Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Evropa chempionati
| «S» guruhi, 1-tur. 12 iyun, soat 23:59. Bosh hakam: Martin Atkinson (Angliya) | ||
GERMANIYaShkodran Mustafi (19)
Bastian Shvaynshtayger (90+2) |
2 : 0 |
UKRAINA |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
01.Manuel Noyer 04.Benedikt Hyovedes 17.Jerom Boateng 02.Shkodran Mustafi 03.Yonas Hektor 06.Sami Xedira 18.Toni Kroos 13.Tomas Myuller 08.Mesut O‘zil 11.Yulian Draksler 19.Mario Gyotse |
12.Andrey Pyatov 17.Artyom Fedeskiy 03.Evgeniy Xacheridi 20.Yaroslav Rakiskiy 13.Vyacheslav Shevchuk 16.Sergey Sidorchuk 06.Taras Stepanenko 07.Andrey Yarmolenko 09.Viktor Kovalenko 10.Evgeniy Konoplyanka 08.Roman Zozulya |
|
| ZAHIRA | ||
|
05.Mats Hummels 07.Bastian Shvaynshtayger 09.Andre Shyurrle 10.Lukas Podolski 12.Bernd Leno 14.Emre Jan 15.Yulian Vaygl 16.Antonio Ryudiger 20.Leroy Sane 21.Joshua Kimmix 22.Mark-Andre ter Shtegen 23.Mario Gomes |
01.Denis Boyko (D) 02.Bogdan Butko 04.Anatoliy Timoshchuk 05.Aleksandr Kucher 11.Evgeniy Seleznyov 14.Ruslan Rotan 15.Filip Budkovskiy 18.Sergey Ribalka 19.Denis Garmash 21.Aleksandr Zinchenko 22.Aleksandr Karavayev 23.Nikita Shevchenko (D) |
|
Matn
| ' | Shu bilan onlayn translyasiyamiz yakuniga yetdi. E’tiboringiz uchun raxmat! | |
| ' | Ikkinchi bo‘limda Germaniya terma jamoasi juda tartibli o‘ynadi. Raqibga deyarli imkoniyat bermadi. Ukraina terma jamoasining esa jismoniy holati yaxshi emasligi ko‘zga tashlanib qoldi. | |
| 90+3' | ![]() |
O‘yin tugadi. Germaniya 2:0 hisobida g‘alaba qozondi! |
| 90+2' | ![]() |
Tezkor hujumda, Mesut O‘zil chap qanotdan to‘pni jarima maydoniga oshirganida, himoyachilar e’tiboridan chetda qolgan Shvaynshtayger yaqin masofadan kuchli zarba yo‘llab, to‘pni darvozaning yuqori burchagiga joyladi! |
| 90+2' | ![]() |
GOOOL!!! Shvaynshtayger!!! |
| 90+2' | ![]() |
Yarmolenko uzoq masofadan zarba yo‘lladi. To‘p himoyachiga tegib, maydon tashqarisiga chiqib ketdi |
| 91' | ![]() |
Ukraina hujum qilishga urinmoqda, biroq Germaniya imkon bermayapti |
| 90' | ![]() |
Asosiy vaqtga 3 daqiqa qo‘shib berildi |
| 89' | ![]() |
Gyotsening o‘rniga Shvaynshtayger tushdi |
| 88' | ![]() |
Mustafi to‘pni darvozabonga oshiraman deb o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘yishiga sal qoldi. To‘p oldinga chiqib ketgan Noyerning ustidan oshib, maydon tashqarisiga chiqib ketdi |
| 88' | ![]() |
Pyatov!!! Mesut O‘zil darvozabon bilan yakkama-yakka chiqib, zarba yo‘lladi. Darvozabon o‘z o‘rnida! |
| 87' | ![]() |
So‘nggi daqiqalar. Ukrainalik futbolchilarning jismoniy holati yaxshi emas. |
| 86' | ![]() |
Nemis muxlislari o‘z futbolchilarini olqishlashmoqda, ukrainaliklar hushtak chalishmoqda |
| 85' | ![]() |
Germaniya g‘alabaga yaqin. Futbolchilar shoshmasdan bir-biriga to‘p oshirishmoqda |
| 84' | ![]() |
Shyurrle darvozabon bilan yakkama-yakka chiqqanida Pyatov oldinga yuugurib chiqib, to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborishga ulgurdi |
| 83' | ![]() |
Ukraina hujumga o‘tishga urinmoqda. Germaniya xotirjam himoyalanmoqda |
| 82' | ![]() |
Shyurrle jarima maydoni ichidan kuchli zarba yo‘llamoqchi bo‘ldi. Eplolmadi. |
| 81' | ![]() |
Germaniya to‘p bilan. Ular shoshilishmayapti, hisob ularni qoniqtiradi |
| 80' | ![]() |
To‘pga egalik qilish bo‘yicha yaqqol ustunlik nemislarda 69% - 31% |
| 79' | ![]() |
Hali imkoniyat bor. Ukraina maydon markazida to‘pni ushlab turishga harakat qilmoqda |
| 78' | ![]() |
Draksler o‘rniga Shyurrle tushdi. Germaniya hujumdagi bosimni oshirmoqchi |
| 77' | ![]() |
Yoaxim Lyov yirik musobaqalarning ilk o‘yinida biror marta ochko yo‘qotmagan ekan. Bugungi o‘yinda ham ish shunga bormoqda |
| 76' | ![]() |
Xavfli vaziyat!!! Tomas Myuller chamasi 25 metrlardan kuchli va aniq zarba yo‘lladi. Pyatov to‘pni qaytarishga muvaffaq bo‘ldi |
| 75' | ![]() |
Gyotse jarima maydoniga xotirjam kirib keldi va himoyachilar qurshovidan zarba yo‘lladi. Pyatov o‘z o‘rnida! |
| 73' | ![]() |
Kovalenko o‘rniga Zinchenko maydonga tushdi. Balki endi ukrainaliklar faol o‘ynashar? |
| 72' | ![]() |
Tushunarsiz holat. Ukraina xuddi hisobda oldinda borayotgandek o‘ynamoqda. |
| 70' | ![]() |
Germaniyaning yana bir hujumi. Nemislar raqib maydonida juda faol o‘ynashmoqda. Biroq samarasiz. |
| 69' | ![]() |
Xavfli!!! O‘ng qanotdan jarima maydoniga oshirilgan to‘pni Draksler yaqin masofadan boshi bilan darvozaga yo‘llashi mumkin edi. Uning zarbasidan so‘ng to‘p darvoza to‘sini ustidan o‘tib ketdi |
| 68' | ![]() |
Konoplyanka maydon markazida Gyotseni to‘xtatib qoldi. Birinchi sariq kartochka. |
| 67' | ![]() |
Ukraina burchak zarbasidan tayinli vaziyat yarata olmadi. Germaniya to‘pni egallab oldi |
| 66' | ![]() |
Zozulya o‘rniga Seleznyov tushdi. Ukraina bir nima qilishi kerak |
| 63' | ![]() |
Germaniya to‘pni raqibga bermaslikka harakat qilmoqda. Ukraina faqat himoyada o‘ynamoqda |
| 61' | ![]() |
Pyatov yana bir bor jamoasini qutqardi! Xedira uzoq masofadan kuchli va aniq zarba yo‘llaganida, darvozabon to‘pni qaytara oldi |
| 59' | ![]() |
Germaniyaning uzoq cho‘zilgan hujumi. Raqib himoyachilari nemislarni jarima maydoni yaqiniga yo‘latishmadi |
| 57' | ![]() |
Juda xavfli!!! Rakiskiy chamasi 30 metr masofadan belgilangan jarima zarbasidan to‘pni to‘g‘ri darvozaga yo‘lladi. Noyer yana mahorat ko‘rsatib, xavfni bartaraf qildi! |
| 56' | ![]() |
Kroosning uzoqdan yo‘llagan yana bir zarbasi. To‘p himoyachiga tegib, Pyatovning qo‘liga kelib tushdi |
| 54' | ![]() |
Nemislar tashabbusni qo‘ldan bermoqchi emas. To‘p Ukraina terma jamoasiga deyarli kelib tushmayapti |
| 53' | ![]() |
Kovalenko jarohat olgan ko‘rinadi, unga shifokorlar yordam berishmoqda |
| 52' | ![]() |
Xavfli vaziyat! Toni Kroos uzoq masofadan darvozani "o‘qqa" tutdi. Uning zarbasiga aniqlik yetishmadi |
| 51' | ![]() |
To‘p nemislarda, ular ukrainaliklarni himoyadan chiqishga undashmoqda |
| 49' | ![]() |
Dastlabki daqiqalar birinchi bo‘limdagidek davom etmoqda. Ustunlik nemislar tomonda |
| 48' | ![]() |
Pyatov!!! Draksler uzoq masofadan kuchli va aniq zarba yo‘llagan edi. Ukraina darvozaboni sustkashlikka yo‘l qo‘ymadi! |
| 46' | ![]() |
Germaniyaning tezkor hujumi, chap qanotdan jarima maydoniga oshirilgan to‘pni himoyachilar qaytara olishdi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| ' | Futbolchilar maydonga qaytishmoqda | |
| ' | Birinchi bo‘limning dastlabki daqiqalari biroz zerikarli o‘tdi. Germaniya katta ustunlikka ega bo‘lib, hisobni ochgach, o‘yin umuman o‘zgardi. Ukraina terma jamoasi ham dadil hujumga o‘tib, hisobni tenglashtirish uchun bir nechta imkoniyatga ega bo‘ldi. Ammo Noyer va himoyachilar yaxshi harakat qilib, o‘z darvozasi dahlsizligini saqlab qolishdi. | |
| 46' | ![]() |
Birinchi bo‘lim tugadi |
| 45' | ![]() |
1 daqiqa qo‘shib berildi |
| 45' | ![]() |
Shevchuk chap qanotdan to‘pni jarima maydoniga oshirganida, Boateng uni qaytaraman deb o‘z darvozasiga yo‘llab qo‘yishiga sal qoldi. To‘p maydon tashqarisiga chiqib ketdi |
| 44' | ![]() |
Bo‘lim yakunida ustunlik yaqqol Ukraina tomonda. Nemislar katta kuch bilan himoyalanmoqda |
| 43' | ![]() |
Shevchuk o‘tkir burchak ostidan zarba berishga urinib ko‘rdi. Ammo to‘p juda noaniq ketdi |
| 42' | ![]() |
Ukrainaning hujumi, Germaniya himoyada ter to‘kmoqda |
| 41' | ![]() |
Draksler chap qanotdan to‘pni jarima maydoniga uzatdi. Himoyachilar e’tiboridan chetda qolgan Myuller to‘pni osonlikcha darvozaga yo‘llashi mumkin edi. Biroq tayinli zarba berolmadi |
| 39' | ![]() |
Konoplyanka to‘pni jarima maydoniga oshirganida, Fedeskiy to‘pni darvozaga yo‘llashga muvaffaq bo‘ldi. Biroq ofsayd! |
| 36' | ![]() |
Juda xavfli!!! Yarmolenko ajoyib uzatma orqali hujumchini Noyer bilan yuzma-yuz chiqardi. Hujumchi to‘pni Noyerning ustidan oshirib darvozaga yo‘llaganida, Boateng bo‘sh qolgan darvozadan to‘pni chiqarib yuborishga ulgurdi! |
| 35' | ![]() |
Maydon markazida nemislar to‘liq ustunlikka erishmoqda. Ukraina qarshi hujumlarga tayanmoqda |
| 33' | ![]() |
Germaniya hujum qilmoqda, Ukraina himoyada zich harakat qilib, raqibga imkoniyat qoldirmayapti |
| 30' | ![]() |
Jamoalar ketma-ket xavfli vaziyatlar bilan muxlislarni xushnud qilishmoqda. Burchakdan oshirilgan to‘pni Shevchuk darvozaga yo‘llashi mumkin edi. Uning uzoqdan yo‘llagan zarbasi sal noaniq ketdi |
| 29' | ![]() |
Xavli vaziyat! Kroos ajoyib uzatma orqali Xedirani darvozabon bilan yuzma-yuz chiqardi. Pyatov Xediraning yaqin masofadan yo‘llagan zarbasini to‘sa oldi! |
| 28' | ![]() |
Ushbu daqiqalarda Ukraina ham hujum qila olishini namoyish qildi. Bir qancha xavfli vaziyatlarni sodir etdi |
| 27' | ![]() |
Juda xavfli! Burchakdan oshirilgan to‘pni Xacheridi boshi bilan darvozaga yo‘llaganida, Noyer ajoyib harakati bilan to‘pni qaytara oldi! |
| 26' | ![]() |
Xavfli vaziyat! Konoplyanka o‘ng qanotdan jarima zarbasini amalga oshirib, to‘pni jarima maydoniga yo‘lladi. Myuller to‘p yo‘liga g‘ov bo‘ldi. |
| 24' | ![]() |
Burchakdan to‘p oshirilgandan so‘ng, Mustafi darvozabon Pyatov bilan to‘qnashib ketdi. |
| 23' | ![]() |
Germaniya to‘pga egalik qilishda hamon ustun. Toni Kroos uzoq masofadan zarba yo‘lladi, juda noaniq |
| 20' | ![]() |
Germaniya hujumlar bosimini golga aylantira oldi. Ukrainadan ham faollikni kutib qolamiz |
| 19' | ![]() |
Toni Kroos o‘ng qanotdan jarima zarbasini amalga oshirib, to‘pni havodan jarima maydoniga yo‘lladi. Shkodran Mustafi baland sakrab, boshi bilan to‘pni darvozaning yuqori burchagiga joyladi. Pyatov to‘pni qaytarishga ojiz edi. |
| 19' | ![]() |
GOOOL!!! Shkodran Mustafi! |
| ' | Sobiq bokschi Vitaliy Klichko ham tribunada terma jamoasiga muxlislik qilmoqda | |
| 13' | ![]() |
Xavfli vaziyat! Draksler to‘pni o‘ng qanotdan jarima maydoniga yetkazdi, Myuller uni Hektorga qoldirdi. Biroq qulay vaziyatda turgan bo‘lishiga qaramasdan Hektor to‘pga tayinli zarba berolmadi. |
| 12' | ![]() |
Germaniya ishonchli tarzda to‘pni ushlab turibdi. Ukraina himoya haqida qayg‘urishga majbur |
| 11' | ![]() |
Xedira to‘pni qulay vaziyatga chiqib borayotgan Myullerga yetkazdi. Biroq ofsayd |
| 10' | ![]() |
Kovalenko to‘p uchun kurashda Hektorga nisbatan qo‘pollik qildi. Hakam uni og‘zaki ogohlantirdi |
| 8' | ![]() |
O‘ng qanotdan oshirilgan to‘pni Myuller darvozaga yo‘llashi mumkin edi. U to‘pga birozgina yeta olmadi |
| 7' | ![]() |
Sami Xedira to‘pni jarima maydoniga yetkazishda xatoga yo‘l qo‘ydi. Darvozabon Pyatov uni o‘yinga kiritadi |
| 6' | ![]() |
Germaniya maydon markazida to‘p bilan. |
| 5' | ![]() |
Xavfli vaziyat! Konoplyanka o‘ng qanotdan oshirilgan to‘pni jarima maydoni chizig‘idan, to‘xtatmasdan kuchli zarba bilan darvozaga yo‘lladi. Noyer qiyinchilik bilan to‘pni qaytardi! |
| 4' | ![]() |
Dastlabki xavfli vaziyat. Draksler jarima maydoni ichidan zarba yo‘lladi. To‘p maydon mashqarisiga chiqib ketdi |
| 3' | ![]() |
To‘p jarima maydoniga oshirildi. Darvozabon Pyatov uni osonlikcha egallab oldi |
| 1' | ![]() |
To‘p nemislarda, o‘yin surati yuqori emas |
| 0' | ![]() |
O‘yin boshlandi! |
| ' | Bosh hakam Martin Atkinson kichik qur’a o‘tkazdi. O‘yinni maydon markazidan Germaniya boshlab beradi | |
| ' | Ukraina va Germaniya madhiyalari yangramoqda | |
| ' | 50 mingdan ziyod muxlisni bag‘riga sig‘dira oladigan stadion to‘la! | |
| ' | Futbolchilar maydonga tushib kelishmoqda | |
| ' | Terma jamoalar maydonga tushishga tayyorgarlik ko‘rishmoqda. Futbolchilar ko‘tarinki kayfiyatda! | |
| ' | UYEFA sayti xabariga ko‘ra, Ukraina terma jamoasi Germaniyani biror marta mag‘lub eta olmagan. Balki bugun bu noxush an’ana o‘z nihoyasiga yetar? | |
| ' | Bugun “S” guruhining dastlabki o‘yinida Polsha terma jamoasi Shimoliy Irlandiyani 1:0 hisobida mag‘lub etdi | |
| ' | Sizlarni Fransiyaning shimolidagi Lill shahriga taklif qilamiz. Bugun "Pyer Morua" stadionida Germaniya va Ukraina terma jamoalari o‘zaro kuch sinashadi | |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, muhtaram futbol muxlislari! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|