Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Evropa chempionati

«E» guruhi, 1-tur. 13 iyun, soat 23:59. Bosh hakam: Mark Klattenburg (Angliya)

BELGIYa

0 : 1

ITALIYa

Emanuele Jakkerini (32)
JAMOALAR TARKIBI
01.Tibo Kurtua
23.Loran Siman
02.Tobi Alderveyreld
03.Tomas Vermalen
04.Raja Nainggolan
05.Yan Vertongen
06.Aksel Vitsel
07.Kevin de Bryoyne
08.Maruan Fellayni
09.Romelu Lukaku
10.Eden Azar
  01.Janluijji Buffon
03.Jorjio Kyellini
15.Andrea Barsali
19.Leonardo Bonuchchi
04.Matteo Darmian
06.Antonio Kandreva
16.Daniyele de Rossi
18.Marko Parolo
23.Emanuele Jakkerini
09.Grasiano Pelle
17.Eder
ZAHIRA
11.Yannik Karrasko
12.Simon Minyole
13.Jan-Fransua Jille
14.Dris Mertens
15. Jeyson Denayer
16.Tomas MyonYE
17.Divok Origi
18.Kristian Kabasele
19.Mussa Dembele
20.Kristian Benteke
21.Jordan Lukaku
22.Mishi Batshuayi
  02.Mattia de Shilyo
05.Anjelo Ogbonna
07.Simone Zaza
08.Alessandro Florensi
10.Tiago Motta
11.Chiro Immobile
12.Salvatore Sirigu
13.Federiko Marketti
14.Stefano Sturaro
20.Lorenso InsinYE
21.Federiko Bernardeski
22.Stefan El-Shaaravi
SARIQ KARTOCHKA
Vertongen (90+1)
 
Kyellini (65)
Eder (75)
Bonuchchi (78)
Motta (84)

Matn

'
E’tiboringiz uchun raxmat!
90+3'
O‘yin tugadi! Italiya 2:0 hisobida g‘alaba qozondi!
90+2'
Belgiyaliklar qarshi hujumni o‘tkazib yuborishdi. Kandreva to‘pni egallab, jarima maydoniga kirib keldi va Pellega oshirdi. Grasiano to‘pni to‘xtatmasdan zarba yo‘llab, hisobni oshirdi!
90+2'
GOOOL!!! Italiya!!!
90+1'
Vertongenni asablari dosh bermadi. Sariq kartochka!
90+1'
Belgiyaliklar shoshilishmoqda, biroq jarima maydoni yaqini himoyachilar bilan to‘silgan
90'
3 daqiqa qo‘shib berildi
90'
Mertens to‘pni jarima maydoniga oshirganida uni bo‘sh darvozaga yo‘llaydigan futbolchi topilmadi
89'
Muxlislar Belgiyani oldinga undashmoqda
88'
Burchak zarbasidan oshirilgan to‘pni Fellayni darvozaga yo‘llay olmadi
87'
Belgiya katta kuch bilan oldinga o‘tmoqda, o‘yin tugashiga juda oz vaqt qoldi
86'
Burchakdan oshirilgan to‘pni Pelle yaqin masofadan darvozaga yo‘llay olmadi. Himoyachilar yo‘l qo‘yishmadi
85'
Juda xavfli!!! Immobile tezkor qarshi hujum nihoyasida uzoqdan aniq zarba yo‘lladi. Kurtua mahorat ko‘rsatdi!
84'
Tiago Motta Azarga nisbatan qo‘polligi uchun sariq kartochka oldi
83'
O‘yin yakunlanishiga oz vaqt qolmoqda. Belgiya bosimni kuchaytirmoqda
82'
Juda xavfli!!! De Bryoyne to‘pni jarima maydoniga oshirganida Origi yaqin masofadan boshi bilan zarba yo‘lladi. Salgina noaniq!
82'
Burchakdan oshirilgan to‘pni Fellayni boshi bilan darvozaga yo‘llamoqchi bo‘ldi. Zarba yaxshi chiqmadi
81'
Belgiya hisobni tenglashtirishga urinmoqda, biroq raqib himoya chizig‘idan o‘tolmayapti
80'
Zarbalar soni bo‘yicha Belgiya oldinda: 13-8
79'
Italiya terma jamoasida o‘zgarish. De Rossi o‘rniga Tiago Motta maydonga tushdi
78'
Bonuchchi Origini qo‘pollik bilan to‘xtatib qoldi. Navbatdagi sariq!
77'
Belgiya katta kuch bilan oldinga o‘tmoqda. Italiya himoyada o‘ynashga majbur
76'
Belgiya terma jamoasida o‘zgarish. Siman o‘rniga Karrasko maydonga tushdi
76'
Italiya terma jamoasida o‘zgarish. Eder o‘rniga Immobile maydonga tushdi
75'
Eder maydon markazida Belgiyaning qarshi hujumini to‘xtatib qoldi. Darhol sariq kartochka oldi!
74'
Jakkerini jarima maydoni chizig‘idan zarba yo‘lladi. Himoyachilar to‘p yo‘lini to‘sib qolishdi
73'
Belgiya terma jamoasida o‘zgarish. Romelu Lukaku o‘rniga Divok Origi maydonga tushdi
73'
Belgiyaning uzoq davom etgan hujumi natija bermadi. Himoyachilar yaxshi harakat qilishmoqda
71'
Italiya to‘pni maydon markazida ushlab turibdi
70'
Azar Buffonni oldinga chiqib ketganidan foydalanib, uzoq masofadan to‘pni uning ustidan oshirib darvozaga yo‘llamoqchi bo‘ldi. Eplolmadi
69'
Azar uzoq masofadan zarba yo‘llashga urinib ko‘rdi. Yo‘q, himoyachilar to‘p yo‘liga g‘ov bo‘lishdi
67'
Belgiya katta kuch bilan hujumda, italiyaliklar himoyalanishga majbur
65'
Kyellini maydon markaziga yaqin joyda Azarga nisbatan qoida buzdi. Ogohlantirish!
63'
Belgiya to‘pni egallab turibdi, oldinga o‘tish uchun imkoniyat yo‘q
62'
Belgiya terma jamoasida o‘zgarish. Nainggolan o‘rniga Mertens maydonga tushdi
61'
Belgiya oldinga o‘tmoqda, ular hisobda orqada qolayotganini unutmasliklari lozim
60'
Italiya hujumda, Eder jarima maydoni ichida to‘pni qabul qilib oldi, biroq zarba berishga ulgurmadi
58'
Italiya terma jamoasida Darmian o‘rniga De Shilyo maydonga tushdi
57'
Belgiya bosimni kuchaytirmoqda, Buffon jamoadoshlarini faollikka chaqirmoqda
56'
Juda xavfli!!! Eden Azar uzoq masofadan zarba yo‘llab, Buffonni sinab ko‘rdi. Darvozabon pand bermadi!
54'
Italiyaning xavfli hujumi! Pelle jarima maydoniga kirib borib, yaqin masofadan zarba yo‘lladi. Kurtua to‘pni qiyinchilik bilan qaytardi!
53'
Lukaku!!! Buffon bilan yakkama-yakka chiqib, to‘pni uning ustidan oshirib darvozaga yo‘lladi. Biroq sal noaniq!
52'
Bu safar italiyaliklar tayinli hujum uyushtira olmadilar, raqib himoyachilari to‘pni qaytarishdi
51'
Belgiyaning xavfli hujumi himoyachilar tomonidan qaytarildi
50'
Lukaku himoyachilardan qochib ketmoqchi edi, biroq ofsaydga tushib qoldi
49'
Belgiya o‘yinni maydon markaziga ko‘chirdi va hujum qilishga urinmoqda
48'
Dastlabki daqiqalarda Italiya faol o‘ynamoqda
47'
Italiyaning xavfli hujumi, Parolo jarima maydoni ichida zarba bermoqchi bo‘lganida, himoyachilar to‘p yo‘lini to‘sib qolishdi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
'
Lionga qaytamiz. Futbolchilar maydonga tushib kelishmoqda
'
Italiya esa raqibning xatosidan foydalanib hisobni ochdi
'
Birinchi bo‘limda tashabbus belgiyalik futbolchilarda bo‘ldi. Ammo ular yaratilgan vaziyatlardan foydalana olishmadi
45+1'
Birinchi bo‘lim tugadi
46'
Har ikkala jamoa tezkor hujumlarni amalga oshirishdi, biroq ish zarbagacha yetib bormadi
45'
1 daqiqa qo‘shib berildi
44'
Lukaku jarima maydoni ichida qaychi uslubida zarba bermoqchi edi, eplolmadi
43'
Belgiya yana tashabbusga ega bo‘lmoqda, Italiya orqaga tisarildi
42'
Fellayni ajoyib pas bilan de Bryoyneni qulay vaziyatga chiqargan edi. Ammo uning zarbasini himoyachilar to‘sib qolishdi
40'
Belgiya yana hujumda. To‘p jarima maydoniga oshirildi, Buffon o‘z o‘rnida
38'
O‘yin qizmoqda. Vitsel uzoqdan zarba yo‘lladi, to‘p darvoza ustuni yonginasidan o‘tib ketdi
37'
Belgiya o‘yinga qaytishga harakat qilmoqda, bu esa oson emas
35'
Juda xavfli!!! Parolo to‘pni boshi bilan jarima maydoni markaziga oshirganida, Pelle yaqin masofadan zarba berdi, biroq noaniq. Italiya hisobni oshirishi mumkin edi
33'
Italiyada ruhiy ustunlik. Kandreva uzoq masofadan aniq zarba yo‘lladi, Kurtua qiyinchilik bilan qaytardi
32'
Maydon markazidan jarima zarbasini amalga oshirgan Italiya futbolchisi to‘pni Jakkeriniga aniq yetkazib berdi. U esa jarima maydoni ichida darvozabon bilan yolg‘iz qolib, ajoyib zarba bilan to‘pni darvozaga yo‘lladi!
32'
GOOOL!!! Emmanuyele Jakkerini! Italiya!
32'
Lukaku maydon markazida Kyelliniga nisbatan qo‘pol o‘ynadi. Jarima zarbasi
31'
Kandreva o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydoniga oshirdi. Eder tayinli zarba berolmadi
30'
Italiyaning kam sonli hujumlaridan biri, Pelle uzoq masofadan zarba yo‘lladi. Juda noaniq
28'
Nahotki shu Italiya bo‘lsa? Bu Italiya emas, qanaqadir Lixtenshteyn!
26'
Eder yana bir marta qoida buzdi. Bu safar Vitselga qarshi
25'
Italiyalik muxlislar norozilik bildirib, hushtak chalishmoqda. Tashabbus belgiyaliklarda
23'
Belgiya burchak zarbasini yaxshi amalga oshirmadi, to‘p bilan Italiya
22'
Nainggolan yana bir marta uzoq masofadan darvozani nishonga oldi, bu safar juda noaniq
21'
Belgiyani tashabbusdan voz kechmoqchi emas. Azar to‘pni jarima maydoniga yo‘lladi, Kyellini yana yaxshi o‘ynab, to‘pni qaytardi
20'
Nainggolan to‘p oshirish orqali Lukakuni yaxshi vaziyatga chiqarmoqchi bo‘ldi, biroq hujumchi to‘pga ulgurmadi
19'
Buffon jamoadoshlarini faollikka chaqirmoqda, tashabbusni raqibga berib qo‘yish xavfli
18'
Tashabbus biroz belgiyaliklarda, ular maydon markazida to‘pni ko‘proq ushlab turishmoqda
17'
Lukaku jarima maydoniga to‘pni yetkazmoqchi bo‘ldi, ammo Kyellini uning yo‘lini to‘sishga ulgurdi
16'
Hozircha Kurtua ishga kirishmadi, Buffon esa bir zarbani qaytardi
15'
Lukaku jarima maydoni ichidan zarba yo‘llamoqchi bo‘ldi, ammo himoyachilar yo‘l qo‘yishmadi
13'
To‘p Belgiyada, ularda ham hujumda muammo. Italiya himoyachilari yaxshi o‘ynamoqda
12'
Italiya hujumda, biroq darvozaga yaqinlashishning imkoni yo‘q, himoyachilar zich o‘ynamoqda
11'
Burchak zarbasidan yo‘llangan to‘pni Fellayni darvozaga kirita olmadi. Uning boshi bilan bergan zarbasi noaniq bo‘ldi
10'
Juda xavfli!!! Nainggolan uzoq masofadan kuchli va aniq zarba yo‘lladi, Buffon to‘pni qaytara oldi
8'
Italiyaning xavfli qarshi hujumi belgiyalik himoyachilar tomonidan to‘xtatib qolindi
7'
Eder maydon markazida Vertongenga nisbatan qo‘pol o‘ynadi, hozircha og‘zaki ogohlantirish oldi
6'
To‘p Italiya jarima maydoniga oshirildi, Romelu Lukaku unga ulgurmadi, Buffon o‘z o‘rnida
5'
Jamoalar ehtiyotkorona o‘ynashmoqda. Axir bu guruhdan chiqishga asosiy da’vogarlarning o‘yini
3'
Italiyaning ilk hujumi zarba bilan yakunlandi. Ederning zarbasi kuchli chiqmadi
2'
Belgiyaning dastlabki hujumi, to‘p jarima maydoniga oshirilganda, maydon tashqarisiga chiqib ketdi
1'
O‘yin maydon markazida kechmoqda, to‘p u yoki bu jamoaga o‘tib turibdi
0'
O‘yin boshlandi
'
Kichik qur’a natijasida o‘yinni maydon markazidan Italiya boshlashi aniqlandi
'
Belgiya va Italiya madhiyalari yangramoqda
'
Futbolchilar maydonga tushib kelishmoqda. O‘yinni angliyalik Mark Klattenburg boshqarib boradi
'
Futbolchilar maydonga tushishga tayyorgarlik ko‘rishmoqda. Bugun Italiya oq-ko‘k libosda, Belgiya qizil-qora libosda o‘ynaydi
'
Belgiya va Italiyaning so‘nggi 10ta o‘yinida 5 marta Italiya g‘alaba qozongan, 3 marta Belgiya
'
Havo harorati 19 daraja issiq, futbol o‘ynash uchun ayni muddao
'
Bugun Lionda kuchli jala quydi, ammo bu hodisa o‘yinni o‘tkazishga halal bermaydi
'
"Stad-de-Lion" bugun muxlislar bilan to‘lgan. Belgiyalik muxlislar biroz ko‘proq
'
E guruhida ishtirok etadigan jamoalar bugun Yevropa chempionatidagi ishtrokini boshlashdi. Dastlabki o‘yinda Irlandiya va Shvesiya 1:1 hisobidan durang o‘ynashdi
'
Sizlarni Lion shahriga taklif qilamiz, yana bir necha daqiqalardan so‘ng bu yerda Belgiya va Italiya terma jamoalari bellashishadi
'
Assalomu alaykum, muhtaram futbol ishqibozlari!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.