiz!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.