Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Evropa chempionati
| «V» guruhi, 1-tur. 11 iyun, soat 00:00. Bosh hakam: Nikola Rissoli (Italiya) | ||
ANGLIYaErik Dayer (73)
|
1 : 1 |
ROSSIYaVasiliy Berezuskiy (90+1)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
01.Jo Hart 02.Kayl Uoker 05.Gari Kehill 06.Kris Smolling 03.Denni Rouz 17.Erik Dayer 20.Dele Alli 10.Ueyn Runi (S) 07.Rahim Sterling 08.Adam Lallana 09.Harri Keyn |
01.Igor Akinfeev 03.Igor Smolnikov 14.Vasiliy Berezuskiy 04.Sergey Ignashevich 21.Georgiy Shchennikov 05.Roman Noyshtedter 13.Aleksandr Golovin 17.Oleg Shatov 09.Aleksandr Kokorin 22.Artyom Dzyuba 10.Fyodor Smolov |
|
| ZAHIRA | ||
|
13.Freyzer Forster (D) 23.Tom Xiton (D) 21.Rayan Bertran 12.Nataniel Klayn 16.Jon Stounz 19.Ross Barkli 14.Jordan Xenderson 04.Jeyms Milner 18.Jek Uilshir 22.Markus Reshford 11.Jeymi Vardi 15.Daniel Starrij |
12.Yuriy Lodigin (D) 16.Gilyerme (D) 02.Roman Shishkin 06.Aleksey Berezuskiy 11.Pavel Mamayev 23.Dmitriy Kombarov 08.Denis Glushakov 15.Roman Shirokov 07.Artur Yusupov 20.Dmitriy Torbinskiy 18.Oleg Ivanov 19.Aleksandr Samedov |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Kehill (62)
|
Shchennikov (73)
|
|
Matn
| ' | Shu bilan onlayn translyasiyamiz yakuniga yetdi. Biz bilan birga bo‘lganingiz uchun raxmat, ko‘rishguncha xayr! | |
| ' | ![]() |
Angliya terma jamoasi juda yaxshi o‘yin namoyish qildi va g‘alabaga haqli edi. Ammo Rossiya ham qarshilik ko‘rsatishda bo‘sh kelmadi va inglizlarni so‘nggi daqiqalarda jazolashga muvaffaq bo‘ldi |
| 90+3' | ![]() |
O‘yin tugadi! Rossiya o‘yinni qutqarib qolishga erishdi! |
| 90+1' | ![]() |
To‘p jarima maydoniga oshirilganda hammadan baland sakragan Berezuskiy boshi bilan to‘pni parashyut uslubida darvozaga yo‘lladi. Hart to‘pni nigohi bilan kuzatib qolishdan boshqa chora topolmadi! |
| 90+1' | ![]() |
GOOL!!! Vasiliy Berezuskiy!!! |
| 90' | ![]() |
O‘yinga 3 daqiqa qo‘shib berildi |
| 90' | ![]() |
Rossiyaning o‘yini qovushmayapti, Angliya g‘alabaga tobora yaqinlashmoqda |
| 89' | Hart to‘pni o‘yinga kiritishda hayalladi, bosh hakamdan og‘zaki ogohlantirish oldi | |
| 88' | ![]() |
Rossiya hisobni tenglashtirish ilinjida, biroq raqib himoyada juda tartibli o‘ynayapti |
| 87' | ![]() |
Sterling o‘rniga Milner maydonga tushdi |
| 86' | ![]() |
So‘nggi daqiqalar, Rossiya hujumda, biroq raqib jarima maydoniga yaqinlashishning imkoni yo‘q |
| 85' | ![]() |
Smolov o‘rniga Mamayev tushmoqda. So‘nggi umid |
| 84' | ![]() |
Harri Keyn chamasi 30 metr masofadan jarima zarbasini amalga oshirdi. To‘p noaniq ketdi |
| 82' | ![]() |
Chiroyli kombinasiya natijasida Rahim Sterling to‘pni bo‘sh qolgan darvozaga yo‘lladi, biroq ofsayd! |
| 80' | ![]() |
To‘p bilan Rossiya,biroq jarima maydoni atrofi zich yopilgan |
| 79' | ![]() |
Lallana uzoq masofadan zarba yo‘lladi, juda noaniq |
| 79' | ![]() |
Angliya ishonchli tarzda to‘pni ushlab turibdi. Tribunadagi muxlislar qo‘shiq kuylashmoqda. |
| 78' | ![]() |
Runi o‘rniga Uilshir maydonga tushdi. Angliya g‘alabani ushlab qolmoqchi |
| 77' | ![]() |
Golovin o‘rniga Shirokov maydonga tushdi. Rossiya o‘yinni qutqarib qolmoqchi |
| 73' | ![]() |
Erik Dayer belgilangan jarima zarbasini qoyilmaqom tarzda amalga oshirib, to‘pni darvozaning uzoq, yuqori burchagiga joyladi! |
| 73' | ![]() |
GOOOL!!! Erik Dayer!!! |
| 72' | ![]() |
Jarima maydoni chizig‘i yaqinida Shchennikov qoida buzdi. Sariq kartochkalar bo‘yicha hisob tenglashdi |
| 71' | ![]() |
Uhhh! Juda xavfli. Ueyn Runi jarima maydoni chizig‘idan juda kuchli zarba yo‘lladi. Akinfeev to‘pni qaytara oldi. To‘p uning qo‘lidan darvoza ustuniga tegib qaytdi. |
| 71' | ![]() |
Jarima zarbasi yaxshi amalga oshirilmadi, Hart to‘pni egallab oldi |
| 70' | ![]() |
O‘ng qanotda Smolnikovga qarshi qoida buzildi. Jarima zarbasi |
| 68' | O‘yin oqsab qoldi, terma jamoalarning zaxira futbolchilari mashqlarni boshlab yuborishdi | |
| 66' | ![]() |
Angliya terma jamoasi hujum qilmoqda, biroq samarasiz |
| 65' | ![]() |
Ushbu daqiqalarda Rossiya terma jamoasi to‘pga egalik qilishda ustunlikka erishmoqda |
| 63' | ![]() |
Juda xavfli! Fyodor Smolov uzoq masofadan zarba yo‘llaganida, to‘p darvoza to‘sini yonginasidan o‘tib ketdi. Hart to‘pni qaytarishga ojiz edi |
| 62' | ![]() |
Gari Kehill maydon markazida Artyom Dzyubaga nisbatan qo‘pollik qildi. Sariq kartochkalar bo‘yicha hisob ochildi |
| 60' | ![]() |
Rossiya qisqa vaqt ichida bir nechta burchak zarbalarini amalga oshirdi. Bu safar Berezuskiyning boshi bilan yo‘llagan zarbasi noaniq ketdi |
| 59' | ![]() |
Juda xavfli! Shatov burchak zarbasini amalga oshirganida Dayer boshi bilan o‘z darvozasini ishg‘ol qilishiga sal qoldi. Hart to‘pni qaytarishga ulgurdi |
| 58' | ![]() |
Rossiya terma jamoasining hujumi himoyachilar tomonidan to‘sildi |
| 57' | O‘yindagi vaziyat o‘zgarmayapti, Angliya hujumda, Rossiya himoyada | |
| 56' | ![]() |
Runi jarima zarbasini amalga oshirib, to‘pni tepdi, juda noaniq ketdi |
| 53' | ![]() |
Yana xavfli! Chap qanotdan amalga oshirilgan jarima zarbasidan so‘ng to‘pni Akinfeev qaytara oldi |
| 51' | ![]() |
Rossiya terma jamoasi ham hujum qilishga urinmoqda |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| ' | Velodromga qaytamiz, ikkinchi bo‘lim boshlanmoqda, futbolchilar maydonga tushib kelishmoqda | |
| ' | Rossiya terma jamoasi katta kuch bilan himoyalandi, lekin raqib hujumlari bosimiga dosh berdi | |
| ' | Birinchi bo‘limda Angliya terma jamoasi katta ustunlikka ega bo‘ldi, biroq yaratilgan vaziyatlardan unumli foydalana olmadi | |
| 45' | ![]() |
Bosh hakam o‘yinga bir soniya ham qo‘shib bermadi. Birinchi taym tugadi. 0:0 |
| 45' | ![]() |
Kayl Uoker to‘pni qabul qilib, yaxshi vaziyatga chiqib borgandi, biroq ofsayd! |
| 42' | ![]() |
Juda xavfli! Rouz chap qanotdan to‘pni jarima maydoniga oshirganida, Keyn uni boshi bilan darvozaga yo‘llashga tayyor edi, ammo Akinfeev to‘pni qaytarishga ulgurdi |
| 41' | ![]() |
Himoyachi Rouz uzoq masofadan zarba yo‘llab ko‘rdi, to‘p juda noaniq ketdi |
| 39' | ![]() |
Smolling ajoyib to‘p oshirish orqali Keynni Akinfeev bilan yuzma-yuz chiqarmoqchi edi. Darvozabon to‘pga birinchi bo‘lib yetib kelib, xavfli vaziyatni bartaraf qildi. |
| 37' | ![]() |
Bu safar Keyn ayyorlik qilib, to‘pni Lallana orqali o‘ynadi va darvoza tomon kuchli zarba yo‘lladi. Akinfeev to‘pni ushlab olishda qiynalmadi. |
| 35' | ![]() |
Juda xavfli! Runi jarima maydoni chizig‘idan kuchli zarba yo‘lladi, yana Akinfeev jamoadoshlarini qutqarib qoldi |
| 33' | ![]() |
Harri Keyn burchak zarbasini ko‘ngildagidek amalga oshira olmadi. To‘pni himoyachilar egallab olishdi |
| 32' | ![]() |
Rossiya to‘pni ko‘proq ushlab turish orqali inglizlar shashtini so‘ndirishga harakat qilmoqda |
| 30' | ![]() |
Rossiyaning kam sonli hujumlaridan biri. Ignashevich to‘pni jarima maydoniga yetkazdi, Dzyuba boshi bilan zarba berishga urinib ko‘rdi, biroq o‘xshamadi. |
| 28' | ![]() |
Chiroyli kombinasiya. Lallana ajoyib to‘p oshirish bilan Keynni darvozabon bilan yakkama-yakka chiqardi. Harri darvozani ishg‘ol qildi, biroq ofsayd! |
| 26' | ![]() |
O‘yinda to‘pga egalik qilish bo‘yicha Angliyada juda katta ustunlik - 68% - 32% |
| 25' | O‘yin davomida Rossiya himoyachilari qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘yishmoqda. Bu yaxshilikka olib kelmaydi | |
| 24' | ![]() |
Yana bir xavfli vaziyat! Sterling darvozabon bilan yuzma-yuz chiqqanida, himoyachi Smolnikov to‘pni uning oyog‘i ostidan qaytarib yubordi |
| 22' | ![]() |
Juda xavfli! Uoker to‘pni Lallanaga yetkazdi. Jarima maydoniga kirib borgan Adam kuchli zarba yo‘llashga muvaffaq bo‘ldi, ammo unga aniqlik yetishmadi |
| 21' | ![]() |
Angliyaning hujumi, to‘p jarima maydoniga yetkazilganda himoyachilar uni qaytara olishdi |
| 19' | ![]() |
Rossiya o‘yinni o‘z darvozasi oldidan uzoqlashtira oldi |
| 17' | ![]() |
Rossiyadan dastlabki xavfli vaziyat! Shatov jarima zarbasidan to‘pni jarima maydoniga yo‘lladi. Ignashevichning boshi bilan bergan zarbasidan so‘ng Hart to‘pni ushlab oldi. |
| 16' | ![]() |
Rouz Dzyubaga qarshi qo‘pol o‘ynadi. Xavfli jarima zarbasi! |
| 13' | ![]() |
Keyin uzoq masofadan zarba yo‘lladi, juda noaniq. Angliya hujumlar bosimini oshirmoqda! |
| 12' | ![]() |
Keyn amalga oshirgan burchak zarbasidan so‘ng, Smolling boshi bilan zarba berdi. Akinfeev o‘z o‘rnida! |
| 11' | ![]() |
Angliya katta tashabbusga ega bo‘lmoqda, Rossiya asosan himoyada |
| 9' | ![]() |
Xavfli vaziyat! Sterling chap qanotdan to‘pni jarima maydoniga oshirdi, Dele Alli boshi bilan zarba yo‘lladi, sal noaniq! |
| 8' | ![]() |
Fyodor Smolov qo‘pol o‘ynadi va hakamdan og‘zaki ogohlantirish oldi |
| 7' | ![]() |
Adam Lallana jarima maydoni ichida kuchli zarba yo‘lladi, Akinfeev to‘pni qaytara oldi |
| 6' | ![]() |
Rossiyaning hujumdagi o‘yini qovushmayapti |
| 3' | ![]() |
Dele Alli uzoq masofadan darvozani o‘qqa tutdi, to‘p noaniq ketdi |
| ' | ![]() |
Dastlabki daqiqalarda to‘p ko‘proq inglizlarda |
| 2' | ![]() |
Raxim Sterling darvozabon bilan yakkama-yakka chiqishi mumkin edi, biroq Akinfeev to‘pga birinchi bo‘lib yetib keldi |
| 0' | ![]() |
O‘yin boshlandi |
| ' | ![]() |
Kichik qur’a natijasida Angliya terma jamoasi o‘yinni boshlab berishi aniqlandi |
| ' | ![]() |
Rossiya va Angliya madhiyasi yangramoqda |
| ' | ![]() |
Bugungi o‘yinni Nikola Rissoli boshchiligidagi italiyalik hakamlar brigadasi boshqaradi |
| ' | ![]() |
Jamoalar maydonga tushishga tayyorgarlik ko‘rishmoqda, muxlislar o‘yinni intizorlik bilan kutishyapti |
| ' | ![]() |
Yana bir necha daqiqalardan so‘ng Marsel shahrining “Velodrom” stadionida Angliya va Rossiya terma jamoalari o‘zaro kuch sinashadilar |
| -' | ![]() |
Assalomu alaykum muhtaram futbol muxlislari. |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|