Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Evropa chempionati

«A» guruhi, 1-tur. 10 iyun, soat 23:59. Bosh hakam: Viktor Kashshai (Vengriya)

FRANSIYa

Olivye Jiru (58)
Dimitri Paye (89)

2 : 1

RUMINIYa

Bogdan Stanku (65-pen.)
JAMOALAR TARKIBI
01.Ugo Lyoris (D)
21.Loran Koselni
03.Patris Evra
19.Bakari Sanya
04.Odil Rami
14.Blez Matyuydi
05.Ngolo Kante
08.Dimitri Paye
15.Pol Pogba
07.Antuan Grizmann
09.Olivye Jiru
  12.Chiprian Teterushanu (D)
06.Vlad Kirikesh
03.Rezvan Ras
22.Kristian Sepunaru
21.Dragosh Grigore
10.Nikolaye Stanchu
05.Ovidiu Xuban
08.Mixay Pintilii
20.Adrian Popa
19.Bogdan Stanku
14.Florin Andone
ZAHIRA
Stiv Mandanda (D)
Benua Kostil (D)
Elyakim Mangalya
Samuel Yumtiti
Lukas Din
Kristof Jalle
Mussa Sissoko
Yoan Kabay
Morgan Shnayderlin
Kingsli Koman
Andre-Pyer Jinyak
Antoni Marsial
  Kostel Pantilimon (D)
Silviu Lung (D)
Stelyano Filip
Aleksandru Mesel
Kosmin Mosi
Valerike Geman
Luchan Sinmertyan
Gabriel Torje
Andrey Prepelise
Aleksandru Kipchu
Klaudio Kesheru
Denis Alibek

Matn

90+4'
O‘yin yakunlandi. Mezbonlar musobaqani g‘alaba bilan boshlashdi. Fransiya - Ruminiya - 2:1!
90+3'
Vuuuh! Qarshi hujumda Sissoko yolg‘iz o‘zi to‘p bilan oldinga o‘tdi va jarima maydonchasi tashqarisidan noaniq zarba berdi
90+2'
Fransiyada o‘zgarish: Paye o‘rniga Mussa Sissoko tushirildi
90'
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shildi
89'
GOOOOOOOL! Dimitri Payeeeee, 2:1! Supergol! "Vest Xem" futbolchisi raqib jarima maydonchasi tashqarisida to‘pni qabul qildi va himoyachilar orasida bo‘lishiga qaramay birdaniga zarba berdi. To‘p olis "to‘qqizlik"ka kirib ketdi!
85'
Endi Matyuydi ofsaydda qoldi
84'
Ruminiya jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Hujumchilar ofsaydda qolishdi
82'
Ruminiyada o‘zgarish: Adrian Popa o‘rniga Gabriel Torje tushdi
81'
Marsial raqib jarima maydonchasi tashqarisida Jiruga to‘pni uzatib, qayta qabul qildi va zarba yo‘lladi. Darvozabon to‘pni egalladi
80'
Xoban olis masofadan zarba yo‘lladi. Noaniq
78'
Adrian Popa sariq kartochka oldi. Payeni tortib yiqitdi
77'
Fransiyada o‘zgarish: Pol Pogba o‘rniga Antoni Marsial tushdi
75'
Mezbonlarning hujumi. Evra chap qanotdan oldinga o‘tdi va jarima maydonchasiga uzatma berdi. Himoyachilar Jiruga imkon berishmadi
73'
Paye ijrosidagi "Zidancha texnika" muxlislarni quvontirdi
72'
Ruminiyada o‘zgarish: Stanchu maydonni tark etdi. Aleksandru Kipchu tushdi
69'
Olivye Jiru ogohlantirish oldi
67'
Jiru raqib jarima maydonchasi ichida o‘zini tashlab yubordi. Albatta, bu penalti emas
66'
Fransiyada o‘zgarish: Antuan Grizmann o‘rniga Kingsli Koman tushdi
65'
GOOOOOOOL! Bogdan Stankuuuuu, 1:1! Ugo Lyorisni alday oldi!
64'
PENALTI! Fransiya darvozasiga! Evra jarima maydonchasi ichida Bogdan Stankuni yiqitdi
62'
Vuuuh! Paye jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Jiru jarima maydonchasi ichida to‘pni oyoqlari bilan bir amallab Pogba tomon yetkazishga urindi. Himoyachi chalqancha uslubda to‘pni qaytardi
61'
Ruminiyada o‘zgarish: Florin Andone o‘rniga Denis Alibek tushdi
60'
Stanchu burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Baland sakragan Andone bosh bilan zarba berdi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi
58'
GOOOOOOL! Olivye JIRUUU! Paye o‘ng qanotdan uzatma berdi. Ruminiya posboni to‘pga sakradi, ammo so‘nggi pallada negadir ishonchsiz harakat qilib, qo‘lini to‘pdan qaytarib olgandek bo‘ldi. Jiru bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi!
57'
VUUUUH! Paye chap qanotdan jarima maydonchasi kirdi bir himoyachini chalg‘itib, orqaroqqa uzatma berdi. Pogba 15 metrlardan to‘pni yerga tushirmasdan zarba berdi. Teterushanu zarbani oyog‘i bilan qaytardi!
52'
Vuuuuuh! Payening uzatmasidan keyin Jiru to‘pni egalladi va 10-11 metrlardan o‘arba berdi. Teterushanu to‘pni egalladi
'
FAKT: Ruminiya saralash musobaqasida biror marta yutqazmagan. 10 o‘yinda faqat 2 gol o‘tkazib yuborgan xolos.
50'
Ruminlar bo‘limni faol boshladi va ketma-ket huujm qilishda davom etmoqda
48'
VUUUUUH! Jarima maydonchasiga yetkazilgan uzatmani Stanchu ko‘kragi bilan qaytardi va zarba berdi. Zarba aniq chiqmadi
46'
Ikkinchi bo‘limni Ruminiya boshlab berdi
'
Futbolchilar maydonga qaytishmoqda
45+3'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha Fransiya - Ruminiya - 0:0. Tanaffus
45+2'
Vuuuh! Burchakdan yetkazilgan uzatmaga Jiru bosh bilan zarba berdi. To‘p shundoqqin darvoza to‘sini ustidan o‘tib ketdi
45+1'
Paye o‘ng qanotdan uzatma berdi. Grigore to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
45'
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shildi
45'
Rezvan Ras xavfli o‘yin qilgani uchun ogohlantirish oldi
44'
Paye chap qanotda belgilangan jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. To‘p himoyachilarning oyog‘idan yuqoriga ko‘tarildi. Pogba jarima maydonchasi ichida zarba bermoqchi bo‘ldi, amo to‘p uning oyog‘iga tegmay qoldi.
41'
Maydon egalari to‘pni nazorat qilishmoqda. Oldinga o‘ta olishmayapti
37'
Grizmann ofsaydda qoldi
36'
Vuuuuuuh! Paye bu safar o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va Grizmannga uzatma berdi. Antuan zarba berishga ulgurmadi, to‘p himoyachining oyog‘iga tegib, shundoqqina ustun yonidan o‘tib ketdi!
34'
Paye chap qanotdan jarima maydonchasiga uzatma berdi. Himoyachi to‘pni qaytardi
32'
Ruminiya sardori Yevro-2016ning dastlabki sariq kartochkasini oldi. To‘pni qo‘li bilan o‘ynagani uchun
30'
Pantini jarohat olib maydonda yotganini ko‘rgan Kante to‘pni maydon tashqarisiga tepib yubordi. Futbolchiga tibbiy yordam ko‘rsatiladi
27'
Pogba olis masofadan zarba yo‘lashga qaror qildi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi
26'
Paye ikki qanotdagi burchakdan to‘pni o‘yinga kiritdi. Ikkinchisida darvozabon to‘pni egalladi
25'
Vuuuh! Maydon markazidan Pogba aniq uzatma berdi. Jarima maydonchasi chizig‘i ustida rumin himoyachisi Jiruning oyog‘i ostidan to‘pni maydon tashqarisiga tepib yubordi
22'
Jiru ofsaydda qoldi
21'
Fransuzlar maydon markazi va to‘p nazoratini mehmonlar berishgan. Mezbonlar payt poylashmoqda
19'
To‘p nazorati ruminlar tomoniga o‘tgandek, ammo bu jihat ularga hech qanday naf keltirayotgani yo‘q
14'
VUUUUUH! Fransiyaning tezkor hujumi! O‘ng qanotdan jarima maydonchasiga uzatma berildi. Grizmanning oyog‘iga to‘p tegmay qoldi, biroq to‘p himoyachiga tegib, Antuanning o‘ziga keldi. Hujumchining zarbasidan keyin to‘p ustunga tegib qaytdi!
13'
Pogba chap qanotdan jarima maydonchasiga yaqinlashayotgan Payega uzatma berdi. Dimitri to‘pni to‘xtata olmadi
11'
VUUUH! Paye chap qanotdan uzatma berdi. Jiru darvozagacha 7-8 metrlardan bosh bilan to‘pni darvoza tomon burishga harakat qildi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi!..
10'
Grizmann jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘llashga muvaffaq bo‘ldi. To‘p rekoshet holatda darvoza ustidan o‘tib ketdi
8'
Mezbonlar to‘pni nazorat qilib, raqibning shashtini pasaytirishga urinmoqda
5'
Narigi qanotdagi burchakdan to‘p yetkazildi. Bosh bilan zarba berildi. To‘p Fransiya darvozasi to‘riga yuqoridan kelib tushdi
5'
VUUUUUUUH! LYORIIISSSS! Burchakdan yetkazilgan uzatmani ruminiyalik futbolchi bosh bilan to‘pni olis ustun tomon burdi. Nikolaye Stanchu 2 metrdan zarba berdi. Lyoris chiziq ustidan zarbani qaytardi!!!
4'
Ruminiya burchak to‘pini o‘yinga kiritadi
3'
Tomonlar o‘yin boshidan pressing qo‘llashmoqda. Jamoada terma jamoalar o‘z o‘yinlarini yo‘lga qo‘ya olishmayapti. Ruminiyalik futbolchi olis masofadan zarba yo‘lladi. Noaniq
1'
O‘yin boshlandi! Fransiya ko‘k, Ruminiya sariq rangli formada harakat qiladi. Ketdik!
'
Yana 2 daqiqadan keyin Yevro-2016ning to‘pi ilk marta o‘yinga kiritiladi.. Bu ishni Fransiya bajaradigan bo‘ldi
'
Avval Ruminiya, so‘ngra Fransiya davlat madhiyalari jonli ijro etilmoqda
'
Diqqat! Fransiya va Ruminiya terma jamoalari maydonga chiqi kelishdi!
'
Kuy qo‘shiqlar va raqslar davom etmoqda
'
Qisqa muddatli ochilish marosimida, odatda, mezbon mamlakatning an’analari va madiniyat aks ettirishga harakat qilinadi.
'
Musobaqning ochilishi o‘yinida mezbon Fransiya Ruminiyaga qarshi bahs olib boradi. Jamoalar chigalyozdi mashg‘ulotni yakunlab, kiyinish xonasiga yo‘l olishdi. Endi stadionda ochilish marosimi o‘tkaziladi
'
Assalomu alaykum, qadrli Yevropa futboli muxlislari! Bugun Fransiyada navbatdagi Yevroga start berilmoqda. Bu bilan barchangizni tabriklaymiz!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.