| 20/10 13:17 | Mayns | 2-0 | Ayntraxt Braunshveyg | ||
| 20/10 13:17 | Hannover-96 | 1-4 | Hoffenhaym | ||
| 20/10 13:17 | Bayer | 2-1 | Augsburg | ||
| 20/10 13:17 | Shalke | 1-3 | Borussiya D | ||
| 20/10 13:17 | Bavariya | 3-2 | Gerta | ||
| 20/10 13:20 | Volfsburg | 3-0 | Verder |
Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Evropa chempionati
| «D» guruhi, 1-tur. 13 iyun, soat 18:00. Bosh hakam: Shimon Marsinyak (Polsha) | ||
ISPANIYaJerar Pike (87)
|
1 : 0 |
CHEXIYa |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
David de Xea (D) Xordi Alba Jerar Pike Serxio Ramos Xuanfran David Silva Serxio Buskets Andres Inyesta Sesk Fabregas Nolito Alvaro Morata |
Petr Chex (D) Pavel Kaderjabek Tomash Sivok David Limberski Roman Gubnik Teodor SelassiYE Tomash Rosiski Vladimir Darida Yaroslav Plashil Ladislav Kreychi Tomash Nesid |
|
| ZAHIRA | ||
|
Iker Kasilyas (D) Serxio Riko (D) Mark Bartra Sezar Aspilikueta Ektor Belyerin Mikel San-Xose Tyago Alkantara Lukas Vaskes Koke Bruno Soriano Aris Aduris Pedro Rodriges |
Tomash Vaslik (D) Tomash Koubek (D) Daniel Pudil Milan Kadles Daniel Kolarj Borek Dochkal David Pavelka Yosef Shural Jiri Skalak David Lafata Milan Shkoda |
|
Matn
| 90+3' | ![]() |
O‘yin tugadi. Ispaniya kichik hisobda g‘alaba qozondi. E’tiboringiz uchun raxmat! |
| 90+2' | ![]() |
Lafata!!! Jarima maydoni ichidan kuchli zarba yo‘llaganida De Xea ajoyib tarzda to‘pni qaytardi. Chexlar gol urishi mumkin edi! |
| 90+1' | ![]() |
Chexiya oldinga o‘tmoqda, Ispaniya himoyada |
| 90' | ![]() |
3 daqiqa qo‘shib berildi |
| 90' | ![]() |
Ispaniya ishonchli tarzda to‘pni ushlab turibdi. G‘alaba yaqin! |
| 87' | ![]() |
Inyesta chap qanotdan to‘pni jarima maydoniga oshirganida, himoyachilardan o‘zib ketgan Pike yaqin masofadan boshi bilan zarba yo‘llab, to‘pni darvozaga kiritdi! |
| 87' | ![]() |
GOOOL!!! Jerar Pike!!! |
| 86' | ![]() |
Gebre Selassi o‘rniga Shural maydonga tushdi. Chexiya hisobni ushlab qolmoqchi |
| 85' | ![]() |
Xuanfran to‘pni jarima maydoniga oshirganida, himoyachilar uni qaytarib yuborishdi |
| 84' | ![]() |
Tiago burchak zarbasini amalga oshirdi. Chex to‘pni osongina egallab oldi |
| 83' | ![]() |
Ispaniya nima qilib bo‘lsa ham gol urish ilinjida oldinga bormoqda, biroq chexiyaliklar himoyada yaxshi o‘ynashmoqda |
| 82' | ![]() |
Nolito o‘rniga Pedro maydonga tushirildi. Ispaniyaning so‘nggi umidi |
| 81' | ![]() |
Chexiyaliklarning barcha futbolchisi himoyada! |
| 80' | ![]() |
To‘pga egalik qilishda "qizil furiya" yaqqol ustun: 67% - 33% |
| 79' | ![]() |
Aduris!!! O‘ng qanotdan Ramos to‘pni jarima maydoniga oshirganida, hujumchi boshi bilan zarba berdi. Biroz noaniq! |
| 78' | ![]() |
Hozircha ispaniyalik muxlislar qayg‘uda, chexiyaliklar xursand. |
| 76' | ![]() |
Aduris! Qaychi uslubida to‘pni darvozaga yo‘llagan edi, biroq sal oldin ofsayd holatiga tushgan ekan. |
| 75' | ![]() |
Nesid o‘rniga Lafata tushdi. Hujumchi o‘rniga hujumchi? Qiziq, Chexiya ko‘proq himoyachiga muhtoj emasmi? |
| 73' | ![]() |
Juda xavfli!!! David Silva jarima maydoni chizig‘idan kuchli zarba yo‘lladi. To‘p darvoza ustuni yonginasidan o‘tib ketdi! |
| 72' | ![]() |
Ispaniya bosimni kuchaytirmoqda, biroq metin himoyani yorib o‘tishga qiynalmoqda |
| 71' | ![]() |
David Silva ajoyib to‘p oshirish orqali Albani darvozabon bilan yuzma-yuz chiqardi, ammo Alba to‘pga zarba berishga ulgurmadi. Himoyachi to‘pni qaytarib yubordi |
| 70' | ![]() |
Fabregas o‘rniga Tiago Alkantara maydonga tushdi |
| 70' | ![]() |
Alba chap qanotdan to‘pni oshirdi, Aduris to‘pga yeta olmadi |
| 67' | ![]() |
Chexiya biroz tashabbusga ega. Ispaniya asosan himoyada o‘ynamoqda |
| 65' | ![]() |
Juda xavfli! Burchak zarbasidan so‘ng Gebre Selassi to‘pni boshi bilan darvozaga yo‘lladi. Ramos to‘pni darvoza chizig‘idan chiqarib yubordi! |
| 64' | ![]() |
Chexiya hujum qilmoqda, biroq jarima maydoniga yaqinlashish mushkul. |
| 62' | ![]() |
Morata o‘rniga Aduris maydonga tushdi. Del Boske hujum chizig‘idan norozi. |
| 61' | ![]() |
Limberski David Silvani chalib yiqitdi. Bosh hakam unga sariq kartochka ko‘rsatdi |
| 60' | ![]() |
Inyesta yaxshi vaziyatga chiqib, uzoqdan zarba yo‘lladi. To‘p Chexning o‘ziga kelib tushdi |
| 59' | ![]() |
Nesid darvozabon bilan yakkama-yakka qochib ketmoqchi edi. Ammo ofsayd! |
| 57' | ![]() |
Chexiya o‘ng qanotdan jarima zarbasini amalga oshirdi. To‘p jarima maydoniga yetkazilganda Hubnik yaqin masofadan zarba yo‘lladi. De Xea o‘z o‘rnida! |
| 55' | ![]() |
Chexiyaning hujumdagi o‘yini umuman qovushmayapti. De Xea ishsiz! |
| 54' | ![]() |
Ispaniya burchak zarbasini yaxshi amalga oshira olmadi. To‘p chexlarga o‘tdi |
| 52' | ![]() |
David Silva to‘pni jarima maydoniga oshirdi. Chexiya himoyachisi Morataning oyog‘i ostidan to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 51' | ![]() |
Chexiyaning qarshi hujumida to‘p jarima maydoniga yetib bormadi |
| 50' | ![]() |
To‘p bilan Ispaniya, chexlar katta kuch bilan himoyada |
| 48' | ![]() |
Ispaniya ketma-ket to‘rtta burchak zarbasini amalga oshirdi. Chexiyaliklar yaxshi himoyalanishdi |
| 46' | ![]() |
Juda xavfli!!! Morata o‘ng qanotdan jarima maydoniga kirib, to‘pni Nolitoga oshirdi. Himoyachi Hubnik to‘pni qaytaraman deb, o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘yishiga sal qoldi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| ' |
1-bo‘limdan keyingi statistika: Zarbalar: 5 - 2 To‘pga egalik qilish: 68% - 32% To‘p oshirishlar: 284 - 116 |
|
| ' | Birinchi bo‘limni dastlabki daqiqalarida Chexiya biroz faol o‘ynadi. Ammo keyinchalik Ispaniya tashabbusni o‘z qo‘liga oldi. Hozircha Chexiya ispanlarning hujumiga dosh beryapti. | |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘lim tugadi. Hozircha hisob ochilmadi. |
| 45' | ![]() |
Chexiya ham dastlabki xavfli vaziyatni sodir qildi. Nesid uzoq masofadan zarba yo‘lladi. Biroq De Xea o‘z o‘rnida! |
| 44' | ![]() |
Bo‘lim oxirida Ispaniya katta tashabbusga ega bo‘lmoqda, lekin Chexiya himoyada yaxshi o‘ynayapti |
| 43' | ![]() |
Nolito darvozabon bilan yakkama-yakka chiqishi mumkin edi, ammo ofsayd! |
| 40' | ![]() |
Chex chap qanotdan yorib kirgan David Silvaning kuchli zarbasini qaytara oldi. Qaytgan to‘pni himoyachilar jarima maydonidan uzoqlashtirishdi |
| 39' | ![]() |
Inyesta Chexni oldinga chiqib ketganini ko‘rib, uzoq masofadan zarba yo‘llab, to‘pni uning ustidan oshirib, darvozaga yo‘llamoqchi edi. Eplay olmadi |
| 38' | ![]() |
Rosiski Inyestaga nisbatan qo‘pollik qildi. Hozircha og‘zaki ogohlantirish oldi |
| 37' | ![]() |
Endi Nolito Chex darvozasini uzoqdan "o‘qqa" tutdi. Bu safar ham noaniq |
| 35' | ![]() |
To‘p oshirishlar soni bo‘yicha Ispaniya yaqqol ustun: 222 - 74 |
| 35' | ![]() |
Buskets uzoq masofadan zarba yo‘llab, gol urishga urinib ko‘rdi. To‘p juda noaniq ketdi |
| 34' | ![]() |
Ispaniya raqibni o‘z jarima maydoniga qamab qo‘ydi. Chexlar katta kuch bilan himoyada o‘ynashmoqda |
| 33' | ![]() |
Inyesta - Morata juftligi chexlarni shoshirib qo‘ymoqda. Xavfli vaziyatlar soni oshmoqda |
| 31' | ![]() |
Yana bir xavfli hujum. Morata chap qanotdan jarima maydoniga yorib kirib, zarba yo‘lladi. Juda noaniq |
| 29' | ![]() |
Xavfli vaziyat! Inyesta ajoyib pas bilan Moratani qulay vaziyatga chiqardi. Hujumchining jarima maydoni ichida bergan zarbasini Chex qaytara oldi |
| 27' | ![]() |
Chexiya chap qanotdan jarima zarbasini yaxshi ijro eta olmadi. To‘p ispaniyaliklarga o‘tdi |
| 26' | ![]() |
Inyesta ajoyib to‘p uzatish orqali Xuanfranni yaxshi vaziyatga chiqargan edi, ammo Xuanfran to‘pni yo‘qotib qo‘ydi |
| 25' | ![]() |
Chexiya maydon markazidayoq faol o‘ynab, raqib hujumlarini qaytarmoqda |
| 24' | ![]() |
Ispaniya hujumda, Chexiya himoyalanmoqda |
| 22' | ![]() |
Ispaniya burchak zarbasini amalga oshirdi, xavfli chiqmadi. Chex to‘pni egallab oldi |
| 16' | ![]() |
VUUUUH! Xuanfran o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga uzatma berdi. David Silva to‘pga yetib keldi va darhol darvozabon maydonchasiga to‘pni yetkazdi. Morata 5 metrdan darvoza tomon zarba berdi. Petr Chex zarbani qaytardi! Qoyil, darvozabon! |
| 14' | ![]() |
Chap qanotda belgilangan jarima zarbasiin Fabregas o‘yinga kiritdi. Chexiyaliklar uzatmani qaytarishdi |
| 13' | ![]() |
Ispaniya to‘pni nazorat qilib, qisqa paslar orqali hujum tashkil qilishga harakat qilmoqda. Chexiya esa vertikal o‘ynamoqda |
| 10' | ![]() |
Morato yon chiziqqa yaqin joyda sirpanib ketib yiqildi va laynsmenga urildi. Hakam ham yiqildi... Futbolda bunaqa holatlar bo‘p turadi |
| 8' | ![]() |
Nolitoning uzatmasidan keyin Morata yaqin masofadan to‘pni darvoza tomon burdi. Chex to‘pni qaytardi. Boz ustiga, Alvaro ofsaydda qoldi |
| 6' | ![]() |
Chexlar o‘ng qanotdan hujumga o‘tib, to‘pni yerlatib jarima maydonchasiga yetkazishdi. Ramos to‘pni egallab oldi |
| 4' | ![]() |
Chexiya ketma-ket ikki marta burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Ispanlar ishonchli himoyalanishdi |
| 3' | ![]() |
Ispaniya qizil, Chexiya oq rangli formada harakat qilmoqda |
| 1' | ![]() |
O‘yin boshlandi! To‘pni ispaniyaliklar o‘yinga kiritib berishdi |
| ' | ![]() |
Evro mayonlarida yurishda davom etamiz. Ispaniya va Chexiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan matnli onlayn translyasiyani boshlaymiz |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|