Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Evropa chempionati

«D» guruhi, 2-tur. 17 iyun, soat 23:59. Bosh hakam: Bosh hakam: Milorad Majich (Serbiya)

ISPANIYa

Alvaro Morata (34, 48)
Nolito (37)

3 : 0

TURKIYa

JAMOALAR TARKIBI
12.David De Xea
03.Jerar Pike
05.Serxio Buskets
06.Andres Inyesta
07.Alvaro Morata
10.Sesk Fabregas
15.Serxio Ramos
16.Xuanfran
18.Xordi Alba
21.David Silva
22.Nolito
  01.Vulqon Bobojon
03.Hoqon Bolta
06.Hoqon Cholhono‘g‘li
07.Go‘khon Go‘nul
08.Seljuq Inon
10.Arda Turon
14.O‘g‘uzhon O‘zyoqub
15.Mehmet Topal
16.O‘zon Tufon
17.Buroq Yilmaz
18.Janer Erkin
ZAHIRA
01.Iker Kasilyas
02.Sesar Aspilikueta
04.Mark Bartra
08.Koke
09.Lukas Vaskes
11.Pedro
13.Ektor Belyerin
14.Tyago Alkantara
17.Mikel San Xose
19.Bruno Soriano
20.Aris Aduris
23.Serxio Riko
  02.Semih Qaya
04.Ahmad Yilmaz Chalik
05.Nuri Shahin
09.Jenk To‘sun
11.O‘ljoy Shahan
12.O‘nur Qivroq
13.Ismoil Ko‘yboshi
19.Yunus Molli
20.Vulqon Shen
21.Emre Mo‘r
22.Shener O‘zbayroqli
23.Horun Tekin
SARIQ KARTOCHKA
Serxio Ramos (1)
 
Burak Yilmaz (9)
O‘zon Tufon (41)

Matn

90+2'
O‘yin tugadi. Ispaniya yirik hisobda g‘alaba qozondi. E’tiboringiz uchun rahmat!
90'
2 daqiqa qo‘shib berildi
90'
Bruno uzoqdan zarba yo‘lladi, juda noaniq
88'
Shahan darvozabon bilan yakkama-yakka chiqqanida, unga zarba yo‘llashga imkon berishmadi. Aspilikuyeta to‘p yo‘liga g‘ov bo‘ldi
87'
Turkiyaning jarima zarbasi. Erkin to‘pni jarima maydoniga yetkazdi, himoyachilar osonlik bilan qaytarishdi
84'
Turklar juda bo‘lmasa bir gol urishmoqchi, ammo oldinga o‘tishning iloji yo‘q, himoyachilar yo‘l berishmayapti
82'
Turkiyaning burchak zarbasi yaxshi amalga oshirilmadi. Uni o‘yinga kiritishda turklar xatoga yo‘l qo‘yishdi
81'
Ispaniyada o‘zgarish. Alba o‘rniga Aspilikuyeta maydonga tushdi
80'
Turkiya hujumda, biroq ispaniyalik himoyachilar juda yaxshi harakat qilib to‘pni egallab olishdi
79'
Ispaniyalik muxlislar xursand, ular baralla qo‘shiq kuylashmoqda
78'
Inyesta ajoyib to‘p oshirish orqali Xuanfranni darvozabon bilan yuzma-yuz chiqarmoqchi edi. Xuanfran to‘pga yetolmay qoldi
77'
Turkiya hujumda, Erkin to‘pni chap qanotdan jarima maydoniga yo‘lladi. To‘p himoyachilarga tegib qaytdi, qaytgan to‘pga Molli zarba berganida, to‘p juda noaniq ketdi
75'
Turkiyaning hujumi. Molli chap qanotdan to‘pni jarima maydoniga oshirdi, to‘pga hech kim yetib kela olmadi
74'
O‘yin taqdiri hal bo‘lganini jamoalar yaxshi tushunib turishibdi. Balki keyingi tur uchun kuchlarni ayashmoqchidir?
73'
O‘yin surati yana pasaydi. Kurash asosan maydon markazida
72'
Ispaniya ishonchli tarzda to‘pni ushlab turibdi
70'
Ispaniyada Fabregas o‘rniga Koke maydonga tushdi
70'
Turkiyada o‘zgarish. Inon o‘rniga Yunus Molli maydonga tushdi
68'
Bruno uzoq masofadan aniq zarba yo‘llagan edi. Bobojon qiyinchilik bilan qaytardi
67'
Turkiya tashabbusni qo‘lga olishga urinmoqda
66'
Turkiyaning hujumi ofsayd bilan yakunlandi
65'
Ramos 30 metrdan belgilangan jarima zarbasidan to‘pni darvoza tomon yo‘lladi. To‘p jonli devorga tegib qaytdi
64'
Ispaniyada o‘zgarish. David Silva o‘rniga Bruno Soriano maydonga tushdi
63'
Turkiyada o‘zgarish. O‘zyoqub o‘rniga maydonga O‘ljoy Shahan tushdi
63'
Tashabbus yana Ispaniyaga qaytdi
61'
David Silva jarima maydoni ichida zarba yo‘llashga muvaffaq bo‘ldi. To‘p noaniq ketdi
60'
O‘yin surati yana pasaydi, ispaniya maydon markazida to‘pni xotirjam ushlab turmoqda
58'
Ispaniyaning hujumi zarbagacha yetib bormadi, turklar to‘pni egallab olishdi
57'
Turklarning hujumi zarbagacha yetib bormadi. De Xea hali rosmana to‘p qaytargani yo‘q
56'
Ispaniya yana hujumda, ular turklarni shashtini pasaytirmoqchi
55'
Turkiya jarima zarbasini amalga oshirdi. Seljuq to‘pni chap qanotdan jarima maydoniga yetkazdi, himoyachilar qaytara olishdi
54'
Turkiya hujumda faol. Biroq ispaniyaliklar yaxshi himoyalanishmoqda
53'
Yana bir vaziyat! Yilmaz chap qanotdan jarima maydoniga kirib, qulay vaziyatda turgan jamoadoshiga to‘pni yetkazib bermoqchi edi. Himoyachilar to‘pni qaytarishdi
51'
Yilmaz!!! Birinchi xavfli vaziyat! U jarimamaydoni ichida himoyachini bir harakatda aldab o‘tib, uzoq burchakka zarba yo‘lladi. To‘p darvoza ustuni yonginasidan o‘tib ketdi
50'
Takroriy lavhada gol urilgan vaziyatda Alba o‘yindan tashqari holatda ekani ko‘rindi. Yon hakam xatoga yo‘l qo‘ydi.
48'
Inyesta to‘pni jarima maydoniga yetkazganida, Alba darvozabon bilan yakkama-yakka chiqdi va to‘pni o‘ng tomondan kirib kelgan Morataga yetkazdi. Alvaro uchun bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol etish qiyinchilik tug‘dirmadi
48'
GOOOL!!! Ispaniya!!! Morata!!!
47'
Turkiyaning hujumi, jarima maydoniga oshirilgan to‘pni himoyachilar qaytara olishdi
46'
Turkiyada o‘zgarish. Cholhono‘g‘li o‘rniga Nuri Shahin maydonga tushdi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
45+1'
Birinchi bo‘lim tugadi. Hozircha Ispaniya 2:0 hisobida oldinda
45'
1 daqiqa qo‘shib berildi
44'
Pike uzoq masofadan zarba yo‘llashga urinib ko‘rdi. Juda noaniq
44'
Turkiyaning hujumi zarbagacha yetib bormadi, himoyachilar to‘pni egallab olishdi
43'
Turklar biroz o‘ziga kelishgan shekilli, hujum qilishmoqda
41'
Ispaniya jarima zarbasini yaxshi amalga oshira olmadi. Himoyachilar to‘pni egallab olishdi
40'
Tufon jarima maydoni chizig‘ida Inyestani qo‘li bilan to‘xtatib qoldi. Ogohlantirildi!
40'
Ispaniyaning xavfli burchak zarbasi. To‘p jarima maydoniga yetkazilganda Ramosning boshi bilan bergan zarbasini himoyachilar to‘sib qolishdi
39'
Turkiya qisqa vaqt ichida ikkita gol o‘tkazib yubordi. Bunday zarbadan o‘nglanish oson bo‘lmaydi
37'
Fabregas to‘pni jarima maydoniga oshirganida, himoyachi Topal uni qaytarishda xatoga yo‘l qo‘yib, to‘ppa-to‘g‘ri Nolitoga tashlab berdi. Hujumchi esa yaqin masofadan darvozani osonlik bilan ishg‘ol qildi!
37'
GOOOL!!! Ispaniya!!! Nolito!!!
34'
Nolito chap qanotdan to‘pni jarima maydoniga yetkazganida, yolg‘iz o‘zi turgan Alvaro Morata baland sakrab, boshi bilan to‘pni darvozaga yo‘lladi!
34'
GOOOL!!! Ispaniya!!! Morata!!!
34'
Hammasi joyida, o‘yin davom etadi
33'
Pike maydon markazida o‘rnidan turolmayapti. Unga yordam ko‘rsatilmoqda.
32'
Nolito!!! Xuanfran o‘ng qanotdan jarima maydoniga kirib kelib, to‘pni sal orqaroqqa oshirganida, himoyachilar e’tiboridan chetda qolgan Nolito to‘pni aniq darvozaga yo‘llay olmadi!
31'
Turkiyaning xavfli hujumi. Yilmaz darvozabon bilan yakkama-yakka chiqqanida, De Xea yugurib chiqib, to‘pni qaytarib yubordi
30'
Xavfli hujum. Fabregas chiroyli to‘p oshirish orqali Nolitoni darvozabon bilan yuzma-yuz chiqargan edi. Hujumchi to‘pni egallab ololmadi
29'
Nolito!!! Chamasi 25 metr masofadan kuchli zarba yo‘llaganida, to‘p darvoza ustuni yonginasidan o‘tib ketdi
28'
O‘yin biroz tenglashdi. Turklar ham dadil hujumga o‘tishmoqda
27'
Cholhono‘g‘li 29 metr masofadan belgilangan jarima zarbasidan to‘pni darvozaga yo‘lladi. Juda noaniq
26'
Turkiyaning tezkor hujumida Xuanfran Turonni turtib yiqitdi. Xavfli jarima zarbasi
25'
Ispaniya hujumda qoida buzdi. Xavfli bo‘lishi mumkin edi. Nolito yakkama-yakka chiqmoqchi bo‘lib himoyachini turtib yubordi
24'
Chalhano‘g‘li uzoq masofadan zarba yo‘lladi. To‘p juda noaniq ketdi
23'
O‘yin tempi pasaydi. Kurash asosan maydon markazida kechmoqda
22'
Ofsayd navbati Ispaniyada. Xuanfran o‘ng qanotga oshirilgan to‘pni egallab olishda biroz shoshildi
21'
Turkiyaning xavfli qarshi hujumi. Arda Turon to‘pni oldinga yetkazganida yon hakami ofsaydni qayd etdi
20'
Tufon maydon markazida Inyestaga nisbatan qo‘pol o‘ynadi. Og‘zaki ogohlantirildi
19'
Morata o‘ng qanotda to‘pga o‘ralashib qoldi, natijada uni oldirib qo‘ydi
18'
ispaniya hujumda to‘pni yo‘qotib qo‘ydi. Kutilganidek turklar katta kuch bilan himoyalanishmoqda
17'
Turkiya to‘pni egallab turibdi, ular o‘yin tempini biroz tushirmoqchi
16'
Ispaniya burchak zarbasini amalga oshirdi. Juda yomon. To‘p maydon tashqarisiga chiqib ketdi
15'
Turkiyaning hujumi zarbagacha yetib bormadi
14'
Fabregas uzoq masofadan zarba yo‘lladi, to‘p himoyachilarga tegib qaytdi
13'
Turklar maydon markazidan o‘ta olishmayapti. Ispaniya to‘pni egallab olmoqda
12'
Pike!!! Burchakdan yo‘llangan to‘pga Pike boshi bilan zarba berdi. To‘p darvoza to‘sini ustidan o‘tib ketdi. Unga hech kim halal bermayotgan edi!
11'
Juda xavfli!!! Chap qanotdan jarima maydoniga oshirilgan to‘pni himoyachi o‘z darvozasiga kiritib qo‘yishiga sal qoldi! To‘p darvoza ustuniga tegdi
10'
To‘p bilan Ispaniya, turklar katta kuch bilan himoyada
9'
Yilmaz Busketsning yuziga urib yubordi. Ogohlantirish!
9'
Ispaniya maydon markazida to‘pni xotirjamlik bilan bir-biriga oshirmoqda
8'
Ispaniyaning burchak zarbasi yaxshi amalga oshirilmadi, to‘pni himoyachilar qaytarishdi
7'
Xavfli!!! Morata jarima maydoniga yaqin joydan kuchli zarba yo‘lladi! Bobojon to‘pni qiyinchilik bilan qaytardi
6'
Turkiya hujumi, to‘p jarima maydoniga yetkazilmay qoldi, himoyachilar egallab olishdi
5'
Chap qanotdan uyushtirilgan hujum yaxshi chiqmadi, Fabregas to‘pni yo‘qotib qo‘ydi
4'
Burchak zarbasidan yo‘llangan to‘pni himoyachilar qaytara olishdi
3'
Ispaniya to‘p bilan hujumda, burchak zarbasi ishlab oldi
2'
Turkiya jarima zarbasidan to‘pni jarima maydoniga oshirdi, Yilmaz boshi bilan zarba yo‘lladi, to‘p maydon tashqarisiga chiqib ketdi
1'
Serxio Ramos ogohlantirildi. U maydon markazida Turkiyaning xavfli qarshi hujumini to‘xtatib qoldi
0'
O‘yin boshlandi
'
Kichik qur’a natijasida o‘yinni maydon markazidan Ispaniya terma jamoasi boshlab berishi aniqlandi
'
Turkiya va Ispaniya madhiyalari yangramoqda
'
Futbolchilar maydonga tushib kelishmoqda
'
O‘yinni serbiyalik hakam Milorad Majich boshqarib boradi
'
Sizlarni Nissa shahriga taklif qilamiz. Bir necha daqiqalardan so‘ng bu yerda Ispaniya - Turkiya terma jamoalari o‘yini boshlanadi
'
Assalomu alaykum muhtaram futbol muxlislari!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.