Osiyo chempionlar ligasi
| Saralash bosqichi, 8 fevral, soat 21:00 | ||
AL-JAYIShSeul Ki Xo (4, 27, 80)
Nilmar (37) Abdurahmon Isa (47) |
5 : 1 |
NASAFF.Sayfiyev (76)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
33.Ahmad Sofyan 2.Murod Naji, 4.Anderson (s) 7.Vesam Riziq 9.Nilmar 10.Jires Kembo Ekoko 14.Mohd Meznani 17.Ko Seulki 19.Abdurahmon Isa 21.Ali Sanad 29. Muhammad Muntariy |
25.Eldorbek Suyunov 4.Maqsud Karimov 5.Botir Qorayev 9. Ilhom Shomurodov 17.Artur Gevorkyan 19.Igor Taran, 20.Erkin Baydullayev 27.Ilhom Yunusov 28.Shuhrat Muhammadiyev 32. Hamza Karimov 34. Farrux Sayfiyev |
|
| ZAHIRA | ||
|
91.Saud Muborak 6.Rami Fayeziy 8.Yusuf Muftax 12.Majid Muhammad 18.Muhammad Jedo 20.Vagner Ribeyro 23. Xolid Alzereqiy |
1.Mixail Naumov, 10.Kenja To‘rayev, 14.Laziz Ubaydullayev 23.Sherzod A’zamov 29.Ulug‘bek Dadaboyev 33.Odil Hamrobekov 41.Azamat Allaniyazov |
|
Matn
| ' | Nailoj, "Nasaf" yangi mavsumda bor e’tiborini ichki birinchilik bahslariga qaratishiga to‘g‘ri keladi. E’tiboringiz uchun rahmat. | |
| ' | ![]() |
Uchrashuv yakunlandi! OCHL-2014. 2-saralash bosqichi. "Al Jaish" - "Nasaf" 5:1. |
| 90' | ![]() |
Darvozamiz oldida havfli jarima to‘pi. Andersonning zarbasi havfli, ammo biroz noaniq chiqdi. |
| 90' | O‘yinning so‘nggi daqiqasi boshlandi. To‘p asosan "Nasaf" a’zolarida. Mezbonlar munosib himoyalanishmoqda. | |
| 84' | ![]() |
O‘ng qanotdan uzatib berilgan to‘pni Kenja To‘rayev yaqin masofadan boshi bilan darvozaga noaniq yo‘lladi. |
| 81' | ![]() |
Gol!!! Seul Ki Go xet-trikka erishdi. Uning uzoq burchakka yo‘llagan zarbasini darvozabonimiz qaytarishga ojizlik qildi - 5:1. |
| 79' | ![]() |
Ilhom Yunusov o‘rniga Ulug‘bek Dadaboyev maydonga tushdi. |
| 76' | ![]() |
Goldan bir daqiqa o‘tar-o‘tmas Allaniyazov chap qanotdan jarima maydonchasiga kirib borib uzoq burchakka yo‘llagan kuchli zarbasi ustunga tegdi... |
| 75' | ![]() |
Gol!!!!!! Gevorkyanning o‘ng qanotdan uzatib bergan to‘pini Sayfiyev darvozaga yo‘lladi - 4:1. |
| 72' | ![]() |
O‘yin asosan maydon markazida kechmoqda. To‘p uchun kurashda Farruh Sayfiyev raqibga nisbatan qo‘pollik ishlatdi va ogohlantirildi. |
| 63' | ![]() |
Artur Gevorkyan tomonidan amalga oshirilgan jarima to‘pi darvoza ustuniga tegib, maydonga qaytdi. |
| 63' | ![]() |
Hozirgina maydonga tushgan Kenja To‘rayevga nisbatan qo‘pollik ishlatildi. Jarima zarbasi... |
| 62' | ![]() |
"Al-Jaish" safida ham o‘zgarish: Muhammad Muntari o‘rniga Majid Muhammad maydonga tushdi. |
| 61' | ![]() |
Ilhom Shomurodov o‘rniga Kenja To‘rayev maydonga tushdi. |
| 52' | "Nasaf" tarkibida o‘zgarish bo‘ladi. Kenja To‘rayev maydonga tushishga hozirlik ko‘rmoqda. | |
| 48' | ![]() |
Gol!.. Jarima maydonchamizga uzatilgan to‘pni Abdurahmon Icsa boshi bilan darvozaga yo‘lladi - 4:0... |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi. Igor Taran o‘rniga Azamat Allaniyazov o‘yinni davom ettiradi. |
| ' | Ikkinchi bo‘lim boshlanishi arafasida. Jamoalar va hakamlar maydonga chiqib kelishdi. | |
| ' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakuniga yetdi - 3:0... |
| 45' | ![]() |
Mezbonlarning tezkor hujumi Nilmarning jarima maydonchamiz ichidan uzoq burchakka yo‘llagan zarbasi biroz noaniq chiqdi. |
| 45' | ![]() |
!! Artur Gevorkyan tomonidan amalga oshirilgan jarima to‘pi darvoza ustuniga tegib qaytdi! |
| 45' | ![]() |
Igor Taranga nisbatan jarima maydonchasi chizig‘i ustida qo‘pollik ishlatildi.. |
| 40' | ![]() |
O‘yin surati biroz pasaydi.. mezbonlar to‘pni o‘zlarida saqlab qolishga harakat qilishmoqda |
| ' | ![]() |
2-3 kundan beri "Al-Jaish" - "Nasaf" o‘yini bo‘yicha anons-rolik berib borgan "Sport" kanali OCHL huquqiga ega bo‘lgan "World Sport Group"dan tegishli kodlarni ham olgandi. Ammo texnik muammo tufayli, signalni qabul qilishning imkoni bo‘lmayapti |
| 37' | ![]() |
Afsus! Bu safar qarshi hujumda Nilmar tezkorlik bilan himoyachilarimizdan o‘zib ketdi va uning zarbasidan keyin darvozadan joy oldi - 3:0... |
| 20' | ![]() |
Mezbonlarning chap qanotdan uyushtirgan hujumini Suyunov bartaraf etdi. Seul Ki Go tomonidan yo‘llangan takroriy zarba noaniq. |
| 33' | ![]() |
Taran chap qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga uzatdi. Raqib himoyachisi o‘z darvozasini ishg‘ol etishiga bir bahya qoldi |
| 18' | ![]() |
Igo Taranga nisbatan qo‘pollik va 17-raqamdagi Suyel Ki Go ogohlantirildi. |
| 27' | ![]() |
Yana chap qanotdan boshlangan hujumni "Al Jaish"ning janubiy koreyalik legioneri Seul Ki samarali yakunladi - 2:0. |
| 16' | ![]() |
Murod Naji jarohat olib maydonni tark etdi. Uning o‘rniga Yusuf Mufta maydonga tushdi. |
| ' | Texnik nosozlik uchun uzr so‘raymiz. Saytga murojaat haddan tashqari oshib ketgani uchun sayt serveri ko‘tara olmay qoldi. | |
| 16' | ![]() |
Igor Taran yana 4-5 metr masofadan noaniq zarba berdi. Ikkinchi marta gol kiritish uchun Igorda yaxshi imkoniyat yuzaga kelgandi. |
| 15' | ![]() |
Shomurodovga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi. Jarima to‘pi chap burchakka yaqin joyda o‘yinga kirtildi. Himoyachilar to‘pni qaytarishdi. |
| ' | ![]() |
"Sport" kanali xodimi Diyor Imomxo‘jayevning Tvitter orqali xabar beradi: "Ob-havoning noqulay kelganligi sabab nafaqat "Loko" o‘yin o‘tkazolmadi, balki "Nasaf" o‘yini signalini ham ushlab bo‘lmayapti" |
| 13' | ![]() |
"Nasaf"ning hujumi o‘ng qanotdan tashkil etildi. Taranning urinishini himoyachilar bartaraf etishdi. |
| 13' | Stadionga to‘plangan "Al-Jaish" muxlislari tinimsiz jamoalarini olqishlashmoqda. | |
| 10' | O‘yin sur’ati ancha yuqori. Mezbonlarni to‘pni egallashlari bilan tezkor hujum uyushtirishmoqda. | |
| 8' | ![]() |
Igor Taran darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib, to‘pni boshi bilan darvozaga yo‘naltirdi. Igorda yaxshi imkoniyat yuzaga kelgandi... |
| 6' | ![]() |
Mezbonlar jarima to‘pini amalga oshirishdi. To‘p jonli devorga tegib qaytdi. |
| 4' | ![]() |
HISOB OCHILDI... Seulki jarima maydonchamiz ichida himoyachilarni aldab, o‘tib osonlik bilan hisobni ochdi - 1:0 |
| 3' | Mehmonlar to‘pni o‘zlarida saqlab turishga harakat qilishmoqda. | |
| 1' | ![]() |
Ilk fol Boydullayev tomonidan ishlatildi. "Nasaf" jarima maydonchasiga oshirilgan to‘p qaytarildi. |
| 1' | ![]() |
Uchrashuv boshlandi! To‘pni mezbonlar o‘yinga kiritishdi... |
| 0' | Nazoratchi: Yazbek Yazbek (Livan), Komissar: Talal Ali-Suaylemin (Iordaniya) | |
| 0' | Uchrashuvni Shtebre Delovski (Avstraliya) boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Unga qanotlarda o‘z hamyurtlari Pol Adam va Natan Aleksandr yordam beradi. Zaxira hakami - Mohd Nafiz bin Abdul, Malayziyadan. | |
| 0' | Ayni paytda har ikkala jamoa a’zolari o‘yinoldi chigalyozdi mashg‘ulotlarni boshlab yuborishgan. | |
| 0' | OCHL reglamentiga muvofiq, “Nasaf” futbolchilari o‘yin boshlanishidan 90 daqiqa ilgari “Suhaim bin Hamad” stadioniga yetib kelishgan. | |
| 0' | Mehmonlar zaxira o‘rindig‘ida: 1. Mixail Naumov, 10. Kenja To‘rayev, 14. Laziz Ubaydullayev, 23. Sherzod A’zamov, 29. Ulug‘bek Dadaboyev, 33. Odil Hamrobekov, 41. Azamat Allaniyazov. | |
| 0' | “Nasaf”: 25. Eldorbek Suyunov, 4. Maqsud Karimov, 5. Botir Qorayekv, 9. Ilhom Shomurodov, 17. Artur Gevorkyan, 19, Igor Taran, 20. Erkin Baydullayev, 27. Ilhom Yunusov, 28. Shuhrat Muhammadiyev, 32. Hamza Karimov, 34. Farrux Sayfiyev. | |
| 0' | Mezbonlar zaxira o‘rindig‘ida: 91. Saud Muborak, 6. Rami FAyezi, 8. Yusuf Muftax, 12. Majid Muhammad, 18. Muhammad Jedo, 20. Vagner Ribeyro, 23. Xolid Alzereqi. | |
| 0' | "Al-Jaish" (Qatar): 33. Ahmad Sofyan, 2. Murod Naji, 4. Anderson (S), 7. Vesam Riziq, 9. Nilmar, 10. Jires Kembo Ekoko, 14. Mohd Meznani, 17. Ko Seulki, 19. Abdurahmon Isa, 21. Ali Sanad, 29. Muhammad Muntari. | |
| 0' | O‘yin boshlanishiga 30 daqiqa vaqt qolmoqda. Ayni vaqtga kelib jamoalar tarkiblari bizga ma’lum. | |
| 0' | Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! Bugun Qarshining "Nasaf" jamoasi klublarimizning 2014 yilgi Osiyo maydonlaridagi yurishini boshlab berishadi! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|