Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

O‘zbekiston kubogi

Nimchorak final, javob o‘yini. 22 may, soat 19:00. Bosh hakam: Rustam Bobomurodov

BUXORO

Bahodir Pardayev (78-penalti)

1 : 0

PAXTAKOR

JAMOALAR TARKIBI
1.Muhiddin Xudoyorov
3.Sardor Rahmonov
8.Salamat Quttiboyev
10.Shavkat Salomov (S)
16.Artyom Filiposyan
18.Bahodir Pardayev
19.Jasur Hasanov
23.Aleksandr Merzlyakov
61.Aziz Ibragimov
85.Ruslan Melziddinov
87.Alisher Sanoyev
  1. Nikita Ribkin
5.Akbar Ismatullayev
6.Abbos Otaxonov
7.Azim Ahmedov
8.Sherzod Karimov
9. Jaloliddin Masharipov
10.Jamshid Iskanderov
11. Igor Sergeev
24. Davron Hoshimov
28.Stanislav Andreev
29. Vladimir Kozak
ZAHIRA
30.Asilbek Omonov
7.Suhrob Ne’matov
11.San’at Shixov
17.Jamoliddin Ubaydullayev
21.Pavel Smolyachenko
33.Boburjon Omonov
97.Kamoliddin Murzoyev
  12.Temur Jo‘rayev
4.Adnan Oraxovas
14.Jamshid Boltaboyev
17.Akobir To‘rayev
18.Javohir Siddiqov
48.Temur Tolipov

Matn

'
Bugungi matnli translyasiya uyushtirishda yordam bergan Rasul Usmonovga minnatdorchilik bildiramiz
90+4'
O‘yin yakunlandi! "Buxoro" kuchli raqib "Paxtakor"ni musobaqadan chiqarib yuborib, chorak finalga yo‘l oldi!
90+1'
"Buxoro"da yaxshi imkoniyat. San’at Shixov uzatmaga yetib bora olmadi...
90'
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shildi
88'
"Buxoro"da so‘nggi o‘zgarish: Shavkat Salomov o‘rniga San’at Shixov tushdi
86'
O‘yin asosanm maydon markazida. Endi mezbonlar oldinga o‘tishga tavakkat qilishmayapti. "Paxtakor" esa xavfli vaziyat yarata olmayapti
85'
"Paxtakor"da o‘zgarish: Jamshid Iskanderov o‘rniga Akobir To‘rayev tushdi
82'
"Buxoro" ham himoyaga yotib olgani yo‘q. Imkon bo‘lishi bilan hujumga o‘tmoqda
81'
"Paxtakor"ning hujumlari oqibatida to‘p Igor Sergeevgacha yetib bormayapti.
80'
Goldan ruhlangan buxorolik ishqibozlar to‘lqinni yuzaga keltirishmoqda. Stadion muxlislar bilan liq to‘lganini ta’kidlash lozim. 20 mingdan ortiq muxlislar o‘z sevimli jamoalarini qo‘llab-quvvatlamoqda
79'
Endi bugungi uchrashuvda qo‘shimcha bo‘limlar belgilanmaydi. "Paxtakor" keyingi bosqichga chiqishni istasa, raqib darvozasiga 2ta gol urishi kerak bo‘ladi
78'
GOOOOOL! Bahodir Pardayev, 1:0!
77'
PENALTI! "Paxtakor" darvozasiga. Jarima maydonchasi ichida Shavkat Salomovga nisbatan qo‘pollik ishlatildi
76'
"Paxtakor"da o‘zgarish: Jaloliddin Masharipov o‘rniga Jamshid Boltaboyev maydonga tushdi
76'
Hozirgina maydonga tushgan Jamoliddin Ubaydullayev sariq kartochka oldi
75'
"Buxoro"da o‘zgarish: Aziz Ibragimov o‘rniga Jamoliddin Ubaydullayev tushdi
74'
O‘yin maydon markazida bo‘lmoqda. Hozircha xavfli vaziyatlar yuzaga kelmayapti
69'
Tomonlar himoyani unutmagan holda harakat qilishmoqda
68'
Vuuuuh! Salomov 3 himoyachi orasidan o‘tib ketib, Ibragimovga ajoyib pas berdi. Aziz 5 metrdan darvozani ishg‘ol eta olmadi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi!..
65'
Bugun "Buxoro" jamoasi safida Shavkat Salomov o‘z o‘yini bilan ajralib turganini ta’kidlash lozim
64'
Bahodir Pardayev olis masofadan zarba berdi. Temur Jo‘rayev muammosiz to‘pni egalladi
59'
"Buxoro"da o‘zgarish: Jasur Hasanov maydonni tark etdi. Uning o‘rniga Kamoliddin Murzoyev tushdi
57'
Shavkat Salomov ikki himoyachini aldab, "Paxtakor" jarima maydonchasiga kirdi, ammo sherigiga aniq uzatma bera olmadi
56'
Buxoroliklar to‘pni nazorat qilishga harakat qilishmoqda
54'
O‘yin ochiq ko‘rinish oldi. Har ikkala jamoa navbati bilan hujumga o‘tmoqda
53'
"Buxoro"ning xavfli qarshi hujumi. Mezbonlar imkoniyatdan foydalana olishmadi
51'
Vuuuuuh! "Paxtakor" futbolchisi Azim Ahmedov yo‘llagan zarba natijasida to‘p ustunga tegib qaytdi. Mezbonlar xavfni bartaraf etishdi
48'
Bahodir Pardayev ogohlantirish oldi
47'
"Buxoro" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Mehmonlar qaytargan to‘pni buxoroliklar egallashdi va yana hujum tashkil qilishdi. Samarasiz
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
45+3'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Buxoro" - "Paxtakor" - 0:0. Tanaffus
45+2'
"Buxoro" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Samarasiz
45'
Birinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shildi
44'
Igor Sergeev "Buxoro" jarima maydonchasi ichida yiqildi. Hakam penalti yo‘qligiga ishora qildi
43'
"Paxtakor" futbolchisi jarima zarbasini tepdi. Noaniq
42'
Ribkin o‘yinni davom ettira olmadi. Uning o‘rniga Temur Jo‘rayev tushdi.
40'
"Buxoro"ning burchak to‘pi samarasiz chiqdi
39'
Shavkat Salomov jarima zarbasini tepdi. Nikita Ribkin superseyv namoyish qilib, zarbani qaytardi. Darvozabon yerga noqulay tushdi shekilli, jarohat olganga o‘xshaydi
38'
Vladimir Kozak ogohlantirish oldi
35'
Ehhh, Bahodir Pardayev! Bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol qila olmadi!
33'
O‘yin boshidagi "Paxtakor"ning bosimi biroz pasaydi. Mezbonlar o‘yinni tenglashtirishdi
28'
Vuuuuh! "Buxoro"ning xavfli qarshi hujumi. Biroz aniqlik yetishmadi
27'
Jamshid Iskanderov uzoq vaqt etgan tanaffusdan keyin jarohatidan forig‘ bo‘ldi va u bugun ilk marta maydonga tushdi. U jamoasining o‘yinini boshqarishga harakat qilmoqda
25'
"Buxoro" to‘liq himoyada. Birinchi o‘yindan keyingi hisob mezbonlar qanoatlantiradi
19'
Stanislav Andreevda yaxshi imkoniyat yuzaga keldi. Uning zarbasiga aniqlik yetishmadi
17'
"Buxoro" futbolchisi Salamat Quttiboyev sariq kartochka oldi. U o‘zidan o‘tib ketayotgan Sherzod Karimovni tortib yiqitdi
10'
"Buxoro" himoyalangan holda, to‘pni egallangan paytda uni nazorat qilishga harakat qilmoqda
5'
Hozircha o‘yin teng kurashlar ostida kechmoqda. To‘p asosan maydon markazida. "Paxtakor" dastlabki daqiqalardan oldinga o‘tishga harakat qilmoqda
1'
O‘YIN BOSHLANDI
'
Toshkentdagi o‘yinda Jamshid Saidov shogirdlari 1:0 hisobida g‘alaba qozonishdi. Natijada javob o‘yiniga nisbatan qiziqish keskin oshgan
'
Bugun Buxorodagi sport-sog‘lomlashtirish majmuasida "Buxoro" va "Paxtakor" jamoalari o‘rtasidagi O‘zbekiston kubogi nmichorak final bosqichining javob o‘yini bo‘lib o‘tadi
'
ASSALOMU ALAYKUM, QADRLI FUTBOL MUXLISLARI!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.