Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Evropa ligasi

Final, 18 may, soat 23:45. Bosh hakam: Yunas Eriksson (Shvesiya)

LIVERPUL

Daniel Starrij (35)

1 : 3

SEVILYa

Kevin Gameyro (46)
Koke (64, 70)
JAMOALAR TARKIBI
22.Simon Minyole (D)
06.Deyan Lovren
04.Kolo Ture
02.Nataniel Klayn
20.Adam Lallana
23.Emre Jan
07.Jeyms Milner
11.Roberto Firmino
10.Filippe Koutinyo
18.Alberto Moreno
15.Daniel Starrij
  31.David Soria (D)
06.Daniel Karrisu
03.Odil Rami
23.Koke
18.Serxio Eskudero
25.Mariano
19.Ever Banega
04.Gjegoj Krixovyak
20.Vitolo
15.Stiven N'Zonzi
09.Kevin Gameyro
ZAHIRA
52.Denni Uord (D)
37.Martin Shkrtel
21.Lukas Leyva
14.Jordan Xenderson
24.Jo Allen
09.Kristian Benteke
27.Divok Origi
  01.Serxio Riko (D)
05.Timote Kolodzeychak
21.Nikolas Parexa
22.Evgeniy Konoplyanka
14.Sebastyan Kristoforo
08.Visente Iborra
24.Fernando Lyorente
SARIQ KARTOCHKA
 
Vitolo (56)

Matn

'
Taqdirlash marosimi boshlandi. Dastlab hakamlar, keyin "Liverpul, so‘ngra "Sevilya" futbolchilariga esdalik uchun sovrinlar topshiradi. Albatta, marosim so‘ngida Kubok "Sevilya"ga taqdim etiladi
90+5'
O‘yin yakunlandi! "Sevilya" ketma-ket uchinchi marta Yevropa ligasi g‘olibi! Bunaqasi hali bo‘lmagan!
90+4'
Klayn sariq kartochka oldi
90+3'
"Sevilya"da o‘zgarish qilindi
90+2'
"Liverpul" burchak tshpini shyinga kiritdi. Xavf bartaraf etildi
90'
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shildi
89'
"Sevilya"da o‘zgarish: Gameyro o‘rniga Iborra tushdi
86'
Ehhh, "Sevilya" ajoyib imkoniyatdan foydalana olmadi! N'Zonzi o‘ng qanotdan uzatma berib, darvozabon maydonchasidagi Gameyroni to‘p bilan ta’minlashga harakat qildi. Kevin to‘pni yon tomonga qochirib yubordi. Shunga qaramay, u sherigiga uzatma berdi. Jarima maydonchasi tashqarisidan berilgan zarba natijasida burchak to‘pi ishlandi
84'
Vitolo ofsaydda qoldi
80'
Koutinyo jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi
77'
Sevilya"da o‘zgarish: jarohat olgan Odil Remi o‘rniga Timote Kolodzeyjik tushdi
76'
Emre Jan yuqoridan darvozabon maydonchasi yaqiniga uzatma berdi. Himoyachi to‘pni qaytardi
74'
"Sevilya"ning uchinchi goliga yayaa qaytamiz. Darvozabon maydonchasi oldida ochilgan Kokega to‘p kelib tushdi. Bu paytda laynsmen bayroqchasini ko‘tardi. Eriksson esa unga ishora qilib, bayroqchani tushirishni so‘radi. Futbolchilar biroz qotib qolishdi. Koke zarba berdi. Hakamlar goldan keyin majlis o‘tkazib, gol inobatga olinganini ta’kidlashdi
73'
"Liverpul"da yana o‘zgarish: Lallana o‘rniga Jo Allen tushdi
69'
Biroz oldin "Liverpul"da o‘zgarish bo‘lgandi. Firmino o‘rniga Divok Origi tushgandi
70'
GOOOOOL! Koke, 1:3!!! Hujumchiga to‘p "Liverpul" futbolchisidan kelib tushdi. Shu bois ofsayd yo‘q. Koke birga bir vaziyatda darvozani ishg‘ol qildi!
64'
GOOOOOOOL! Koke! 1:2! Andalusiyaliklar o‘z uslublaridan qisqa paslar orqali raqib jarima maydonchasiga yaqinlashib kelishdi. Vitolo ikki himoyachidan o‘tib ketdi, ammo qayerdandir Koke paydo bo‘ldi va kutilmaganda zarba berdi. To‘p darvoza burchagiga borib tushdi!
60'
VUUUUUH! Qanotdan uloqtirib berilgan uzatmani N'Zonzi bosh bilan orqaga o‘tkazdi. Gameyro darvozabon maydonchasi chizig‘i ustidan zarba berdi. Minyole oyog‘i bilan to‘pni qaytardi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi!
56'
Vitolo sariq kartochka oldi. Qarshi hujumga o‘tayotgan Lallanani chalib yiqitdi
56'
Vitolo chap qanotdan oldinga o‘tdi va darvoza yaqiniga uzatma berdi. Kolo Ture bosh bilan to‘pni qaytardi
55'
"Liverpul" o‘ziga kelib oldi va o‘yinni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi
51'
Klayn o‘ng qanotdan uzatma berdi. Lallana bosh bilan bergan zarbadan keyin himoyachiga tegib qaytgan to‘p Lallanadan tark etdi
49'
Burchakdan yetkazilgan uzatmani liverpulliklar bartaraf etishdi
48'
VUUUUUUH! Maydon markazidan berilgan uzatma natijasida Gameyro birga bir vaziyatga chiqib ketdi. Kolo Ture jarima maydonchasi ichida unga zarba berish imkoniyani bermadi
46'
GOOOOOOOL! Kevin Gameyrooooo, 1:1! Mariano o‘ng qanotda Milner va Moreno orasidan o‘tib jarima maydonchasiga kirdi va darvoza oldida turgan Gameyroga aniq uzatma berdi. Hujumchi to‘pga oyoq qo‘ydi va hisobni tenglashtirdi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi. Davom etamiz
45+1'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Liveprul" - "Sevilya" - 1:0. Tanaffus
45'
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shildi
45'
VUUUUUUH! Emre Jan bergan uzatmadan keyin Klayn o‘ng qanotdan darvozabon chizig‘i bo‘ylab uzatma berdi. To‘p Jan, Starrij va Firminodan o‘tib ketdi... ular birozgina yeta olishmadi
44'
"Sevilya" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Xavfli vaziyat yuzaga kelishiga nominal mezbonlar yo‘l qo‘yishmadi
40'
Qiziq! Starrij jarima maydonchasi tashqarisidan ichkariga yerlatib uzatma berayotgani Krixovyak to‘pni qo‘li bilan qaytardi. Yerdan ketayotgan to‘pni qo‘li bilan! yana penalti yo‘q
39'
GOOOOL emas! Burchakdan yetkazilgan uzatmaga Lovren bosh bilan zarba berdi. Darvozabon maydonchasi ofsaydda turgan Starrij to‘pga oyoq cho‘zdi, ammo unga tegmadi. Gol bo‘ldi biroq ofsaydda turgan futbolchi Soriani chalg‘itgani uchun gol inobatga olinmadi
37'
VUUUUH! Klayn o‘ng qanotdan qarshi hujumga o‘tdi va jarima maydonchasida ochilgan Lallanani to‘p bilan ta’minladi. Adamning zarbasi himoyachining oyog‘idan maydonni tark etdi
35'
GOOOOOOOOL! Daniel Starriiiiiij! 1:0! Hujumchi jarima maydonchasining biroz chaprog‘ida to‘pni qabul qildi va 14 metrlardan chap oyog‘ining tashqi tomoni bilan olis burchakka aylanma zarba berdi. To‘p manzilga aniq bordi! GOL! Hisob ochildi!
33'
VUUUUH! "Sevilya"da xavfli vaziyat, chiroyli gol bo‘lishiga sal qoldi. Chap qanotdan yetkazilgan uzatmani ispaniyaliklar futbolchisi bosh o‘ng tomondan darvozabon maydonchasiga yetkazdi. Himoyachi to‘pni qaytardi. Gameyro esa 8 metrlardan chalqancha zarba berdi. To‘p shundoqqina ustun yonidan o‘tib ketdi!
30'
Firmino maydon markazidan boshlab raqib jarima maydonchasi yaqiniga to‘p bilan keldi va Starrijga uzatma berdi. To‘p hujumchigacha yetib bormadi - himoyachi egalladi
27'
Koutinyo chap qanotdan jarima maydonchasiga kirgan Morenoga uzatma berdi. Qanot himoyachisi to‘pni darvoza yaqiniga bura olmadi. To‘p "Sevilya" futbolchisidan maydonni tark etdi. Eriksson buni payqamadi
25'
Vuuuuuuh! "Liverpul" qarshi hujumga o‘tdi. Lallana jarima maydonchasi yaqinigacha keldi va Starrijga uzatma berdi. Daniel darvozabon maydonchasi ichida o‘tkir burchak ostida zarba berdi. David Moriya zarbani gavdasi bilan qaytardi. Starrij sherigiga uzatma berganida, u bo‘sh darvozani ishg‘ol qilardi!..
24'
O‘yin har tomonlama tenglashdi.
20'
Firmino bu safar chap qanotdan bir himoyachidan o‘tib, jarima maydonchasiga uzatma berishga urindi. Krixovyak to‘pni egalladi
15'
Dastlabki 15 daqiqa ortda qoldi. "Sevilya" to‘pni nazorat qilayotgan bo‘lsa-da, Klopp shogirdlarining hujumlari xavfliroq chiqmoqda
14'
Emre Jan jarima maydonchasiga o‘ng qanotdan kirishi mumkin bo‘lgan Firminoga uzatma berdi. Braziliyalik futbolchi to‘pga yeta olmasligiga ko‘zi yetdi va yugurmadi.
12'
Vuuuuh! Firmino chap qanotdan jarima maydonchasiga kirayotib, himoyachini aldab o‘tishga harakat qildi. To‘p himoyachining qo‘liga tegdi. Boz ustiga "Sevilya" futbolchisi to‘p tomon qo‘lini biroz cho‘zganga ham o‘xshadi. Eriksson penali uchun asos topmadi.
11'
Vuuuuh! Klayn o‘ng qanotdan olis ustun tomon uzatma berdi. Starrij bosh bilan to‘pni darvozabon maydonchasiga qaytardi. Markaziy himoyachi darvoza chizig‘i oldida to‘pni qaytarib qoldi
10'
Chap qanotda belgilangan jarima to‘pini Banega jarima maydonchasiga yetkazib berdi. Minyole to‘pni egallab oldi.
8'
Vuuuuuh! Emre Jan 25 metrlardan zarba yo‘lladi. David Soriya to‘pni yon tomonga qaytardi. Himoyachi to‘pni egallab, xavfni bartaraf etdi
5'
"Sevilya" dastlabki daqiqalarda birinchi raqam ostida o‘ynashga harakat qilmoqda.
2'
Liverpulliklar ikki marta fol ishlatishga ulgurishdi
1'
Bahs boshlandi! To‘pni o‘yinga "Liverpul" futbolchilari kiritib berishdi
'
O‘yin boshlanish arafasida.
'
Diqqat! Qizil formada "Liverpul", oq rangli futbolkada "Sevilya" maydonga chiqib kelishmoqda
'
Evropa ligasi final uchrashuvi boshlanish arafasida. Bazeldagi "Sent Yakop Park" stadionida final o‘yiniga bag‘ishlangan badiiy dastur ijro etilmoqda. Hammasi juda chiroyli, juda go‘zal
'
Assalomu alaykum, qadrli muxlislar!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.