Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Ispaniya kubogi, final
| 23 may, soat 00:30. Bosh hakam: Ernandes Ernandes | ||
BARSELONAJordi Alba (97)
Neymar (120+2) |
2 : 0 |
SEVILYa |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
01.Mark-Andre ter Shtegen (D) 06.Dani Alves 18.Xordi Alba 03.Jerar Pike 05.Serjio Buskets 14.Xavyer Maskerano 08.Andres Inyesta 04.Ivan Rakitich 11.Neymar 09.Luis Suares 10.Lionel Messi |
01.Serxio Riko (D) 25.Mariano 06.Daniel Karrisu 23.Koke 03.Odil Rami 18.Serxio Eskudero 04.Gjegoj Krixovyak 08.Visente Iborra 19.Ever Banega 20.Vitolo 09.Kevin Gameyro |
|
| ZAHIRA | ||
|
13.Klaudio Bravo (D) 24.Jeremi Matyo 07.Arda Turan 12.Rafinya 22.Aleish Vidal 20.Serji Roberto 17.Munir el-Haddodiy |
31.David Soria (D) 21.Nikolas Parexa 14.Sebastyan Kristoforo 22.Evgeniy Konoplyanka 10.Xose Reyes 11.Xuan Munyoz 24.Fernando Lyorente |
|
| QIZIL KARTOCHKA | ||
|
Xavyer Maskerano (36)
|
Ever Banega (90+2)
|
|
Matn
| ' | ![]() |
Ispaniya qiroli "Barselona" sardori Andres Inyestaga Kubokni topshirdi |
| 120+4' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. "Barselona" - Ispaniya qiroli kubogi sohibi! "Ko‘k-anorranglilar" muxlislarini tabriklaymiz! |
| 120+2' | ![]() |
GOOOOOOL! Neymar, 2:0! Messining uzatmasidan keyin braziliyalik hujumchi birga bir vaziyatda darvozani ishg‘ol qildi! |
| 120+1' | ![]() |
Karrisu ketma-ket ikkita sariq kartochka oldi. Dastlab xavfli o‘yin uchun, ikkinchisi hakamga keskin e’tiroz bildirgani uchun |
| 120' | ![]() |
Qo‘shimcha bo‘limga 4 daqiqa qo‘shildi |
| 120' | ![]() |
"Barselona"da yana bitta o‘zgarish bor ekan. Jordi Alba o‘rniga Serjio Roberto tushdi |
| 119' | ![]() |
Vuuuh! Qarshi hujumda Messi Busketsni birga bir vaziyatga chiqaradigan uzatma berdi. Markaziy himoyachi to‘pni qaytarib qoldi |
| 118' | ![]() |
Vuuuuh! Inyesta chap qanotdan uzatma berdi va Neymar 6 metrlardan bosh bilan zarba berdi. Serxio Riko to‘pni egallab oldi |
| 114' | ![]() |
Kevin Gameyro ogohlantirish oldi |
| 113' | ![]() |
Eskudero o‘ng qanotdan uzatma berdi. Ter Shtegen to‘pni egalladi |
| 112' | ![]() |
O‘yin davom etadi |
| 111' | ![]() |
Laynsmenlardan biriga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda |
| 110' | ![]() |
Kokening olis masofadan zarbasini Ter Shtegen egalladi |
| 109' | ![]() |
Jarima maydonchasiga chap tomondan kirgan Neymarga uzatma berildi. Hujumchi yiqilib tushdi |
| 107' | ![]() |
Ehhh, Neymar! Kataloniyaliklar qarshi hujumda 4ga 4 chiqib borishdi. Neymar himoyachini aldab, o‘zi jarima maydonchasi kirishga qaror qildi va to‘pni yo‘qotdi |
| 106' | ![]() |
"Sevilya"da o‘zgarish bo‘ldi. Iborra o‘rniga Lyorente tushdi |
| 106' | ![]() |
To‘rtinchi bo‘lim boshlandi |
| ' | ![]() |
Bu 15 daqiqalikda "Barselona" ustunlikka eridshdi va hisobda oldinga chiqib oldi |
| 105+1' | ![]() |
Qo‘shimcha bo‘limlarning dastlabkisi yakuniga yetdi. |
| 105' | ![]() |
VUUUH! Alves olis masofadan xavfli zarba yo‘lladi. Riko qaytardi. Albaning zarbasini himoyachi qaytardi! |
| 104' | ![]() |
VUUUUH! Riko "Sevilya"ni ikkinchi goldan qutqardi! Neymar jarima to‘pini yetkazdi. Pike 5 metrdan bosh bilan zarba berdi. Riko to‘pni darvoza ustidan ko‘tarib yubordi |
| 104' | ![]() |
Eskudero ham ogohlantirish oldi. U Messini tepib yiqitdi |
| 103' | ![]() |
Vuuuh! Messi jarima maydonchasi burchagidan belgilangan jarima zarbasi yaqin burchak tomon tepdi. Riko zarbani qaytardi |
| 102' | ![]() |
Konoplyanka sariq kartochka oldi. U jarima maydonchasi kirayotgan Messini qo‘lidan tortib qoldi |
| 100' | ![]() |
Chap qanotdan Konoplyankaga nisbatan fol ishlatildi. Yevgeniyning o‘zi to‘pni o‘yinga kiritdi. To‘pni egallagan "Barselona" futbolchilari qarshi hujumga o‘tishdi. Messi olis masofadan "parashyut" zarba bilan to‘pni darvozabonning ustidan tushirishga harakat qildi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi |
| 99' | ![]() |
Konoplyanka burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Pike to‘pni qaytarishga muvaffaq bo‘ldi |
| 97' | ![]() |
GOOOOOOOL! Jordi Alba, 1:0! Olis masofadan Messi uzatma berdi. Himoyachi chap qanotdan yetib keldi va darvozabon maydonchasi burchagidan unchalik kuchli bo‘lmagan zarba berdi. To‘p olis ustun yonidan to‘rga tushdi! |
| 96' | ![]() |
Vuuuuuh! Chap qanotdan yetkazilgan uzatmani Gameyro "Barsa" jarima maydonchasi ichida qabul qildi va zarba berdi. To‘p yo‘liga Pike g‘ov bo‘ldi! |
| 93' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan uzatmani Pike bosh bilan darvozabon maydonchasiga qaytardi. Himoyachilar to‘pni qaytarishdi |
| 93' | ![]() |
Messi yetkazgan uzatmani himoyachilar qaytarishdi. Alvesning uzatmasiddan keyin burchak to‘pi ishlandi |
| 90+2' | ![]() |
Krixovyak sariq kartochka oldi. U Neymarni yiqitdi |
| 91' | ![]() |
Qo‘shimcha bo‘limlarning dastlabkisi boshlandi |
| ' | ![]() |
Asosiy vaqt va qo‘shimcha bo‘limlar oralig‘ida 5 daqiqa dam beriladi. Tanaffus yakuniga yetib bormoqda. Murabbiylar futbolchilarga ko‘rsatmalar bermoqda |
| 90+5' | ![]() |
Asosiy vaqt yakuniga yetdi. Qo‘shimcha bo‘limlar. Hamon hisob ochilmagan |
| 90+5' | ![]() |
Iborra Ter Shtegenga zarba berib yubordi. Sariq kartochka |
| 90+4' | ![]() |
"Barselona" ketma-ket ikkinchi marta burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Matyo bosh bilan zarba berdi. Riko to‘pni egalladi |
| 90+3' | ![]() |
Messining zarbasini Riko darvoza yuqorisiga ko‘tarib yubordi! |
| 90+2' | ![]() |
Ever Banegaga to‘g‘ridan to‘g‘ri qizil kartochka! Messining uzatmasidan keyin Neymar birga bir vaziyatga chiqayotganida braziliyalik hujumchini ortdan tepib yiqitdi. Jarima maydonchasi chizig‘i ustidan jarima zarabsi tepiladi |
| 90' | ![]() |
Ikkinich bo‘limga 5 daqiqa qo‘shildi |
| 89' | ![]() |
"Barselona"ning birdaniga uch futbolchisi sariq kartochka oldi. Neymar simulyasiya uchun, Rafinya va Alves hakam bilan tortishgani uchun |
| 87' | ![]() |
Jordi Alba sariq kartochka oldi. Biroz avval esa "Sevilya" jarima maydonchasi taqsharisida Neymar chalib yiqitildi. Hakam negadir fol belgilamadi |
| 84' | ![]() |
Vuuuh! O‘ng qanotdan uzatma berildi. To‘p uchun kurashda Vitolo va Pike baravar yiqildi. "Sevilya" futbolchilari penalti so‘rashdi. Hakam o‘yinni davom ettirish kerakligini ko‘rsatdi |
| 81' | ![]() |
Koke "Barsa" jarima maydonchasi ichida chalqancha uslubda zarba berayotganida to‘pni qaytarayotgan Inyestaga nisbatan xavfli o‘yin qildi |
| 80' | ![]() |
"Sevilya"da o‘zgarish: Mariano o‘rniga Yevgeniy Konoplyanka tushdi |
| 79' | ![]() |
Vuuh! Pike jarima maydonchasiga kirib kelib zarba bergan Vitoloning zarbasini qaytardi |
| 79' | ![]() |
Qarshi hujumda Messi oldinga o‘tayotgan Matyoga uzatma berdi. Himoyachilar xavfni bartaraf etishdi |
| 77' | ![]() |
Lionel Messining jarimadan yo‘llagan zarbasini Riko egallab oldi |
| 75' | ![]() |
Vitolo ogohlantirish oldi. O‘zidan o‘tib ketayotgan Inyestani chalib yiqitdi. Darvozagacha 27 metrlar |
| 74' | ![]() |
Alba ofsaydda qoldi |
| 73' | ![]() |
Odil Rami sariq kartochka oldi. Neymarning oyog‘iga xavfli tashlandi |
| 71' | ![]() |
"Barselona" to‘pni nazorat qilib o‘tirmayapti. Tezda raqibga topshirmoqda |
| 69' | ![]() |
O‘ng qanotda belgilangan jarima to‘pini Messi darvoza yaqiniga yetkazdi. Serxio Riko to‘pni egallab oldi |
| 66' | ![]() |
Burchak to‘pi ham xavfli chiqdi. "Barsa" qiyinchilik bilan xavfni bartaraf etdi |
| 65' | ![]() |
VUUUUH! O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmani kataloniyaliklar qaytarishdi. Krixovyak 14 metrlardan zarba berdi. To‘p Busketsning oyog‘iga tegib, ustun yonidan o‘tib ketdi! |
| 64' | ![]() |
"Sevilya" futbolchilari jarima maydonchasi ichida "devor" o‘ynashga harakat qilishdi. Pike to‘pni egallab olishga muvaffaq bo‘ldi |
| 63' | ![]() |
Qarshi hujumda Messi Neymarni yakkama-yakka vaziyatga chiqardi, ammo ofsayd |
| 62' | ![]() |
Andalusiyaliklar ko‘proq hujum tashki qilishmoqda. "Barsa" himoyalanishga majbur bo‘lmoqda |
| 59' | ![]() |
Banega yuqoridan uzatma berdi. Ter Shtegen to‘pni egalladi |
| 58' | ![]() |
"Barselona" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Himoyachilar to‘pni egallab olishdi |
| 57' | ![]() |
"Barsa"da majburiy o‘zgarish: Luis Suares maydonni tark etdi. Uning o‘rniga Rafinya maydonga tushdi |
| 55' | ![]() |
Luis Suares ham oyog‘ini ushlab yotibdi. U o‘yinni davom ettira olmaydiganga o‘xshamoqda |
| 53' | ![]() |
Messi olis ustun tomonda ochilayotgan Albaga uzatma berdi. Himoyachi to‘pni darvozabon maydonchasiga qaytardi. Karrisu va Messi havodagi to‘p uchun kurashda to‘qnashib ketishdi |
| 52' | ![]() |
Andalusiyaliklar bugun Messiga nisbatan juda ko‘p fol ishlatishmoqda |
| 50' | ![]() |
VUUUUH! Banega kutilmaganda jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. To‘p Pikening oyog‘idan o‘z yo‘nalishini biroz o‘zgartirdi va ustunga tegib qaytdi! |
| 49' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limda "Sevilya" to‘pni nazorat qilmoqda |
| 47' | ![]() |
Inyesta aniq uzatma bilan Neymarni birga bir vaziyatga chiqarib yubordi. Laynsmen ofsayd qayd etib, xatoga yo‘l qo‘ydi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| ' | ![]() |
Birinchi bo‘lim statistikasi: to‘p nazorati: 62%-38%, zarbalar: 5:4, aniq zarbalar: 0-2, burchak to‘plari: 6-2; Chetlatish: 1-0 |
| 45+2' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Tanaffus. Hozircha hisob ochilmadi |
| 45+1' | ![]() |
Vuuuh! Neymar "Sevilya" jarima maydonchasi ichida ikki himoyachini aldab o‘tib ketdi va Messiga uzatma berdi. Leoning zarbasi himoyachiga tegib, maydonni tark etdi |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shildi |
| 44' | ![]() |
Vuuh! Rakitich burchakdan yetkazilgan uzatmaga Pike darvozabon maydonchasi chizig‘i ustida bosh bilan zarba berdi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 43' | ![]() |
So‘nggi "Barsa" safida maydondan chetlatilgan futbolchi Maskerano bo‘lgan ekan. U oktyabr oyida "Eybar"ga qarshi o‘yinda qizil kartochka olgandi |
| 42' | ![]() |
Shundoq ham yaxshi o‘ynayotgan "Sevilya" raqib bir kishi kam bo‘lib qolganidan keyin o‘zini yanada ishonchliroq his qilmoqda |
| 40' | ![]() |
Buskets markaziy himoyaga qaytib o‘ynamoqda |
| 38' | ![]() |
Vuuuuh! Ever Banega yo‘llagan zarbani Ter Shtegen to‘sin yuqorisiga ko‘tarib yubordi! |
| 36' | ![]() |
Vuuuh! Maskeranoga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka! U birga bir vaziyatga chiqib borayotgan Gameyroni tortib yiqitdi. Jarima maydonchasi yarim aylanasi ichidan jarima zarbasi tepiladi! |
| 35' | ![]() |
"Barsa" chiroyli hujum orqali "Sevilya" jarima maydonchasiga kirib keldi. Ammo so‘nggi pallada Inyesta na zarba berdi, na aniq uzatma. To‘p maydonni tark etdi |
| 34' | ![]() |
O‘yin maydon markazida kechmoqda |
| 30' | ![]() |
Kataloniyaliklar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Rakitich yetkazgan uzatmani himoyachilar qaytarishdi. Alves to‘pni egalladi va 25 metrlardan zarba yo‘lladi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 28' | ![]() |
Andalusiyalik o‘yinni maydon markaziga surishga muvaffaq bo‘lishdi |
| 26' | ![]() |
Messi 11 metrli nuqta ustida uzatma berdi. Suares to‘pga yeta olmadi |
| 25' | ![]() |
"Sevilya"ning hujumi paytida Krixovyak jarima maydonchasi chizig‘i ustidan zarba berdi. To‘pga intilgan Gameyro ofsaydda qolgandi |
| 22' | ![]() |
Messi burchakdan to‘pni darvozaga aylantirdi. Riko musht bilan to‘pni urib yubordi |
| 20' | ![]() |
"Sevilya" himoyada yotayotgani yo‘q. Imkon bo‘lishi bilan oldinga o‘tmoqda |
| 19' | ![]() |
Messi o‘ng qanotda belgilangan jarima to‘pini raqib jarima maydonchasiga yetkazdi. Suares ofsaydda qolgan deb topildi |
| 17' | ![]() |
Vuuuuh! Vitolo o‘ng qanotda Albadan o‘tib ketib, darvozabon maydonchasiga yaqinlashdi va orqaroqda ochilgan Kokega uzatma berdi. Kokening zarbasi qovushmadi. To‘p darvozaga emas, yon tomonga ketib qoldi |
| 16' | ![]() |
Bir vaziyatda Inyesta va Neymar Zidan fintini ishshga solishdi. Burchak to‘pi ishlandi. Burchakdan uzatmaga futbolchilar yeta olishmadi |
| 14' | ![]() |
"Sevilya" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Bosh bilan berilgan zarba noaniq chiqdi |
| 12' | ![]() |
"Barselona" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. XAvfli vaziyat yuzaga kelmadi |
| 8' | ![]() |
VUUUUH! Inyestaning ajoyib uzatmasidan keyin Suares jarima maydonchasiga kirdi va 15 metrdan zarba yo‘lladi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 5' | ![]() |
Neymar jarima maydonchasi ichida Messi bilan "devor" o‘ynab, raqib darvozabon maydonchasiga kirishga urindi, himoyachi to‘pni to‘xtatib qoldi |
| 4' | ![]() |
To‘p nazorati "Barsa"da. Tomonlar hali e’tiborga molik hujum tashkil qila olganicha yo‘q |
| 1' | ![]() |
O‘YIN BOSHLANDI! |
| ' | ![]() |
Ushbu mavsumda jamoalari bittadan sovrinni qo‘lga kiritishga ulgurishdi. "Barselona" Ispaniya chempionligini, "Sevilya" Yevropa ligasini qo‘lga kiritishdi. Bugungi o‘yinda g‘alaba qozongan jamoa uchun bu mavsumdagi ikkinchi sovringa aylanadi |
| ' | ![]() |
"Barselona" va "Sevilya" jamoalari Madriddagi "Visente Kalderon" stadioniga chiqib kelishdi. Ispaniya madhiyasi yangramoqda |
| ' | ![]() |
Ispaniya qiroli kubogi final bahsini biz bilan kuzatib borishga taklif etamiz |
| ' | ![]() |
Xayrli oqshom, qadrli futbol muxlislari! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|