Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/10 13:17 Mayns 2-0 Ayntraxt Braunshveyg
20/10 13:17 Hannover-96 1-4 Hoffenhaym
20/10 13:17 Bayer 2-1 Augsburg
20/10 13:17 Shalke 1-3 Borussiya D
20/10 13:17 Bavariya 3-2 Gerta
20/10 13:20 Volfsburg 3-0 Verder

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Angliya Premyer-ligasi

37-tur, 7 may, soat 21:30. Bosh hakam: Endryu Marriner

LESTER

Jeymi Vardi (5, 65-penalti)
Endi King (33)

3 : 1

EVERTON

Kevin Miralyas (88)
JAMOALAR TARKIBI
01.Kasper Shmeyxel (D)
28.Kristian Fuks
17.Denni Simpson
27.Marsin Vasilevski
05.Ves Morgan
11.Mark Elbrayton
10.Endi King
14.Ngolo Kante
26.Riyad Marez
09.Jeymi Vardi
20.Sindzi Okazaki
  01.Joel Robles (D)
38.Mettyu Pennington
05.Jon Stounz
03.Leyton Beyns
20.Ross Barkli
12.Aaron Lennon
15.Tom Kleverli
08.Brayan Ovyedo
16.Jeyms MakKarti
14.Umar Niasse
10.Romelu Lukaku
ZAHIRA
32.Mark Shvarser (D)
15.Jeff Shlupp
30.Ben Chilvell
13.Daniel Amarti
33.Gyoxan Inler
22.Demaray Grey
23.Leonardo Ulloa
  24.Tim Xovard (D)
33.Kallum Konolli
17.Muxamed Beshich
04.Derron Gibson
51.Kiran Douell
21.Leon Osman
11.Kevin Miralyas

Matn

90+4'
O‘yin yakunlandi. "Lester" g‘alaba qozondi va o‘z ochkolarini 80taga yetkazdi.
90+3'
Vuuuh! Grey jarima maydonchasiga kirdi va o‘tkir burchak ostida zarba yo‘lladi. Robles zarbani qaytardi
90+2'
Marriner uchinchi marta "Everton" darvozasiga penalti belgilashi mumkin edi. Bunga asos bor edi. Ammo bunga jazm etmadi.
90+1'
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shdi
90+1'
APLning ushbu mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi Riyod Mahrez maydonni tark etdi. Uning o‘rniga Demaray Grey tushdi
88'
GOOOOL! Kevin Miralyas, 3:1! Futbolchining bir o‘zi golni yuzaga keltirdi. Maydon markazida to‘p uchun kurashda Kantedan ustun keldi, yo‘l-yo‘lakay ikki himoyachini aldab birga bir vaziyatga chiqdi va darvozani ishg‘ol qildi!
86'
Yaxshi vaziyat! Mahrez olis ustun tomon uzatma berdi. King bosh bilan aniq zarba bera olmadi
'
Bugungi o‘yin yakunlanishi bilan "Lester"ga APL chempionlik kubogini topshirish marosimi o‘tkaziladi
82'
Vuuuuh! Chiroyli uzatma bilan Lukaku birga bir vaziyatga chiqarildi. Romelu zarba berishga ulgurmadi. Himoyachi to‘pni maydon tashqarsiga tepib yubordi
78'
"Lester" hujum qilishda davom etmoqda. Vardining zarbasidan keyin to‘p himoyachining oyog‘idan maydonni tark etdi
72'
Penaltiga sababchi bo‘lgani uchun Derron Gibson sariq kartochka olganini ta’kidlab o‘tish lozim
72'
Ehhhhhh, Vardi to‘pga shunchalik kuchli zarba berdiki, to‘p to‘sindan 1-2 metr yuqoridan o‘tib ketdi! 25-gol amalga oshmadi
71'
Vuh! Penalti! Gibson Ves Morganni jarima maydonchasi ichida yiqitdi
69'
Vuuuuh! Vardi katta tezlikda yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketdi va zarba berdi. Robles oyog‘i bilan zarbani qaytardi
68'
Vuuuuh! Aaron Lennon chap qanotdan yetkazilgan uzatmaga 6-7 metrdan zarba berdi. Noaniq
67'
"Lester"da o‘zgarish: Olbrayton o‘rniga Jeff Shlupp tushdi
65'
GOOOOL! Jeymi Vardi kuchli zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi! 3:0!
64'
PENALTI! "Everton" darvozasiga! Pennington Vardini tepib yiqitdi.
63'
"Everton"da ikkita o‘zgarish bo‘ldi. Niasse va Kleverli o‘rniga Derron Gibson va Kevin Miralyas tushdi
62'
"Lester"da o‘zgarish: Okazaki o‘rniga Leonardo Ulyoa tushirildi
61'
Vuuuh! Mahrezning uzatmasidan keyin Kristian Fuks yakkama-yakka vaziyatga chiqdi va jarima maydonchasi chizig‘i ustida zarba berdi. Robles to‘pni oyog‘i bilan qaytardi
58'
VUUUUH! "Everton" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Biroz olisroqdan bosh bilan zarba berildi. Lukaku darvozabon maydonchasi ichida to‘p yo‘nalishini bosh bilan o‘zgartirdi. Shmeyxel jamoani qutqardi!
55'
Fuks chap qanotdan uzatma berdi. Okazaki to‘pga yetdiyu, ammo bosh bilan aniq zarba bera olmadi
53'
Zarbani Fuks berdi. Noaniq
52'
Mahrezga nisbatan fol ishlatildi. Riyodning o‘zi jarima zarbasini tepsa kerak
46'
Vuuuuuuuh! "Everton"ning ikki futbolchisi yolg‘iz Shmeyxelga qarshi chiqib bordi. Umar Niasse to‘pni Kasperning ustidan oshirishga harakat qildi. Jarima maydonchasi tashqarisida turgan darvozabon zarbani bosh bilan qaytardi! Qoyil!
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
45+1'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Lester" - "Everton" - 2:0. Tanaffus
45+1'
Vuuh! Vardi chap qanotdan jarima maydonchasiga uzatma berdi. Mahrez bosh bilan zarba berdi. Noaniq
45'
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shildi
45'
Mahrez jarimadan yo‘llagan zarba natijasida to‘p jonli devorga tegib, maydonni tark etdi. Burchakdan yetkazilgan uzatmaga Ves Morgan bosh bilan zarba berdi. Noaniq
44'
Qarshi hujumda Mahrez mehmonlarning so‘nggi himoyachisidan o‘tib ketayotganida Pennington uni ataylab yiqitdi. Sariq kartochka
43'
"Everton" raqib jarima maydonchasi atrofida aylanmoqda, ammo ichkariga kira olmayapti
38'
Yana bir xavfli hujum! O‘ng qanotdan jarima maydonchasiga yetkazilgan uzatmani Mahrez egallab oldi va ikki himoyachini aldamoqchi bo‘lib, to‘pni yo‘qotdi
37'
Vuuuh! Burchak to‘pidan keyin Mahrez jarima maydonchasi tashqarisidagi Kingga uzatma berdi. Endi oyog‘ining tashqi tomoni bilan aylanma zarba berdi. Himoyachi bosh bilan qaytardi
33'
GOOOOOL! Endi King, 2:0! Mahrez jarima maydonchasi o‘ng tomonida ikki himoyachi orasidan o‘tib ketdi, ammo himoyachilardan birining to‘pga tashlanishi 11 metrli nuqta ustiga pas bo‘lib chiqdi. Endi King kuchli zarba bilan "King Pauer"ga yig‘ilgan muxlislarga quvonch ulashdi!
28'
Vuuh! Kante olis masofadan zarba berdi. Sakrab borganto‘pni Robles qo‘lidan chiqarib yubordi. Okazaki to‘pga yeta olmadi
26'
Yaxshi imkoniyat! "Everton" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. O‘yinchilardan biri to‘pni yerga tushirmasdan darvoza tomon tepdi. Stounz darvozabon maydonchasi burchagida to‘pni darvoza tomon burishga harakat qildi. To‘p darvozaga emas, yuqoriga ko‘tarildi. Keyin esa hujumchi fol ishlatdi
22'
"Lester"ning hujumi. Yuqoridan yetkazilgan uzatmaga mezbon futbolchisi yeta olmadi
18'
To‘p nazorati "Everton" tomonida — 70-30%. Ammo mehmonlarning hujumlari samara bermayapti hozircha
14'
Vuh! Olbrayton chap qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga dumalatdi, Fuks zarba berolmay qoldi. Himoyachi unga xalal berdi
10'
"Everton" ikkita hujum tashkil qildi. "Tulkilar" mudofaasini yorib o‘tish osonmas. Tushunasiz-ku o‘zingiz
5'
GOOOOOOL! Jeymi Vardi, 1:0! To‘p qanotdan otib berildi va Endi King darvozabon maydonchasi chizig‘i ustiga uzatma berdi. Vardi to‘pni darvozaga burib qo‘ydi. Mavsumdagi 23-gol!
3'
To‘p asosan maydon markazida
1'
O‘yin boshlandi. To‘pni bahsga oq formadagi "Everton" futbolchilari kiritib berishdi. "Lester" esa ko‘k rangli formada o‘ynamoqda
'
Hozirda "Lester" futbolchilari va muxlislaridan-da baxtli insonlar yo‘q!
'
Assalomu alaykum! Diqqat! "Everton" futbolchilar avvalroq maydonga chiqib, yo‘lak hosil qilgancha. qarsaklar bilan CHEMPIONlarni kutib olishmoqda!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.