Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Oliy liga

9-tur, 12 may, soat 17:00

LOKOMOTIV

Temurxo‘ja Abduxoliqov (13)

1 : 0

PAXTAKOR

JAMOALAR TARKIBI
01.Ignatiy Nesterov
05.Kaxi Maxaradze
08.Server Jeparov
10.Marat Bikmayev
11.Temurxo‘ja Abduxoliqov
15.Sardor Mirzayev
17.Salim Mustafoyev
18.Timur Kapadze (S)
20.Islom To‘xtaxo‘jayev
22.Sanjar Shoahmedov
33.Oleg Zoteev
  01. Nikita Ribkin
04. Adnan Oraxovas
07. Azim Ahmedov
09. Jaloliddin Masharipov
11.Igor Sergeev
14. Jamshid Boltaboyev
15. Javohir Sohibov
21.Kamoliddin Tojiyev
24.Davron Hoshimov
29.Vladimir Kozak
48.Temur Tolipov
ZAHIRA
12.Ma’mur Ikromov
7.Sadriddin Abdullayev
21.Doniyor Usmonov
28.Ikrom Aliboyev
29.Quvondiq Ro‘ziyev
37.Sherzod Fayziyev
44.Sergey Proxorov
  12.Temur Jo‘rayev
02.Ibrohim Abdullayev
05.Akbar Ismatullayev
08.Sherzod Karimov
17.Akobir To‘rayev
19.Suhrob Berdiyev
20.Anvar Soliyev

Matn

90+4'
O‘yin yakunlandi. "Lokomotiv" juda murakkab kechgan o‘yinda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi
90+3'
"Paxtakor" ajoyib qarshi hujumdan foydalana olmadi. Fayziyev xavfni bartaraf etdi
90+2'
Vaqtni cho‘zgani uchun Jeparov ogohlantirish oldi
90+2'
Mezbonlar burchak yonida jarima to‘pi ishlashdi
90'
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shildi
90'
"Lokomotiv"da o‘zgarish: Marat Bikmayev o‘rniga Doniyor Usmonov tushdi
89'
Karimov burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Masharipov bosh bilan bergan zarbadan keyin to‘p to‘rga yuqori tomondan kelib tushdi
88'
Mehmonlarning navbatdagi hujumi bartaraf etildi
87'
Marat Bikmayevning tomiri tortishib qoldi.
85'
Sanjar Shoahmedov sariq kartochka oldi. Hushtakdan so‘ng to‘pni tepib yuborgani uchun. Bu vaqt cho‘zish hisoblanadi
84'
Masharipov o‘ng qanotdan uzatma berdi. Ignat to‘pni egalladi
82'
Javohir Sohibov ogohlantirish oldi. Qarshi hujumga o‘tayotgan Shoahmedovni tortib yiqitdi
81'
VUUUUH! Karimov chap qanotdan bergan uzatmani Nesterov musht bilan urib yubordi. To‘pni Masharipov egalladi va 15 metrdan zarba berdi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi
80'
Sherzod Karimov ogohlantirildi
79'
Ikrom Aliboyev ogohlantirish oldi
78'
"Lokomotiv"da o‘zgarish: Sardor Mirzayev o‘rniga Sherzod Fayziyev tushdi
76'
"Paxtakor" ijrosidagi burchak to‘pi hech kimga tegmay, narigi qanotdan maydonni tark etdi
75'
Vuuuuh! Berdiyev ikki himoyachi orasidan o‘tib ketib o‘ng tomondan darvozabon maydonchasiga yaqinlashdi. Uning zarbasidan keyin to‘p himoyachining oyog‘iga tegib, o‘z tezligini pasaytirdi. Natijada to‘pni Nesterov egalladi
73'
Bikmayev "Paxtakor" jarima maydonchasi ichida yiqildi. Ammo penalti yo‘q
71'
"Lokomotiv"ning xavfli hujumi. Vaziyatdan foydalana olishmadi
70'
"Paxtakor" himoyachisi Kamoliddin Tojiyevga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda
69'
VUUUUUUUUH! Sherzod Karimov jarimadan ajoyib zarba yo‘lladi. To‘p ustunga tegib, maydonni tark etdi. Nesterov joyida qotib qolgandi
68'
Shundoqqina "Lokomotiv" jarima maydonchasi chizig‘i oldida Karimovga nisbatan Maxaradze fol ishlatdi
65'
"Lokomotiv"da dastlabki o‘zgarish: Temurxo‘ja Abduxoliqov o‘rniga Ikrom Aliboyev tushdi
62'
"Paxtakor" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Kapadze bosh bilan qaytardi
61'
Vuuuh! Sardor Mirzayev chap qanotdan jarima maydonchasi yarim aylanasi tmon siljidi va zarba berdi. Tojiyevga tegib o‘z yo‘nalishini o‘zgartirgan to‘pni Ribkin egallab oldi
59'
VUUUUUH! Javohir Sohibov "Loko" jarima maydonchasi ichida zarba berdi. Nesterov to‘pni qaytardi. Kaxi to‘pni vaziyatdan uzoqlashtirdi
58'
"Paxtakor"da o‘zgarish: Azim Ahmedov o‘rniga Suhrob Berdiyev tushdi
57'
Masharipov o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga uzatma berayotganida to‘p Kapadzening qo‘liga tegdi. Ermatov o‘yinni davom ettirish mumkinligiga ishora qildi. Masofa yaqinligini inobatga oldi shekilli
55'
VUUH! O‘ng qanotdan Hoshimov yetkazgan uzatmagani Karimov jarima maydonchasining burchagida qabul qildi va futbolchilarni chalg‘itib zarba yo‘llashga muvaffaq bo‘ldi. Nesterov ikkinchi urinishda to‘pni egalladi
54'
Temurxo‘ja ofsaydda qoldi
54'
"Lokomotiv"ning xavfli hujumi. Mirzayev chap tomondan olis ustun tomon uzatma berdi. Ismatullayev to‘pni bosh bilan qaytardi
51'
Jeparov maydon markazida Masharipovdan to‘pni olib qo‘ydi va oldinga yurib, jarima maydonchasiga kirayotgan sheriklariga uzatma berdi. Tojiyev uzatmani qaytarib qoldi. Aks holda Mirzayev va Abduxoliqov darvozabon qarshisida yolg‘iz qolishardi
50'
Karimov o‘ng qanotdan oldinga o‘tdi va jarima maydonchasiga uzatma berdi. Maxaradze to‘pni qaytardi
48'
Tojiyev kutilmaganda o‘z jarima maydonchasi oldida to‘pni Mirzayevga berib qo‘ydi. Sardorning zarbasini Ribkin egalladi
47'
"Paxtakor"ning hujumini mezbonlar bartaraf etishdi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
46'
"Paxtakor"da o‘zgarish: Temur Tolipov o‘rniga Sherzod Karimov tushdi
45+2'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Lokomotiv" - "Paxtakor" 1:0. Tanaffus
45+1'
Jeparov burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Ribkin musht bilan urib yubordi
45'
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shildi
43'
Xavfli vaziyat! "Paxtakor" chap qanotdan darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. To‘xtaxo‘jayev to‘pga oyoq qo‘ydi, to‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi
42'
"Paxtakor" jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Tolipov yuqoridan yetkazgan uzatmani Ignatiy egallab oldi
39'
Vuuuuuuh! Jeparov jarimadan yetkazgan uxatmani Ribkin musht bilan urib yubordi. Darvozabon maydonchasiga yetkazilgan uzatmani Ismatullayev kutilmaganda orqaga urib yubordi. "To‘qqizlik"ka kirayotgan to‘pni Ribkin bir amallab qaytardi!
38'
Marat Bikmayevni o‘ng qanotda Masharipov chalib yiqitdi
37'
Masharipov mezbonlar jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qildi, ammo ofsayd
35'
"Lokomotiv" himoyachilari to‘pni Masharipov oldirib qo‘yishdi. Jaloliddin jarima maydonchasi ichida Islom To‘xtaxo‘jayevni aldamoqchi bo‘ldi va namoyishkorona yiqildi. Simulyasiya uchun Masharipov ogohlantirish oldi
34'
Temur Tolipov jarima maydonchasi burchagidan zarba berdi. Noaniq
33'
Jeparov chap qanotdan yetkazgan uzatma Abduxoliqovdan o‘tib ketdi, Bikmayev uni egallab olishiga bir bahya qoldi. Kozak xavfni bartaraf etdi
31'
Hoshimov Zoteevga nisbatan xavfli o‘ynadi. Ermatov Davronni og‘zaki ogohlantirdi
30'
O‘yin maydon markaziga ko‘chdi
26'
Sanjar Shoahmedov olis masofadan zarba yo‘lladi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi
25'
"Paxtakor" fan-klubidan qiziq "krichalka"lar yangramoqda: "Ravshan (Ermatov) - "Loko", "Server - petux"...
23'
VUUUUUH! Kamol Tojiyev uzatma berayotganida to‘pni Shoahmedovga berib qo‘ydi. Uning uzatmasidan keyin Abduxoliqov 18 metrlardan zarba berdi. To‘p to‘sin yonidan o‘tib ketdi
21'
Hoshimov o‘ng qanotdan "Lokomotiv" darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Sergeev to‘pga yeta olmadi
19'
VUUUUH! Temurxo‘ja bu safar "Paxtakor"ni kechirdi. Yakkama-yakka bergan vaziyatda zarba berdi, ammo to‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi
18'
"Paxtakor" gol o‘tkazib yuborganidan keyin o‘yinni stadionda kuzatayotgan Samvel Babayan telefonda gaplashdi. Oradan ko‘p o‘tmasdan o‘zgarish bo‘ldi: Adnan Oraxovas o‘rniga Akbar Ismatullayev tushdi. Temurxo‘ja gol urgan paytda Adnan xatoga yo‘l qo‘ydi. Bitta xato kechirilmadi
18'
Masharipovning uzatmasidan keyin Boltaboyev mezbonlar jarima maydonchasi ichiga kirishga harakat qildi. Nesterov chaqqonlik qildi va to‘pni egalladi
16'
Davron Hoshimov jarima maydonchasi tashqarisidan aniq zarba yo‘lladi. To‘pni Nesterov egallab oldi
15'
Jeparovning chiroyli uzatmasidan keyin Abduxoliqov to‘pni raqib jarima maydonchasi ichida qabul qildi,ammo ofsayd
13'
GOOOOOOOL! Temurxo‘ja Abduxoliqov, 1:0! Jeparov chap qanotdan o‘ng oyoqda uzatma berdi. Hujumchi yaqin masofadan bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi!
12'
Maydon egalari yaxshi hujumga o‘tishayotgan edi. Shoahmedov o‘z vaqtida sheriklariga uzatma bermadi, undan to‘pni Tojiyev olib qo‘ydi
10'
To‘xtaxo‘jayev maydon markazidan turib jarima maydonchasiga kirayotgan Abduxoliqovga uzatma berdi. To‘pni Ribkin egallab oldi
9'
VUUUH! Masharipovning jarima maydonchasiga bergan uzatmasidan so‘ng Sergeev o‘tkir burchak ostida zarba berdi. To‘p Nesterovdan maydonni tark etdi
7'
VUUUUUH! Jeparov yo‘llagan zarba natijasida to‘p to‘singa tegib, maydonni tark etdi!
6'
"Paxtakor" himoyachilari jarima maydonchasi yarim aylanasi chizig‘i ustida Shoahmedovga nisbatan fol ishlatishdi. Xavfli jarima zarbasi bo‘lishi mumkin
5'
Masharipov jarima maydonchasiga kirayotgan Tolipovga uzatma berdi. Temur to‘pga yeta olmadi
4'
"Paxtakor" o‘ng qanotda belgilangan jarima to‘pini mezbonlar jarima maydonchasiga yetkazdi. To‘pni Nesterov egalladi
1'
"Loko" o‘ng qanotdan to‘pni mehmonlar jarima maydonchasiga yetkazib berdi. Oraxovasning oyog‘idan borgan to‘pni Ribkin egallab oldi
1'
O‘YIN BOSHLANDI!
16:58'
Futbolchilar aylana hosil qilgancha, o‘yinga so‘nggi ruhiy tayyorgarlikni olib borishmoqda
'
Mini-qur’a natijasida to‘pni o‘yinga "Lokomotiv" kiritib beradigan bo‘ldi. "Paxtakor" esa maydonni tanladi
16:55'
Diqqat! Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda!
'
Stadionga tashrif buyurgan muxlislar soni kam. Ancha kam. Tribunalarning yarmi ham to‘lmagan
'
Maydon markaziga O‘zPFL bayrog‘i olib chiqildi
'
"Lokomotiv" va "Paxtakor" fan-klublari o‘zaro raqobatni boshlab yuborishdi
'
Futbolchilar kiyinish xonasiga yo‘l olishdi. Maydonga sup sepilmoqda
'
Ayni pallada jamoalar maydonda chigalyozdi mashg‘ulotlarini olib borishmoqda. Bugun "Loko" oq, "Paxtakor" sariq-ko‘k rangli formada harakat qilishadi
'
Oliyl liganing 9-turi doirasida "Lokomotiv" o‘z maydonida "Paxtakor"ni qabul qilmoqda. Nafaqat turning, balki birinchi davraning markaziy o‘yini.
'
Toshkentdagi "Lokomotiv" stadionidan yozamiz!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.