Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/10 13:17 Mayns 2-0 Ayntraxt Braunshveyg
20/10 13:17 Hannover-96 1-4 Hoffenhaym
20/10 13:17 Bayer 2-1 Augsburg
20/10 13:17 Shalke 1-3 Borussiya D
20/10 13:17 Bavariya 3-2 Gerta
20/10 13:20 Volfsburg 3-0 Verder

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Osiyo chempionlar ligasi

Nimchorak final, dastlabki o‘yin. 17 may, soat 23:03. Bosh hakam: Ko Xyung Jin (Janubiy Koreya)

AL-HILOL

0 : 0

LOKOMOTIV

JAMOALAR TARKIBI
22.Fahad az-Zuayyan
3.Karlos Eduardo
4.Abdulla az-Zoriy
5.Ahmad Sharahiliy
7.Salmon al-Faraj
8.Abdulloh Otayf
9.Aylton Almeyda
24.Navof al-Obid
26.Digao
29.Salim ad-Dovsariy
70.Muhammad Jahvaliy
  1.Ignatiy Nesterov
5.Kaxi Maxaradze
8.Server Jeparov
10.Marat Bikmayev
11.Temurxo‘ja Abduxoliqov
15.Sardor Mirzayev
17.Salim Mustafoyev
18.Temur Kapadze
20.Islom To‘xtaxo‘jayev
33.Oleg Zoteev
37.Sherzod Fayziyev
ZAHIRA
  12.Ma’mur Ikromov
7.Sadriddin Abdullayev
13.Nemanya Yanichich
22.Sanjar Shoahmedov
28.Ikrom Aliboyev
44.Sergey Proxorov
70.Ivan Nagayev
SARIQ KARTOCHKA
 
Islom To‘xtaxo‘jayev (27)
Ignatiy Nesterov (56)
Kaxi Maxaradze (78)

Matn

90+3'
O‘yin yakunlandi! "Al-Hilol" - "Lokomotiv" - 0:0. Javob o‘yini 24 may kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadi. Barcha masala o‘sha o‘yinda hal bo‘ladi
90+2'
Maxaradze maydon markazidan zarba berdi. To‘p darvoza oldiada yerga tegib, to‘sin ustidan o‘tib ketdi
90+1'
Yana burchak to‘pi
90'
Vuuuh! Olis masofadan yetkazilgan uzatmani Sharahiliy bosh bilan darvozabon yetkazishga urindi. To‘p Zuayyan yonidan o‘tib ketdi va maydonni tark etdi. "Loko" burchak to‘pini tepadi
88'
Jeparov maydon markazidan oldinga chiziqqa uzatma berdi. Temurxo‘ja to‘p uchun kurashda Sharahiliyni yiqitdi
88'
"Lokomotiv" to‘liq himoyalanmoqda
84'
VUUUUUUH! Nesterov muqarrar goldan qutqardi! Dovsariy sherigiga bilan "devor" o‘ynab birga bir vaziyatga chiqib ketdi va jarima maydonchasi ichida zarba yo‘lladi. Ignat oyog‘i bilan qaytardi zarbani!
82'
Abduxoliqov ofsaydda qoldi
81'
Vuuuh! Kpadzening uzatmasidan keyin Abduxoliqov raqib jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qildi, ammo zarba berishga ulgurmadi
89'
"Hilol"da o‘zgarish: Karlos Eduardo o‘rniga Yosir al-Qahtoniy tushdi
78'
Kaxi Maxaradzega sariq kartochka
77'
"Lokomotiv"da o‘zgarish bo‘ladi. Oleg Zoteev o‘rniga Nemanya Yanichich tushadi
76'
Aliboyev o‘ng qanotdan yuqoridan uzatma berdi. Darvozabon to‘pni egalladi
73'
Vuuuuuuh! Aliboyeeev! Ikrom jarima maydonchasi tashqarisidan chap oyoqda yuqori burchakka aylanma zarba berdi. Fahad Zuayyan to‘pni egallab oldi
71'
Vuuuuh! Abdulloh Otayf jarima maydonchasi chizig‘i oldidan zarba berishga muvaffaq bo‘ldi. Ignatiy to‘pni egalladi!
69'
Vuuh! Dovsariy chap qanotdan himoyachilarimiz orasidan o‘tib ketdi va jarima maydonchasi burchagidan zarba berdi. To‘p To‘xtaxo‘jayevning qo‘lidan Nesterovga tegdi. Bu penalti emas albatta.
67'
"Lokomotiv"da o‘zgarish: Marat Bikmayev o‘rniga Sanjar Shoahmedov tushdi
66'
Vuuuh! Jeparovdan uzatma qabul qilgan Aliboyev jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. Noaniq
64'
Server uzatgan to‘pni posbon egalladi
63'
Salim Mustafoyevga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi. To‘p oldida Jeparov
62'
"Hilol"da ham o‘zgarish: Navof al-Obid o‘rniga Faysal Darvish tushdi
59'
"Lokomotiv"da o‘zgarish: Sardor Mirzayev o‘rniga Ikrom Aliboyev tushdi
57'
Sardor Mirzayev jarohat oldi. Digao butsasining tishlari bilan uning to‘pig‘ini bosib oldi
56'
Ignatiy Nesterovga sariq kartochka. Vaqtni cho‘zgani uchun
55'
VUUUUUH! Raqiblar xavfli, yo‘q, o‘ta xavfli qarshi hujumga o‘tishdi!!! Dovsariy chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va 11 metrli nuqta ustiga zarba berdi. Karlos Eduardoning zarbasini Nesteroq qiyinchilik bilan qaytardi!!! To‘p uchun Dovsariy kurashga qo‘shildi. Ofsayd!
53'
Kapadzedan uzatma qabul qilgan Bikmayev o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga uzatma berdi. Himoyachi bosh bilan to‘pni qaytardi
51'
Vuuuuh! Chap qanotdan yetkazilgan uzatmaga Ignatiy chiqdi, ammo to‘pni o‘tkazib yubordi. Raqiblar bunday foydalana olishmadi
48'
Jeparovdan kelgan to‘pni Kapadze darhol oldinga o‘tishga chog‘lanayotgan Abduxoliqovga yetkazdi. Himoyachi to‘pni olib qoldi
47'
Mezbonlar tomonidan yetkazilgan uzatmani Nesterov egallab oldi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi! Davom etamiz
45+1'
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shildi va u yakuniga yetdi. Tanaffus. Hozircha hisob ochilmadi
45'
VUUUUUH! Saudiyaliklar qisqa paslar orqali jarima maydonchamizga kirib kelishdi. Karlos Eduardo 9-10 metrdan zarba berdi. Ignatiy egallab oldi
44'
Mirzayev chap qanotdan himoyachidan o‘tib ketayotgandek ko‘ringandi, ammo Jahvaliy undan to‘pni olib qo‘ydi. Sardor unga nisbatan fol ishlatdi
41'
Obidning navbatdagi zarbasi naoniq chiqdi
41'
VUUUUH! Chap qanotdan yetkazilgan uzatmani Navof Obid jarima maydonchasi chizig‘i ustida egalladi va aniq zarba berdi. Nesterov to‘pni egallab oldi. Barakalla!
39'
Mezbonlar burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Vakillarimiz to‘pni qaytarishdi
38'
Sardor Mirzayev yerlatib burchak zarbasini o‘yinga kiritdi. Himoyachilar to‘pni qaytarishdi
36'
Chap qanotdan yetkazilgan uzatmani To‘xtaxo‘jayev bosh bilan narigi qanotga o‘tkazib yubordi
33'
Ehhhh, Marat! Qarshi hujumda to‘p Bikmayevga yetkazildi. U jarima maydonchasi ichida yolg‘iz himoyachini aldab o‘tishga urindi, ammo to‘pni maydondan chiqarib yubordi
30'
VUUUH! Obid chap qanotdan uzatma berdi va Aylton darvozabon maydonchasi chizig‘i ustida bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi! Baxtimizga - ofsayd!
27'
Qarshi hujumga o‘tayotgan Ayltonni Islom To‘xtaxo‘jayev maydon markazida chiqitdi. Sariq kartochka
27'
Jeparov burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Darvozabon to‘pni musht bilan urib yubordi.
22'
Almeyda chap qanotda himoyachimizdan o‘tib ketdi va jarima maydonchasiga uzatma berdi. Obidning bosh bilan zarbasi muvaffaqiyatli chiqmadi
21'
Zoriy ofsaydda qoldi
19'
"Hilol"ning bosimi oshib bormoqda.
17'
Ar-Riyodliklar "devor" o‘ynab, "Lokomotiv" jarima maydonchasiga kirishga urindi. Maxaradze bosh bilan to‘pni qaytarib qoldi
15'
"Hilol" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Obidning uzatmasiga hech kim yeta olmadi
13'
Chap qanotdan jarima maydonchasiga kirgan Zoriyga uzatma berildi. Abdullaning orqaroqqa bergan uzatmasini To‘xtaxo‘jayev qaytarib qoldi
12'
Maydon egalari to‘p nazoratini o‘z tomonlariga olishdi. Xavfli vaziyat yarata olishmayapti
9'
Mezbonlar jarima maydonchamizga kirib kelishdi. Fayziyev xavfni bartaraf etdi
8'
Abduxoliqov jarima maydonchasida ochilishga harakat qildi. U tomon yetkazilgan uzatmani mezbon himoyachilar egallashdi
6'
Eduardo ofsaydda qoldi
4'
"Hilol" ikkita hujum tashkil qildi. Dastlab Obid to‘p bilan jarima maydonchasi kirdi, ammo yiqilib tushdi. Keyingi hujumda Aylton jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. Noaniq
3'
Zoteev chap qanotdan bir raqibni aldab, oldinga o‘tishga urindi, ammo to‘pni yo‘qotdi
1'
To‘pni o‘yinga "Lokomotiv" futbolchilari kiritib berishdi
1'
O‘YIN BOSHLANDI!
'
Diqqat! "Al-Hilol" va "Lokomotiv" futbolchilari Qirol Fahd stadioniga chiqib kelishdi
'
"Temiryo‘lchilar" bugun Ar-Riyodda "Al-Hilol" mehmoni bo‘lmoqda. O‘yin boshlanishiga 10 daqiqa qoldi
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! Osiyo chempionlar ligasining nimchorak final bosqichidan matnli onlayn translyasiya uyushtirayotganimizdan xursandmiz. Buning uchun "Lokomotiv"ga rahmat.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.