Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Evropa chempionati
| «F» guruhi, 2-tur. 18 iyun, soat 23:59. Bosh hakam: Bosh hakam: Nikola Rissoli (Italiya) | ||
PORTUGALIYa |
0 : 0 |
AVSTRIYa |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
01.Rui Patrisiu 03.Pepe 05.Rafael Guereyro 06.Rikardu Karvalyu 07.Krishtianu Ronaldu 08.Joao Moutinyo 11.Viyeyrinya 14.Uilyam Karvalyu 15.Andre Gomesh 17.Nani 20.Rikardu Kuarejma |
01.Robert Almer 04.Martin Hinteregger 05.Kristian Fuks 06.Shtefan Ilzanker 07.Marko Arnautovich 08.David Alaba 11.Martin Harnik 14.Yulian Baumgartlinger 15.Sebastian Pryodl 17.Florian Klyayn 20.Marsel Zabitser |
|
| ZAHIRA | ||
|
02.Brunu Alvesh 04.Joze Fonte 09.Eder 10.Joao Mario 12.Antoni Lopes 13.Danilo 16.Renatu Sanshesh 18.Rafa Silva 19.Elizeu 21.Sedrik Soaresh 22.Eduardu 23.Adrien Silva |
02.Dyord Garich 03.Aleksandar Dragovich 09.Rubin Okoti 10.Zlatko Yunuzovich 12.Xayns Lindner 13.Markus Zuttner 16.Kevin Vimmer 18.Alessandro Shyopf 19.Lukas Hinterzeer 21.Mark Yanko 22.Yakob Yancher 23.Ramazon O‘zjon |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Rikardu Kuarejma (31)
Pepe (40) |
Martin Harnik (48)
Kristian Fuks (60) Martin Hinteregger (78) Alessandro Shyopf (87) |
|
Matn
| 90+4' | ![]() |
O‘yin tugadi. Hisob 0:0. E’tiboringiz uchun raxmat! |
| 90+3' | ![]() |
Portugaliyaning so‘nggi hujumi, to‘p jarima maydoniga yetkazildi, himoyachilar to‘pni qaytara olishdi |
| 90+2' | ![]() |
Avstriya hujumga o‘tdi va shoshmasdan to‘pni egallab turibdi |
| 90+2' | ![]() |
Ronaldu uzoqdan zarba yo‘llashga urinib ko‘rdi, to‘p himoyachilarga tegib qaytdi |
| 90+1' | ![]() |
So‘nggi daqiqalar. To‘p bilan Portugaliya |
| 90' | ![]() |
3 daqiqa qo‘shib berildi |
| 90' | ![]() |
Avstriyaning xavfli qarshi hujumi. To‘p jarima maydoniga yetkazilganda, himoyachilar qaytara olishdi |
| 89' | ![]() |
Viyerinya uzoqdan zarba yo‘lladi, to‘pni himoyachilar qaytarishdi |
| 89' | ![]() |
Portugaliyada o‘zgarish. Nani o‘rniga maydonga Rafa Silva tushirildi |
| 88' | ![]() |
Avstriyada o‘zgarish, maydonga Yancher tushirildi |
| 87' | ![]() |
Shyopf ogohlantirildi, u maydon markazida qoida buzdi! |
| 86' | ![]() |
Ronaldu!!! O‘ng qanotdan oshirilgan to‘pni darvozaga yo‘llagan edi, biroq ofsayd! |
| 85' | ![]() |
Avstriyada o‘zgarish. Zabitser o‘rniga Xinterzeer maydonga tushdi |
| 84' | ![]() |
Penalti belgilangan vaziyatda himoyachi Xinteregger ogohlantirilgan ekan |
| 83' | ![]() |
Portugaliyada o‘zgarish. Gomesh o‘rniga Eder maydonga tushdi |
| 83' | ![]() |
Avstriyaning hujumi xavfli bo‘ldi, chap qanotdan jarima maydoniga yetkazilgan to‘pni himoyachilar qaytara olishdi |
| 81' | ![]() |
Avstriya jonlanib qoldi, dadil hujumga o‘tmoqda |
| 79' | ![]() |
To‘p chap qanotdan jarima maydoniga oshirilganda, himoyachi Ronalduni turtib yiqitgan edi. Biroq Ronaldu penaltini amalga oshira olmadi! |
| 79' | ![]() |
Ronaldu!!! Penaltini urolmadi!!! To‘p ustunga tegib qaytdi!!! |
| 78' | ![]() |
Penalti!!! Avstriya darvozasiga belgilandi! |
| 78' | ![]() |
Avstriyaning qarshi hujumi o‘z nihoyasiga yetmay qoldi, to‘pni himoyachilar olib qo‘yishdi |
| 76' | ![]() |
Portugaliya raqib jarima maydoniga yaqinlasha olmayapti, Avstriya himoyada juda ehtiyotkorona o‘ynamoqda |
| 74' | ![]() |
Jarima zarbasi yaxshi ijro etilmadi, to‘pni himoyachilar egallab olishdi |
| 73' | ![]() |
Avstriya hujumda, jarima maydoniga yaqin joyda jarima zarbasi ishlab oldi |
| 71' | ![]() |
Portugaliyada o‘zgarish. Kuarejma o‘rniga Joao Mario maydonga tushdi |
| 70' | ![]() |
Viyerinya o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydoniga yetkazganida, Nani to‘pni to‘xtatib qolomadi. U maydon tashqarisiga chiqib ketdi |
| 68' | ![]() |
Ronaldu jarima maydoni ichida qaychi uslubida zarba bermoqchi edi, biroq xavfli o‘ynagani uchun o‘yin to‘xtatildi |
| 67' | ![]() |
Portugaliyaga hujumda rang-baranglik yetishmayapti. Avstriya oson himoyalanmoqda |
| 66' | ![]() |
Ronaldu jarima zarbasidan to‘pni darvoza tomon yo‘lladi. To‘p darvoza to‘sini ustidan o‘tib ketdi |
| 65' | ![]() |
Avstriyada o‘zgarish. Alaba o‘rniga Shyopf maydonga tushdi |
| 64' | ![]() |
Jarima maydoniga markazdan yaqin joyda Portugaliya jarima zarbasi ishlab oldi |
| 63' | ![]() |
Avstriya to‘pni o‘ng qanotdan jarima maydoniga yetkazdi, Rui Patrisiu uni osonlik bilan egallab oldi |
| 61' | ![]() |
Jarima zarbasi amalga oshirildi, biroq himoyachilar to‘pni qaytarib yuborishdi |
| 60' | ![]() |
Fuks o‘ng qanotda qoida buzdi, sariq va xavfli jarima zarbasi |
| 60' | ![]() |
Avstriyaning hujumi nihoyasiga yetmay qoldi. Chap qanotdan jarima maydoniga oshirilgan to‘p noaniq ketdi |
| 58' | ![]() |
Portugaliya bosimni oshirmoqda, Avstriya himoyada |
| 57' | ![]() |
Yana Ronaldu!!! Burchak zarbasidan to‘p jarima maydoniga oshirilganda Krishtianu yaqin masofadan boshi bilan zarba yo‘lladi! Almer yana qaytara oldi! |
| 56' | ![]() |
Ronaldu!!! Qulay vaziyatga chiqib olib, uzoq masofadan kuchli zarba yo‘llaganida, Almer jamoasini qutqarib qoldi |
| 55' | ![]() |
Guereyro o‘ng qanotdan jarima zarbasini amalga oshirib, to‘pni jarima maydoniga yo‘lladi. Juda noaniq |
| 53' | ![]() |
Portugaliyaning burchak to‘pni yaxshi amalga oshirilmadi, to‘pni himoyachilar egallab olishdi |
| 52' | ![]() |
Avstriyaning hujumi, to‘p jarima maydoniga yetkazilganda, himoyachilar egallab olishdi |
| 50' | ![]() |
Kuarejma o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydoniga oshirdi, darvozabon to‘pni osonlik bilan ushlab oldi |
| 49' | ![]() |
Ronaldu uzoq masofadan jarima zarbasini amalga oshirdi. To‘p jonli devorga tegib qaytdi |
| 48' | ![]() |
Xarnik maydon markazida qoida buzdi va ogohlantirildi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| 45' | ![]() |
Hech qancha daqiqa qo‘shib berilmadi. Birinchi bo‘lim tugadi. Hozircha 0:0 |
| 44' | ![]() |
Portugaliya hujumda faqat Ronalduga to‘p oshirmoqda, hozircha bu o‘z samarasini berayotgani yo‘q |
| 43' | ![]() |
Avstriya biroz jonlanib qoldi, lekin baribir hujumlarni nihoyasiga yetkazishda bu jamoada muammo bor |
| 41' | ![]() |
Juda xavfli!!! Alaba jarima zarbasidan to‘pni darvozaga yo‘lladi, Viyeyrinya to‘pni qaytarishga ulgurdi. Darvozabon bu vaziyatda ojiz edi |
| 40' | ![]() |
Pepe jarima maydoni chizig‘iga yaqin joyda qoida buzdi. Sariq kartochka! |
| 39' | ![]() |
Avstriya hujmda qoida buzdi. To‘p Portugaliyaga o‘tdi. Avstriyaning hujumdagi o‘yini qovushmayapti |
| 38' | ![]() |
Portugaliyaning burchak zarbasidan oshirilgan to‘pi, Ronaldu yaqin masofadan zarba yo‘lladi. Zarba kuchli chiqmadi, darvozabon to‘pni egallab oldi |
| 35' | ![]() |
O‘ng qanotdan jarima maydoniga yo‘llangan to‘pni Ronaldu boshi bilan darvozaga yo‘llagan edi, biroq ofsayd |
| 34' | ![]() |
Portugaliya jarima zarbasini yaxshi amalga oshirolmadi. To‘pni himoyachilar egallab olishdi |
| 32' | ![]() |
Ronalduning uzoq masofadan yo‘llagan zarbasini himoyachi to‘sib qoldi, aks holda xavfli bo‘lishi mumkin edi |
| 31' | ![]() |
Kuarejma hujumda qoida buzdi va darhol ogohlantirildi. U raqibni qo‘pol tarzda turtib yuborgandi |
| 29' | ![]() |
Burchakdan oshirilgan to‘pni Nani yaqin masofadan darvozaga yo‘lladi, to‘p darvoza ustuniga tegib qaytdi! |
| 28' | ![]() |
To‘pga egalik qilish bo‘yicha Portugaliya ustun: 61% - 39% |
| 26' | ![]() |
Portugaliyaning burchak to‘pi yaxshi amalga oshirilmadi, to‘p maydon tashqarisiga chiqib ketdi |
| 24' | ![]() |
Avstriya vaziyatni yumshatish maqsadida to‘pni bir-biriga oshirmoqda |
| 22' | ![]() |
Ronaldu!!! Guereyro chap qanotdan jarima maydoniga kirib kelib, to‘pni sal orqaroqda turgan Ronalduga oshirdi. Krishtianu 7 metr masofadan zarba yo‘llaganida to‘p darvoza ustuni yonginasidan o‘tib ketdi |
| 20' | ![]() |
Ronaldu uzoq masofadan zarba yo‘llamoqchi bo‘ldi, himoyachi to‘p yo‘lini to‘sib qoldi |
| 19' | ![]() |
Kuarejma burchak zarbasini amalga oshirib, to‘pni jarima maydoniga yo‘lladi. Ronalduning boshi bilan yo‘llagan zarbasidan so‘ng to‘p noaniq ketdi |
| 18' | ![]() |
Gomesh to‘pni jarima maydoniga oshirganida, himoyachilar qaytara olishdi |
| 17' | ![]() |
Avstriyaning hujumida Arnautovich jarima maydoniga kirib keldi. Himoyachilar to‘pni qaytarib yuborishdi |
| 16' | ![]() |
Ronaldu jarima maydoniga yaqin joyda to‘pni egallab olgandi, biroq ofsayd |
| 15' | ![]() |
Portugaliya hujumda, Avstriya himoyalanishga majbur |
| 14' | ![]() |
Burchakdan oshirilgan to‘pga Karvalyu yaqin masofadan boshi bilan zarba berdi, Almer to‘pni egallab oldi |
| 13' | ![]() |
Juda xavfli!!! Nani chap qanotda himoyachini aldab o‘tib, darvozabon bilan yuzma-yuz chiqib zarba yo‘lladi, Almer to‘pni oyog‘i bilan qaytardi! |
| 12' | ![]() |
Portugaliya to‘p bilan, ustunlik ularga o‘tdi |
| 10' | ![]() |
Portugaliya to‘pni maydon markazida ushlab turibdi, oldinga o‘tish mushkul, chiziqlar yopilgan |
| 9' | ![]() |
To‘p bilan Avstriya, maydon markazida ularda kichik ustunlik |
| 7' | ![]() |
Fuks to‘pni chap qanotdan jarima maydoniga yetkazdi, himoyachilar to‘pni qaytara olishdi |
| 6' | ![]() |
Avstriya hujumda qoida buzdi, to‘p Portugaliyaga o‘tdi |
| 5' | ![]() |
Moutinyo to‘pni jarima maydoniga yetkazganida, Nani boshi bilan tayinli zarba berolmadi. To‘p maydon tashqarisiga chiqib ketdi |
| 4' | ![]() |
Kuarejma to‘pni jarima maydoniga yetkazishda xatoga yo‘l qo‘ydi, to‘p maydon tashqarisiga chiqib ketdi. Darvozabon to‘pni o‘yinga kiritadi |
| 3' | ![]() |
Avstriyaning xavfli hujumi. O‘ng qanotdan oshirilgan to‘pni yaqin masofadan Harnik boshi bilan darvozaga yo‘llashiga sal qoldi. Unga aniqlik yetishmadi |
| 2' | ![]() |
Burchak zarbasi xavfli bo‘ldi, jarima maydoniga oshirilgan to‘pni darvozabon maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 1' | ![]() |
Portugaliyaning birinchi hujum va burchak to‘pi |
| 0' | ![]() |
O‘yin boshlandi |
| ' | Qur’a natijasida o‘yinni maydon markazidan Portugaliya boshlab beradigan bo‘ldi | |
| ' | Bugungi o‘yinni italiyalik Nikola Rissoli boshqarib boradi | |
| ' | Avstriya va Portugaliya madhiyalari yangramoqda | |
| ' | Futbolchilar maydonga tushib kelishdi | |
| ' | Sizlarni Parijning "Park de Prens" stadioniga taklif qilamiz. Bu yerda bir necha daqiqalardan so‘ng Portugaliya va Avstriya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin boshlanadi | |
| ' | Assalomu alaykum muhtaram futbol muxlislari! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|