Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Evropa chempionati

«E» guruhi, 2-tur. 17 iyun, soat 18:00. Bosh hakam: Viktor Kashshai (Vengriya)

ITALIYa

Eder (88)

1 : 0

SHVESIYa

JAMOALAR TARKIBI
01.Janluijji Buffon
03.Jorjio Kyellini
15.Andrea Bardzali
19.Leonardo Bonuchchi
08.Alessandro Florensi
06.Antonio Kandreva
16.Daniyele de Rossi
18.Marko Parolo
23.Emanuele Jakkerini
09.Grasiano Pelle
17.Eder
  01.Andreas Isaksson
14.Viktor Lindelyof
05.Martin Olsson
03.Erik Yuxansson
04.Andreas Grankvist
07.Sebastian Larsson
08.Albin Ekdal
09.Kim Chelstryom
06.Emil Forsberg
20.Yon Gvidetti
10.Zlatan Ibrahimovich
ZAHIRA
02.Mattia de Shilyo
04.Matteo Darmian
05.Anjelo Ogbonna
07.Simone Zaza
08.Alessandro Florensi
10.Tiago Motta
11.Chiro Immobile
12.Salvatore Sirigu
13.Federiko Marketti
14.Stefano Sturaro
20.Lorenso InsinYE
21.Federiko Bernardeski
22.Stefan El-Shaaravi
  02.Mikael Lustig
11.Markus Berg
12.Robin Olsen
13.Pontus Yansson
15.Oskar Hilyemark
16.Pontus Vernblum
17.Lyudvig Augustinsson
18.Oskar Leviski
19.Emir Kuyovich
21.Jimmi Durmaz
22.Erkan Zengin
23.Patrik Karlgren

Matn

90+5'
O‘yin tugadi. Italiya 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. E’tiboringiz uchun raxmat!
90+4'
Shvesiyaning so‘nggi hujumi zarbagacha yetib bormadi
90+3'
Ollson qo‘pol o‘ynadi, u ham ogohlantirish oldi
90+3'
Buffon vaqtni cho‘zgani uchun ogohlantirildi
90+2'
Shvesiya o‘yinni qutqarib qolish ilinjida oldinga o‘tmoqda, biroq Italiya yaxshi hmoyalanmoqda
90'
3 daqiqa qo‘shib berildi
88'
To‘pni egallab olgan Eder jarima maydoniga dadil kirib bordi va aniq zarba bilan darvozani ishg‘ol etdi!
88'
GOOOL!!! Eder!!! Italiya!!!
85'
Shvedlarda o‘zgarish: Gvidetti o‘rniga Markus Berg tushdi
85'
Shvesiya burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Grankvist bosh bilan yo‘llagan zarba noaniq bo‘ldi
82'
VVUUUUUUH! O‘yindagi eng xavfli vaziyat! Jakkerini jarima maydonchasi burchagidan uzatma berdi. Olis ustun yaqinida Parolo bosh bilan zarba berdi. To‘p to‘singa tegib, yuqoriga ko‘tarilib ketdi
80'
Durmaz jarima maydonchasi chizig‘i ustidan zarba berdi. Muvaffqiyatsiz
79'
Shvesiyada birdaniga ikkita o‘zgarish: Forsberg o‘rniga Eimmi Durmaz, Ekdal o‘rniga Oskar Leviski tushdi. Shvesiya murabbiyi tavakkal qilmoqchi shekilli
75'
Gvidetti tovoni bilan jarima maydonchasiga uzatma berdi. Forsberg bu to‘pga yeta olmadi
74'
De Rossi o‘rniga Tiago Motta tushdi
72'
VUUUUUUUH! Chap qanotdan yetkazilgan uzatma himoyachilar va darvozabondan o‘tib ketdi. Ibrahimovich 2 metrdan bo‘sh darvozaga to‘pni joylay olmadi. To‘p tikka yuqoriga ko‘tarilib ketdi. Gol bo‘lganda ham inobatga olinmasdi. Sababi, Ibra biroz ofsaydda qolgan ekan. Shunga qaramay, bunday vaziyatlarda, ofsayda bo‘lsa ham gol urish kerak!
71'
O‘yinning 70 daqiqasi ortda qoldi. Hozircha pichoqqa ilinadigan birorta vaziyat yaratilmadi. Italiya futboli deyishadi buning nomini
69'
Daniyele de Rossi sariq kartochka oldi
66'
Italiya burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Darvozabon egalladi
65'
Ibra ofsaydda!
64'
Vuuuh! Kyellinining uzatmasidan keyin Florensi o‘ng qanotdan oldinga o‘tdi va olis ustun tomonga uzatma berdi. Narigi qanotdan Kandreva yetib keldi va to‘pni darvozabon maydonchasiga yetkazdi. Isaksson to‘pni egallab oldi
62'
Florensi jarima maydonchasiga kirib kelayotgan Jakkeriniga uzatma berdi. Chelstryom undan to‘pni toza olib qo‘ydi
60'
Italiyada o‘zgarish: Grasiano Pelle o‘rniga Simone Zaza tushdi
59'
Parolo jarima maydonchasida darvozabonga nisbatan chaqqonroq harakat qilib, to‘pni egalladi, ammo to‘pni maydonda olib qola olmadi
56'
Kandreva o‘ng qanotdan uzatma berdi. Isaksson to‘pni egalladi. Eder to‘pga ulgurmadi
54'
Lendyolfning bu galgi uzatmasini Kandreva bosh bilan o‘z darvozaboniga yetkazib berdi
54'
Shvedlar faollikni oshirishmoqda. Lendyolf o‘ng qanotdan uzatma berishni qoyillatmadi
51'
Burchakdan yetkazilgan uzatmani Isaksson egallab oldi
50'
Italiya bo‘limni faol boshlshadi. Florensi chap qanotdan uzatma berdi. Grankvist to‘pni qaytardi. Burchak to‘pi
49'
Ederning uzatmasidan keyin Pelle jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qildi va 14 metrlardan zarba berdi. Noaniq
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
45'
Kashshai birinchi bo‘limga hech narsa qo‘shmadi. Tanaffus. Tabloda nollar
45'
Larsson o‘ng qanotdan aniq uzatma bera olmadi.
43'
Burchakdan yetkazilgan uzatmaga Ibrahimovich bosh bilan zarba berishga harakat qildi. To‘p uning boshidan maydonni tark etdi
42'
Vuuuh! Chelstryom o‘ng qanotdan yetkazgan uzatmani Forsberg ko‘kragi bilan qaytardi. Uning yonida turgan Zlatan to‘pni o‘ziga bo‘ysundirishda biroz sustkashlikka yo‘l qo‘ydi. Kyellini to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
41'
Olis masofadan yetkazilgan uzatmani Larsson ko‘kragi bilan orqaroqdagi Gvidettiga qoldirdi. Yonning zarbasi ancha noaniq bo‘ldi
40'
Vuuuuh! Italiyalik futbolchi o‘ng qanotdan raqib darvozabon maydonchasiga xavfli uzatma berdi. Pellening oyog‘i to‘pga biroz yetmay qoldi. Darvozabon to‘pni urib yubordi
35'
O‘yin tempi yuqori emas
32'
Italiyalik futbolchi De Rossi ofsaydda qoldi
29'
Sariqlar pozision ustunlikka ega, ammo bu naf keltiradimi yo‘qmi, biror narsa deyish qiyin. Konte shogirdlari yaxshi himoyalanishmoqda.
28'
Chelstryom yuqoridan berilgan uzatmani Ibrahimovich darvozabon maydonchasi burchagidan bosh bilan darvoza tomon burdi. Ammo noaniq. Boz ustiga, ofsaydda qolgan ekan u
27'
De Rossi Zlatanni chaldi. Darvozagacha ancha olis - 35 metr
23'
Autdan uloqtirib berilgan to‘p uchun kurashda Grankvist qoida buzdi
22'
Shvedlar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Italyanlar ishonchli o‘ynashdi
20'
Isaksson to‘pni uzoqlashtirishda maydon markazidagi italiyalik futbolchiga berib qo‘ydi. Natijada moviy gvardiya xavfli huujm tashkil qildi. Shvedlar bir amallab xavfni bartaraf etishdi
18'
Chelstryom yuqoridan darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Buffonga sovg‘a bu uzatma
16'
Italiya 3 markaziy himoyachi va ikki qanot himoyachisi, jami besh himoyachi bilan o‘ynamoqda. Qanotdagilar hujumga qo‘shilib turishibdi, ammo 3 markaziy himoyachi doimiy ravishda ortda o‘ynamoqda
14'
Vuuuh! Shvedlar yon chiziqdan to‘pni raqib jarima maydonchasiga uloqtirib berishdi. Ibra to‘pni o‘tkazib yubordi, ammo Gvidetti to‘pni egallay olmadi. Takroriy hujum paytida Zlatan himoyachi bilan to‘p uchun kurash olib bordi va shvesiyalik futbolchilardan biri yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketdi. Ammo Kashshai hushtak chalib, o‘yinni to‘xtatdi. Ibrahimovich fol ishlatdi
12'
Italiya-ku tushunarli, ammo Shvesiya ham hozircha tavakkal qilishni istamayapti. Yopiq o‘yin va xavfli vaziyatlar mutlaqo yo‘q hozircha
10'
Pellening uzatmasidan keyin Florensi jarima maydonchasining chap tomonida uzatmani qabul qildi va darvoza tomon zarba berdi. To‘p himoyachilarning oyog‘ida o‘z kuchini yo‘qotdi va uni darvozabon egallab oldi
7'
Italyanlarning hujumi. Chap qanotdan yetkailgan uzatmani himoyachi qaytardi, o‘ng qanotdan uzatmani Isaksson egallab oldi
6'
Shvedlar olis masofadan jarima to‘pini o‘yinga kiritishdi. Ammo jarima maydonchasi yetkazilgan uzatma yuqoriga ko‘tarilmadi. Himoyachi uzatmani qaytardi
2'
Kandreva chap qanotdan uzatma berdi. Himoyachilar to‘pni qaytarishdi.Yana chapdan berilgan uzatma uchun kurashda Ibrahimovich Kyelliniga nisbatan fol ishlatdi
1'
Shvedlar to‘pni o‘yinga kiritib berishdi. Boshladik. Moviyranglilarga qarshi sariqlar!
'
Jamoalar sardorlari — buyuk futbolchilar Buffon va Ibrahimovich hakam bilan mini-qur’ada ishtirok etishdi
'
Har ikkala mamlakat futbolchilari o‘z madhiyalarini ijro etishdi
'
Dastlabki turda Italiya Belgiyani mag‘lub etgan bo‘lsa, Shvesiya Irlandiya bilan durang o‘ynagan. Shvedlar bugun ochko yo‘qotishga haqi yo‘q. Umuman olganda, "E" guruhi musobaqadagi eng murakkab guruhlardan biri
'
Italiya va Shvesiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin boshlanishiga 10 daqiqa qoldi. Metin himoyaga nisbatan Ibrahimovich! Zlatanga oson bo‘lmaydi.
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! Yevropa chempionatida 2-tur o‘yinlari davom etmoqda. Bugungi dasturdan "D" va "E" guruhi vakillari o‘rtasidagi o‘yinlar o‘rin olgan
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.