Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Ispaniya La ligasi
| 37-tur, 8 may, soat 20:00. Bosh hakam: Xesus Xil Mansano | ||
BARSELONALionel Messi (8)
Luis Suares (52, 61) Rafinya (74) Neymar (83) |
5 : 0 |
ESPANYOL |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
01.Mark-Andre ter Shtegen (D) 03.Jerar Pike 18.Xordi Alba 06.Dani Alves 08.Andres Inyesta 14.Xavyer Maskerano 04.Ivan Rakitich 05.Serxio Buskets 10.Lionel Messi 09.Luis Suares 11.Neymar |
13.Pau Lopez (D) 03.Ruben Dyuarte 05.Viktor Alvares 06.Enzo Roko 17.Ernan Peres 12.Pape Diop 04.Viktor Sanches 25.Marko Asensio 16.Xavi Lopec 14.Kanyas 20.Felipe Kaysedo |
|
| ZAHIRA | ||
|
25.Xordi Masip (D) 24.Jeremi Matyo 07.Arda Turon 22.Aleysh Vidal 12.Rafinya 20.Serxi Roberto 17.Munir el-Haddodiy |
01.Gedryus Arlauskis (D) 02.Roberto Korrea 19.Joan Jordan 11.Pako Montanyes 08.Salva Sevilya 07.Jerar Moreno |
|
Matn
| ' | ![]() |
"Real" - Valensiya" - 3:2, "Levante" - "Atletiko" - 2:1. Simeone jamoasi chempionlikdan umididan mahrum bo‘ldi. |
| 90+3' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. "Barselona" - "Espanyol" - 5:0! |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shildi |
| 86' | ![]() |
"Real" - "Valensiya" o‘yinida hisob qisqardi. Andre Gomesh gol muallifi. 3:2. |
| 83' | ![]() |
GOOOOOOOOL! Neymar, 5:0! Suaresning uzatmasidan keyin Neymar bo‘sh darvozani ishg‘ol qildi. |
| 74' | ![]() |
GOOOOOL! Rafinya, 4:0! Neymar Suares bilan devor o‘ynab oldi va jarima maydonchasiga uzatma berdi. "Espanyol" darvozaboni to‘pga chiqdi va uni negadir egallay olmadi. Har ehtimolga qarshi oldinga yugurgan Rafinya bo‘sh darvozani ishg‘ol qildi! |
| 73' | ![]() |
"Barselona"da yana ikkita o‘zgarish: Inyesta o‘rniga Arda Turon, Rakitich o‘rniga Rafinya tushdi. |
| 70' | ![]() |
"Barsa"da o‘zgarish: Xordi Alba o‘rniga Jerima Matyo tushdi. "Espanyol"da o‘zgarish: Kanyas o‘rniga Maontanyes tushirildi |
| 69' | ![]() |
"Barselona" ikkita yaxshi imkoniyatdan foydalana olmadi |
| 66' | ![]() |
"Espanyol"da o‘zgarish: Ernan Peres o‘rniga Roberto Korrea tushdi |
| 61' | ![]() |
GOOOOOOL! Luis Suares, 3:0! Burchakdan yetkazilgan uzatmani urugvaylik hujumchi bosh bilan darvozaga joylab qo‘ydi! |
| 60' | ![]() |
"Real" - "Valensi" o‘yinida tomonlar bittadan gol urishdi. Rodrigo va Ronalduning gollaridan so‘ng hisob — 3:1. |
| 55' | ![]() |
Messi himoyachilar orasidan pas berib, Suaresni birga bir vaziyatga chiqardi, ammo Luisga biroz masofa yetishmadi. |
| 52' | ![]() |
GOOOOOL! Luis Suares, 2:0! Mehmonlarga nisbatan uyushtirilgan bosim natijada Alves to‘pni egallab oldi, Messi esa Suaresni birga bir vaziyatga chiqarib yubordi. Luis imkoniyatdan samarali foydalandi. Bu urugvaylik futbolchining La ligadagi 36-goli bo‘ldi |
| 50' | ![]() |
Jarimadan Messi uzatma berdi. To‘ni himoyachilar qaytarishdi |
| 49' | ![]() |
Jarima maydonchasi burchagida Inyestaga nisbatan fol ishlatildi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi. Davom etamiz |
| 45' | ![]() |
"Barselona" - "Espanyol" - 1:0. Birinchi bo‘lim yakunlandi. Tanaffus. |
| 42' | ![]() |
"Real" - Valensiya" - 2:0. Karim Benzema (42) |
| 40' | ![]() |
"Espanyol" futbolchilari ketma-ket sariq kartochka olishmoqda. Bu ahvolda ular tarkibida chetlatish ko‘ramizov |
| 37' | ![]() |
"Barselona"ning har bir hujumi xavfli bo‘lmoqda. Mehmonlar bir amallab hujumlarni bartaraf etishmoqda |
| 35' | ![]() |
"Levante" - "Atletiko" o‘yinida hisob tenglashdi - 1:1. |
| 30' | ![]() |
Oho! Olis masofadan yetkazilgan uzatmani Kaysedo ko‘kragi bilan qaytardi hamda Pikening ta’qibi ostida bo‘lishiga qaramay, o‘tkir burchak burchak ostidan zarba yo‘lladi. Ter Shtegen to‘pni egalladi |
| 28' | ![]() |
"Kamp Nou"dagi o‘yinda to‘la ustunlik "Barselona" tomonida. Mezbonlar navbatdagi burchak to‘yini o‘yinga kiritishdi. |
| 26' | ![]() |
"Real" hisobni ochdi. "Valensiya" darvozaga kiritilgan to‘p muallifi kim deb o‘ylaysiz? Albatta, Krishtianu Ronaldu! |
| 23' | ![]() |
"Real" - "Valensiya" o‘yinidan ham matnli onlayn translyasiya tashkil qilinmoqda. Uni quyidagi havola orqali kuzatib borishingiz mumkin: http://m.std.uz/online/show/961 |
| 22' | ![]() |
"Real" - "Valensiya" o‘yinida hali hisob ochilmadi. |
| 19' | ![]() |
Inyestaga nisbatan qo‘pollik uchun Neymar jarima maydonchasi yaqinidan jarima zarbasini tepdi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi. |
| 16' | ![]() |
Messi yana jarima zarbasini tepdi. Bu safar to‘p yuqoridan o‘tib ketdi |
| 14' | ![]() |
"Atletiko" "Levante" darvozasini 2-daqiqadayoq ishg‘ol qilgandi. Fernando Torres hisobni ochdi |
| 12' | ![]() |
Lionel Messi sariq kartochka oldi |
| 11' | ![]() |
Vuuuh! "Barselona" gol urdi, ammo ofsayd tufayli inobatga olinmadi! Messining uzatmasidan Suares o‘tkir burchak ostida zarba berdi. To‘pni darvozabon qaytardi. MEssining zarbasidan keyin to‘p ofsaydda turgan Rakitichga tegib, to‘rga borib tushgandi... |
| 8' | ![]() |
GOOOOOOL! Lionel Messi, 1:0! Jarima zarbasini TO‘QQIZLIKka mixlab qo‘ydi! |
| 8' | ![]() |
Jarima maydonchasi tashqarisida Messiga nisbatan fol ishlatildi |
| 4' | ![]() |
Ehhh! Ernan Peres tik oyoq bilan Maskeranoning oyog‘iga tepdi |
| 1' | ![]() |
"Barselona" - "Espanyol" o‘yini boshlandi! |
| ' | ![]() |
Mavsum tugashiga 2 daqiqa qoldi. Bugun 37-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Ular bir vaqtda boshlanmoqda. Shu bois, "Barselona", "Atletiko" va "Real" ijrosidagi o‘yinlar natijasini onlayn rejimda e’tiboringizga havola qilib boramiz |
| ' | ![]() |
Evropaning kuchli beshlik chempionatlari orasida Ispaniya chempionati intrigaga eng boy bo‘lgan musobaqa bo‘lib turibdi. |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! Ispaniya La ligasining 37-turidan matnli onlayn translyasiyani boshlaymiz! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|