Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Evropa chempionati
| «S» guruhi, 2-tur. 16 iyun, soat 23:59. Bosh hakam: Bosh hakam: Byorn Kuypers (Gollandiya) | ||
GERMANIYa |
0 : 0 |
POLSHA |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
01. Manuel Noyer 03. Yonas Hektor 04. Benedikt Hyovedes 05. Mats Hummels 06. Sami Xedira 08. Mesut O‘zil 11. Yulian Draksler 13. Tomas Myuller 17. Jerom Boateng 18. Toni Kroos 19. Mario Gyotse |
22.Lukash Fabianski 02.Mixal Pazdan 03.Artur Yenjeychik 05.Kjishtof Monchinski 07.Arkadiush Milik 09.Robert Levandovski 10.Gjegoj Krixovyak 11.Kamil Grosiski 15.Kamil Glik 16.Yakub Blashchikovski 20.Lukash Pishchek |
|
| ZAHIRA | ||
|
02. Shkodran Mustafi 07. Bastian Shvaynshtayger (C) 09. Andre Shyurrle 10. Lukas Podolski 12. Bernd Leno 14. Emre Jan 15. Yulian Vaygl 16. Antonio Ryudiger 20. Leroy Sane 21. Joshua Kimmix 22. Mark-Andre ter Shtegen 23. Mario Gomes |
01.Voysex Shchensni 04.Tiago Sionek 06.Tomash Yodloves 08.Karol Linetti 12.Artur Borus 13.Mariush Stempinskiy 14.Yakub Vavjinyak 17.Slavomir Peshko 18.Bartosh Salamon 19.Pyotr Zelinskiy 21.Bartosh Kapustka 23.Filip Starjinski |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Sami Xedira (3)
Mesut O‘zil (34) Jerom Boateng (68) |
Kjishtof Monchinski (45)
Kamil Grosiski (56) |
|
Matn
| 90+3' | ![]() |
O‘yin tugadi. Uchrashuvda hisob ochilmadi. E’tiboringiz uchun raxmat! |
| 90+2' | ![]() |
Shyurrle to‘pni jarima maydoniga yetkazdi, Gomes to‘pga tayinli zarba berolmadi |
| 90+1' | ![]() |
Germaniya hujumda, Polsha to‘pni raqib maydoniga tepib yubormoqda |
| 90' | ![]() |
3 daqiqa qo‘shib berildi |
| 89' | ![]() |
Milik to‘pni jarima maydoniga oshirganida, yon hakam ofsaydni qayd etdi |
| 88' | ![]() |
Polsha chap qanotda yana bir jarima zarbasi ishlab oldi. |
| 87' | ![]() |
Polshada o‘zgarish. Grosiski o‘rniga Peshko maydonga tushdi |
| 87' | ![]() |
Polshaning hujumi zarbagacha yetib bormadi |
| 86' | ![]() |
Hyovedes!!! Ajoyib kombinasiyadan so‘ng darvozabon bilan yuzma-yuz chiqqandi, himoyachilar uning zarbasini to‘sib qolishdi |
| 85' | ![]() |
Grosiskining kuchli zarbasi juda noaniq ketdi |
| 84' | ![]() |
Polsha chap qanotdan jarima zarbasi ishlab oldi |
| 83' | ![]() |
To‘p Polsha terma jamoasi maydonidan chiqmayapti, lekin xavfli vaziyatlar yo‘q |
| 82' | ![]() |
Shyurlle chap qanotdan jarima maydoniga yorib kirdi, biroq himoyachilar qarshiligiga duch keldi |
| 81' | ![]() |
Blashchikovski o‘rniga Kapustka maydonga tushdi |
| 80' | So‘nggi daqiqalar boshlanmoqda. Hali bu chempionatda golsiz o‘yinlar bo‘lgani yo‘q | |
| 79' | ![]() |
Myuller jarima maydoni ichida noqulay vaziyatdan zarba yo‘lladi. Kuchsiz zarbadan so‘ng to‘pni darvozabon ushlab oldi |
| 78' | ![]() |
Germaniya hujumi zarbagacha yetib bormadi |
| 76' | ![]() |
Monchinski o‘rniga Yodloves maydonga tushdi |
| 74' | ![]() |
Germaniyaning burchak zarbasi yaxshi amalga oshirilmadi. To‘p polyaklarda |
| 73' | ![]() |
Kroos uzoq masofadan zarba yo‘llab, darvozabonning hushyorligini sinab ko‘rdi. Hushyor! |
| 72' | ![]() |
Draksler o‘rniga Gomes maydonga tushdi |
| 71' | ![]() |
Shyurrle chap qanotdan jarima maydoniga kirib zarba yo‘lladi. Kuchsiz zarbani darvozabon ushlab oldi |
| 70' | ![]() |
O‘zil jarima maydoni chizig‘idan zarba yo‘llagan edi. Fabianski qaytara oldi! |
| 69' | ![]() |
Milik!!! Grosiski chap qanotdan to‘pni jarima maydoniga yetkazib berganida, Milik to‘pga zarba berolmadi. Toyib yiqilib tushdi! |
| 68' | ![]() |
Boateng maydon markazida raqib hujumini qoidabuzarlik bilan to‘xtatib qoldi. Ogohlantirildi! |
| 67' | ![]() |
Germaniyada o‘zgarish. Gyotse o‘rniga Shyurrle maydonga tushdi |
| 66' | ![]() |
Kroos uzoqdan zarba yo‘lladi, juda noaniq |
| 65' | ![]() |
O‘yin tempi biroz tushdi, to‘p maydon markazida |
| 62' | ![]() |
Germaniya hujumi. Polsha himoyada e’tiborli o‘ynayapti. Oldinga o‘tishning iloji yo‘q |
| 60' | ![]() |
Polsha ushbu daqiqalarda faol o‘ynamoqda |
| 59' | ![]() |
Levandovski Noyer bilan yakkama-yakka chiqib, zarba yo‘llamoqchi bo‘lganida, Boateng to‘p yo‘lini to‘sib qoldi |
| 58' | ![]() |
Milik chamasi 26 metrdan jarima zarbasini amalga oshirdi. Uning zarbasidan so‘ng darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi |
| 57' | ![]() |
Polshaning hujumi. Krixovyakka nisbatan qo‘pollik qilindi. Jarima zarbasi |
| 56' | ![]() |
Grosiski maydon markazida qoida buzdi. Ogohlantirildi! |
| 55' | ![]() |
Polshaning burchak zarbasi. Himoyachilar to‘pni qaytarishdi |
| 53' | ![]() |
O‘zil ikki himoyachini aldab o‘tib, zarba yo‘llamoqchi edi. Uchinchi himoyachi undan to‘pni olib qo‘ydi |
| 51' | ![]() |
Milik Noyer bilan yakkama-yakka chiqayotgan edi, Xummels ajoyib tarzda to‘pni olib qo‘ydi |
| 50' | ![]() |
Polsha chap qanotdan hujum qilmoqda. To‘p raqibga oldirib qo‘yildi |
| 49' | ![]() |
Germaniya hujumni zarba bilan yakunlay olmadi |
| 48' | Yomonmas! Jamoalar juda faol boshlashdi! | |
| 47' | ![]() |
Gyotse!!! O‘ng qanotdan jarima maydoniga yolg‘iz kirib keldi va zarba yo‘llaganida darvozabon qaytardi! |
| 46' | ![]() |
Juda xavfli!!! Milik!!! O‘ng qanotdan oshirilgan to‘pni yaqin masofadan darvozaga yo‘llay olmadi! Unga hech kim halal bermayotgandi! |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| 45' | ![]() |
1-bo‘lim tugadi. Hozircha 0:0 |
| 45' | ![]() |
Monchinski maydon markazida qoida buzdi va ogohlantirildi |
| 44' | ![]() |
Xedira uzoq masofadan zarba yo‘lladi, yana noaniq |
| 44' | ![]() |
So‘nggi daqiqalar. Zerikib ketgan Noyer to‘p bilan oldinga ham chiqib oldi |
| 43' | ![]() |
Milik darvozabon bilan birga-bir chiqishi mumkin edi. Ofsayd! |
| 42' | ![]() |
Vaziyat o‘zgarmadi. O‘yin maydon markazida kechmoqda |
| 38' | ![]() |
Myuller zarba berish uchun yaxshi vaziyatga chiqqan edi. Biroq ofsayd |
| 37' | ![]() |
Kroos uzoq masfadan zarba yo‘lladi. Polsha himoyachilari to‘pni qaytarishdi |
| 36' | ![]() |
Hyovedes to‘pni jarima maydoniga yetkazganida yon hakam ofsaydni qayd etdi |
| 35' | ![]() |
To‘pga egalik qilish bo‘yicha ustunlik nemislarda - 68% - 32% |
| 34' | ![]() |
Mesut O‘zil maydon markazida qoida buzdi. Sariq kartochka! |
| 33' | ![]() |
Polshaning hujumi zarbagacha yetib bormadi. Levandovski yaxshi qo‘riqlanmoqda |
| 32' | ![]() |
Draksler uzoqdan zarba yo‘lladi. To‘p himoyachiga tegib qaytdi |
| 31' | ![]() |
Germaniya hujumi chap qanotda to‘xtatib qolindi |
| 29' | So‘nggi daqiqalarda Polsha faol o‘ynadi. Lekin hozir o‘yin yana maydon markaziga ko‘chdi | |
| 28' | ![]() |
Polsha burchak zarbasini amalga oshirdi. Nemis himoyachilari zarba yo‘llashga imkon berishmadi |
| 27' | ![]() |
Myuller jarima maydoni chizig‘idan zarba yo‘llashga urinib ko‘rdi, himoyachilar yo‘l qo‘yishmadi |
| 26' | ![]() |
Polsha to‘p bilan. Biroq hujum qilish qiyin. Nemislar himoyada yaxshi o‘ynashmoqda |
| 25' | Jamoalar hozircha bexato o‘ynashmoqda. Xavfli vaziyatlar deyarli yo‘q | |
| 24' | ![]() |
Germaniya chap qanotdan hujum uyushtirdi, himoyachi to‘pni egallab oldi |
| 23' | ![]() |
Polsha biroz jonlangandek. Jamoa dadil hujumga o‘tmoqda |
| 22' | ![]() |
Levandovski uzoq masofadan zarba yo‘llashga urinib ko‘rdi. Uning zarbasini himoyachilar to‘sib qolishdi |
| 21' | ![]() |
Myuller yana bir marta to‘pni noaniq oshirdi. To‘p maydon tashqarisiga chiqib ketdi |
| 20' | ![]() |
O‘yin maydon markaziga ko‘chdi, temp yuqori emas |
| 19' | ![]() |
Polshaning kam sonli hujumlaridan biri zarbagacha yetib bormadi. Germaniya yaxshi himoyalanmoqda |
| 18' | ![]() |
Kroos amalga oshirgan burchak zarbasidan so‘ng, to‘pni darvozabon ushlab oldi |
| 17' | ![]() |
Juda xavfli!!! Myuller chap qanotdan to‘pni jarima maydoniga yetkazganida, Kroos yaqin masofadan darvoza tomon kuchli zarba yo‘lladi. To‘p sal noaniq ketdi |
| 16' | ![]() |
Germaniya burchak zarbasini yaxshi amalga oshira olmadi. To‘p bilan polyaklar |
| 15' | ![]() |
Levandovski himoyachidan to‘pni olib qo‘yib darvozabon bilan yuzma-yuz chiqishi mumkin edi. Ammo unga tezlik yetishmadi |
| 14' | ![]() |
To‘p bilan Germaniya. Oldinga o‘tish juda mushkul. Polsha himoyada zich o‘ynamoqda |
| 13' | ![]() |
O‘yin surati past. Jamoalar ehtiyotkorona o‘ynashmoqda |
| 12' | ![]() |
Xedira uzoq masofadan darvozani o‘qqa tutdi. To‘p juda noaniq ketdi |
| 11' | ![]() |
Levandovski darvozabon bilan yakkama-yakka chiqishi mumkin edi. Biroq ofsayd! |
| 10' | ![]() |
To‘p jarima maydoniga yetkazilganda, o‘ng qanotdan kirib kelgan Hyovedes boshi bilan zarba yo‘lladi. Kuchsiz zarbadan so‘ng to‘pni darvozabon ushlab oldi |
| 9' | ![]() |
Polshaning hujumi bu safar ham to‘p oldirib qo‘yish bilan yakunlandi |
| 8' | ![]() |
Myuller to‘pni oldinga, Drakslerga yetkazib bermoqchi edi. Juda noaniq pas |
| 7' | ![]() |
Polshaning ilk hujumi zarbagacha yetib bormadi |
| 6' | ![]() |
Hektor uzoq masofadan zarba yo‘lladi. Xedira to‘p yo‘nalishini o‘zgartirmmoqchi edi, ulgurmadi. To‘p maydon tashqarisiga chiqib ketdi |
| 5' | ![]() |
Tashabbus nemislarda, ular raqibga to‘pni berishmayapti |
| 4' | ![]() |
Xavfli vaziyat!!! Chap qanotdan jarima maydoniga oshirilgan to‘pni Mario Gyotse boshi bilan darvoza tomon yo‘lladi. Juda noaniq |
| 3' | ![]() |
Xedira maydon markazida qoida buzdi. Ogohlantirish! |
| 2' | ![]() |
Germaniya maydon markazida to‘pni ushlab turibdi |
| 1' | ![]() |
Germaniya hujumda qoida buzdi. To‘p polyaklarda |
| 0' | ![]() |
O‘yin boshlandi |
| ' | Germaniya o‘yinni maydon markazidan boshlaydi | |
| ' | Polsha va Germaniya madhiyalari yangramoqda | |
| ' | Futbolchilar maydonga tushib kelishmoqda | |
| ' | O‘yinni gollandiyalik hakam Byorn Kuypers boshqarib boradi | |
| ' | Sizlarni Sen-Deni shaharchasiga taklif etamiz. Bir necha daqiqalardan so‘ng "Fransiya" stadionida Germaniya va Polsha terma jamoalari kuch sinashadilar. | |
| ' | Assalomu alaykum muhtaram futbol muxlislari! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|