Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/10 13:17 Mayns 2-0 Ayntraxt Braunshveyg
20/10 13:17 Hannover-96 1-4 Hoffenhaym
20/10 13:17 Bayer 2-1 Augsburg
20/10 13:17 Shalke 1-3 Borussiya D
20/10 13:17 Bavariya 3-2 Gerta
20/10 13:20 Volfsburg 3-0 Verder

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

O‘rtoqlik o‘yini

7 iyun, soat 19:00

O‘ZBEKISTON

Eldor Shomurodov (62)

1 : 2

KANADA

David Edgar (20)
Akrom Komilov (80-avtogol)
JAMOALAR TARKIBI
21.Aleksandr Lobanov
2.Egor Krimes
8.Server Jeparov
9.Otabek Shukurov
11.Igor Sergeev
13.Davronbek Hoshimov
14.Javohir Sohibov
15.Aleksandr Geynrix
16.Akromjon Komilov
20.Islom To‘xtaxo‘jayev
23.Eldor Shomurodov
  22.Kenni Stamatopulos
3.Manyekar Jeyms
4.Deyan Yakovich
5.David Edgar
10.Devid Hoylet
12.Doneyl Anri
14.Samuel Piyet
16.Skott Arfild
20.Karl Uimett
11.Toseynt Riketts
23.Tesho Akindele

Matn

90+3'
O‘yin yakunlandi. O‘zbekiston - Kanada - 1:2! E’tiboringiz uchun rahmat!
90'
Ikkinchi bo‘limga 3-4 daqiqa qo‘shilsa kerak, tablo ko‘taradigan zaxira hakami yo‘q
88'
Kanada darvozaboniga ancha vaqt tibbiy yordam ko‘rsatildi.
86'
O‘yin tugashiga ko‘p vaqt qolmadi. Xo‘sh, hisobni tenglashtirish uchun kuch topa olamizmi?
80'
GOL! Kanada bosimni oshirdi va o‘z maqsadiga erishdi. O‘zbekiston - Kanada - 1:2.
75'
O‘zbekistonda o‘zgarish: Server Jeparov o‘rniga Jasur Hasanov tushdi.
73'
Xoylet o‘ng qanotda Komilovdan o‘tib ketdi. Baxtimizga aniq zarba bera olmadi
70'
Ikkinchi bo‘limda O‘zbekiston terma jamoasining o‘yini ancha jonlandi. To‘liq ustulik vakillarimizda. Hamdamovning zarbasi qovushmadi.
68'
O‘zbekistonda yana o‘zgarish: Geynrix o‘rniga Doston Hamdamov tushdi.
62'
GOOOOOOOOL! Eldor Shomurodoooov! 1:1! Geynrixning bosh bilan uzatmasidan keyin Eldor yaqin masofadan darvozani ishg‘ol qildi!
60'
O‘zbekistonda o‘zgarish: Hoshimov o‘rniga Shuhrat Muhammadiyev tushdi
57'
VUUUH! Shomurodov ko‘kragi bilan to‘pni o‘ziga bo‘ysundirdi va zarba berdi. To‘p yo‘liga himoyachi g‘ov bo‘ldi
50'
Jeparov jarima zarbasini tepdi. Biroz aniqlik yetishmadi zarbaga
48'
Shomurodov! Shukurovning uzatmasidan keyin Eldor yana imkoniyatdan foydalana olmadi. Balki uchinchisidan foydalanar a? Umid qilamiz
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
'
Birinchi bo‘lim o‘rtachadan sal pastroq tempda o‘tdi. Sergeev va Shomurodov bir martadan yakkama-yakka vaziyatlarni uvol qilishdi. Kanada esa "standart"dan hisobni ochdi. Birinchi bo‘limga qisqacha xulosa - shu.
45+1'
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berildi va u ham yakuniga yetdi. Hozircha O‘zbekiston kichik hisobda imkoniyatni boy bermoqda. Tanaffus.
40'
Komilov chap qanotdan uzatma berdi. To‘p raqib jarima maydonchasi ichida turgan Shukurovga aniq bordi. Uning zarbasiga aniqlik yetishmadi.
37'
Ehhhh, Shomurodov! Jeparovning uzatmasidan keyin Eldor chap tomondan jarima maydonchasiga kirdi va deryali birga bir vaziyatda na aniq zarba berdi, na aniq uzatma... Keyingi hujumda o‘ng qanotdan berilgan uzatmaga Shomurodov darvozaga yaqin joyda bosh bilan zarba berdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi
34'
Geynrixning nuqtasi. Sasha aylanma tarzda jarima zarbasini tepdi. Darvozabon qaytardi. Keyingi hujumda Otabek Shukurov olis masofadan zarba yo‘lladi. Biroz noaniq.
33'
O‘yin asosan maydon markazida kechmoqda. Xavfli hujumlar yo‘q. Tomonlar tez-tez to‘pni yo‘qotishmoqda.
29'
Dastlabki daqiqalarda o‘zbekistonliklar ustunlikka erishgan bo‘lsalar, goldan keyin Kanada ko‘proq to‘p bilan muomalada bo‘lmoqda.
20'
Jarima maydonchamizning chap tomonidan jarima to‘pi o‘yinga kiritildi. Edgar bosh bilan yo‘llagan zarbaga Lobanov hattoki tashlanmadi.
20'
GOL! Kanada hisobni ochdi. Gol muallifi — David Edgar! O‘zbekiston - Kanada - 0:1!
14'
Kanadada majburiy o‘zgarish: Jeyms o‘rniga Vitorio Stiven tushdi.
13'
Jeymsga tibbiy yordam ko‘rsatildi
11'
Kanada olis masofadan jarima zarbasini tepdi. Lobanov to‘pni osonlik bilan egalab oldi
8'
Jeparov jarima maydonchasining chap tomonidan orqaroqqa uzatma berdi. Sohibov 18 metrlardan zarba yo‘lladi. Noaniq
5'
Ehhh, Sergeeev! Geynrixning uzatmasidan keyin Igor birga bir vaziyatga chiqib ketdi va jarima maydonchasiga kirib, biroz o‘tkir burchak ostida zarba berdi. To‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi!
2'
Trema jamoamizning hujumi. O‘ng qanotdan to‘p jarima maydonchasiga yetkazildi. Geynrix to‘pni egallay olmadi
1'
Bahs boshlandi. To‘pni o‘yinga kanadaliklar kiritib berishdi.
'
Futbolchilar va hakamlar o‘zaro so‘rashib chiqishdi. Mini-qur’a. Shundan so‘ng o‘yin boshlanadi
'
Dastlab O‘zbekiston madhiyasi yangradi. Endi navbat Kanada madhiyasiga
'
O‘yin mashg‘ulot maydonlarida birida bo‘lib o‘tmoqda. Diqqat jamoalar maydonga chiqib kelishdi!
'
Yaxshi internet tezligiga ega bo‘lgan muxlislar o‘yinni Kanada sokker federasiyasi rasmiy sayti orqali tomosha qilishlari mumkin: http://www.canadasoccer.com/livestream-p159575
'
O‘zbekiston bugun ko‘k, Kanada esa qizil rangli formada harakat qiladi
'
O‘yin "Sport" kanali orqali translyasiya qilinishi rejalashtirilmagan.
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! O‘zbekiston va Kanada terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yini 19:00da start oladi. Jamoalarning boshlang‘ich tarkiblari aniq bo‘ldi
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.