Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Evropa chempionati

«G» guruhi, 2-tur. 18 iyun, soat 18:00. Bosh hakam: Junayt Chaqir (Turkiya)

BELGIYa

Romelu Lukaku (48, 70)
Aksel Vitsel (61)

3 : 0

IRLANDIYa

JAMOALAR TARKIBI
01.Tibo Kurtua (D)
02.Tobi Alderveyreld
03.Tomas Vermalen
16.Tomas MyonYE
05.Yan Vertongen
06.Aksel Vitsel
10.Eden Azar
19.Mussa Dembele
07.Kevin de Bryoyne
11.Yannik Karrasko
09.Romelu Lukaku
  23.Darren Rendolf (D)
04.Jon O'Shi
17.Stiven Uord
02.Sheymus Koulman
03.Kiran Klark
20.Uesli Xulaxan
08.Jeyms MakKarti
13.Jeff Xendrik
06.Glenn Uilan
19.Robert Breydi
09.Sheyn Long
ZAHIRA
Simon Minyole (D)
Jan-Fransua Jiye (D)
Loran Siman
Djeyson Denaye
Kristian Kabasele
Jordan Lukaku
Raja Naynggolan
Maruan Fellayni
Kristian Benteke
Michi Batshuayi
Dris Mertens
Divok Origi
  Keyren Vestvud (D)
Jozef Merfi (D)
Shey Given
Sayrus Kristi
Richard Kio
Sheyn Daffi
Stiven Kuinn
Eyden MakGidi
Jeyms MakKlin
Devid Meyler
Jonatan Uolters
Robbi Kin

Matn

90+3'
O‘yin yakunlandi. Belgiya yirik hisobda g‘alaba qozondi va o‘z ochkolarini 3taga yetkazib oldi.
90'
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shildi
89'
Jarima maydonchasiga kirayotgan Bentekega uzatma berildi. To‘pga Kristian emas, darvozabon yetib oldi
85'
MakKlin olis masofadan jarima zarbasini tepdi. To‘p ustun yonida o‘tib ketdi
83'
Vuuuh! Kevin de Bryoyne olis masofadan kuchli va aniq zarba yo‘lladi. Rendolf to‘g‘ri joy tanlagandi
82'
Belgiyada o‘zgarish: Romelu Lukaku o‘rniga Kristian Benteke tushdi
80'
Mertens jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. Yuqoridan o‘tib ketdi
79'
Irlandiya burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. To‘p qaytarildi va irlandlar yana hujum tashkil qilishdi. Bosh bilan berilgan zarbani Kurtua egalladi
79'
Irlandiyada o‘zgarish: Sheyn Long o‘rniga Robbi Kin tushdi
76'
Mertens yo‘l-yo‘lakay Lukaku bilan devor o‘ynab olib, jarima maydonchasiga yaqinlashdi va zarba berdi. Noaniq
75'
Irlandlar yaxshi tashkil qilayotgandek ko‘rinishgandi, Xendrikning o‘ng qanotdan uzatmasi o‘ta noaniq bo‘ldi
71'
Irlandiyada o‘zgarish: Hulahan o‘rniga Eyden MakGidi tushirildi
70'
GOOOOOOOL! Romelu Lukaku, 3:0! Myonye himoyada to‘pni egallab olib, oldinga o‘tayotgan Azarni to‘p bilan ta’minladi. Eden bir himoyachidan qochib ketib jarima maydonchasiga kirdi va yolg‘iz turgan Lukakuga uzatma berdi. Hujumchi yakkama-yakka vaziyatda darvozani ishg‘ol qildi!
69'
O‘ng qanotdan jarima maydonchasiga uzatma berildi. Mertens to‘pga sakradiyu, ammo unga yeta olmadi
68'
Mertens o‘ng qanotdan markaz tomon surildi va De Bryoynega uzatma berdi. Kevinning zarbasi kuchli, ammo noaniq
68'
MakKlin chap qanotdan darvoza yaqiniga uzatma berdi. Kurtua to‘pni egallab oldi
67'
Koulmen bir himoyachini aldab, jarima maydonchasiga kirdi va darvoza yaqiniga uzatma berdi. Kurtua to‘pni egalladi
65'
Mertens 22 metrlardan zarba berdi, to‘p irlandiyalik futbolchilardan o‘tmadi
64'
Belgiyada o‘zgarish: Yannik Karrasko o‘rniga Dris Mertens tushdi
61'
GOOOOOOL! Aksel Vitsel, 2:0! O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmani "Zenit" yarim himoyachisi 10 metrlardan bosh bilan darvozaga joylab qo‘ydi.
59'
Irlandiyaning xavfli hujumi. O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmani Breydi to‘pni jarima maydonchasi ichida egalladi va zarba berdi. Tobi zarbani qaytardi
57'
Belgiyada o‘zgarish: Jarohat olgan Mussa Dembele o‘rniga Raja Nainggolan tushdi
56'
Vitsel olis masofadan aniq zarba berdi. Rendolf to‘pni egallab oldi
53'
Burchakdan yetkazilgan uzatmani Vertongen bosh bilan qaytardi
52'
Uilan olis masofadan zarba yo‘lladi. Rekoshet holatida to‘p maydonni tark etdi
48'
GOOOOOOOL! Romelu Lukaku, 1:0! Qarshi hujumda De Bryoyne maydon markazidan o‘ng qanot bo‘ylab ikki himoyachidan o‘tib ketdi va Lukaku uzatma berdi. Romelu jarima maydonchasi yarim aylanasi ichida chap oyoqda o‘ta aniq zarba bilan darvoza burchagini nishonga oldi! Darvozabon tashlandi, ammo zarbani qaytara olmadi
47'
Irlandiya chap qanotdan jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Himoyachilar xavfni bartaraf etishdi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
45+1'
Chaqirning hushtagi yangradi va futbolchilarni kiyinish xonasiga yo‘l olishga chaqirdi. Tanaffus. Hozircha hisob ochilmadi
45'
"Qizil iblislar" burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Kuchsiz zarbani darvozabon qabul qildi
42'
Sportga xos bo‘lmagan qiliq qildi Xendrik. Belgiyalik yon chiziqdan to‘pni o‘yinga kiritib, hujum tashkil qilishayotganida, Xendrikning oyog‘iga ikkinchi to‘p kelib tushgan ekan. U to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborsa bo‘lardi, ammo u ikkinchi to‘pni aynan hujum rivojlanayotgan nuqtaga tepdi. Natijada Chaqir o‘yinni to‘xtatib, Jeff Xendrikka sariq kartochka berdi
41'
Belgiya burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Taxlikali vaziyat yuzaga keldi, ammo xavf bartaraf etildi
40'
To‘la ustunlik belgiyaliklar tomonida. Irlandiya himoyalanishga majbur
33'
Qarshi hujumda de Bryoyne jarima maydonchasiga kirdi va chaproqda turgan Azarga uzatma berdi. Eden yuqoridan darvoza yaqinidagi Lukaku uzatma berishga qaror qildi. Romelu to‘pga yeta olmadi
30'
De Bryoynening uzatmasidan keyin Myonye o‘ng tomondan jarima maydonchasiga kirdi va zarba berdi. Noaniq
29'
Vuuuh! Kevin de Bryoyne olis masofadan aniq va kuchli zarba berdi. Rendolf to‘pni egallab oldi
25'
Vuuuh! Du Bryoyne yuqoridan uzatma berdi va Karrasko yakkama-yakka vaziyatda zarba berdi. To‘p darvozabonning qo‘lidan so‘ng to‘singa tegib qaytadi. Yannik bosh bilan to‘pni darvozaga joyladi. Ammo ilk marta uzatma berilayotganda Karrasko ofsaydda qolgan ekan
22'
Belgiyalik himoyachi to‘pni raqib hujumchilariga oldirib qo‘ydi va so‘ngra Alderveyreldning o‘zi xatoni to‘g‘riladi
21'
Vuuuuuh! De Bryoyne o‘ng qanotdan uzatma berdi. Klark o‘z jarima maydonchasi ichida Lukakuga zarba yo‘llash imkonini bermadi va to‘pni bosh bilan qaytardi. Eden Azar 13 metrlardan zarba berdi. To‘p to‘sin ustidan o‘tib ketdi
19'
Takroriy uzatmani Kurtua egalladi
19'
Irlandiya burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Futbolchilardan bir bosh bilan zarba berganidan keyin to‘p yuqoriga ko‘tarildi. Kurtua har ehtimolga qarshi to‘pni darvoza ustidan oshirib yubordi
17'
De Bryoyne jarima to‘pini darvoza yaqiniga aylanma tarzda yetkazdi. To‘pga hech kim yeta olmadi va u olis ustun yonidan o‘tib ketdi
16'
Chap qanotdagi chiziq yonida Azarga nisbatan fol ishlatildi. Jarima to‘pi tepiladi
13'
De Bryoyne burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Alderveyreld bosh bilan to‘pni darvoza tomon burdi, ammo to‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi
9'
BElgiyaliklarning navbatdagi hujumi. Tomas Myonye qanotdan oldinga o‘tdi, ammo to‘pni chiziqdan o‘tkazib yubordi
5'
Xavfli vaziyat! Karrasko o‘ng qanotdan turib jarima maydonchasi ichidagi De Bryuynega uzatma berdi. Keyin to‘pni yana Karraskoga qaytardi. Yannik darvozabon maydonchasiga bergan uzatmani Rendolf egallab oldi
3'
Belgiya to‘p nazoratini o‘z qo‘liga olishga harakat qilmoqda
1'
O‘yin boshlandi!
'
Jamoalar maydonga chiqib kelishdi, madhiyalar yangradi.
'
Belgiya va Irlandiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan matnli onlayn translyasiyani boshlaymiz
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! Yevropa chempionatida 2-tur o‘yinlari yakuniga yetmoqda. Bugun bo‘lib o‘tadigan 3ta bahs bilan 2-tur yakunlanadi.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.