Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Ispaniya La ligasi

38-tur, 14 may, soat 20:00. Bosh hakam: Alexandro Ernandes

GRANADA

0 : 3

BARSELONA

Luis Suares (22, 38, 86)
JAMOALAR TARKIBI
13.Andres Fernandes (D)
24.Rikardu Koshta
02.David Lomban
18.Migel Lopesh
06.Jan-Silven Baben
16.Abdulaye Dukur
20.Ruben Peres
04.Fran Riko
27.Adalberto Penaranda
09.Yussef el-Arabiy
23.Ruben Rochina
  01.Mark-Andre ter Shtegen (D)
06.Dani Alves
18.Xordi Alba
03.Jerar Pike
04.Ivan Rakitich
08.Andres Inyesta
14.Xavyer Maskerano
05.Serxio Buskets
09.Luis Suares
10.Lionel Messi
11.Neymar
ZAHIRA
25.Xesus Fernandes (D)
03.Kristiano Biragi
12.Doriya
21.Rene Krxin
08.Xavi Markes
19.Isaak Kuenka
15.David Barral
  25.Xordi Masip (D)
24.Jeremi Matyo
22.Aleysh Vidal
07.Arda Turon
12.Rafinya
20.Serji Roberto
17.Munir el-Haddodiy

Matn

90+3'
O‘yin yakunlandi! "Barselona" — chempion! Bu jamoa muxlislarini tabriklaymiz!
90'
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shildi. "Barselona" zaxira futbolchilari chempionlikni nishonlashga tayyor turishibdi. Ular bir joyda o‘tira olishmayapti
90'
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shildi. "Barselona" zaxira futbolchilari chempionlikni nishonlashga tayyor turishibdi. Ular bir joyda o‘tira olishmayapti
87'
"Barselona"da o‘zgarish: Buskets o‘rniga Serji Roberto tushdi
86'
GOOOOOOOL! Luis Suares, 0:3! Xet-trik, La ligadagi 40-gol! Messining uzatmasidan keyin Neymar yakkama-yakka vaziyatga chiqdi va bo‘sh turgan Suaresga zarba berish imkoniyatni berdi. Luis bo‘sh darvozani ishg‘ol qildi!
83'
Luis Suares uchinchi golni urishi mumkin edi, ammo unga uzatma bergan Neymar ofsaydda qolgandi
79'
"Barselona"da o‘zgarish: Maskarano o‘rniga Jeremi Matyo, Rakitich o‘rniga Arda Turon tushdi.
77'
Rikardu Koshta sariq kartochka oldi
73'
"Granada" va "Barselona" futbolchilari o‘rtasida janjal kelib chiqdi. Maskeranoga maydon tashqarisida tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Pike sariq kartchoka oldi.
66'
"Granada" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Bosh bilan berilgan zarba natijasida to‘p darvoza to‘riga yuqoridan kelib tushdi
63'
VUUUUUH! Messi-Alves-Neymar uchburchak kombinasiyasidan keyin to‘pni darvozabon egallashga muvaffaq bo‘ldi
62'
Ruben Peres ogohlantirish oldi. Neymar to‘pni uning oyoqlari orasidan o‘tkazmoqchi bo‘lgandi. Yarim himoyachisi ochiqchasiga Neymarga o‘dag‘ayladi
60'
Vuuuuuuh! Suares to‘p bilan o‘ng qanotdan oldinga o‘tdi va jarima maydonchasiga kirgan Neymarga uzatma berdi. Neymarning zarbasini "Granada" posboni qaytardi!
58'
VUUUUUUH! "Granada" hisobni qisqartirish shart edi! Arabiyning uzatmasidan keyin Fran Riko yakkama-yakka vaziyatga chiqdi va 15 metrlardan zarba berdi! To‘pni Ter-Shtegen qaytardi! Ajoyib seyv!
55'
VUUUH! Messi tomonidan yo‘llangan jarima zarbasini Fernandes qaytardi! Qoyil, darvozabon!
54'
Abdulaye Dukur ogohlantirish oldi. U Messini yiqitdi
52'
VUUUH! Inyestaning ajoyib uzatmasidan keyin Alves o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va Suaresga uzatma berdi. Luis to‘pga biroz yeta olmadi
51'
Vuuuh! Messining uzatmasidan keyin Suares jarima maydonchasiga kirdi va Leoga uzatma berdi. Himoyachi to‘pni maydon tashqarisiga tepib yubordi
47'
Bugungi o‘yin "Granada" uchun hech qanday ahamiyatga ega emas. Boisi, jamoa o‘tgan turda La ligada jon saqlab qolish masalasini hal qilib bo‘lgandi. Balki, "Real" bu klubga mukofot va’da qilgan bo‘lsa, ushbu mukofot uchun oxirigacha harakat qilishi mumkin. Hozircha "Barsa" raqibga imkoniyat berayotgani yo‘q
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi!
45+1'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Granada" - "Barselona" - 0:2, "Deportivo" - "Real Madrid" - 0:2! Tanaffus,
45'
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shildi
40'
Vuuuh! Qarshi hujumda Neymar chap qanotdan oldinga o‘tdi va jarima maydonchasi chizig‘i ustidan zarba yo‘lladi. To‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi
38'
GOOOOOOL! Luis Suares, 0:2! Inyesta olis masofadan uzatma berib, o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirgan Alvesga uzatma berdi. Dani to‘pni deyarli chiziq ustidan darvoza yaqiniga yetkazdi. Urugvaylik hujumchi himoyachilar va darvozabonni ortda qoldirib, bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi!
37'
"Barselona" to‘pni nazorat qilmoqda, ammo hozircha xavfli vaziyat yaratmayapti
32'
Ayni paytda La liga to‘purari unvoni uchun Ronaldu va Suares o‘rtasida ham kurash kechmoqda. Krishtianuning gollari 35taga, Luis Sauresniki 38taga yetdi
25'
Messi jarima maydonchasi chizig‘i oldida belgilangan jarima zarbasini tepdi. Fernandes to‘pni egalladi
25'
GOOOOOOL! Krishtianu Ronaldu! "Deportivo" - "Real" - 0:2!
22'
GOOOOOOL! Alba Neymar bilan "devor" o‘ynab chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va darvozabon maydonchasidagi Luis Suaresga uzatma berdi. Urugvaylik futbolchi bo‘sh qolgan darvozaga to‘pni burib qo‘ydi!
20'
Jarimadan yetkazilgan uzatmani Ter Shtegen musht bilan urib yubordi
19'
Serji Buskets sariq kartochka oldi
13'
Vuuuuh! Messining uzatmasidan keyin Neymar jarima maydonchasi ichida darvozabon bilan yuzma-yuz holatda qoldi. To‘pni bo‘ysundirib, zarba bermoqchi bo‘lganida, himoyachi to‘pni tepib yuborishga ulgurdi. Burchakdan yetkazilgan uzatmaga Pike bosh bilan zarba berdi. Darvozabon to‘pni egalladi
11'
Yana bir xavfli vaziyat! Neymar chap tomondan jarima maydonchasiga kirdi va 11 metrli nuqta atrofiga uzatma berdi. Himoyachilar to‘pni qaytarishdi
10'
vuuuuh! Messi jarima maydonchasi chizig‘i ustida o‘ng oyoqda zarba yo‘lladi. Fernandes to‘pni darvoza ustidan oshirib yubordi
8'
GOOOL! "Deportivo" - "Barselona" - 0:1! Krishtianu Ronaldu (8). Benzema yetkazgan uzatmani portugaliyalik hujumchi 7 metrlardan bo‘sh qolgan darvozaga joyladi!
7'
VUUUUUUH! Burchakdan yetkazilgan uzatmani Maskerano bosh bilan ortga o‘tkazdi. Pike bosh bilan zarba yo‘lladi. Darvozabon chiziq ustida to‘pni qaytardi!
6'
Messi jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Himoyachi bosh bilan to‘pni maydon taqsharisiga chiqarib yubordi
4'
Chap qanotda Neymarga nisbatan fol ishlatildi
4'
"Granada" jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Ter Shtegen to‘pni egallab oldi
3'
Kataloniyaliklar to‘pni nazorat qilishmoqda. Hozircha oldinga o‘tishga shoshilishmayapti
1'
"GRANADA" - "BARSELONA" - "DEPORTIVO" - "REAL" O‘YINLARI BOSHLANDI!
'
Diqqat! "Granada" va "Barselona" jamoalari maydonga chiqib kelishmoqda.
'
Bugungi onlayn translyasiyamiz orqali asosiy e’tiborni "Barselona" ishtirokidagi o‘yinga qaratamiz. Parallel kechadigan o‘yinning asosiy lahzalaridan ham yoritib borishga harakat qilamiz
'
Bugun birgalikda Ispaniyaning ushbu mavsumdagi chempion jamoasi nomini bilib olamiz. So‘nggi tur oldidan 88 ochko jamg‘arib turgan "Barselona" safarda "Granada" qarshi maydonga chiqadi. 87 ochkoga ega bo‘lib turgan "Real" esa "Deportivo" mehmoni bo‘lmoqda.
'
Qadrli, futbol muxlislari! La liganing navbatdagi mavsumi yakuniga yetib bormoqda. Kecha boshlangan so‘nggi tur o‘yinlari bugun va ertaga davom ettiriladi
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.