Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Angliya Premyer-ligasi

30-turning qoldirilgan o‘yini. 10 may, soat 23:59. Bosh hakam: Maykl Oliver

LIVERPUL

Kristian Benteke (90+2)

1 : 1

CHELSI

Eden Azar (32)
JAMOALAR TARKIBI
22.Simon Minyole (D)
02.Nataniel Klayn
04.Kolo Ture
06.Deyan Lovren
18.Alberto Moreno
11.Roberto Firmino
23.Emre Jan
07.Jeyms Milner
20.Adam Lallana
10.Filippe Koutinyo
15.Daniel Starrij
  01.Asmir Begovich (D)
24.Geri Kexill
28.Sesar Aspilikueta
06.Baba Raxman
22.Villian
10.Eden Azar
12.Jon Obi Mikel
21.Nemanya Matich
14.Bertrand Traore
04.Sesk Fabregas
17.Pedro Rodriges
ZAHIRA
34.Adam Bogdan (D)
37.Martin Shkrtel
44.Bred Smit
24.Jo Allen
21.Lukas Leyva
54.Sheyi Ojo
09.Kristian Benteke
  32.Marko Ameliya (D)
43.Fikayo Tomori
16.Robert Kenedi
36.Ruben Loftus-Chik
42.Temmi Abraxam
38.Keysi Palmer
11.Aleshandre Pato

Matn

90+5'
O‘yin yakunlandi. "Liverpul" - "Chelsi" - 1:1.
90+2'
GOOOOOL! Kristian Benteke, 1:1! CHAp qanotdan yetkazilgan uzatmani Begovich ushlab qola olmadi. Hujumchi bo‘sh qolgan darvozani bosh bilan ishg‘ol qildi!
90'
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shildi
89'
Vuuuuuuh! Azarning uzatmasidan keyin Pedro birga bir vaziyatga chiqib ketdi. Lovrenni aldab zarba berdi. Minyole zarbani qaytardi!
88'
Vuuuuh! Qanday qilib? Allen olis ustun tomon uzatma berdi. Ojo darvozabon maydonchasi burchagidan aniq zarba bera olmadi!
88'
"Liverpul"da o‘zgarish: Kolo Ture o‘rniga Sheyi Ojo tushdi
87'
Aspilikueta ogohlantirildi
86'
Chap qanotdan havolatib yetkazilgan uzatmani Begovich egallab oldi
82'
Mersisaydliklarning hujumlarini "Chelsi" bartaraf etmoqda
79'
Emre Jan jarima maydonchasi tashqarisidan ayyorona zarba berdi. Begovich aldanmadi
76'
Vuuuuuh! Firmino jarima zarbasini tepdi. To‘p Azarag tegib o‘z yo‘nalishini o‘zgartirdi va ustun yonidan o‘tib ketdi
75'
"Liverpul"da o‘zgarish: Milner o‘rniga Jo Allen, Lallana o‘rniga Benteke tushdi
73'
"Chelsi"da o‘zgarish: Traore o‘rniga Temmi Abraham tushdi
73'
Jeyms Milner ogohlantirildi
71'
Vuuuuh! Moreno chap qanotdan olis ustun tomon uzatma berdi. Starrij to‘pga yetdi, darvoza tomon berdi. Ammo himoyachi to‘pni qaytardi!
70'
O‘yin asosan maydon markazida
65'
Ehh, Lallana! Burchakdan yetkazilgan to‘pni Begovich musht bilan urib yubordi. Adam 14 metrdan darvozaga aniq zarba bera olmadi. To‘p uning oyog‘iga "o‘tirmadi"
61'
Vuuuuuh! Starrij birga bir vaziyatga chqidi va zarba berdi. Begovich "Chelsi"ni goldan qutqardi!
59'
Vuuh! Milner chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Himoyachi to‘pni egallab, xavfni bartaraf etdi
57'
"Chelsi"da o‘zgarish: Villian o‘rniga Robert Kennedi tushdi
56'
Vuuuuh! Azar katta tezlikda raqib jarima maydonchasiga yaqinlashib keldi va 18 metrlardan zarba berdi. Minyole ikkinchi urinishda to‘pni egallab oldi
54'
Aspilikueta chap qanotda Starrijni yiqitdi. Jarima zarbasi
48'
Kolo Ture ogohlantirildi. Azarni yiqitgani uchun
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
45+2'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. "Liverpul" - "Chelsi" - 0:1. Tanaffus
45+1'
Milner jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Begovich to‘pni qaytardi. Qaytgan to‘pni Emre Jan darvoza tomon tepdi. Abdulrahmon Baba zarbani qaytardi
45'
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shildi
43'
Emre Jan sariq kartochka oldi.
39'
Ehhh, Traore! Pedroning uzatmasidan keyin hujumchi birga bir vaziyatga chiqdi. Jarima maydonchasi ichida zarba berish chog‘ida oyog‘i sirpanib ketdi, to‘p yuqoridan o‘tib ketdi!...
35'
Vuuuuh! Koutinyo jarima maydonchasi tashqarisidan xavfli zarba berdi. Begovich zarbani qaytardi
32'
GOOOOOL! Eden Azar, 0:1! Belgiyalik yarim himoyachi naq 4 nafar futbolchidan o‘tib ketdi va jarima maydonchasiga kirar-kirmas olis burchakka to‘pni mixladi! Qoyil!
28'
Villian o‘ng qanotda belgilangan jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. To‘p Ivanovichning boshidan maydonni tark etdi
23'
Vuuh! Azar jarima maydonchasi tashqarisidan darvozabon uchun noqulay zarba berdi. Minyole to‘pni qaytardi.
21'
Starrij jarima maydonchasi tashqarisidan yana noaniq zarba yo‘lladi
20'
Vuuuuh! Firmino maydon markazidan boshlab yakkama-yakka vaziyatga qochdi. Jarima maydonchasi ichida darvozabonni aldash maqsadida negadir to‘pni chetga olib o‘tmoqchi bo‘ldi. O‘tkir burchak ostida bergan zarbasi aniq chiqmadi
16'
Burnini sindirib olib, bugun himoya maskasida o‘ynayotgan Pedro himoyachilarni aldab, jarima maydonchasiga kirdi. Uning zarbasi himoyachiga tegib qaytdi
14'
O‘yin sur’ati biroz pasaydi, tenglashdi
11'
Traore ofsaydda qoldi
10'
"Liverpul" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Starrij bosh bilan yo‘llagan zarba aniq chiqmadi
7'
Vuuuuh! Lallana jarima maydonchasi tashqarisidan kuchli zarba yo‘lladi. Begovich to‘pni yon tomonga qaytardi. To‘pni egallagan Koutniyo bir himoyachini chalg‘itib zarba berdi. Davrozabon to‘pni egallab oldi
7'
Fabregas jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Himoyachilar qaytarishdi
6'
Vuuuuuh! "Liverpul" hisobini ochishi mumkin edi! Milner chap qanotdan darvozabon maydonchasiga yaqinlashdi va orqaroqqa uzatma berdi. Firmino yo‘llagan zarba yo‘liga himoyachi g‘ov bo‘ldi
4'
"Liverpul" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Mehmonlar to‘pni egallab, qarshi hujumga o‘tishga harakat qilishdi. Mezbonlar bunga imkon berishmadi
2'
Starrij jarimadan regbicha zarba yo‘lladi.
1'
Vuh! Jon Obi Mikel shundoqqina jarima maydonchasi burchagida Starrijni chalib yiqitdi
1'
O‘YIN BOSHLANDI! To‘pni Azar va Traore o‘yinga kiritib berishdi. Undan avval esa "Enfild"ga yig‘ilgan muxlislar YNWA qo‘shig‘ini jo‘r bo‘lib kuylashdi
'
Jamoalar maydonga chiqib kelishdi.
'
"Liverpul" uchun esa qiziq vaziyat yuzaga kelgan. Jamoa Yevropa ligasi finalida "Sevilya"ni mag‘lub etib, bosh sovrinni qo‘lga kiritsa, kelasi mavsumda YECHL guruh bosqichidagi ishtirokni ta’minlaydi! Jamoa Yevropa ligasi finalida yutqazsa, kelasi mavsumda Yevropa ligasida ishtirokini APL orqali ta’minlashi kerak bo‘ladi. Shu bois, har ehtimolga qarshi bugungi o‘yinda g‘alaba qozonib, APLda 6-o‘rinni egallashga harakat qilishi lozim.
'
"Chelsi" uchun bugungi bahs deyarli hech qanday ahamiyatga emas. Albatta, musobaqa jadvali nuqtai nazaridan. Ammo azaliy raqib sifatida "ko‘klar" jamoa sha’ni uchun kurashadilar
'
Angliya Premyer-ligasining 30-turi doirasida bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan "Liverpul" - "Chelsi" o‘yini bugun o‘tkaziladi. O‘yin boshlanish arafasida
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.