Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Evropa chempionati

«F» guruhi, 1-tur. 14 iyun, soat 21:00. Bosh hakam: Kleman Turpen (Fransiya)

AVSTRIYa

0 : 2

VENGRIYa

Adam Salai (62)
Zoltan Shtiber (87)
JAMOALAR TARKIBI
01.Robert Almer
03.Aleksandar Dragovich
04.Martin Hinteregger
05.Kristian Fuks
07.Marko Arnautovich
08.David Alaba
10.Zlatko Yunuzovich
11.Martin Harnik
14.Yulian Baumgartlinger
17.Florian Klyayn
21.Mark Yanko
  01.Gabor Kiray
02.Adam Lang
04.Tamash Kadar
05.Attila Fiola
07.Balaj Jujak
08.Adam Nad
09.Adam Salai
10.Zoltan Gera
11.Kristian Nemet
15.Laslo Klyaynxaysler
20.Rixard Guzmich
ZAHIRA
02.Dyord Garich
06.Shtefan Ilzanker
09.Rubin Okoti
12.Xayns Lindner
13.Markus Zuttner
15.Sebastian Pryodl
16.Kevin Vimmer
18.Alessandro Shyopf
19.Lukas Hinterzeer
20.Marsel Zabitser
22.Yakob Yancher
23.Ramazon O‘zjon
  03.Mixay Korxut
06.Akosh Elek
12.Denesh Dibus
13.Daniel Byode
14.Gergyo Lovrenchich
16.Adam Pinter
17.Nemanya Nikolich
18.Zoltan Shtiber
19.Tamash Prishkin
21.Barnabash Beshe
22.Peter Gulachi
23.Roland Yuxas
SARIQ KARTOCHKA
Dragovich (33)
 
Kristian Nemet (80)
QIZIL KARTOCHKA
Dragovich (66)
 

Matn

90+5'
O‘yin tugadi. Vengriya 2-0 hisobida g‘alaba qozondi. E’tiboringiz uchun rahmat!
90+4'
Avstriya hujumda hech narsa qilolmayapti
90+2'
Avstriya jarima zarbasini amalga oshirdi. To‘p darvozabonning oson o‘ljasiga aylandi
90+1'
Shyopf uzoqdan zarba yo‘lladi. Juda noaniq
90'
5 daqiqa qo‘shib berildi
89'
Avstriya juda bo‘lmasa bir gol urish ilinjida oldinga bormoqda. Biroq samarasiz
88'
Vengriyada almashtirish. Nemet o‘rniga Pinter maydonga tushdi
87'
Vengriyalik futbolchi darvozabon bilan yakkama-yakka chiqdi va sovuqqonlik bilan to‘pni uning ustidan oshirib darvozaga yo‘lladi!
87'
GOOOL!!! Vengriya!!! Shtiber!
85'
Vengriya futbolchisi Fiola o‘rnidan turishni istamayapti
84'
Darvoza tomon yo‘llangan aniq zarbalar soni: 2 - 7
84'
Avstriyaning burchak zarbasi. Darvozabon to‘pni osonlik bilan ushlab oldi
83'
Avstriya raqib jarima maydoniga yaqinlasha olmayapti. Raqib himoyasi juda zich
82'
Vengriya maydon markazida to‘p bilan, ular shoshilishmayapti
81'
Vengriya ishonchli tarzda o‘yinni boshqarmoqda. Avstriya hujumga o‘ta olmayapti
80'
Kristian Nemet ogohlantirildi. U maydon markazida raqibga nisbatan qo‘pol o‘ynadi
79'
Vengriyada o‘zgarish. Klyaynxaysler o‘rniga Shtiber maydonga tushdi
77'
Avstriyada so‘nggi o‘zgarish. Harnik o‘rniga Shyopf maydonga tushdi
77'
Avstriya oldinga o‘ta olmayapti, Vengriya himoyada faol o‘ynamoqda
75'
Jujak to‘pni jarima maydoniga oshirgandi Almer uni osonlik bilan egallab oldi
73'
Marsel Zabitser!!! Chap qanotdan oshirilgan to‘pni jarima maydoni ichida to‘xtatmasdan darvozaga yo‘lladi. Juda noaniq!
71'
Kristian Nemet uzoq masofadan aniq zarba yo‘llagan edi. Almer to‘pni qaytara oldi
70'
Vengriyalik Adam Nad uzoq masofadan zarba yo‘lladi. Unga ham aniqlik yetishmadi.
69'
Vengriyada o‘zgarish. Salai o‘rniga Tamash Prishkin maydonga tushdi
68'
Avstriya hujumda qoida buzdi, agar qoida buzmaganida xavfli bo‘lishi mumkin edi
66'
Dragovich maydondan chetlatildi. U himoyachiga nisbatan qo‘pol o‘ynadi. Avstriya kamayib qolmoqda!
64'
Avstriyada o‘zgarish. Yanko o‘rniga maydonga Okoti tushdi. O‘yinni qutqarib qolish kerak
62'
Salai Klyaynxaysler bilan devor uslubida o‘ynab, darvozabon bilan yakkama-yakka chiqdi va to‘pni Almerning qo‘ltig‘i ostidan darvozaga yo‘lladi!
62'
GOOOL!!! Vengriya!!! Salai!!!
60'
Avstriyaning burchak zarbasi. Himoyachilar to‘pni qaytara olishdi
59'
Yunuzovich o‘yinni davom ettira olmadi, uning o‘rniga Zabitser tushdi
58'
Avstriya futbolchisi Yunuzovich jarohat oldi, unga yordam ko‘rsatilmoqda
56'
Vengriya xavfli jarima zarbasini amalga oshirdi. Himoyachilar to‘pni qaytara olishdi
55'
Jujak!!! Uning uzoq masofadan yo‘llagan zarbasi to‘qqizlikka kirib ketishi mumkin edi. Darvozabon zo‘r harakat qilib to‘pni qaytara oldi
54'
Avstriyaning hujumi zarba bilan yakunlanmadi
52'
Vengriyalik Gera uzoqdan zarba yo‘lladi, juda noaniq
50'
Vengriyaning hujumi zarba bilan yakunlanmadi, ular to‘pni yo‘qotib qo‘yishdi
48'
Alaba chap qanotdan to‘pni jarima maydoniga yo‘lladi, to‘pga zarba beruvchi topilmadi
46'
Vengriyalik Fiola uzoq masofadan zarba yo‘lladi, Almer to‘pni egallab oldi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
45+1'
1-taym yakunlandi. Jamoalar asosiy e’tiborini himoyaga qaratishdi, xavfli vaziyatlar juda kam bo‘ldi. Tanaffus.
45'
1 daqiqa qo‘shib berildi
44'
Bo‘lim oxirida jamoalar xavfli vaziyatlar bilan almashishdi
43'
Jujak!!! Vengriya yarimhimoyachisi darvozabon bilan yuzma-yuz chiqib bordi, ammo aniq zarba yo‘llay olmadi. To‘p maydon tashqarisiga chiqib ketdi
42'
Juda xavfli!!! Arnautovich chap qanotdan to‘pni jarima maydoniga yetkazganida, himoyachilar e’tiboridan chetda qolgan Xarnik yaqin masofadan zarba yo‘lladi. Juda noaniq
41'
Har ikkala jamoaning hujumdagi o‘yini qovushmayapti
38'
Vengriya chap qanotdan to‘pni jarima maydoniga oshirdi, darvozabon osonlik bilan to‘pni ushlab oldi
35'
Juda xavfli!!! Yunuzovich uzoq masofadan aniq zarba yo‘llaganida, Kiray mahorat bilan qaytara oldi
34'
Chap qanotdan oshirilgan to‘pga Soloi boshi bilan zarba berdi, juda noaniq
33'
Dragovich qo‘polligi uchun ogohlantirildi
32'
Chamasi 30 metrlardan jarima zarbasi belgilandi. Alabaning kuchli zarbasi jonli devorga tegib qaytdi
30'
Zerikarli o‘yin bo‘lyapti, jamoalar juda ehtiyotkorona o‘ynashyapti
28'
Avstriyaning xavfli hujumi zarbagacha yetib bormadi, Vengriya himoyada yaxshi o‘ynamoqda
25'
Alaba jarima maydoniga yorib kirmoqchi edi, biroq himoyachilar to‘sib qolishdi
24'
Gera uzoq masofadan zarba yo‘lladi, darvozabon to‘pni osonlik bilan ushlab oldi
23'
Tashabbus vengriyaliklarda, biroq xavfli vaziyatlar deyarli yo‘q
20'
O‘ng qanotdan jarima maydoniga oshirilgan to‘pni himoyachilar qaytara olishdi
18'
O‘yin davom etadi. Kichik ustunlik Vengriyada
17'
Yunuzovich jarohat oldi, unga yordam ko‘rsatilmoqda
16'
Salai uzoq masofadan zarba yo‘lladi, biroq himoyachilar to‘sib qolishdi
13'
To‘p bilan Vengriya, biroq oldinga o‘tishning iloji yo‘q, himoyachilar yaxshi harakat qilishmoqda
12'
Vengriyaning javobi. Klyaynxaysler uzoq masofadan darvozani "o‘qqa" tutdi. Juda noaniq
11'
Alaba! Jarima maydoniga kirib zarba yo‘lladi, darvozabon o‘z o‘rnida!
9'
Vengriya ham dadil o‘ynamoqda, hozirgi daqiqalarda to‘p asosan maydon markazida
5'
Avstriya biroz tashabbusga ega, to‘p ularda ko‘proq ushlanib turibdi
3'
Vengriyaning xavfli javobi. Jujak uzoq masofadan zarba yo‘lladi, sal noaniq
1'
Xavfli vaziyat! David Alabaning uzoq masofadan yo‘llagan zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi!
0'
O‘yin boshlandi
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.