Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Evropa chempionati
| «D» guruhi, 1-tur. 12 iyun, soat 18:00. Bosh hakam: Yunas Eriksson (Shvesiya) | ||
TURKIYa |
0 : 1 |
XORVATIYaLuka Modrich (41)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
01.Vulqon Bobojon (D) 18.Janer Erkin 07.Go‘khon Go‘nul 15.Mehmet Topal 03.Hoqon Bolta 16.O‘zan Tufon 08.Seljuq Inon 06.Hoqon Cholhono‘g‘li 14.O‘g‘uzhon O‘zyoqub 10.Arda Turon 09.Jenk To‘sun |
23.Daniyel Subashich (D) 03.Ivan Strinich 21.Domagoy Vida 05.Vedran Chorluka 11.Dario Srna 14.Marselo Brozovich 07.Ivan Rakitich 19.Milan Badel 10.Luka Modrich 04.Ivan Perishich 17.Mario Manjukich |
|
| ZAHIRA | ||
|
12.O‘nur Qivroq (D) 23.Horun Tekin (D) 22.Shener O‘zbayroqli 13.Ismoil Ko‘yboshi 02.Semih Qaya 04.Ahmad Yilmaz Chalik 05.Nuri Shahin 20.Vulqon Shen 11.O‘ljoy Shahan 17.Buroq Yilmaz 19.Yunus Molli |
01.Ivan Vargich (D) 02.Shime Vrsalko 06.Tin Yedvay 08.Mateo Kovachich 09.Andre Kramarich 12.Lovre Kalinich (D) 13.Gordon Shildenfeld 15.Ante Chorich 16.Nikola Kalinich 20.Marko Pyasa 22.Duye Chop |
|
Matn
| 90+6' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. Xorvatiya kichik hisobda Turkiyani mag‘lub etdi! |
| 90+3' | ![]() |
Vuuuh! Bolta Xorvatiya jarima maydonchasi ichida to‘pni egalladiyu, ammo zarba berishga ulgurmadi |
| 90+3' | ![]() |
Xorvatiyada o‘zgarish: Manjukich o‘rniga Pyasa tushdi |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shildi |
| 89' | ![]() |
Xorvatiyada o‘zgarish: Ivan Rakitich o‘rniga Gordon Shildenfeld tushdi |
| 88' | ![]() |
Turkiyaliklar so‘nggi daqiqalarda nimalardir qilishga harakat qilishmoqda, ammo hozircha hech narsa o‘xshamayapti |
| 86' | ![]() |
Xorvatiyada o‘zgarish: Ivan Perishich o‘rniga Andre Kramarich maydonga tushadi |
| 83' | ![]() |
Vuuuuuh! Chiroyli uzatma natijasida Perishich o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va birga bir vaziyatda, o‘tkir burchak ostida zarba berdi. Bobojon zarbani ko‘kragi bilan qaytardi |
| 81' | ![]() |
Vuuuh! Janer Erkin yaqin burchakka kuchli zarba berdi. Subashich to‘pni egallab oldi |
| 80' | ![]() |
Strinich sariq kartochka oldi. U jarima maydonchasining tashqi burchagida Shenni yiqitdi |
| 79' | ![]() |
Vuuuuh! Yon chiziqdan uloqtirib berilgan to‘pga Brozovich bosh bilan zarba berdi. "To‘qqizlik"ka kirayotgan to‘pni Bobojon qaytardi |
| 76' | ![]() |
Chorluka boshidagi bintini boshqatdan o‘rib, maydonga qaytdi |
| 75' | ![]() |
Chorlukaga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Uning o‘rniga boshqa futbolchi tushsa kerak |
| 72' | ![]() |
VUUUUUH! O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmaga darvozabon maydonchasi ichida Perishich bosh bilan zarba berdi. To‘p to‘singa tegib qaytdi! |
| 71' | ![]() |
Cholhono‘glu olis masofadan noaniq zarba berdi |
| 70' | ![]() |
Maydon markazidan yetkazilgan uzatmaga Yilmaz yaqin ochildi. Ammo jarima maydonchasi chizig‘i oldida bosh bilan noaniq zarba berdi |
| 69' | ![]() |
Turkiyada uchinchi o‘zgarish: To‘sun o‘rniga O‘ljoy Shahan tushdi |
| 67' | ![]() |
Vuuuuuuh! Perishich chap qanotdan darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. To‘p himoyachilar va darvozabondan o‘tib ketdi. rozovich to‘pga tashlandi, ammo to‘p uning oyog‘iga birozgina tegdiyu, darvozaga emas, maydon tashqarisiga yo‘l oldi |
| 65' | ![]() |
Turkiyada o‘zgarish: Arda Turon o‘rniga Burak Yilmaz tushdi |
| 63' | ![]() |
Xorvatlar o‘yinda ustunlikka ega bo‘lishmoqda. Turkiya himoyalanishga majbur bo‘lmoqda |
| 61' | ![]() |
Vuuh! Yon chiziqdan to‘p jarima maydonchasiga uloqtirib berildi. Bolta bosh bilan qaytardi. Brozovich to‘pni ko‘kragi bilan qaytardi va chap oyoqda zarba berdi. To‘p to‘sin ustidan o‘tib ketdi |
| 59' | ![]() |
Cholxono‘glu burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Subashich to‘pni egallab oldi |
| 55' | ![]() |
Ehhhhh, Srna!!! Perishich chap qanotdan uzatma berdi. To‘p esa Darioga kelib tushdi. Srna chap oyoqda 7-8 metrdan 7 metrli darvozaga aniq zarba bera olmadi! |
| 52' | ![]() |
VUUUUH! Srnaning zarbasidan keyin to‘p darvoza to‘siniga tegib, yuqoriga ko‘tarilib ketdi |
| 51' | ![]() |
Turklar shundoqqina o‘z jarima maydonchasi tashqarisida Rakitichni yiqitishdi. Xavfli jarima zarbasi bo‘lishi mumkin |
| 49' | ![]() |
Hoqon Bolta sariq kartochka oldi |
| 48' | ![]() |
Vuuuuh! O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmani Shen jarima maydonchasi chizig‘i ustida yerga tushirmasdan darvoza tomon tepdi. Himoyachilar zarbani qaytarishdi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshida Turkiyada o‘zgarish bo‘ldi: O‘g‘uzhon O‘zyoqub o‘rniga Vulqon Shen tushdi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| 45+3' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Turkiya - Xorvatiya - 0:1. Yagona gol muallifi - Modrich. Tanaffus |
| 45+1' | ![]() |
Turkiya burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Bolta bosh bilan zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib, to‘rga yon tomondan kelib tegdi |
| 41' | ![]() |
GOOOOOOOL! Luka Modriiiiich! Xorvatlar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Turkiya ikki marta to‘pni qaytardi. Ikkinchisida "Real" futbolchisi to‘pni yerga tushirmasdan zarba berdi. Bobojon zarbani qaytara olmadi! |
| 39' | ![]() |
Vuuuh! Burchakdan uzatma berilganidan keyin to‘pni Manjukich egalladi va 14 metrlardan zarba berdi. Vulqon Bobojon jon deb to‘pni qabul qildi |
| 36' | ![]() |
Cholhono‘glu 35 metrlardan jarima zarbasini tepdi. Regbida aniq gol bo‘lgan bo‘lardi |
| 33' | ![]() |
Vedran Chorluka oppoq bosh bilan maydonga qaytdi. Uning boshi bint bilan o‘ralganidan keyin qora soch ko‘rinmay qoldi |
| 31' | ![]() |
Jenk To‘sun sariq kartochka oldi. U Chorlukaning boshiga tirsak bilan zarba berdi. Vedranning boshidan qon oqmoqda |
| 30' | ![]() |
Vuuuuh! Cholhono‘ugli o‘ng qanotdan uzatma berdi va Tufon 6 metrdan bosh bilan zarba berdi. Subashich chiziq ustida to‘pni qaytardi. "Goal-line" tizimiga ishga tushdi va gol bo‘lmaganini tasdiqladi |
| 28' | ![]() |
Vuuuh! Srna o‘ng qanotdan uzatma berdi. Bobojon to‘pni mushti bilan urib yubordi. Xorvatiyalik futbolchi 16 metrdan to‘pni yerga tushirmasdan darvoza tomon tepdi. Vulqon to‘pni egalladi |
| 23' | ![]() |
Yaxshi hujum. Srna o‘ng qanotdan uzatma berib, to‘pni Brozovich boshiga "qo‘ndirdi", ammo hujumchi aniq zarba berishni qoyillatmadi |
| 22' | ![]() |
Perishich chap qanotdan yuqoridan uzatma berdi. Brozovich bosh bilan zaba berishga urindi. Noaniq |
| 19' | ![]() |
O‘ng qanotdan Turonga nisbatan fol ishlatildi. Cholhono‘gli yetkazgan uzatmani himoyachi maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Burchak zarbasi xavfli vaziyatni taqdim etmadi bizga |
| 17' | ![]() |
Xorvatiya burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Turklar qaytargan to‘p yana jarima maydonchasiga yetkazildi. Manjukich bosh bilan bergan zarbani himoyachi qaytardi |
| 13' | ![]() |
Mehmet Topol ancha olis masofadan ancha noaniq zarba berdi. |
| 12' | ![]() |
Turklar to‘pni nazorat qilishmoqda |
| 9' | ![]() |
Cholhono‘glu jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. To‘p Subashichga nasib etdi |
| 5' | ![]() |
Xorvatlar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Vida to‘pga sakradiyu, ammo bosh bilan zarba bera olmadi |
| 4' | ![]() |
O‘zan Tufon Modrichga nisbatan maydon markazida fol ishlatdi. Hakam futbolchilarning qizishib ketishini oldini olish maqsadida tarbiyaviy ish olib borishga majbur bo‘ldi |
| 2' | ![]() |
Vuuuuh! Perishich o‘ng qanotdan uzatma berdi. Rakitich darvozabon maydonchasiga chizig‘i ustida to‘pni yerga tushirmasdan darvoza tomon burdi. To‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 2' | Turkiya qizil, Xorvatiya ko‘k rangli futbolkalarda o‘ynashmoqda | |
| 1' | ![]() |
Uchrashuv boshlandi! To‘pni o‘yinga turklar kiritib berishdi |
| ' | Evro-2016. "D" guruhi. Turkiya va Xorvatiya terma jamaolari maydonda saf tortishdi va har ikkala mamlakat madhiyalari yangradi | |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|