Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Evropa chempionlar ligasi
| FINAL. 28 may, soat 23:45. Bosh hakam: Mark Klattenburg (Angliya) | ||
REAL MADRIDSerxio Ramos (15)
|
1 : 1 |
ATLETIKO MADRIDYannik Ferreyra-Karrasko (80)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
1.Keylor Navas 3.Pepe 4.Serxio Ramos 12.Marselo 15.Daniel Karvaxal 14.Kazemiro 08.Toni Kroos 19.Luka Modrich 11.Garet Beyl 09.Karim Benzema 07.Krishtianu Ronaldu |
13.Yan Oblak 02.Diyego Godin 20.Xuanfran 15.Stefan Savich 03.Filipe Luis 14.Gabi 12.Augusto Fernandes 06.Koke 17.Saul 09.Fernando Torres 07.Antuan Grizmann |
|
| ZAHIRA | ||
|
13.Kiko Kasilya 04.Nacho 23.Danilo 22.Isko 10.Xames Rodriges 20.Xese 18.Lukas Vaskes |
01.Migel Anxel Moyya 19.Lukas 24.Xose Mariya Ximenes 22.Tomas Teye Parti 05.Tyagu Mendesh 16.Anxel Korrea 21.Yannik Ferreyra-Karrasko |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Daniel Karvaxal (11)
Keylor Navas (47) Kazemiro (80) Serxio Ramos (90+3) Danilo (93) Pepe (111) |
Fernando Torres (61)
Gabi (90+3) |
|
Matn
| ' | ![]() |
"Real" Yevropa chempionlar ligasi g‘olibi! Tabriklar! |
| ' | ![]() |
GOOOOOOL! Krishtianu Ronaldu, 5:3! |
| ' | ![]() |
GOL EMAS! Xuanfran, 4:3yu To‘p ustunga tegib qaytdi |
| ' | ![]() |
GOL! Serxio Ramos, 4:3! |
| ' | ![]() |
GOL! Saul Niges, 3:3! |
| ' | ![]() |
GOL! Garet Beyl, 3:2! |
| ' | ![]() |
GOL! Gabi, 2:2! |
| ' | ![]() |
GOL! Marselo, 2:1! |
| ' | ![]() |
GOL! Antuan Grizmann, 1:1! |
| ' | ![]() |
GOL! Lukas Vaskes, 1:0! |
| ' | ![]() |
Lukas Vaskes to‘pni ko‘tarib kelib, 11 metrli nuqtaga o‘rnatdi |
| ' | ![]() |
Penaltilar seriyasida ko‘p narsa darvozabonlar — Keylor Navas va Yan Oblakning mahoratiga ko‘p narsa bog‘liq |
| ' | ![]() |
Demak, penaltilar seriyasiga barcha narsa shay. Kim boshlab beradi? Buni hozir aniqlab olamiz |
| 120+2' | ![]() |
O‘yinning asosiy va qo‘shimcha bo‘limlari yakunlandi. "Real" - "Atletiko" - 1:1. Penaltilar seriyasi! |
| 120+2' | ![]() |
Vuuuuh! "Real" jiddiy bosim uyushtirdi. Daniloning zarbasidan keyin burchak to‘pi |
| 120' | ![]() |
To‘rtinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shildi |
| 119' | ![]() |
Vuuuuuh! Marselo chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va uzatma berdi. To‘p ochiq turgan Vaskesga kelib tushdi. Uning zarbasi yo‘liga himoyachi g‘ov bo‘ldi |
| 118' | ![]() |
"Atletiko"ning hujumi samarasiz chiqdi |
| 117' | ![]() |
Ronaldu ijrosidagi jarima zarbasi jonli devorga tegib qaytdi |
| 116' | ![]() |
"Atletiko"da o‘zgarish: Koke o‘rniga Tomas Parti tushdi |
| 115' | ![]() |
Kokega tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda |
| 115' | ![]() |
"Real" jarima to‘pi tepadi. To‘p Torresning qo‘liga tegdi |
| 113' | ![]() |
Chap qanotdan Marselo yuqoridan uzatma berdi. Ronalda to‘pga sakradi, ammo yeta olmadi |
| 111' | ![]() |
Pepe sariq kartochka oldi |
| 110' | ![]() |
Modrich burchakdan yetkazgan uzatmani Grizmann bosh bilan qaytardi |
| 108' | ![]() |
"Atletiko"da o‘zgarish: Felipe Luis o‘rniga Lukas Ernandes tushdi |
| 107' | ![]() |
Kazemiro bir raqibni aldab, 23 metrlardan zarba berdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi |
| 106' | ![]() |
To‘rtinchi bo‘lim boshlandi. Yana 15 daqiqa |
| 105' | ![]() |
Uchinchi bo‘lim yakunlandi |
| 105' | ![]() |
Vuuuh! Burchak to‘pini himoyachiilar qaytarishdi. Grizmann chalqancha uslubda zarba berdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi |
| 105' | ![]() |
Karrasko individual mahorati evaziga burchak to‘pi ishladi |
| 101' | ![]() |
Vuuuh! Ronaldu bir himoyachini aldab, chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va Lukasga uzatma berdi. Vaskes to‘pni tovoni bilan ortda turgan Beylga o‘tkazdi. Garetning zarbasini Godin oyog‘i bilan qaytardi |
| 100' | ![]() |
Vuuuuh! Torres chiroyli uzatma bilan Grizmanni birga bir vaziyatga chiqardi, ammo Danilo tezlik namoyish qilib, to‘pni Navasga yetkazishga ulgurdi |
| 99' | ![]() |
Xuanfran o‘ng qanotda Modrichdan o‘tib ketib, jarima maydonchasiga kirdi, ammo Kazemironi alday olmadi |
| 98' | ![]() |
"Atletiko" to‘pni nazorat qilib, pozision hujum tashkil qilmoqda. Burchak to‘pi ishlandi |
| 90+4' | ![]() |
VUUUUH! Burchakdan yetkazilgan uzatmaga Ronaldu bosh bilan zarba berdi. To‘p Saulning boshiga tegib, o‘z yo‘nalishini o‘zgartirdi. Oblak to‘pni egallab qoldi. Qoyil, darvozabon |
| 93' | ![]() |
Danilo sariq kartochka oldi. O‘zidan o‘tib ketayotgan Karraskoni qo‘li bilan tortib qoldi |
| 92' | ![]() |
Vuuuh! Lukas Vaskes jarima maydonchasiga yaqinlashib keldi va ichkariga kirayotgan Ronalduga uzatma berdi. Gabi to‘pni qaytardi |
| 92' | ![]() |
Kazemiro olis masofadan zarba yo‘lladi. Oblak to‘pni egalladi |
| 91' | ![]() |
Eksra-taymlarning dastlabkisi boshlandi |
| 90+4' | ![]() |
Asosiy vaqt yakuniga yetdi. "Real" - "Atletiko" - 1:1. Qo‘shimcha bo‘limlar. Yana 30 daqiqa |
| 90+3' | ![]() |
Ramos raqibning o‘ta xavfli qarshi hujumini sariq kartochka orqali to‘xtatdi. Hakamga baqirgani uchun Gabi ham ogohlantirish oldi |
| 90+2' | ![]() |
Klattenburg ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shdi, shekilli. |
| 90+1' | ![]() |
"Real" qarshi hujumga o‘tayotganida, "Atletiko" futbolchilari Pepedan to‘pni olib qo‘yishdi |
| 87' | ![]() |
Vuuuh! Marselo chap qanotdan darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Vaskes va Ronaldu to‘pga yeta olishmadi |
| 86' | ![]() |
Vuuuh! Modrich burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Beyl bosh bilan bergan zarbadan keyin to‘p Pepening boshiga tegib, darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 85' | ![]() |
To‘pni "Real" nazorat qilmoqda. Ammo tavakkal qilmayapti |
| 83' | ![]() |
Vuuuh! Xuanfran o‘ng burchakka yaqin joyda darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Torres yaqin ustun yonida to‘pni darvoza tomon burishga harakat qildi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 80' | ![]() |
GOOOOOOOOL! Yannik Ferreyra-Karrasko, 1:1! Xuanfran jarima maydonchasining o‘ng tomonidan uzatma berdi. Hujumchi 3-4 metrdan darvozani ishg‘ol qildi! |
| 80' | ![]() |
Kazemiro sariq kartochka oldi |
| 79' | ![]() |
VUUUUUH! "REAL"! Ronaldu birga bir vaziyatda bergan zarbasini Oblak qaytardi, to‘pni Beyl egalladi va deyarli bo‘sh darvozaga zarba berdi. Himoyachi zarbani qaytardi! |
| 78' | ![]() |
Vuuuuuh! Ronaldu jarima maydonchasi chizig‘i ustidan kuchli zarba berdi. Oblak to‘pni egalladi |
| 77' | ![]() |
"Real"da so‘nggi o‘zgarish: Karim Benzema o‘rniga Lukas Vaskes tushdi. |
| 74' | ![]() |
Felipe Luis chap qanotdan uzatma berdi. Torres bosh bilan noaniq zarba berdi |
| 72' | ![]() |
"Real"da o‘zgarish: Toni Kroos o‘rniga Isko tushdi |
| 70' | ![]() |
VUUUUUUUH! Modrichning uzatmasidan keyin Benzema o‘ng tomondan birga bir vaziyatga chiqib borib, jarima maydonchasiga kirdi zarba berdi. Oblak zarbani qaytardi. Karim Ronalduga uzatma bersa yaxshiroq bo‘lardi! |
| 70' | ![]() |
Vuuuuh! Ronaldu bir himoyachini aldab jarima maydonchasiga kirdi, ammo Xuanfran to‘pn undan olib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi |
| 68' | ![]() |
Burchak to‘pi o‘yinga kiritilayotganida Ramos Kokeni yiqitdi. fol |
| 68' | ![]() |
Beylning zarbasidan keyin to‘p jonli devorga tegib, maydonni tark etdi. Burchak to‘pi |
| 67' | ![]() |
Ronalduga nisbatan fol ishlatildi. Darvozagacha 25 metrlar masofadan jarima to‘pi. |
| 63' | ![]() |
Saul jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. Noaniq |
| 62' | ![]() |
Koke jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. To‘p Pepega tegib qaytdi |
| 61' | ![]() |
Fernando Torres sariq kartochka oldi. Maydon markazida Ramosning oyog‘iga tepdi |
| 59' | ![]() |
Vuuuuuh! Chap qanotdan yetkazilgan uzatmaga Saul 11 metrli nuqta ustidan zarba berdi. Zarbaga aniqlik yetishmadi |
| 58' | ![]() |
Vuuuh! Koke o‘ng qanotdan zarba berdi. To‘p ustun va to‘sin kesishga joy yaqinidan o‘tib ketdi |
| 57' | ![]() |
Kazemiro hujumda fol ishlatdi |
| 56' | ![]() |
Danilo burchak to‘pi ishladi |
| 55' | ![]() |
Beyl olis masofadan chap oyoqda kuchli zarba berdi. Biroz noaniq |
| 54' | ![]() |
Vuuuuuuh! Burchak to‘pini Godin qaytardi. Savich 5 metrlardan to‘pni darvoza tomon burdi. To‘p shundoqqina ustun yonidan o‘tib ketdi! |
| 54' | ![]() |
Grizmann jarima maydonchasiga uzatma berdi. BUrchak to‘pi |
| 52' | ![]() |
Daniel Karvaxal jarohat olib, maydonni ko‘zda yosh bilan tark etmoqda. Uning o‘rniga Danilo tushdi |
| 50' | ![]() |
Xuanfran qanotda Benzemaga nisbatan fol ishlatildi. Kroos jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. "Atletiko" himoyachilari to‘pni qaytarishdi |
| 49' | ![]() |
Yuqoridan yetkazilgan uzatmaga Torres o‘tkir burchak ostida bosh bilan darvoza tomon zarba berdi. To‘pni Navas egalladi |
| 48' | ![]() |
VUUUUUH! Antuan Grizmann yo‘llagan kuchli zarba to‘singa tegib qaytdi!!! |
| 47' | ![]() |
Nima uchundir Keylor Navasga sariq kartochka ko‘rsatildi |
| 47' | ![]() |
VUUUH! PENALTI! "Real" darvozasiga! Pepe aybdor! Torresni ortdan yiqitdi |
| 46' | ![]() |
"Atletiko"da o‘zgarish bo‘ldi: Augusto Fernandes o‘rniga Yannik Ferreyra-Karrasko tushdi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi! |
| ' | ![]() |
Birinchi bo‘lim statistikasi: To‘p nazorati - 48-52%. Zarbalar - 5-5. Aniq zarbalar - 2-3. Burchak to‘plari - 1-1. Qoidabuzarliklar - 6-6. Sariq kartochkalar - 1-0. |
| 45+2' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Real" - "Atletiko" - 1:0. Tanaffus |
| 45+1' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shildi |
| 45+1' | ![]() |
Karvaxal o‘ng qanotdan uzatma berdi. Beyl jarima maydonchasi ichida himoyachiga nisbatan fol ishlatdi |
| 43' | ![]() |
Vuuuuh! "Atletiko"ga birdaniga tezkor hujum tashkil qildi. Gabi tomonidan berilgan kesma uzatmani Grizmann jarima maydonchasi tashqarisida qabul qildi va olis masofadan zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 40' | ![]() |
Grizmann olis masofadan yerlatib zarba berdi. Navas to‘pni egalladi |
| 38' | ![]() |
Saul chap qanotdan jarima maydonchasiga uzatma berdi. To‘pga hech kim yetib bora olmadi |
| 35' | ![]() |
Vuuuuuuh! Kokening uzatmasidan keyin Grizmaann jarima maydonchasi ichida to‘pni yerga tushirmasdan darvoza tomon tepdi. To‘sin ostiga yo‘l olayotgan to‘pni Navas qaytardi! Lekin, Antuan ofsaydda ekan |
| 34' | ![]() |
VUUUUUH! Antuan Grizmannn! U jarima maydonchasi tashqarisida to‘pni egalladi va chap oyoqda aniq zarba berdi. Keylor to‘pni egalladi |
| 32' | ![]() |
Vuuuuh! Kazemiro maydon markazida to‘pni raqibdan olib qo‘ydi va oldinga yurdi. U o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirgan Benzemaga uzatma berdi. Karim yonidagi himoyachini chalg‘itib, darvozabon oldiga uzatma berdi. Oblak to‘pni qaytardi! |
| 30' | ![]() |
"Atletiko" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Himoyachilar to‘pni qaytarishdi. Takroriy hujum paytida Gabi olis masofadan zarba berdi. To‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 30' | ![]() |
Jarima maydonchasi chizig‘i ustida turgan Torres tomon uzatma berdi. Pepe to‘pni egallab oldi |
| 29' | ![]() |
"Atletiko" "Real" himoyasini yorib o‘ta olmayapti. "Qirollik klubi" ham xavfli hujumga tashkil qilmayapti |
| 27' | ![]() |
Karvaxalning uzatmasidan keyin Ronaldu jarima maydonchasining o‘ng qanotdan darvoza yaqiniga havolatib uzatma berdi. Oblak to‘pni egalladi |
| 26' | ![]() |
"Atletiko" pozision hujum tashkil qilishga majbur. "Real"da esa qarshi hujum uchun imkoniyat yuzaga kelishi mumkin |
| 25' | ![]() |
Vuuuh! Grizmanning uzatmasidan keyin Felipe Luis chap qanotda to‘pni egalladi va jarima maydonchasiga uzatma berdi. To‘p Pepening boshidan jarima maydonchasining narigi burchagida turgan Xuanfranga borib tushdi. Himoyachining zarbasi noaniq bo‘ldi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi |
| 23' | ![]() |
Qarshi hujumda Ronaldu maydon markazida to‘pni egallab, oldinga yurdi va jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. To‘p himoyachiga tegib qaytdi. Portugaliyalik futbolchida chap qanotdan oldinga o‘tayotgan Marseloga uzatma berish varianti ham bor edi |
| 21' | ![]() |
O‘yin maydon markaziga ko‘chdi |
| 18' | ![]() |
Chap qanotdan oldinga o‘tgan Ronalduga uzatma berdi. Krishtianu to‘pga yeta olmadi |
| 15' | ![]() |
GOOOOOOOOL! Serxioooo Ramoooossss, 1:0! Kroos jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Beyl bosh bilan to‘pni ortga — darvozabon maydonchasiga o‘tkazdi. Ramosning oyog‘iga to‘pga biroz tegdi, ana shuning o‘zi gol uchun yetarli bo‘ldi! |
| 15' | ![]() |
Chap qanotdan Xuanfran Beylga nisbatan fol ishlatdi. Yana standart |
| 14' | ![]() |
Saul jarima maydonchasi ichida Ramosdan o‘tishga urindi, ammo to‘p Navas tomonga ketdi va uni Keylor egalladi |
| 11' | ![]() |
Dastlabki sariq kartochkani cho‘ntagidan chiqardi Klattenburg. Karvaxal! Qarshi hujumga o‘tayotgan Grizmanni yiqitdi |
| 10' | ![]() |
To‘p burchakdan orqaroqdagi Marseloga yetkazdi. Braziliyalik futbolchining uzatmasini himoyachilar qaytarishdi |
| 10' | ![]() |
Vuuuuh! Modrich 21 metrlardan zarba yo‘lladi. To‘p Savichning oyog‘idan maydonni tark etdi |
| 9' | ![]() |
Olis masofadan yetkazilgan uzatma uchun kurashda Savich Benzemadan ustun keldi va to‘pni qaytardi |
| 7' | ![]() |
Goal-line texnologiyasi namoyish etildi: Kazemironing zarbasini Oblak chiziq tashqarisida qaytargan. Chiziqdan 20 santimetr tashqarida |
| 6' | ![]() |
VUUUUUUH! Oblaaaaak! Jarima maydonchasi burchagida Gabi Beylga nisbatan fol ishlatdi. Uelslik futbolchining o‘zi jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Kazemiro 3 metrdan zarba berdi. Ammo Oblak oyog‘i bilan zarbani qaytardi!!!! Vuuuh! |
| 5' | ![]() |
Vuuuuh! Saul o‘ng qanotda Marselodan o‘tib ketdi va jarima maydonchasiga uzatma berdi. Kokening zarbasi unchalik kuchli chiqmadi. Navas to‘pni egalladi. Dastlabki aniq zarba |
| 3' | ![]() |
"Atletiko" ketma-ket ikki marta yon qanotdan to‘pni o‘yinga kiritdi. Torres jarima maydonchasi uzatma bera olmadi |
| 2' | ![]() |
Ronaldu chap burchakka yaqin joyda himoyachidan o‘tib ketdi va uzatma berdi. Godin to‘pni maydon tashqarisiga tepib yubordi |
| 1' | ![]() |
Koke maydon markazida Kazemiroga nisbatan fol ishlatdi |
| 1' | ![]() |
FINAL BOSHLANDI! To‘pni o‘yinga "Atletiko" kiritib berdi. Adashibsiz. Ketdik! |
| ' | ![]() |
Mini-qur’aga ko‘ra, o‘yinni "Real" boshlab beradigan bo‘ldi |
| ' | ![]() |
Evropa chempionlar ligasi madhiyasi jonli ijro etildi |
| 23:45' | ![]() |
Diqqat! "Real" va "Atletiko" jamoalari futbolchilari maydonga chiqib kelishmoqda! |
| ' | ![]() |
Zanetti va Barezi YECHL kubogini maydonga olib chiqib, uni muxlislarga namoyish qilishdi |
| ' | ![]() |
Milan. "San-Siro". "Real" va "Atletiko" jamoalarining katta hajmdagi logotiplari mayonga olib chiqildi. Badiiy qism davom etmoqda |
| 23:35' | 10 daqiqa qoldi... | |
| 23:30' | ![]() |
Jamoalar chigalyozdi mashg‘ulotni yakunlab, kiyinish xonasiga yo‘l olishdi. Endi "San-Siro"da final o‘yiniga bag‘ishlangan kichik badiiy dastur namoyish etilsa kerak |
| ' | ![]() |
Shu paytga qadar Krishtianu Ronaldu "San-Siro" stadionida 4 marta o‘yinda maydonga tushib, biror marta gol ura olmagan. Bugun beshinchi urinish |
| ' | ![]() |
Bugun o‘yinda "Real" o‘zining Yevrokuboklardagi 500-uchrashuvini o‘tkazadi |
| ' | Futbolchilar "kvadrat" o‘ynashmoqda | |
| ' | ![]() |
Boshqa futbolchilar ham mashg‘ulotlarga kirishib ketishdi. "Atletiko" futbolchilar murabbiyi ko‘rsatmasi ostida shug‘ullanayotgan bo‘lsalar, "Real"chilar o‘zlari to‘p bilan ishlashmoqda. |
| ' | ![]() |
Odatga ko‘ra, darvozabonlar futbolchilarga nisbatan 5 minut avvalroq mashg‘ulotni boshlashadi. |
| ' | ![]() |
"San-Siro" stadioni muxlislar bilan deyarli to‘lib bo‘ldi! "Real" va "Atletiko" futbolchilari 5 daqiqadan keying o‘yinoldi chigalyozdi mashg‘ulotini o‘tkazish uchun "Juzeppe Measse" stadioniga chiqib kelishadi. |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! Yevropada mavsumning eng hal qiluvchi jangi boshlanishiga 45-50 daqiqa vaqt qoldi. Bugun Yevropa chempionlar ligasi g‘olibini bilib olamiz! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|