Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/10 13:17 Mayns 2-0 Ayntraxt Braunshveyg
20/10 13:17 Hannover-96 1-4 Hoffenhaym
20/10 13:17 Bayer 2-1 Augsburg
20/10 13:17 Shalke 1-3 Borussiya D
20/10 13:17 Bavariya 3-2 Gerta
20/10 13:20 Volfsburg 3-0 Verder

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Angliya Premyer-ligasi

38-tur, 15 may, soat 19:00

CHELSI

Sesk Fabregas (66)

1 : 1

LESTER

Denni Drinkuoter (82)
JAMOALAR TARKIBI
13.Tibo Kurtua (D)
06.Baba Abdulrahmon
02.Branislav Ivanovich
24.Geri Kexill
28.Sesar Aspilikueta
14.Bertrand Traore
10.Eden Azar
22.Villian
21.Nemanya Matich
04.Sesk Fabregas
17.Pedro Rodriges
  01.Kasper Shmeyxel (D)
27.Marsin Vasilevski
17.Denni Simpson
28.Kristian Fuks
05.Ves Morgan
10.Endi King
14.Ngolo Kante
04.Denni Drinkuoter
22.Demaray Grey
09.Jeymi Vardi
26.Riyad Mahrez
ZAHIRA
01.Asmir Begovich (D)
43.Fikayo Tomori
08.Oskar
16.Robert Kenedi
36.Ruben Loftus-Chik
42.Temmi Abraxam
11.Aleshandre Pato
  32.Mark Shvarser (D)
30.Ben Chilvell
15.Jeff Shlupp
11.Mark Elbrayton
13.Daniel Amarti
23.Leonardo Ulyoa
20.Sindzi Okazaki

Matn

90+3'
O‘yin yakunlandi. "Chelsi" - "Lester" 1:1.
90+1'
Vuuuuh! Abraham jarima maydonchasi chizig‘i ustidan o‘arba berdi. To‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi!
90'
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shildi
88'
Shlupp jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. Kurtua to‘pni egalladi
85'
Vardi jarima maydonchasiga kirib keldi, ammo himoyachi bilan to‘qnashuvda yiqildi va to‘p uning qo‘liga tegdi. Shu bois o‘yin to‘xtatildi
82'
GOOOOOL! Denni Drinkuoter, 1:1! 28 metrlardan kuchli zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi. Burchakka kirgan to‘pni Kurtua qaytara olmadi!
80'
"Lester"da o‘zgarish: Mahrez o‘rniga Olbrayton tushdi
74'
Eh, Mahrez! Riyoz raqib himoyachilaridan to‘pni olib qo‘ydi, ammo o‘z vaqtida sherigiga uzatma berdi. Raqib futbolchilarini aldashga kirishib ketdi va to‘pni yo‘qotdi
71'
Ustunlik maydon egalari tomonida. "Lester" imkoni bo‘lganda oldinga o‘tmoqda
66'
GOOOOL! Sesk Fabregas, 1:0! Yarim himoyachining zarbasini Shmeyxel qaytara olmadi.
65'
PENALTI! "Lester" darvozasiga! Morgan MAtichni yiqitdi
63'
Endi londonliklarning hujumlarini "Lester" futbolchilari bartaraf etishmoqda
61'
"Chelsi"da o‘zgarish: Ivanovich o‘rniga Tomori tushdi
60'
Vuuuh! Drinkuoter chap qanotdan uzatma berdi. Okadzaki tovoni bilan to‘pni darvoza tomon burdi. Kurtua to‘pni egallab oldi
58'
"Chelsi" mehmonlarning ketma-ket hujumlarini bartaraf etish bilan mashg‘ul bo‘ldi.
55'
Vuuh! Maydon markazidan berilgan uzatma natijasida Abraham davrozabon bilan yakkama-yakka vaaziyatga chiqdi. Morgan jarima maydonchasi ostonasida to‘pni tepib yuborishga ulgurdi
53'
"Chelsi"da o‘zgarish: Traore va Pedro o‘rniga Loftus-Chik va Abraham tushdi
51'
Pedro chap qanotdan uzatma berdi. Shmeyxel to‘pni egalladi
48'
Drinkuoter to‘g‘ridan belgilangan jarima to‘pini darvoza yaqiniga uzatdi. Morgan to‘pga yeta olmadi
46'
Ranyeri ikkita o‘zgarish qildi. Grey o‘rniga Jeff Shlupp, Endi King o‘rniga Okadzaki tushirildi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi!
45+1'
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shildi va u yakuniga yetdi. Tanaffus.
44'
Vuuuuh! Azarning jarima maydonchasi tashqarisidan yo‘llagan zarbasini darvozabon qaytardi. Rahmoning zarbasini Shmeyxel qaytardi. Villianning uzatmasidan keyin Pedro to‘pni darvozaga burib qo‘ydi, ammo gol ofsayd tufayli inobatga olinmadi
39'
VUUUUH! Fabregas jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qildi va chaproqda ochilgan Villianga uzatma berdi. Braziliyalik yarim himoyachining zarbasini Shmeyxel qaytarishga muvaffaq bo‘ldi
37'
Traore ofsaydda qoldi
33'
Vuuuh! Vardi chap tomondan jarima maydonchasiga kirdi va o‘tkir burchak ostida zarba berdi. To‘p Ivanovichdan maydonni tark etdi
32'
Vuuuuh! Azar darvozabon maydonchasi burchagidan zarba berishga muvaffaq bo‘ldi. Shmeyxel ikkinchi urinishda egallab oldi!
30'
Traore jarima maydonchasi tashqarisidan noaniq zarba yo‘lladi
27'
VUUUH! Pedro jarima maydonchasi ichida Shmeyxelni aldab o‘tdi va to‘pni Traorega uzatma berdi. Hujumchining zarbasini Morgan qaytardi va xavfni bartaraf etdi!
25'
Vuuh! Demaray Grey jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. Aniq, ammo uni Kurtua egalladi
22'
Vuuuuh! Mahrezning uzatmasidan keyin Vardi yakkama-yakka vaziyatga chiqdi va to‘pni darvozabonning ustidan oshirib o‘tayotganida, darvozabonga urilib yiqildi. Ammo hakam penalti belgilamadi
21'
Darvoqe, "Manchester Yunayted" - "Bornmut" o‘yini o‘tkazilmayapti. Ma’lumotlarga qaraganda, "Old Trafford"da shubhali paket topilganligi sababli uchrashuv kechiktirildi. Muxlislar stadiondan evakuasiya qilinmoqda
15'
Bugungi o‘yin "Chelsi" uchun qanday ahamiyatga ega? Deyarli hech qanday. Jamoa yevrokuboklar yo‘llanmasini mahrum bo‘lgan. Bugungi g‘alaba "ko‘klar"ga 9-o‘rinni saqlab qolish imkonini beradi. Mag‘lubiyat tufayli, "Chelsi" 10 yoki 11-o‘ringa tushib ketishi mumkin. Bu narsa "Suonsi" va "Stok"ning bugungi natijalariga bog‘liq
13'
Jeymi Vardi jarima maydonchasi tashqarisidan chap oyoqda zarba berdi. Noaniq
12'
Azar jarima zarbasini tepdi. To‘p jonli devorga tegib qaytdi
9'
"Suonsi" - "Manchester Siti" o‘yinida Ixeanacho "shaharliklar"ni hisobda oldinga olib chiqdi. Ushbu bahsda "Siti" durang o‘ynasa ham, APLda 4-o‘rinni band etadi va kelasi mavsumda YECHLda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi. "MYu" esa YECHLsiz qoladi... Bugungi o‘yinlarning asosiy intrigasi ana shundan iborat
8'
Azar ofsaydda qoldi
7'
Vuuuuuh! Matichning uzatmasini Pedro jarima maydonchasi ichida qabul qildi va o‘tkir burchak ostida olis burchak tomon zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi
5'
Villian o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga uzatma berayotganida to‘p ichkarida turgan Fuksning qo‘liga tegdi. Masofa yaqin edi, penalti yo‘q
4'
Hozircha to‘p asosan maydon markazida. "Lester" to‘pni shoshmasdan nazorat qilmoqda
1'
Diqqat! 38-tur, "Chelsi" va "Lester" jamoalari o‘rtasidagi bahs boshlandi
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.