Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Angliya Premyer-ligasi

35-turning qoldirilgan o‘yini. 10 may, soat 23:45. Bosh hakam: Mayk Din

VEST XEM

Dyafra Sako (10)
Maykl Antonio (76)
Uinston Rid (81)

3 : 2

MANCHESTER YUNAYTED

Antoni Marsial (51, 72)
JAMOALAR TARKIBI
01.Darren Rendolf (D)
21.Anjelo Ogbonna
08.Sheyxu Kuyyate
03.Aaron Kressvell
02.Uinston Rid
30.Maykl Antonio
28.Manuel Lansini
16.Mark Noubl
27.Dimitri Paye
09.Endi Kerroll
15.Dyafra Sako
  01.David de Xea (D)
05.Markos Roxo
12.Kris Smolling
17.Deyli Blind
25.Antonio Valensiya
28.Morgan Shnayderlin
08.Xuan Mata
21.Ander Errera
39.Markus Reshford
10.Ueyn Runi
09.Antoni Marsial
ZAHIRA
34.Rafael Shpigel (D)
05.Jeyms Tomkins
19.Jeyms Kollinz
14.Pedro Obyang
20.Viktor Mozes
29.Emmanuel Emenike
11.Enner Valensiya
  20.Serxio Romero (D)
43.Kemeron
04.Fil Jons
07.Memfis Depay
11.Adnan Yanuzay
16.Maykl Kerrik
35.Jessi Lingard

Matn

90+5'
O‘yin yakunlandi! "Vest Xem" - "Manchester Yunayted" - 3:2! "Bolg‘achilar" amalda Lui van Gal jamoasini YECHLdan mahrum qilmoqda
90+1'
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shildi
90+1'
"Vest Xem"da o‘zgarish: Dimitri Paye o‘rniga Enner Valensiya tushdi.
90'
Vuuuh! Mataning uzatmasidan keyin Marsial chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va darvoza oldiga uzatma berdi. Himoyachilar to‘pni qaytarishdi
87'
"MYu"da yana o‘zgarish: Valensiya o‘rniga Yanuzay tushdi
86'
Vuuh! "Vest Xem"ning navbatdagi "standarti" xavfli bo‘ldi. Paye yetkazgan uzatmaga Kuyyate bosh bilan zarba berdi. To‘p darvoza to‘sini ustidan o‘tib ketdi
84'
"Vest Xem"da ikkita o‘zgarish: Lansini o‘rniga Pedro Obyang, Sako o‘rniga Tomkins tushdi
83'
"MYu"da o‘zgarish: Errera o‘rniga Jessi Lingard tushdi
81'
GOOOOOOL! Uinston Rid, 3:2! Paye chap qanotdan uzatma berdi. Yangi Zelandiyalik himoyachi bosh bilan to‘p yo‘nalishini o‘zgartirdi. To‘p De Xeaning qo‘lidan to‘rga borib tushdi!
76'
GOOOOOL! Maykl Antonio, 2:2! Dimitri Paye jarima zarbasini tepdi, to‘p jonli devorga tegib qaytdi. Takroriy uzatmani Antonio bosh bilan "MYu" darvozasiga joyladi!
75'
Ander Errera ogohlantirish oldi
72'
GOOOOOOOL! Antoni Marsial, 1:2! Mehmonlar maydon markazida to‘pni egallab olishdi. Runi-Reshford-Marsial uzatmasidan keyin Antoni chap qanotda himoyachidan o‘tib ketdi va deyarli birga bir vaziyatda o‘tkir burchak ostida zarba yo‘lladi. "Vest Xem" posboni zarbani qaytara olmadi
71'
Dimitri Paye yo‘llagan zarba natijasida to‘p ancha yuqoridan o‘tib ketdi. Zarba o‘xshamadi
70'
"Vest Xem" jarima maydonchasi burchagidan jarima zarbasini tepadi
70'
Antonio Valensiya ogohlantirish oldi
69'
Edi Kerroll sariq kartochka oldi
68'
VUUUUH! Paye burchak to‘pin o‘yinga kiritdi va Kerroll 11 metrli nuqta ustida bosh bilan zarba berdi. Ustun yonida turgan Marsial bosh bilan jamoasini goldan qutqardi!
65'
Vuuuh! Mata jarima maydonchasida ochilayotgan Reshford uzatma berdi. Markus tovoni bilan to‘pni sherigiga uzatmoqchi bo‘ldi, ammo Errera to‘pga yeta olmadi
62'
Vuuuh! Noubl chap qanotdan olis ustun tomon uzatma berdi. Kerroll to‘pni darvoza oldiga qaytardi. Blind to‘pni qaytardi
59'
Paye burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. To‘p Kerrollning boshidan maydonni tark etdi
58'
Paye yetkazgan uzatmani De Xea egalladi
58'
Antoni Marsial sariq kartochka oldi
56'
VUUUUUH! Dimitri Paye jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Sako raqib darvozabon maydonchasi (!) ichida yerdan sakrab kelgan to‘pga bosh bilan zarba bermoqchi bo‘ldi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi
55'
Vuuuuh! Dimitri Paye jarima maydonchasi tashqarisidan aylanma zarab berdi. To‘p to‘rga yon tomondan tegib o‘tib ketdi
51'
GOOOOOOOOL! Antoni Marsial, 1:1! Hujumni De Xea boshlab berdi. Reshford to‘pni egalladi va o‘ng tomondan jarima maydonchasiga kirayotgan Mataga uzatma berdi. Xuan darvozabon maydonchasining narigi tomonida ochiq turgan Marsialni to‘p bilan ta’minladi. Hujumchi bo‘sh darvozani osonlik bilan ishg‘ol qildi!
50'
Paye jarima maydonchasi tashqarisida to‘pni yerga tushirmasdan zarba berdi. To‘p darvozaga aniq bormadi
46'
"MYu" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Marsial bosh bilan zarba berdi, ammo to‘p darvozagacha yetib bormadi
47'
Vuh! Chap qanotda Reshforda nisbatan buzilgan qoida tufayli belgilangan jarima to‘pini Runi o‘yinga kiritdi. Darvoza yaqiniga yetkazilgan to‘pni himoyachilar qaytarishdi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
46'
"MYu"da o‘zgarish: Morgan Shnayderlin o‘rniga Maykl Karrik tushdi.
45+2'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Vest Xem" - "Manchester Yunayted" - 1:0. Tanaffus
45+1'
Vuuuuh! Runi jarima maydonchasi tashqarisidan ochiq turgan sheriklariga aniq uzatma berdi. To‘p Mataga bordi, ammo u to‘pni o‘zidan qochirib yubordi
45'
O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmaga Kerroll zarba berishga urindi. Muvaffaqiyatsiz
43'
Burchakdan yetkazilgan uzatmaga Sako bosh bilan zarba berdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi
43'
Paye o‘ng qanotdan jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. To‘pni mezbonlar egallab, olis masofadan zarba berishga muvaffaq bo‘rishdi. Antonioning zarbasidan so‘ng to‘p rekoshet holatda maydonni tark etdi
40'
"MYu" to‘pni nazorat qilib, hujum variantlarini qidirmoqda. Hozircha topmadi. "Bolg‘achilar"ning qarshi hujumi xavfli bo‘lishi mumkin
34'
Vuuuh! Runi o‘ng qanotdan uzatma berdi. Reshford bosh bilan zarba berishga biroz ulgurmadi. To‘p Ogbonnaga tegib, ustun yonidan o‘tib ketdi
32'
Ehhhh, Paye! Mezbonlar "MYu" himoyachisidan to‘pni olib qo‘yishdi va xavfli qarshi hujum tashkil qilishdi. Paye 13 metrdan kuchli zarba berdi, ammo o‘ta noaniq!
31'
Van Gal shogirdlari to‘p nazoratini o‘z tomonlariga olishdi.
28'
Valensiya o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga uzatma berdi. Mata himoyachining ortidan itarib yuborgani bois o‘yin to‘xtatildi
27'
Vuuuh! Lansini jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘llashga muvaffaq bo‘ldi. To‘p ustundan 1 metr masofadan o‘tib ketdi
24'
Olis masofadan yetkazilgan uzatmani Reshford o‘ng tomonda egalladi va markaz bo‘ylab jarima maydonchasiga kirayotgan Mataga uzatma berdi. Xuan yiqilib tushdi
23'
"Bolg‘achilar" "MYu" futbolchilarining ko‘z ochishlariga yo‘l qo‘yishmayapti
21'
QIZIQ! "Vest Xem" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi va to‘pni narigi qanotdan Nobl egalladi. U darvoza yaqinga uzatma bermoqchi bo‘lganida to‘p himoyachiga tegib yuqoriga ko‘tarildi va yuqoridan kelib darvoza chizig‘i ustiga tushayotganida, Valensiyaga tegib, to‘rga tushdi! Ammo qanot hakami to‘p havo chiziqni kesib o‘tgan deya ko‘rsatdi!
20'
VUUUUUUH! Endi Kerrol birga bir vaziyatga chiqib ketdi va zarba berdi. Darvozabon zarbani oyog‘i bilan qaytardi!!!
18'
Vuuuuh! "Vest Xem" hujum ketidan hujum tashkil qilmoqda. O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmani Kerrol ko‘kragi bilan qaytardi va jarima maydonchasi tashqarisidagi sherigiga yetkazdi. Payening zarbasini De Xea egallab oldi!
13'
Dimitri Payet burchak to‘pini jarima maydonchasi tashqarisiga yetkazdi. Nobl yo‘llagan zarba himoyachiga tegib qaytdi. Ogbonna qaychi uslubija zarba berdi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi
10'
GOOOOOOOL! Dyafra Sako, 1:0! Lansini chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va orqaroqqa uzatma berdi. Sako yo‘llagan zarba natijasida to‘p Blindga biroz tegdi va De Xea qo‘riqlayotgan darvoza burchagiga borib tushdi!
7'
Olis masofadan yetkazilgan uzatmaga Kerrol raqib jarima maydonchasi ostonasida bosh bilan zarba berdi. To‘p esa ichkariga kirayotgan Sakoning qo‘liga tegdi. O‘yin to‘xtatildi
4'
Mehmonlar to‘pni nazorat qilib, "Vest Xem"ning shashtini pasaytirishga harakat qilmoqda
2'
Ilk daqiqalardan mezbonlar "MYu" jarima maydonchasi jiddiy bosimni yuzaga keltirishdi. So‘nggi zarba noaniq chiqdi
1'
To‘pni o‘yinga "bolg‘achilar" kiritib berishdi. Boshladik!
'
Diqqat, jamoalar maydonda saf tortishdi
'
O‘yin boshlanishiga 5 daqiqa qoldi
'
Ma’lumotlarga qaraganda, stadion tashqarisida "Vest Xem" muxlislari to‘polonni yuzaga keltirishgan, "MYu" avtobusi tomon toshlar otishgan. Shu bois, o‘yin belgilangan vaqtdan 45 daqiqa kechroq boshlanadigan bo‘ldi
'
Diqqat! O‘yinning boshlanish vaqti kechiktirilgan. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 00:30da boshlanadi
'
Bugungi o‘yin "MYu" uchun YECHL yo‘llanmasi yo‘llanmasi uchun jang bo‘lib chiqmoqda. "Manchester Siti" ketma-ket 2ta o‘yinda ochko yo‘qotib, hamshaharlariga bunday imkoniyatni berib qo‘yishdi. Endi barcha masala "MYu" qo‘lida
'
Aslida 35-turda bo‘lishi kerak bo‘lgan "Vest Xem" - "MYu" bahsi Lui van Gal jamoasining Angliya kubogi yarim final o‘yini tufayli bugunga qoldirilgandi
'
Xayrli oqshom, qadrli futbol muxlislari. Yevropa milliy chenmpionatlarida mavsum yakuniga yetib qoldi. Bugun va ertaga Angliya Premyer-ligasida qoldirilgan o‘yinlar bo‘lib o‘tsa, yakshanba kuni so‘nggi tur o‘yinlari bilan mavsumga yakun yasaladi
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.