Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Evropa chempionati
| «F» guruhi, 1-tur. 14 iyun, soat 23:59. Bosh hakam: Junayd Chaqir (Turkiya) | ||
PORTUGALIYaLuish Nani (31)
|
1 : 1 |
ISLANDIYaBirkir Byarnason (50)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
01.Rui Patrisiu 03.Pepe 06.Rikardu Karvalyu 05.Rafael Guereyro 11.Viyeyrinya 08.Joao Moutinyo 13.Danilo Pereyra 17.Nani 10.Joao Mario 15.Andre Gomesh 07.Krishtianu Ronaldu |
01.Hannes Haldoursson 06.Ragnar Sigurdsson 23.Ari Skulason 02.Birkir Sevarsson 14.Kari Arnason 07.Yohan Gudmundsson 17.Aron Gunnarsson 10.Gilfi Sigurdsson 08.Birkir Byarnason 15.Yon Byodvarsson 09.Kolbeynn Sigtorsson |
|
| ZAHIRA | ||
|
02.Brunu Alvesh 04.Joze Fonte 09.Eder 12.Antoni Lopes 14.Uilyam Karvalyu 16.Renatu Sanshesh 17.Nani 18.Rafa Silva 19.Elizeu 20.Rikardu Kuarejma 21.Sedrik Soaresh 22.Eduardu 23.Adrien Silva |
03.Xyokur Xauksson 04.Yortyur Xermannsson 05.Sverrir Ingason 11.Alfred Finnbogason 12.Egmundur Kristinsson 13.Ingvar Yonsson 16.Runar Siguryonsson 18.Elmar Byarnason 19.Hyordur Magnusson 20.Emil Hallfredsson 21.Arnor Traustason 22.Eydur Gudyonsen |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Birkir Byarnason (55)
|
||
Matn
| ' | Shu bilan onlayn translyasiyamiz o‘z yakuniga yetdi. E’tiboringiz uchun raxmat! | |
| ' | O‘yinda Portugaliya katta tashabbusga ega bo‘ldi, biroq vaziyatlardan unumli foydalana olmadi. Islandiyaliklar yaxshi himoyalanib, o‘z imkoniyatidan unumli foydalanishdi. | |
| 90+5' | ![]() |
O‘yin tugadi! Islandiya sensasiya sohibi! |
| 90+5' | ![]() |
Ronalduning zarbasi, to‘pni jonli devor qaytardi! |
| 90+4' | ![]() |
Ronaldu tepdi, to‘p raqib qo‘liga tegdi. Yana bir jarima zarbasi! |
| 90+4' | ![]() |
Jarima zarbasi! Portugaliyaning so‘nggi imkoniyati |
| 90+3' | ![]() |
To‘p bilan Islandiya, so‘nggi soniyalar |
| 90+2' | ![]() |
To‘p jarima maydoniga yetkazildi, biroq himoyachilar uni qaytarishdi |
| 90+2' | ![]() |
O‘ng qanotdan Portugaliya xavfli jarima zarbasini amalga oshiradi |
| 90+1' | ![]() |
Portugaliya katta kuch bilan hujumda, biroq islandiyaliklar yaxshi himoyalanishmoqda |
| 90' | ![]() |
3 daqiqa qo‘shib berildi |
| 90' | ![]() |
Gudmundsson o‘rniga Elmar Byarnason tushdi |
| 90' | ![]() |
Portugaliya hujumda qoida buzdi, to‘p Islandiyada |
| 89' | ![]() |
Chap qanotdan jarima maydoniga oshirilgan to‘pni himoyachilar qaytarishdi |
| 88' | ![]() |
Portugaliya raqib himoyasini yorib o‘tolmayapti |
| 87' | ![]() |
Kuarejmaning uzoq masofadan yo‘llagan zarbasi juda noaniq bo‘ldi |
| 86' | ![]() |
Finnbogason!!! Jarima maydoni ichida yaqin masofadan zarba yo‘lladi. Rui Patrisio to‘pni qaytara oldi! |
| 85' | ![]() |
Krishtianuuuu! Chap qanotdan Nani to‘pni unga yetkazganida, Ronaldu yaqin masofadan boshi bilan zarba yo‘lladi. Darvozabon o‘z o‘rnida! |
| 84' | ![]() |
Andre Gomesh o‘rniga Eder maydonga tushdi. Portugaliyada 4 hujumchi! |
| 84' | ![]() |
Islandiyaning qarshi hujumi nihoyasiga yetmay qoldi |
| 83' | ![]() |
Portugaliya hujumda, Islandiya to‘pni iloji boricha uzoqroqqa tepib yubormoqda |
| 82' | ![]() |
Burchakdan oshirilgan to‘pni Pepe yaqin masofadan darvozaga yo‘llashiga sal qoldi. Uning boshi bilan bergan zarbasidan so‘ng to‘p darvoza to‘sini ustidan o‘tib ketdi |
| 82' | ![]() |
Ronaldu uzoq masofadan jarima zarbasini amalga oshirdi. Uning zarbasidan so‘ng to‘pni himoyachilar qaytarishdi |
| 81' | ![]() |
Islandiyada o‘zgarish, Sigtorsson o‘rniga Finnbogason tushdi |
| 80' | ![]() |
Portugaliya katta kuch bilan oldinga o‘tmoqda, Islandiya himoyada ter to‘kmoqda |
| 79' | ![]() |
Portugaliyaning burchak zarbasi. Himoyachilar to‘pni qaytara olishdi |
| 78' | ![]() |
Kuarejmaning jarima maydoni ichidan yo‘llagan zarbasini darvozabon qaytara oldi |
| 76' | ![]() |
Kurajema - Nani - Ronaldu. Portugaliya 3 hujumchi bo‘lib o‘ynamoqda |
| 76' | ![]() |
Portugaliyada o‘zgarish, Joao Mario o‘rniga Kuarejma maydonga tushdi |
| 75' | ![]() |
Islandiya hujumda, ular shoshilishmayapti, hisob ularni qoniqtiradi |
| 73' | ![]() |
Ronaldu uzoq masofadan zarba yo‘llashga urinib ko‘rdi. To‘p noaniq ketdi |
| 72' | ![]() |
Naniiii! Juda xavfli vaziyat! Chap qanotdan jarima zarbasi amalga oshirilib, to‘p jarima maydoniga yetkazilganda Nani boshi bilan zarba berdi. To‘p darvoza ustuni yonginasidan o‘tib ketdi. Darvozabon uni qaytarishga ojiz edi. |
| 71' | ![]() |
Portugaliyada o‘zgarish, Moutinyo o‘rniga Renato Sanshesh maydonga tushdi |
| 70' | ![]() |
To‘p bilan Islandiya, lekin oldinga o‘tish uchun imkoniyat yo‘q, raqib himoyada yaxshi o‘ynamoqda |
| 68' | ![]() |
O‘yin maydon markazida kechmoqda, xavfli vaziyatlar yo‘q |
| 67' | ![]() |
Portugaliya raqib darvozasiga yo‘l topa olmayapti |
| 65' | ![]() |
Islandiyaning kam sonli hujumlaridan biri. Byarnason chap qanotdan to‘pni jarima maydoniga yetkazdi. Rui Patrisiu qiynalmasdan to‘pni ushlab oldi |
| 63' | ![]() |
Juda xavfli!!! Viyerinya to‘pni o‘ng qanotdan jarima maydoniga yo‘lladi, Nani yaqin masofadan zarba berganida darvozabon to‘sishga ulgurdi |
| 62' | ![]() |
Portugaliya bosimni oshirmoqda, ochko yo‘qotish ularning niyatida yo‘q |
| 61' | ![]() |
Juda xavfli!!! Andre Gomesh jarima maydoni chizig‘idan kuchli zarba yo‘lladi, darvozabon qiyinchilik bilan to‘pni qaytardi |
| 60' | ![]() |
Chap qanotdan amalga oshirilgan jarima zarbasi, himoyachilar to‘pni qaytara olishdi |
| 59' | ![]() |
Tashabbus Portugaliyada, islandiyaliklar yaxshi himoyalanishmoqda |
| 58' | ![]() |
Ronaldu uzoq masofadan zarba yo‘llamoqchi edi, himoyachi to‘sib qoldi |
| 57' | ![]() |
Krishtianu jamoadoshlarini faollikka chaqirmoqda, hali vaqt ko‘p |
| 55' | ![]() |
Byarnason qo‘pollik qilib, sariq kartochka oldi |
| 55' | ![]() |
Islandiyalik muxlislar xursand, ular jamoasini qo‘shiqlar bilan qo‘llab-quvvatlashmoqda |
| 54' | ![]() |
Portugaliya oldinga tashlanmoqda, ular vaziyatdan darg‘azab |
| 53' | ![]() |
Kutilmagan vaziyat. Portugaliya karaxt ahvolda |
| 50' | ![]() |
O‘ng qanotdan jarima maydoniga oshirilgan to‘pni Byarnason yaqin masofadan qiyinchiliksiz darvozaga yo‘lladi! Himoyachilar uni ko‘zdan qochirishgandi! |
| 50' | ![]() |
GOOOL!!! Islandiya!!! Byarnason!!! |
| 50' | ![]() |
Portugaliyaning chap qanotdan uyushtirgan hujumi nihoyasiga yetmay qoldi. Himoyachilar yaxshi harakat qilishdi |
| 49' | ![]() |
Islandiya maydon markazidan o‘tolmayapti |
| 48' | ![]() |
Portugaliya tashabbusni berib qo‘ymoqchi emas, jamoa ishonchli tarzda to‘pni ushlab turibdi |
| 47' | ![]() |
Ronaldu!!! Uzoq masofadan kuchli zarba yo‘lladi, to‘p noaniq ketdi |
| 46' | ![]() |
To‘p bilan Portugaliya |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| ' | Ikkinchi bo‘lim boshlanmoqda, futbolchilar maydonga qaytmoqda | |
| ' | Portugaliya tashabbusga ega bo‘lib, muhim gol ura oldi. Islandiya himoyaviy o‘yin namoyish qildi, hujumdagi o‘yini esa qovushmadi. | |
| 45' | ![]() |
Hech qancha vaqt qo‘shib berilmadi. 1-bo‘lim tugadi |
| 44' | ![]() |
Viyerinya to‘pni jarima maydoniga havodan yetkazdi, Ronaldu boshi bilan zarba yo‘llashga ulgurmadi |
| 43' | ![]() |
Portugaliya raqib darvozasi tomon yo‘l izlamoqda, Islandiya zich himoyada |
| 41' | ![]() |
Viyerinya uzoq masofadan zarba yo‘lladi, Haldoursson o‘z o‘rnida |
| 41' | O‘yin biroz tenglashdi, Islandiya ham dadil hujumga o‘ta boshladi | |
| 40' | ![]() |
To‘p bilan Islandiya, ular hujum qilishga urinishmoqda, hozircha samarasiz |
| 38' | ![]() |
Byarnason chap qanotdan to‘pni jarima maydoniga yetkazdi, Sigurdssonning boshi bilan yo‘llagan zarbasi noaniq bo‘ldi |
| 37' | ![]() |
Portugaliya ishonchli tarzda to‘pga egalik qilmoqda |
| 34' | ![]() |
Portugaliyaning burchak zarbasidan so‘ng darvozabon to‘pni ushlab oldi |
| 33' | ![]() |
Yana xavfli vaziyat! Chap qanotdan jarima maydoniga yetkazilgan to‘pni islandiyalik himoyachi boshi bilan o‘z darvozasiga yo‘llashiga sal qoldi |
| 31' | ![]() |
Andre Gomesh o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydoniga yetkazganida, himoyachilar e’tiboridan chetda qolgan Nani yaqin masofadan aniq zarba yo‘llab, hisobni ochdi |
| 31' | ![]() |
GOOOL!!! Portugaliya!!! Nani!!! |
| 31' | ![]() |
O‘yin maydon markazida kechmoqda |
| 29' | ![]() |
Portugaliya katta tashabbusga ega bo‘lmoqda, Islandiya himoyada |
| 28' | ![]() |
Portugaliyaning hujumi zarbagacha bormadi |
| 26' | ![]() |
Ronaldu raqibni yana bir bor kechirdi! Darvozabon bilan yakkama-yakka chiqib, to‘pga tayinli zarba berolmadi. Darvozabon to‘pni qaytara oldi |
| 25' | ![]() |
Islandiya to‘pni bir-biriga oshirib, o‘yin tempini pasaytirmoqchi |
| 24' | ![]() |
Portugaliya bosimni kuchaytirmoqda |
| 23' | ![]() |
Ronalduuuuu! Viyerinya jarima maydoniga to‘pni oshirganida Krishtianu boshi bilan zarba yo‘lladi, to‘p darvoza to‘sini ustidan o‘tib ketdi! |
| 21' | ![]() |
Naniiii!!! Ronaldu chap qanotdan to‘pni jarima maydoniga oshirganida, yolg‘iz o‘zi turgan Nani yaqin masofadan boshi bilan zarba yo‘lladi, darvozabon jamoasini qutqarib qoldi! |
| 21' | ![]() |
Hammasi joyida, Sigurdsson yana maydonda, Portugaliya esa hujumda |
| 20' | ![]() |
Islandiyalik Sigurdsson jarohat olib, o‘rnidan turolmayapti |
| 19' | ![]() |
Islandiyaning hujumi zarbagacha yetib bormadi |
| 18' | ![]() |
Xavfli zarba!!! Viyerinya uzoq masofadan zarba yo‘lladi, darvozabon to‘pni ushlab qola oldi |
| 17' | ![]() |
Portugaliya hujumda, biroq ish xavfli vaziyatlargacha bormayapti |
| 16' | ![]() |
Ustunlik portugaliyaliklarga o‘tmoqda. To‘p ularda ko‘proq ushlanib turibdi |
| 15' | ![]() |
Portugaliyaning hujumi. Islandiya juda zich himoyalanmoqda |
| 13' | ![]() |
To‘p bilan Islandiya, biroq tayinli hujum uyushtirilmadi |
| 12' | ![]() |
Ronaldu uzoq masofadan zarba yo‘llamoqchi bo‘lganida, himoyachi to‘p yo‘lini to‘sishga ulgurdi |
| 11' | ![]() |
Islandiya jarima zarbasini amalga oshirdi, to‘p jarima maydoniga juda noaniq oshirilib, maydon tashqarisiga chiqib ketdi |
| 10' | O‘yin maydon markazida kechmoqda | |
| 8' | ![]() |
Portugaliyaning o‘ng qanoti sust o‘ynamoqda. Ikkita xavfli hujumni o‘tkazib yuborishdi |
| 7' | ![]() |
Byodvarsson chap qanotdan jarima maydoniga yorib kirmoqchi edi. Ofsayd |
| 6' | ![]() |
Portugaliya burchak zarbasini amalga oshirdi. Viyerinya boshi bilan zarba yo‘lladi, himoyachilar to‘p yo‘lini to‘sib qolishdi |
| 5' | ![]() |
O‘ng qanotdan jarima zarbasi amalga oshirildi. Nani boshi bilan zarba yo‘lladi. Darvozabon o‘z o‘rnida! |
| 4' | ![]() |
Islandiyalik hujumchi o‘yindan tashqari holatda, aks holda xavfli hujum bo‘lishi mumkin edi |
| 3' | ![]() |
Sigurdsson!!! Chap qanotdan jarima maydoniga yorib kirib zarba yo‘lladi, Rui Patrisio to‘pni qaytara oldi! |
| 2' | ![]() |
O‘ng qanotdan Guereyro to‘pni jarima maydoniga yetkazdi, bu yerda hech kim yo‘q. Darvozabon to‘p bilan |
| 1' | ![]() |
Portugaliyaning dastlabki hujumi. Nani darvozabon bilan yakkama-yakka chiqishi mumkin edi. Darvozabon to‘pga ulgurdi |
| 0' | ![]() |
O‘yin boshlandi |
| ' | Kichik qur’a natijasida Islandiya terma jamoasi o‘yinni maydon markazidan boshlab berishi aniqlandi | |
| ' | Portugaliya va Islandiya madhiyalari yangramoqda | |
| ' | O‘yinni turkiyalik hakam Junayd Chaqir boshqarib boradi | |
| ' | Bir necha daqiqalardan so‘ng "Joffrua Gishar" stadionida Portugaliya va Islandiya terma jamoalari o‘yini boshlanadi | |
| ' | Assalomu alaykum muhtaram futbol muxlislari! Sizlarni Fransiyaning Sent-Etyenn shahriga taklif qilamiz. |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|