Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Evropa chempionati
| «A» guruhi, 1-tur. 11 iyun, soat 18:00. Bosh hakam: Karlos Velasko Karbalyo | ||
ALBANIYa |
0 : 1 |
SHVEYSARIYaFabian Sher (5)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
Etrit Berisha (D) Lorik Sana Ansi Agolli Mergim Mavray Elseyd Xyusay Taulant Jaka Odise Roshi Burim Kukeli Amir Abrashi Ermir Lenyani Armando Sadiku |
Yann Zommer (D) Fabian Sher Rikardo Rodrigec Yoan Juru Stefan Lixtshtayner Granit Jaka Valon Bexrami Jerdan Shakiri Blerim Jemayli Admir Mexmedi Xaris Seferovich |
|
| ZAHIRA | ||
|
Alban Xo‘ja (D) Orges Shexi (D) Andi Lilya Frederik Veseli Arlind AYEti Naser Aliyi Migen Basha Shkelzen Gashi Ergyus Kache Ledian Memushay Sokol Sikaleshi Bekim Balay |
Marvin Xits (D) Roman Byurki (D) Niko Elvedi Stiv fon Bergen Mixael Lang Fransua MubanJe Jelson Fernandes Denis Zakaria Fabian Fray Shani Tarashay Brel Embolo Eren Derdiyok |
|
| QIZIL KARTOCHKA | ||
|
Lorik Sana (37)
|
||
Matn
| 90+3' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. Albaniya - Shveysariya - 0:1. |
| 90+2' | ![]() |
Albaniyalik Mavray sariq kartochka oldi |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shildi |
| 88' | ![]() |
Kukeli sariq kartochka oldi |
| 87' | ![]() |
Ehhhhhhhh, ajoyib uzatma natijasida Gashi birga bir vaziyatga chiqib ketdi va zarba yo‘lladi. To‘p Zommerning qo‘liga tegib, darvoza ustidan o‘tib ketdi! |
| 83' | ![]() |
Oho! O‘ng qanotdan jarima maydonchasiga berilgan uzatma natijasida Shakiri yakkama-yakka vaziyatda zarba berdi. Berisha oyog‘i bilan zarbani qaytardi |
| 81' | ![]() |
Seferovich birga bir vaziyatga chiqib ketdi hamda darvozabonni aldab o‘tdi, ammo o‘zi yiqilib tushdi. Qoidabuzarlik yo‘q |
| 79' | ![]() |
Yuqoridan yetkazilgan uzatma uchun Lenyani va Lixtshtayner kurash olib borishdi. Albaniya futbolchisi yiqildi. Ispaniyalik hakam penalti yo‘qligiga ishora qildi |
| 76' | ![]() |
VUUUUUH! Xyusay o‘ng qanotdan kutilmagan uzatma bilan Sadikuni birga bir vaziyatga chiqardi. Hujumchi o‘tkir burchak ostida zarba berdi. To‘p Shveysariya darvozasi to‘riga yon tomondan kelib tegdi... |
| 75' | ![]() |
Vuuuuh! Seferovich jarima maydonchasi chizig‘i ustida to‘pni qabul qildi va chaproqda ochiq turgan Embologa uzatma berdi. Brel olis burchakni nishonga olishga harakat qildi, ammo zarba aniq bo‘lmadi |
| 74' | ![]() |
Albaniyada o‘zgarish: Odise Roshi o‘rniga Sokol Sikaleshi tushdi |
| 70' | ![]() |
Albanlar tavakkal qilib oldinga o‘tishmoqda. Ammo hozircha raqib himoyasini yorib o‘ta olishmayapti |
| 66' | ![]() |
VUUUUUH! Qarshi hujumda Seferovich yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketdi va jarima maydonchasiga kirib zarba berdi. Berisha oyog‘i bilan zarbani qaytardi! Qoyil, posbon! |
| 63' | ![]() |
Hozirgina maydon tushgan Kache raqib futbolchisining shortigini yechib olishiga sal qoldi :). Sariq kartochka. Albaniya safida "tursunboy" bor ekan:) |
| 62' | ![]() |
Shveysariyada o‘zgarish: Mehmediy o‘rniga Brel Embolo tushdi |
| 61' | ![]() |
Albaniyada o‘zgarish: Taulant Jaka o‘rniga Ergyus Gache tushdi |
| 60' | ![]() |
Sadiku 3 futbolchi orasidan o‘tib, Shveysariya jarima maydonchasiga kirdi, ammo to‘p yon tomonga ketib qoldi. Armando to‘pni orqaga uzatishga majbur bo‘ldi. |
| 58' | ![]() |
Shveysariyalik hujumchi ofsaydda qoldi |
| 55' | ![]() |
Granit Jaka jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. Noaniq |
| 53' | ![]() |
Vuuuh! Jakaning uzatmasini Severovich jarima maydonchasi ichida qabul qildi va darvozabon maydonchasi burchagidan zarba yo‘lladi. Berisha zarbani qaytardi. Ajoyib reaksiya |
| 50' | ![]() |
Vuuuuh! Xyusay maydon markazidan oldinga chiziqda ochilayotgan Sadiku tomon uzatma berdi. To‘p Juruning oyog‘iga tegdi va darvozabonga bordi. Hujumchi to‘pga biroz yeta olmadi |
| 49' | ![]() |
Vuuuh! Rordriges kesma uzatma bilan Shakiriy raqib jarima maydonchasiga bshladi. To‘pni Berisha egallab oldi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| 45+1' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha Albaniya - Shveysariya - 0:1. Bahsning 37-daqiqasidan boshlab albanlar 10 kishi bo‘lib o‘ynamoqda |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shildi |
| 45' | ![]() |
Albaniyalik Jaka burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Zommer yaxshi harakat qildi |
| 43' | ![]() |
Albaniya darvozaboni kuchli zarbani qaytardi |
| 41' | ![]() |
Vuuuuuh! Shveysariyaliklar o‘ng qanotdan hujum tashkil qilishdi. Lixtshtaynerning uzatmasidan keyin Behramiy 13 metrlardan zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 40' | ![]() |
Ermir Lenyani jarima maydonchasi burchagidan zarba berishga qaror qildi. To‘p rekoshet holatda Zommerga bordi |
| 38' | ![]() |
VUUUUH! Shundoqqina jarima maydonchasi chizig‘i oldidan belgilangan jarima to‘pini Behramiy yo‘lladi. To‘p ustunga tegib qaytdi! |
| 37' | ![]() |
Albaniya terma jamoasi sardor Lorik Sana ikkinchi sariq kartochkani olib, maydonni tark etdi. U o‘z jarima maydonchasi oldida yiqilgan holatda to‘pni bosh bilan qaytarishga harakat qildi, ammo yeta olmadi. Natijada qo‘l bilan uni qaytarishga majbur bo‘ldi |
| 33' | ![]() |
Odise Roshe o‘ng qanotda shveysariyalik himoyachidan o‘tib ketdi va darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Zommer to‘pni egalladi |
| 31' | ![]() |
VUUUUUUH! Maydon markazidan berilgan uzatma natijasida Sadiku yakkama-yakka vaziyatga chiqdi va jarima maydonchasi ichida zarba yo‘lladi. Zommer oyog‘i bilan zarbani qaytardi! |
| 30' | ![]() |
Albanlar bosimni oshirib borishmoqda |
| 27' | ![]() |
Vuuuh! Jaka Shveysariya jarima maydonchasi ichidagi Sadikuga uzatma berdi va u to‘xtatib bergan to‘pni darvoza tomon tepshga harakat qildi. Zarba aniq chiqmadi |
| 25' | ![]() |
Sher o‘z jarima maydonchasi ichida to‘p uchun kurashda Sadikudan ustun keldi |
| 23' | ![]() |
Albaniyalik himoyachi Lorik Sana ogohlantirish oldi. U maydon markazida raqibga nisbatan qo‘pol harakat qildi |
| 22' | ![]() |
Chap qanotdan havolatib yetkazilgan uzatmani Fabian Sher bosh bilan maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Burchak to‘pini shveysariyaliklar qaytarishdi |
| 20' | ![]() |
Jamoalar ehtiyotkor o‘yin namoyish qilishda davom etishmoqda |
| 16' | ![]() |
Shakiriy burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Xavfli vaziyat yuzaga kelmadi |
| 15' | ![]() |
Vuuuuh! Jemayli raqibdan to‘pni olib qo‘ydi va Seferovichga uzatdi. Xaris jarima maydonchasiga kirar-kirmas zarba berdi. Berisha to‘pni egalladi |
| 14' | ![]() |
Jarimadan yetkazilgan uzatmani Yann Zommer osonlik bilan egalladi |
| 13' | ![]() |
Fabian Sher sariq kartochka oldi. Albanlar chap qanotdan jarima zarbasini tepishadi |
| 12' | ![]() |
To‘pni shveysariyaliklar nazorat qilishmoqda. O‘yin tempi yuqori emas |
| 8' | ![]() |
Jarimadan yetkazilgan uzatmani shveysariyalik himoyachilar qaytarishdi |
| 7' | ![]() |
Mehmediy o‘yin qoidasini buzdi. Albaniya jarima zarabsini tepadi |
| 5' | ![]() |
GOOOOOOL! Fabian Sher, 0:1! Burchak yetkazilgan uzatmaga chiqishda Albaniya posboni Berisha xatoga yo‘l qo‘ydi. U to‘pga yeta olmadi. Sher bo‘sh qolgan darvozani bosh bilan ishg‘ol qildi! |
| 4' | ![]() |
Shveysariyaliklar navbatdagi hujumni tashkil qilishdi va burchak to‘pi ishlashdi |
| 2' | ![]() |
Shveysariya burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Himoyachilar to‘pni maydon markaziga qaytarishdi |
| 1' | ![]() |
O‘yin boshlandi! To‘pni Albaniya kiritib berishdi. |
| ' | Albaniya madhiyasi ham yangradi | |
| ' | ![]() |
Terma jamoalar maydonda saf tortishdi. Shveysariya madhiyasi yangramoqda |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari. Yevropa chempionatida bugun ikkinchi kun. "A" guruhidan o‘rin olgan Albaniya va Shveysariya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan matnli onlayn translyasiyani boshlaymiz |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|