Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Evropa chempionati

«A» guruhi, 3-tur. 19 iyun, soat 23:59. Bosh hakam: Bosh hakam: Damir Skomina (Sloveniya)

SHVEYSARIYa

0 : 0

FRANSIYa

JAMOALAR TARKIBI
01.Yann Zommer
02.Stefan Lixtshtayner
07.Brel Embolo
10.Granit Jaka
11.Valon Bexrami
13.Rikardo Rodriges
15.Blerim Jemayli
18.Admir Mexmedi
20.Yoan Juru
22.Fabian Sher
23.Jerdan Shakiri
  01.Ugo Lyoris
02.Kristof Jalle
03.Patris Evra
04.Odil Rami
06.Yoan Kabay
07.Antuan Grizmann
10.Andre-Pyer Jinyak
15.Pol Pogba
18.Mussa Sissoko
20.Kingsli Koman
21.Loran Koselni
ZAHIRA
03.Fransua Mubanje
04.Niko Elvedi
05.Stiv fon Bergen
06.Mixael Lang
08.Fabian Fray
09.Xaris Seferovich
12.Marvin Xits
14.Denis Zakariya
16.Jelson Fernandesh
17.Shani Tarashay
19.Eren Derdiyok
21.Roman Byurki
  05.N’Golo Kante
08.Dimitri Paye
09.Olivye Jiru
11.Antoni Marsial
12.Morgan Shnayderlin
13.Elyakim Mangalya
14.Blez Matyuidi
16.Stiv Mandanda
17.Lyuka Din
19.Bakari Sanya
22.Samuel Umtiti
23.Benua Kostil
SARIQ KARTOCHKA
 
Odil Rami (25)
Loran Koselni (82)

Matn

'
Ruminiya - Albaniya o‘yini 0:1 hisobida yakunlandi. Albaniya uchinchi o‘rinni egallab, boshqa guruhlardagi o‘yinlarni yakunlanishini kutadigan bo‘ldi. Ruminiya esa uyiga ravona bo‘ldi
90+2'
O‘yin tugadi. Fransiya guruhda birinchi, Shveysariya ikkinchi o‘rin bilan keyingi bosqichga chiqdi
90+1'
Jamoalar shoshilishmayapti, natija har ikkala terma jamoaga ma’qul
90'
2 daqiqa qo‘shib berildi
88'
Fransiya xavfli jarima zarbasini amalga oshirdi. Payening zarbasidan so‘ng to‘p jonli devorga tegib, maydon tashqarisiga chiqib ketdi
86'
Shveysariyada o‘zgarish, Mehmedi o‘rniga Lang maydonga tushdi
83'
Shveysariyaning jarima zarbasi yaxshi amalga oshirilmadi. Jarima maydoniga oshirilgan to‘pni himoyachilar qaytarib yuborishdi
82'
Kosyelni o‘z jarima maydoniga yaqin joyda qoida buzdi va ogohlantirildi
82'
Shveysariya to‘pni maydon markazida ushlab turibdi, hech kim shoshilmayapti
80'
Payeeee!!! Uzoq masofadan zarba yo‘lladi, biroq to‘p noaniq ketdi
79'
Shveysariyada o‘zgarish. Shakiri o‘rniga Fernandesh maydonga tushdi
78'
Fransiyada o‘zgarish. Grizmann o‘rniga Matyuidi tushdi
75'
Payeeee!!! Sissoko o‘ng qanotdan jarima maydoniga yaqinlashib, to‘pni jarima maydoniga yetkazdi. Chap qanotdan jarima maydoniga kirib kelgan Paye kuchli zarba yo‘llaganida, to‘p darvoza to‘siniga tegib qaytdi
74'
Shveysariyada o‘zgarish. Embolo o‘rniga Seferovich maydonga tushdi
73'
Muxlislar hushtak chalib, norozilik bildirishmoqda. Bunaqa o‘yin hech kimga yoqmaydi
73'
Fransiyaning hujumi zarbagacha yetib bormadi, to‘p himoyachilarda
70'
Hech kim tavakkal qilishni istamayapti, bu natija har ikkala jamoani qoniqtiradi
69'
O‘yin tempi tushib ketdi, jamoalar juda ehtiyotkorona o‘ynamoqda
67'
To‘p bilan Fransiya, biroq xavfli vaziyatlar yo‘q
65'
Shveysariyaning burchak zarbasi, to‘p to‘ppa to‘g‘ri darvozaga yo‘llangan edi, biroq maydon tashqarisiga chiqib ketdi
63'
Fransiyada o‘zgarish. Koman o‘rniga Paye maydonga tushdi
61'
Bunga ishonish qiyinu, lekin to‘pga egalik qilish bo‘yicha ustunlik Shveysariyada- 69% - 31%
60'
Odil Rami to‘pni jarima maydoniga oshirganida, Zommer to‘pni osonlik bilan egallab oldi
58'
Grizmann!!! Jinyak bilan devor uslubida o‘ynab, jarima maydoni markazidan qulay vaziyatga chiqib zarba yo‘lladi. Zommer to‘pni mahorat bilan qaytardi!
57'
Himoyachi to‘pni darvozaboniga oshirishda xatoga yo‘l qo‘ydi, natijada Embolo darvozabon bilan yuzma-yuz chiqishi mumkin edi. Lyoris to‘pga ulgurdi
56'
To‘p bilan Shveysariya,negadir Fransiya katta kuch bilan himoyalanmoqda
55'
Kutilmagan holat, Fransiyaning hujumi payti to‘p yorilib ketdi
54'
Jinyak uzoq masofadan zarba yo‘lladi, darvozabon to‘pni ushlab oldi
52'
Rodriges chap qanotdan yaxshi vaziyatga chiqib kelayotgandi, biroq ofsayd
50'
Shveysariya faol o‘ynamoqda, tashabbus ularda
48'
Shveysariyaning burchak zarbasi yaxshi amalga oshirilmadi, himoyachilar to‘pni qaytarib yuborishdi
47'
Shveysariyaning hujumi zarbagacha yetib bormadi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
'
Ayni damda guruhdagi vaziyat: 1.Fransiya - 7 ochko, 2.Shveysariya - 5 ochko, 3. Albaniya - 3 ochko, 4.Ruminiya - 1 ochko
45+1'
Birinchi bo‘lim tugadi, Fransiya xavfliroq o‘ynadi, biroq gol ura olmadi. Hisob 0-0
45'
1 daqiqa qo‘shib berildi
44'
Ruminiya - Albaniya o‘yinida albaniyaliklar gol urishdi va ayni damda A guruhida uchinchi o‘ringa chiqib olishdi
43'
Grizmann darvozabon bilan yuzma-yuz chiqishish mumkin edi, Zommer to‘pga o‘z vaqtida chiqib, xavfni bartaraf qildi
41'
Yana bir shunga o‘xshash hujum, bu safar o‘ng qanotdan jarima maydoniga yetkazilgan to‘p Embologacha bormadi
39'
Shveysariyaning hujumi, chap qanotdan to‘p jarima maydoniga yetkazildi, himoyachilar to‘pni qaytarib yuborishdi
37'
Fransiyaning hujumi zarba bilan yakunlanmadi. Jarima maydoniga oshirilgan to‘p Grizmangacha yetib bormadi, himoyachilar qaytara olishdi
35'
Fransiya burchak zarbasini yaxshi amalga oshira olmadi, jarima maydoniga oshirilgan to‘pni himoyachilar qaytarib yuborishdi
34'
O‘yin surati biroz pasaydi, to‘p maydon markazida ushlanib qolmoqda
32'
So‘nggi marta bu stadionda Fransiya 1914 yili o‘z darvozasidan gol o‘tkazib yuborgan ekan
32'
Ma’lumotga ko‘ra, Fransiya Lill shahrida 100 yildan buyon to‘p o‘tkazmayapti
31'
Koman chap qanotdan to‘pni jarima maydoniga oshirganida, Grizmann to‘pga boshi bilan zarba berishga ulgurmadi
30'
Embolo jarima maydoni ichiga kirib borib, zarba yo‘llaganida, to‘p himoyachilarga tegib qaytdi
28'
Fransiya to‘p bilan, tashabbus biroz ular tomonda
26'
Zarbalar soni bo‘yicha 3-8, Fransiya oldinda
25'
Rami xavfli o‘ynagani uchun ogohlantirildi
25'
Fransiya ketma-ket burchak zarbasini tepdi. Kosyelni to‘pni boshi bilan darvozaga yo‘llaganida, himoyachi to‘sib qoldi
23'
Fransiyaning burchak zarbasi, Zommer to‘pni qo‘lidan chiqarib yubordi. Ammo himoyachilar yordamga kelib, to‘pni qaytara olishdi
21'
Mexmedi uzoqdan Fransiya darvozasini "o‘qqa" tutdi. To‘p juda noaniq ketdi
20'
Fransiyaning xavfli hujumi. Pogba chap qanotdan to‘pni jarima maydoniga yo‘llaganida, Jinyak yaqin masofadan boshi bilan zarba yo‘lladi. Zommer to‘pni ushlab oldi
19'
O‘yin tempi yuqori, bu esa muxlislarga yoqadigan o‘yin
18'
Pogbaaa!!! Uzoq masofadan zarba yo‘lladi. To‘p darvoza to‘siniga tegdi!
18'
Fransiyaning hujumida Jinyak jarima maydoni ichidan zarba yo‘llashga urinib ko‘rdi, to‘p himoyachiga tegib qaytdi
16'
Bexrami uzoq masofadan zarba yo‘lladi, to‘p himoyachiga tegib, Lyorisning qo‘liga borib tushdi
15'
Shveysariya to‘pni maydon markazida ushlab turibdi, vaziyatni yumshatmoqchi
13'
Pogba!!! Jarima maydoniga kirib kelib, yaqin masofadan kuchli zarba yo‘lladi. Zommer mahorat bilan to‘pni qaytara oldi!
11'
Fransiyaning xavfli hujumi!!! Sissoko uzoq masofadan zarba yo‘llaganida, darvozabon to‘pni qaytarishda xatoga yo‘l qo‘ydi. To‘p uning qo‘lidan chiqib ketib, darvoza to‘siniga tegdi!
10'
Shveysariya biroz tashabbusga ega, Fransiya orqada o‘ynamoqda
8'
Juda xavfli!!! Burchakdan oshirilgan to‘pga Lyoris chiqmadi. Natijada Embolo yaqin masofadan zarba yo‘llab, hisobni ochishi mumkin edi. Biroq hujumchi yiqilib tushib, tayinli zarba berolmadi
7'
Lixtshtayner darvozabon bilan yuzma-yuz chiqishi mumkin edi, himoyachilar to‘pni qaytarib yuborishdi
6'
Har ikkala jamoa ehtiyotkorona o‘ynamoqda, xavfli vaziyatlar yo‘q
4'
Fransiyaning hujumi zarbagacha yetib bormadi, to‘p maydon tashqarisiga chiqib ketdi
3'
Burchak zarbasi yaxshi amalga oshirilmadi, to‘p Shveysariyada
2'
Fransiyaning dastlabki hujumi, Pogba burchak zarbasi ishlab oldi
1'
Bu o‘yindagi durang natija har ikkala terma jamoani keyingi bosqichga olib chiqadi, o‘ylaymizki jamoalar durang natija uchun o‘ynashmaydi
0'
O‘yin boshlandi
'
Bugungi o‘yinni sloveniyalik Damir Skomina boshqarib boradi
'
Shveysariya va Fransiya madhiyalari yangramoqda
'
Futbolchilar maydonga tushib kelishmoqda
'
Shundan kelib chiqadigan bo‘lsak, hatto Albaniya terma jamoasi ham hali guruhdan chiqish imkoniyatini yo‘qotmagan
'
Musobaqa reglamentiga ko‘ra, guruhda 1 va 2 o‘rinni egallagan jamoalar nimchorakfinalga yo‘l olishadi. 6 guruhda 3-o‘rinni egallagan 4ta jamoa ham bunday baxtga muyassar bo‘lishadi.
'
Ruminiya - Albaniya o‘yini ham bu o‘yin bilan bir vaqtda boshlanadi. Translyasiyamiz davomida bu o‘yin haqidagi ma’lumotlar bilan ham tanishtirib boramiz.
'
Eslatib o‘tamiz, ushbu guruhda Fransiya 6 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Shveysariya hisobida 4, Ruminiyada 1 ochko bor. Albaniyada ochko yo‘q.
'
Yana bir necha daqiqalardan so‘ng bu yerdagi "Pyer Morua" stadionida Shveysariya - Fransiya o‘yini boshlanadi
'
Sizlarni Lill shahri yaqinidagi Vilnyov-d’Ask shaharchasiga taklif qilamiz
'
Assalomu alaykum muhtaram futbol muxlislari!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.