Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Evropa chempionati
| «B» guruhi, 2-tur. 16 iyun, soat 18:00. Bosh hakam: Feliks Brix (Germaniya) | ||
ANGLIYaJeymi Vardi (56)
|
1 : 1 |
UELSGaret Beyl (42)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
01.Jo Hart 02.Kayl Uolker 05.Gari Keyhil 06.Kris Smolling 03.Denni Rouz 17.Erik Dayer 10.Ueyn Runi 08.Adam Lallana 20.Dele Alli 07.Rahim Sterling 09.Harri Keyn |
01.Ueyn Hennessi 02.Kristofer Ganter 03.Nil Teylor 05.Jeyms Chester 04.Ben Devis 06.Eshli Uilyams 07.Jo Allen 16.Jo Ledli 10.Aaron Remzi 11.Garet Beyl 09.Hel Robson-Kanu |
|
| ZAHIRA | ||
|
04.Jeyms Milner 11.Jeymi Vardi 12.Nataniyel Klayn 13.Frezer Forster 14.Jordan Henderson 15.Daniel Starrij 16.Jon Stounz 18.Jek Uilshir 19.Ros Barkli 21.Rayan Bertrand 22.Markus Reshford 23.Tim Hiton |
08.Endryu King 12.Ouen Uilyams 13.Jorj Uilyams 14.Devid Edvards 15.Eshli Richards 17.Devid Kotteril 18.Sem Vouks 19.Jeyms Kollinz 20.Jonatan Uilyams 21.Denni Uord 22.Devid Vogan 21.Saymon Chyorch |
|
Matn
| 90+4' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. Angliya terma jamoasi irodali g‘alabani qo‘lga kiritib, amalda nimchorak final yo‘llanmasini hal qildi. E’tiboringiz uchun rahmat |
| 90+1' | ![]() |
Starrij Vardi va Smoling bilan devor uslubida o‘ynab, jarima maydoniga markazdan kirib bordi va yaqin masofadan aniq zarba yo‘llab, jamoasini oldinga olib chiqdi |
| 90+1' | ![]() |
GOOOL!!! Angliya!!! Starrij!!! |
| 90' | ![]() |
3 daqiqa qo‘shib berildi |
| 89' | ![]() |
Reshford chap qanotdan jarima maydoniga yorib kirgan edi, ammo zarba ham, pas ham berolmadi. Himoyachilar to‘sishdi |
| 89' | ![]() |
Uels muvaffaqiyatli himoyalanmoqda |
| 87' | ![]() |
Dayer to‘pni jarima maydoniga yetkazmoqchi bo‘ldi, darvozabon uni egallab oldi |
| 86' | ![]() |
Runi to‘pni chap qanotdan jarima maydoniga yetkazishga urindi. Juda noaniq. |
| 84' | ![]() |
Angliya hujumda qoida buzdi. Himoyani yorib o‘tishning iloji bo‘lmayapti. Angliya ojiz ko‘rinmoqda |
| 83' | ![]() |
Angliyaning burchak zarbasi yaxshi amalga oshirilmadi. To‘p raqibga o‘tdi |
| 82' | ![]() |
Darvoza tomon yo‘llangan zarbalar soni bo‘yicha Angliya ustun: 17-6 |
| 80' | ![]() |
Uelsning hujumi. Uilyams o‘yinga faol kirib ketdi. Uning uzoqdan yo‘llagan zarbasi noaniq bo‘ldi |
| 78' | ![]() |
Smolling uzoq masofadan zarba yo‘llamoqchi edi, ulgurmadi. Himoyachilar to‘sib qolishdi |
| 75' | Har ikkala jamoaning hujumdagi o‘yini qovushmayapti | |
| 73' | ![]() |
Angliyada o‘zgarish. Lallana o‘rniga Reshford maydonga tushdi |
| 71' | ![]() |
Uelsda o‘zgarish. Robson-Kanu o‘rniga Uilyams maydonga tushdi |
| 70' | ![]() |
Dayer to‘pni jarima maydoniga oshirishda xatoga yo‘l qo‘ydi, to‘p maydon tashqarisiga chiqib ketdi |
| 67' | ![]() |
Uelsda o‘zgarish. Ledli o‘rniga Edvards maydonga tushdi |
| 66' | ![]() |
Burchak zarbasi yaxshi amalga oshirilmadi. To‘p raqibga oldirib qo‘yildi |
| 65' | ![]() |
Uels burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Bu ishni yana bir marta amalga oshirishi kerak |
| 62' | ![]() |
Runi uzatma berganidan keyin Alli to‘pni raqib jarima maydonchasi ichida ko‘kragi bilan qaytardi, ammo to‘p futbolchidan uzoqlashib ketgani uchun xavf yo‘qqa chiqdi |
| 61' | ![]() |
Ben Devis ogohlantirish oldi. U Lallananing oyog‘ini bosib oldi |
| 60' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshida Angliyada yana bir o‘zgarish bo‘lgan ekan. Sterling o‘rniga Starrij tushgan. |
| 59' | ![]() |
Lallana jarima maydonchasi chizig‘i yaqinidan zarba berdi. Burchak to‘pi |
| 56' | ![]() |
GOOOOOOOOL! Jeymi Vardi, 1:1! Burchak to‘pi o‘yinga kiritilganidan keyin Starrij jarima maydonchasi chap tomonidan to‘pni darvozabon maydonchasi chizig‘i ustiga ko‘tardi. To‘p himoyachi Eshli Uilyamsnng boshidan passiv ofsaydda turgan Vardiga kelib tushdi. Jeymi 2 metrdan darvozani ishg‘ol qildi! |
| 55' | ![]() |
Vuuuuuh! Runi jarima maydonchasi chizig‘i oldidan olis burchak tomon aylanma zarba berdi. Henessi to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi! |
| 54' | ![]() |
Remzi olis masofadan aniq zarba berdi. Hart to‘pni egalladi |
| 52' | ![]() |
Alli olis masofadan kuchli, ammo noaniq zarba yo‘lladi |
| 49' | ![]() |
Uoker o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va darvoza yaqiniga uzatma berish chog‘ida burchak to‘pi ishladi |
| 46' | ![]() |
Angliyada o‘zgarish bo‘ldi. Harri Keyn o‘rniga Jeymi Vardi tushdi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| 45' | ![]() |
Hakam birinchi bo‘limga vaqt qo‘shmadi. Hozircha Beylning supergoliga evaziga Uels Angliyadan ustun kelmoqda. Tanaffus |
| 44' | ![]() |
Uels ijrosidagi dastlabki aniq zarba, dastlabki xavfli vaziyat golga aylandi |
| 42' | ![]() |
GOOOOOOOOOL! Garet Beyl, 0:1! Darvozaga 40 metrlardan belgilangan jarima zarbasini Beyl tedpi. To‘p Hartning qo‘li orqali ustunga tegib, chiziqni kesib o‘tdi! |
| 41' | ![]() |
Runi maydon markaziga yaiin joyda Robsonni yiqitdi |
| 36' | ![]() |
Vuuuuh! Burchakdan yetkazilgan uzatmaga Smolling bosh bilan zarba berdi. To‘p shundoqqina ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 35' | ![]() |
Ustunlik to‘laligacha Angliyada. Navbatdagi burchak to‘pi ishlandi |
| 32' | ![]() |
Vuuh! Chap qanotdan yetkazilgan uzatmani Keyn darvozabon maydonchasi ichida bosh bilan darvozaga yo‘llashga urindi. To‘p himoyachining yuziga tegib, so‘ngra qo‘liga tegdi. Brix penalti yo‘qligiga ishora qildi |
| 30' | ![]() |
Runi jarima to‘pini jarima maydonchasi ichida ochilayotgan Smolling tomon yetkazdi. Himoyachi to‘pni qaytardi |
| 30' | ![]() |
Keynga nisbatan qoidabuzarlik. Darvozagacha 28 metrlar |
| 28' | ![]() |
Burchak to‘pi o‘yinga kiritildi, biroq Alli fol ishlatdi |
| 27' | ![]() |
Uoker o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va uzatma berdi. Devis to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 26' | ![]() |
Vuuuuuh! Runi jarimadan bergan uzatmani Keyxil darvozabon maydonchasi chizig‘i ustida bosh bilan teskari turgan holda darvozaga burdi. Henessi to‘pni egalladi! |
| 25' | ![]() |
Lallana raqib jarima maydonchasi ichida o‘ziga yetkazilgan uzatmani tovoni bilan Keyngi uzatishga harakat qildi. To‘p himoyachidan o‘tmadi |
| 22' | ![]() |
Harri Keyn darvozachaga 25 metrlardan belgilangan jarima zarbasini tepdi. Zarba juda noaniq bo‘ldi. |
| 19' | ![]() |
Burchak to‘pi xavfli vaziyatni taqdim etmadi |
| 18' | ![]() |
Sterling o‘ng qanotdan uzatma berdi. Himoyachining boshidan to‘p maydonni tark etdi |
| 17' | To‘p asosan maydon markazida. Jamoalar hujumga o‘tish chog‘ida to‘pni tez-tez yo‘qotishmoqda | |
| 13' | ![]() |
Runi olis masofadan zarba yo‘llashga qaror qildi! Ancha noaniq |
| 10' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan to‘pni Jo Hart qo‘lidan chiqarib yubordi. Himoyachilar to‘pni vaziyatdan uzoqlashtirishdi |
| 10' | ![]() |
Robsonning uzatmasidan keyin Beyl chap qanotdan jarima maydonchasiga kirib keldi va o‘tkir burchak ostida zarba yo‘lladi. To‘p himoyachining oyog‘idan maydonni tark etdi |
| 7' | ![]() |
VUUUUUUUUH! Harri Keyn maydon markazidan Allini oldinga boshladi. Dele nariga tomondan jarima maydonchasiga yetib kelgan Sterlingga uzatma berdi. Rahim 5 metrdan darvozani ishg‘ol qila olmadi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi! |
| 5' | ![]() |
Uels futbolchisi burchak to‘pini yaqin ustun tomon uzatdi. Inglizlar to‘pni qaytarishdi. To‘p yana jarima maydonchasiga yetkazilganida, uelslik futbolchilardan biri bosh bilan to‘pni darvoza tomon burdi. Hart to‘pni egalladi |
| 3' | ![]() |
Ilk daqiqalarda Angliya oldinga tashlanmoqda. Ular bunga majbur. Dastlabki turda inglizlar ochko yo‘qotishgan bo‘lsa, Uels Slovakiyani mag‘lub etgan |
| 1' | ![]() |
To‘pni o‘yinga uelsliklar kiritib berishdi. Boshladik! |
| ' | ![]() |
Mamlakatlar madhiyasi yangradi. O‘yinni boshlash uchun barcha narsa shay |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! Yevro-2016. Angliya-Uels bahsidan matnli onlayn translyasiyani boshlaymiz |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|