Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Evropa chempionati

«V» guruhi, 3-tur. 20 iyun, soat 23:59. Bosh hakam: Bosh hakam: Karlos V. Karbalyo (Ispaniya)

SLOVAKIYa

0 : 0

ANGLIYa

JAMOALAR TARKIBI
23.Matush Kozachik
02.Peter Pekarik
03.Martin Shkrtel
04.Yan Dyurisa
07.Vladimir Vayss
08.Ondrey Duda
15.Tomash Hubochan
17.Marek Hamshik
19.Yuray Kuska
20.Robert Mak
22.Viktor Pechovski
  01.Jo Hart
05.Gari Keyhil
06.Kris Smolling
08.Adam Lallana
11.Jeymi Vardi
12.Nataniyel Klayn
14.Jordan Henderson
15.Daniel Starrij
17.Erik Dayer
18.Jek Uilshir
21.Rayan Bertrand
ZAHIRA
01.Yan Muxa
05.Norbert Diomber
06.Yan Gregush
09.Stanislav Shestak
10.Miroslav Stox
11.Adam Nemes
12.Yan Novota
13.Patrik Groshovski
14.Milan Shkrinyar
16.Kornel Salata
18.Dushan Shvento
21.Mixal Dyurish
  02.Kayl Uolker
03.Denni Rouz
04.Jeyms Milner
07.Rahim Sterling
09.Harri Keyn
10.Ueyn Runi
13.Frezer Forster
16.Jon Stounz
19.Ros Barkli
20.Dele Alli
22.Markus Reshford
23.Tim Hiton
SARIQ KARTOCHKA
Viktor Pechovski (24)
 
Rayan Bertrand (52)

Matn

90+5'
O‘yin tugadi. Hisob 0:0. Uels va Angliya birinchi va ikkinchi o‘rin bilan keyingi bosqichga chiqishdi. Slovakiya keyingi o‘yinlarni kutadigan bo‘ldi. E’tiboringiz uchun raxmat!
90+4'
Runi jarima maydoniga yorib kirmoqchi edi, biroq to‘pni oldirib qo‘ydi
90+3'
Dele Allining xudda shunday zarbasidan so‘ng, to‘p darvoza to‘sini ustidan o‘tib ketdi
90+2'
Dayer uzoq masofadan zarba yo‘lladi, to‘p himoyachiga tegib qaytdi
90+1'
Angliyaning hujumida Runi to‘pni oldirib qo‘ydi
90'
5 daqiqa qo‘shib berildi
89'
O‘yin davomida Slovakiya raqib darvozasi tomon 1ta zarba yo‘llabdi, u ham noaniq!
88'
Henderson to‘pni jarima maydoniga yetkazdi, Keynning boshi bilan bergan zarbasidan so‘ng to‘p maydon tashqarisiga chiqib ketdi
87'
Keyin yaqin masofadan boshi bilan zarba yo‘llamoqchi edi, to‘p darvozabonga tegib qaytdi
86'
So‘nggi daqiqalar, Angliya katta kuch bilan hujumda, biroq zarba yo‘llashga imkoniyat yo‘q
85'
Slovakiya hujumchisi uzoqdan zarba yo‘lladi, juda noaniq
83'
Runi uzoqdan zarba yo‘lladi, juda noaniq
82'
Bu guruhda ikkinchi o‘rinni olgan jamoa keyingi bosqichda F guruhida ikkinchi o‘rinni olgan jamoa bilan o‘ynaydi. Bu esa Portugaliya bo‘lishi mumkin
81'
Angliya eplolmayapti. Slovakiya qattiq himoyalanmoqda
79'
Slovakiyada o‘zgarish. Vayss o‘rniga Shkriniar maydonga tushdi
78'
Xojson jamoasini oldinga chorlamoqda. Angliyaga guruhdagi 1-o‘rin kerak
77'
Angliyaning burchak zarbasi, to‘p jarima maydoniga oshirildi. Keyhill to‘pga tayinli zarba berolmadi, darvozabon to‘pni ushlab oldi
76'
Angliyada o‘zgarish. Starrij o‘rniga Keyn tushirildi
75'
Runi uzoq masofadan zarba yo‘lladi, to‘p himoyachiga tegib, maydon tashqarisiga chiqib ketdi
74'
Starrij!!! Dayer uzoq masofada turib, to‘pni jarima maydoniga yetkazganida Starrij to‘pga ozgina yetolmay qoldi. Aks holda to‘pni darvozaga yo‘llashi mumkin edi
73'
O‘yin davom ettirildi, muxlislar Angliyani oldinga chorlamoqda
72'
Dayer jarohat oldi, unga yordam ko‘rsatilmoqda
71'
Dayer uzoq masofadan zarba yo‘lladi, himoyachilar to‘sib qolishdi
70'
Angliya hujumda, biroq Slovakiyaning himoyasi juda zich yopilgan
69'
Rossiya - Uels o‘yinida 0:3. Bu o‘yinning taqdiri hal bo‘ldi!
68'
Dayer uzoq masofadan zarba yo‘lladi, juda noaniq
66'
Slovakiyada o‘zgarish. Pechovski o‘rniga Diomber maydonga tushdi
65'
Slovakiya to‘pni maydon markazida ko‘proq ushlab turishga harakat qilmoqda. Hisob ularni qoniqtiradi
63'
Angliya guruhdagi peshqadamlikni boy bermoqchi emas, buning uchun esa albatta g‘alaba qozonish lozim
62'
Dele Alli!!! Henderson o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydoniga yetkazdi. Chap qanotdan kirib kelgan Dele Alli aniq zarba yo‘llaganida Shkrtel to‘pni darvoza chizig‘i ustidan qaytarib yubordi!
61'
Angliyada o‘zgarish. Lallana o‘rniga Dele Alli maydonga tushdi
59'
Runi o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydoniga oshirdi. Juda noaniq
57'
Slovakiyada o‘zgarish. Duda o‘rniga Shvento maydonga tushdi
56'
Angliyada o‘zgarish. Uilshir o‘rniga Runi maydonga tushdi
55'
Xavfli!!! Vayss chap qanotdan jarima maydoniga kirib kelib, himoyachilar orasidan zarba yo‘lladi. Zarba kuchsiz chiqqani uchun Hart to‘pni ushlab oldi
54'
Juda xavfli!!! Starrij to‘pni jarima maydoniga yetkazganida, Klayn katta tezlikda kirib kelib, yaqin masofadan kuchli zarba yo‘lladi. Himoyachi to‘p yo‘lini to‘sib qoldi
53'
Slovakiya o‘ng qanotdan jarima zarbasini amalga oshirdi va to‘pni jarima maydoniga yo‘llaganida, Hart qiyinchilik bilan to‘pni qaytara oldi
52'
Bertrand raqibni qo‘li bilan ushlab qoldi va ogohlantirildi!
50'
Klayn uzoqdan zarba yo‘llamoqchi edi, himoyachilar to‘sib qolishdi
49'
Slovakiya to‘pni maydon markazida ushlab turibdi, Angliya qarshi emas
47'
Agar o‘yin shunday hisob bilan yakunlansa, Angliya guruhda ikkinchi, Slovakiya esa uchinchi o‘rinni oladi
46'
Slovakiya to‘p bilan maydon markazida, ular shoshilishmayapti
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
45+1'
Birinchi bo‘lim tugadi. Hozircha 0:0
45'
1 daqiqa qo‘shib berildi
44'
Henderson! Jarima maydoni chizig‘idan kuchli zarba yo‘llaganida, to‘p himoyachiga tegib qaytdi
43'
Ushbu daqiqalarda to‘pga egalik qilish bo‘yicha ustunlik Angliya tomonda: 34%-66%
42'
Slovakiya katta kuch bilan himoyalanmoqda
41'
Angliyaning hujumi zarbagacha yetib bormadi, Lallana to‘pni oldirib qo‘ydi
39'
Angliya burchak zarbasini yaxshi amalga oshirolmadi, to‘pni oldirib qo‘ydi
38'
To‘p bilan Slovakiya, ularning hujumdagi o‘yini qovushmayapti
36'
Starrij jarima maydoni ichida yaxshi vaziyatga chiqib, zarba yo‘llagan edi, biroq ofsayd
35'
Angliyaning hujumi nihoyasiga yetmay qoldi, himoyachilar zarba yo‘llashga imkon berishmadi
33'
Lallanaaaa!!! O‘ng qanotdan Klayn to‘pni jarima maydoniga yetkazganida, yolg‘iz o‘zi turgan Lallana kuchli zarba yo‘lladi. Kozachik yana mahorat ko‘rsatib, to‘pni qaytara oldi!
31'
Slovakiyaning o‘ng qanotdan hujumi nihoyasiga yetmay qoldi, to‘p maydon tashqarisiga chiqib ketdi
30'
Angliyaning xavfli hujumi, Henderson to‘pni o‘ng qanotdan jarima maydoniga yetkazdi, darvozabon qiyinchilik bilan to‘pni qaytarib yubordi
28'
Angliyaning burchak zarbasi yaxshi amalga oshirilmadi. Himoyachilar to‘pni qaytarib yuborishdi.
26'
Slovakiya to‘p bilan, biroq oldinga o‘tish mushkul. Angliya yaxshi himoyalanmoqda
24'
Rossiya - Uels o‘yinida hisob 0:2. Agar Angliya peshqadamlikni boy berishni istamasa, qamchini bosib qolishi kerak
24'
Pechovski Vardini chalib yiqitdi va ogohlantirildi!
23'
O‘yin davom etadi, to‘p maydon markazida. Xavfli vaziyatlar deyarli yo‘q
18'
Slovakiyalik Pekarik jarohat oldi, u himoyachi bilan to‘qnashuvda burni qonab ketdi
17'
Vardiiii!!! Darvozabon yakkama-yakka chiqib, zarba yo‘llaganida darvozabon Kozachik to‘pni qaytara oldi!
16'
Henderson!!! Lallana chap qanotdan to‘pni jarima maydoniga yetkazganida, yolg‘iz o‘zi turgan Henderson to‘pga tayinli zarba berolmadi. To‘p himoyachiga tegib maydon tashqarisiga chiqib ketdi
14'
Hamshik o‘ng qanotdan himoyachini aldab o‘tib, jarima maydoni chizig‘idan zarba yo‘lladi. Uning zarbasiga ham aniqlik yetishmadi
13'
Vardi qoldirgan to‘pni Lallana uzoq masofadan pastlatib darvozaga yo‘lladi. To‘p maydon tashqarisiga chiqib ketdi
12'
Angliya to‘pni maydon markazida ushlab turibdi, o‘yin tempi biroz pasaydi
12'
Rossiya - Uels o‘yinida uelsliklar hisobni ochishdi va ayni damda guruh peshqadami bo‘lib olishdi!
11'
Slovakiya to‘pni ushlab turibdi, vaziyatni biroz yumshatmoqchi
9'
Juda xavfli!!! O‘ng qanotdan Klayn to‘pni jarima maydoniga oshirdi. Vardi to‘pni boshi bilan Starrijga tashlab berdi. Starrijning yaqin masofadan yo‘llagan zarbasini himoyachi to‘sib qoldi
7'
Yana bir xavfli hujum. Hamshik to‘pni jarima maydoniga yetkazganida, Vayss to‘pga ozgina ulgurmay qoldi. Himoyachilar to‘pni egallab olishdi
6'
Slovakiya hujumida Pechovski uzoq masofadan zarba yo‘lladi, uning zarbasi ham noaniq
5'
Xavfli vaziyat! Klayn o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydoniga yetkazdi, yolg‘iz o‘zi turgan Vardi tizzasi bilan zarba yo‘lladi, to‘p juda noaniq ketdi
4'
Slovakiya hujumi nihoyasiga yetmay qoldi, ular to‘pni oldirib qo‘yishdi
3'
To‘p maydon markazida, jamoalar shoshilishmayapti
2'
Angliyaning hujumida Lallana to‘pni jarima maydoniga oshirdi, himoyachilar qaytarib yuborishdi
1'
Slovakiya hujumi zarbagacha yetib bormadi
0'
O‘yin boshlandi
'
Bu o‘yinni ispaniyalik hakam Karlos Velasko Karbalyo boshqarib boradi
'
Bu uchrashuv bilan bir vaqtda Rossiya - Uels o‘yini ham bo‘lmoqda, translyasiya davomida uning natijasi xaqida ham xabaordor qilib turamiz
'
Slovakiya va Angliya madhiyalari yangramoqda
'
Futbolchilar maydonga tushib kelishdi
'
Ko‘rib turganingizdek, barcha terma jamoada keyingi bosqichga chiqish imkoniyati saqlanib turibdi
'
Hozircha guruhdagi vaziyat quyidagicha: 1.Angliya - 4 ochko, 2.Uels 3 ochko, 3.Slovakiya 3 ochko, 4.Rossiya 1 ochko
'
Sizlarni Sent-Etyen shahriga taklif qilamiz. Bu yerda yana bir necha daqiqalardan so‘ng Slovakiya va Angliya terma jamoalari kuch sinashadi
'
Assalomu alaykum muhtaram futbol muxlislari!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.