Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Angliya Premyer-ligasi, 25-tur.

8 dekabr, soat 17:30

LIVERPUL

Shkrtel (1, 10)
Sterling (16, 52)
Starrij (20)

5 : 1

ARSENAL

Arteta (69-penalti)
JAMOALAR TARKIBI
22.Simon Minyole (G)
38.Jon Flenagan
20.Ali Sissoko
04.Kolo Ture
37.Martin Shkrtel
14.Jordan Xenderson
31.Rahim Sterling
10.Filippe Koutinyo
08.Stiven Jerrard
15.Daniel Starrij
07.Luis Suares
  01.Voysex Shesni (G)
03.Bakari Sanya
04.Per Mertezaker
06.Loran Koselni
17.Nacho Monreal
11.Mesut O‘zil
10.Jek Uilshir
08.Mikel Arteta
15.Aleks
19.Santi Kasorla
12.Olivye Jiru

Matn

90+3'
O‘yin tugadi. Daxshatli g‘alaba!
90'
O‘yinga uch daqiqa qo‘shib berildi.
86'
!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!Sterling yana bitta gol urishi mumkin edi. Maydon markazida to‘pni egallab olgan Rahim jarima maydonchasigacha yorib bordi. Uning zarbasini darvozabon qaytardi
84'
Ikkinchi sardor maydonni tark etdi. Suares o‘rniga Aspas maydonga tushdi.
82'
Suaresning juda ham gol urgisi kelmoqda. Endi chap qanotdan qator futbolchilarni aldab o‘tib o‘nmg qanotgacha keldi. Unga zarba berishga qo‘yishmadi.
80'
«Liverpul» 5:1 hisobida g‘alaba qozonmoqda, lekin futbolchilar hamon jonlarini berib o‘ynashmoqda. Xendo to‘pni maydonda saqlash uchun katta tezlik bilan bordi va o‘zinini to‘xtata olmadi. Mana sizga fidoiylik. Xendo maydon tashqarisidagi temirga borib urildi. Uning nafasi qaytib qoldi.
78'
«Arsenal» bugun Sananing qanotidan deyarli hujum uyushtirmayapti. Hamma hujumlar chap qanotdan. Bu galgi hujumdan keyin to‘p maydonni tar etdi. Burchak zarbasi esa samarasiz bo‘ldi.
76'
Sardorlik bog‘ichi Suaresga o‘tdi.
75'
Jerrard o‘rniga Ibaye naydonga tushdi.
73'
!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!! «Liverpul». Suares maydon markazidan to‘p bilan oldinga bordi. U to‘pni Xendoga yetkazib berdi. Jordan jarima maydonchasiga kirdi, lekin zarba berishga qo‘yishmadi. Keyin to‘pni Koutinyoga tashlab berishga majbur bo‘ldi. Braziliyalik futbolchining ajoyib zarbasidan keyin Shchesni o‘zini ko‘rsatdi.
71'
!!!!!!!!!!!!!!!!! «Arsenal» juda yaxshi hujum uyushtirdi. Tika Tika usulidagi hujumdan keyin Uilsherni yiqitishdi. Jarimani Arteta juda chiroyli amalga oshirdi. Minyole o‘z o‘rnida.
69'
«Arsenal» nihoyat gol urdi. Oksland Chemberlen jarima maydonchasiga kirib bordi, lekin bu yerda uni to‘xtatib qolishdi. Belgilangan 100 foizlik penaltini Arteta aniq amalga oshirdi.
67'
Goooooooooool.
65'
Koutinyo himoyadan to‘oni egallab oldi va raqiblarni ko‘z yumib aldadi va taxminan 70 metrlarga to‘pni Allenga aniq tashlab berdi. Hozirgina maydonga tushgan Jo to‘pni darboza ustidan tashlab qo‘ymoqchi bo‘ldi, lekin bu yerda unga aniqlik yetishmadi.
63'
Starridj o‘rniga maydonga Jo Allen maydonga tushdi.
61'
Yana bir fol. «Arsenal» futbolchilarining asablari dosh bermayapti. Sterlingni 30 metrlarda yiqitishdi. Suares jarimani daxshatli tarzda amalga oshirdi. Bu yerda Shchesni aniq o‘ynadi va to‘qqizlikdan to‘pni qaytardi.
59'
Jiru o‘rniga Podolski, O‘zil o‘rniga Rosiski, Nacho o‘rniga Gibs tushdi. Uchtalik zaxira.
57'
«Arsenal» navbatdagi hujumni amalga oshirdi. Chemberlen 25 metrlardan zaba berdi. Zarba aniq, lekin juda kuchsiz chiqdi.
55'
!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!! «Liverpul» oltinchi golni urishi mumkin edi. Suaresni qanotga yaqin joyda Mertazaker qo‘pollik bilan to‘xtatib qoldi. Jarimani uning o‘zi amalga oshirdi. Sterling yana faol o‘ynadi va chiziqqa yaqin joydan zarba berdi. Hakam ofsaydni qayt etdi.
53'
Yana xato. «Liverpul» maydin markazida to‘pni egallab oldi va yarim himoyachilardan biri to‘pni Sterlingga yetkazib berdi. Rahim darvozabon bilan birga-bir chiqdi. Birinchi zarbada darvozabon qaytardi, qayta zarba esa gol bilan yakunlandi Sterling.!
52'
Gooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooll
50'
Xenderson endi hujumda. Xendo raqib jarima maydoniga yaqin joyda yakkakurashda qulatildi. Bu holatda Arteta nohaq edi. Belgilangan jarimani Suares amalga oshirdi. Turening bosh bilan bergan zarbasi esa noaniq bo‘ldi.
48'
Ikkinchi bo‘limni «Arsenal» kutulganiday faol boshladi. Jek Uilsher markazdan oldinga borayotgan edi, Xenderson uni qo‘pollik bilan to‘xtatdi. Sariq kartochka.
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi.
45+3'
Birinchi bo‘lim tugadi.
45'
Birinchi bo‘limga uch daqiqa qo‘shib berildi.
41'
«Arsenal» uzoq hujum uyushtirdi. Ular nimanidir kutishmoqda. «Liverpul» qiyinchiliksiz to‘pni egallab oldi.
38'
Maydon markaziga yaqin joyda Nacho Monreal jarohat olib yotibdi. U nimagadi oqsoqlanmoqda. Shifokorlar yordamida maydonni tark etdi.
36'
«Arsenal» qarshi hujumda yaxshi imkoniyatga ega bo‘lgan edi. Jeki maydon markazida to‘pni egallab oldi va oldinga bordi. Qanotda turgan O‘zil to‘pni qabul qilib oldi va to‘pni oldirib qo‘ydi.
34'
O‘tgan o‘yinda maydon markazida o‘ynab xatoga yo‘l qo‘ygan Habib Kolo Ture bugun qanotda o‘ynamoqda va uning o‘yinlari ancha ishonchli. «Liverpul» o‘z tomonida to‘pni nazorat qilmoqda. «Arsenal» futbolchilari tanaffusni kutishmoqda. Bu aniq. Jamoani tabaffus va Arsen Venger qutqarishi mumkin.
32'
«Liverpul» enidgina tinchlandi va «Arsenal» hujumga o‘tmoqda.
30'
Bugun maydon mazkazida «Liverpul» juda zo‘r o‘ynamoqda. Koutino qanotdan oldinga borgan Starridjga yetkazib berdi. Deni esa to‘pni jarima maydonig yetkazmoqchi edi. Bu vazuyatda darvozabon aniq o‘ynadi.
28'
Angliyada texnik muammolar bo‘ldi va translyasiya uzilib qoldi. Demak davom etamiz. 28-daqiqa. Hisob 4:0.
22'
«Liverpul» 20 daqiqada 4ta gol urdi. Maydon markazida Koutinyo ajoyib pas bilan Starridjni darvozabon bilan duelga yubordi. Hujumchi esa qiyinchiliksiz Shchesninini xafa qildi. 4:0.
20'
Goooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooool. Starridj.
18'
Yana «Liverpul»!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!Maydon markazida O‘zil to‘pni oldirib qo‘ydi. Jerrard maydon markazini o‘zi bosib o‘tdi va to‘pni qanotdagi Suaresga yetkazib berdi. Luis juda ajoyib pas bilan Sterlingni qulay vaziyatga olib chiqdi va 3:0.
16'
Goooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooool
14'
«Liverpul» bu kecha «Arsenal»ni yanchib tashlamoqda. Do‘stlar bu futbolni ko‘rib aqldan ozish hech gap emas. Daxshatli futbol. Bugungi kunda Yevropadagi hech qaysi jamoa bu qadar chiroyli, hujumkor o‘yin ko‘rsata olmaydi. «Liverpul» shonli tarixga munosib o‘ynamoqda.
12'
!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!! Nimalar bo‘lmoqda??????????? Jerrardning navbatdagi to‘p uzatishidan keyin Suares 25 metrlardan fantastik zarba yo‘lladi. To‘p darvoza ustuniga tegib qaytdi. Qaytgan to‘pni Ture bo‘sh darvozaga yo‘lay olmadi.
10'
Bugun Shkrtelning kuni desam sizni aldamagan bo‘laman. «Liverpul» burchakdan to‘p tepdi. Stivi Jining to‘o uzatishidan keyin hammadan baland sakragan Shkrtel ikkinchi golini urdi. Markaziy himoyachi SHKRTEL!!!!!!!
9'
Goooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooollllll
8'
Bugun Jek Uilsher «Arsenal» safiga qaytgan va bu jamoa o‘yininini kuchaytirmay qolmayapti. Hujumlardan birida Jeki to‘pni darvoza yaqiniga uzatdi. Bu yerda Minyole himoyachilar bilan bir-birlarini tushunishmadi va darvozabonning to‘pni urib yuborganidan keyin u himoyachiga «Arsenal» futbolchisiga tushib qoldi. Bu yerda Shkrtel jamoa joniga oro kirdi.
6'
Qarshi hujumda «Arsenal»ga aniqlik yetishmadi. Jamoa maydon markazini tezlikda bosib o‘tdi. Hujumga berilgan «Liverpul» himoyachilari ortga qaytishgga kech qolishdi. Bu vaziyatda Jiruni ikkita himoyachi ta’qib qildi va to‘pni olib qo‘yishdi.
4'
Goldan hech qancha vaqt o‘tmasdan yana «Liverpul» hujumga o‘tdi. Bu gal ham Jerrard yaxshi o‘ynadi va to‘pni Starridjga uzatdi. Qanotdan oldinga borgan Denining zarbasi noaniq bo‘ldi.
2'
O‘yinning birinchi daqiqasidayoq hisob ochildi. «Liverpul»ning chap qanotdan hujum uyishtirdi. Bu yerda «Arsenal» qoida buzdi va belgilangan jarimani Jerrard amalga oshirdi. Jarima maydonchasida hammadan aniq o‘ynagan Martin Shkrtel to‘pni darvozaga yo‘lladi 1:0.
1'
Goooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooool
1'
O‘yin boshlandi.
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari. Sizlarni «Liverpul» hamda «Arsenal» jamoalari o‘rtasidagi o‘yinni onlayn kuzatishga taklif etamiz.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.