Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Evropa chempionati
| «V» guruhi, 3-tur. 20 iyun, soat 23:59. Bosh hakam: Yunas Eriksson (Shvesiya) | ||
ROSSIYa |
0 : 3 |
UELSAaron Remzi (9)
Nil Teylor (20) Garet Beyl (67) |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
01.Igor Akinfeev 03.Igor Smolnikov 04.Sergey Ignashevich 08.Denis Glushakov 09.Aleksand Kokorin 10.Fyodor Smolov 11.Pavel Mamayev 14.Vasiliy Berezuskiy 15.Roman Shirokov 22.Artem Dzyuba 23.Dmitriy Kombarov |
01.Ueyn Hennessi 02.Kristofer Ganter 03.Nil Teylor 04.Ben Devis 05.Jeyms Chester 06.Eshli Uilyams 07.Jo Allen 10.Aaron Remzi 11.Garet Beyl 16.Jo Ledli 18.Sem Vouks |
|
| ZAHIRA | ||
|
02.Roman Shishkin 05.Roman Noyshtedter 06.Aleksey Berezuskiy 07.Igor Denisov 12.Yuriy Lodigin 13.Aleksandr Golovin 16.Gilyerme Marinato 17.Oleg Shatov 18.Oleg Ivanov 19.Aleksandr Samedov 20.Dmitriy Torbinskiy 21.Georgiy Shchennikov |
08.Endryu King 09.Hel Robson-Kanu 12.Ouen Uilyams 13.Jorj Uilyams 14.Devid Edvards 15.Eshli Richards 17.Devid Kotteril 19.Jeyms Kollinz 20.Jonatan Uilyams 21.Denni Uord 22.Devid Vogan 21.Saymon Chyorch |
|
Matn
| 90+2' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. Rossiya - Uels - 0:3! Uels 6 ochko bilan pley-offga chiqdi, Rossiya esa ortga qaytadi! |
| 90+1' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan uzatmani Dzyuba qabul qildi va zarba berdi. To‘p darvoza yuqorisidan o‘tib ketdi |
| 90+1' | ![]() |
Smolnikov olis masofadan zarba berib, burchak to‘pi ishladi |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shildi |
| 88' | ![]() |
Remzi jarima maydonchasi kirdi va zarba berdi. To‘p himoyachining oyog‘idan maydonni tark etdi |
| 85' | ![]() |
Ehhhh Dzyuba! Chap qanotdan yetkazilgan uzatmani 5 metrdan darvozaga joylay olmadi! Noaniq! |
| 83' | ![]() |
Uelsda o‘zgarish: Garet Beyl o‘rniga Saymon Chyorch tushdi |
| 83' | ![]() |
Ruslar ruhan tushkunlikka tushib qolishdi. O‘yinni uelsliklar nazorat qilishmoqda |
| 79' | ![]() |
Darvozagacha 31 metr masofadan belgilangan jarima zarbasini Ignashevich tepdi. Kuchli, ammo noaniq |
| 76' | ![]() |
Uelsda o‘zgarish: Jo Ledli o‘rniga Endryu King tushdi |
| 75' | ![]() |
Uels Rossiyaga hech qanday imkoniyat berayotgani yo‘q |
| 74' | ![]() |
Uelsda o‘zgarish: Jo Allen o‘rniga Devid Edvards tushdi |
| 69' | ![]() |
Rossiyada o‘zgarish: Fyodor Smolov o‘rniga Aleksandr Samedov tushdi |
| 67' | ![]() |
GOOOOOOOL! Garet Beyl, 0:3! Remzining chiroyli uzatmasidan keyin hujumchi raqib jarima maydonchasiga kirdi va yakkama-yakka vaziyatdan samarali foydalandi! |
| 65' | ![]() |
Beyl jarima to‘pini darvoza yaqiniga uzatma berdi. Ledli bosh bilan to‘pni jamoadoshlariga yetkazdi, ammo zarba berishga ulgurmadi uelsliklar |
| 64' | ![]() |
Pavel Mamayev sariq kartochka oldi |
| 63' | ![]() |
Xavfli zarba! Rossiyalik futbolchi chap qanotdan uzatma berdi. Himoyachi qaytargan to‘pni Glushakov jarima maydonchasi tashqarisidan darvoza tomon tepdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 62' | ![]() |
Rossiyaliklarning navbatdagi xatosidan keyin Beyl himoyachilarni aldab, raqib jarima maydonchasiga kirdi, ammo Golovin xavfni bartaraf etdi |
| 58' | ![]() |
Beyl jarima zarbasini tepdi. To‘p yaqin ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 57' | ![]() |
Navabatdagi qarshi hujum natijasida Remzi o‘ng qanotdan uzatma berdi. Beylga nisbatan himoyachi to‘g‘ri pozisiya tanlagandi |
| 55' | ![]() |
Vuuuuh! Rossiyalik himoyachilarning xatosidan keyin Beylga darvozabon bilan yayakama-yakka vaziyatga chiqib, o‘tkir burchak ostida zarba berdi. To‘p Akinfeevning oyog‘iga tegib, olis ustun yonidan o‘tib ketdi. |
| 52' | ![]() |
Rossiyada o‘zgarish: Shirokov o‘rniga Aleksandr Golovin tushdi |
| 50' | ![]() |
Vuuuuh! Remzi himoyachilar orasidan uzatma berib, o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirgan Ganterni to‘p bilan ta’minladi. Himoyachining darvoza yaqin tomon bergan uzatmasini Berezuskiy maydon tashqarisiga chiqarishga muvaffaq bo‘ldi |
| 47' | ![]() |
Beyl maydon markazida to‘pni egallab, rossiyaliklar jarima maydonchasiga kirdi va o‘tkir burchak ostida zarba berdi. Akinfeev o‘z o‘rnida |
| 47' | ![]() |
Uels burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Xavfli vaziyat yuzaga kelmadi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| ' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha Rossiya - Uels - 0:2. Tanaffus. |
| 45+1' | ![]() |
Kokorin jarima maydonchasining o‘ng burchagidan chikariga kirdi va yaqin burchakka zarba berdi. Henessi to‘pni egalladi |
| 45+1' | ![]() |
Vuuuuh! Beyl yana to‘p bilan oldinga o‘tdi va jarima maydonchasiga kirgan Remziga uzatma berdi. "Arsenal" yarim himoyachisi himoyachini chalg‘itib zarba berishga harakat qildi. Smolnikov zarba yo‘liga g‘ov bo‘ldi |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shildi |
| 45' | ![]() |
Teylor chap qanotdan uzatma berdi. Ignashevich to‘pni qaytardi |
| 43' | ![]() |
O‘ng qanotdan Smollnikov yetkazgan uzatmani Mamayev darvoza tomon burishga harakat qildi. Zarba kuchli chiqmadi, darvozabon to‘pni egalladi |
| 41' | ![]() |
Rossiya yaxshi bosim tashkil qildi, ammo zarba berishga muvaffaq bo‘lmadi |
| 40' | ![]() |
Vuuuuh! Beyl maydon markazida to‘pni egalladi va yo‘l-yo‘lakay ikki himoyachi aldad, jarima maydonchasiga kirdi va zarba berdi. Akinfeev qaytardi |
| 38' | ![]() |
Beyl olis masofadan chap oyoqda aniq zarba berdi. Akinfeev o‘z o‘rnida |
| 38' | ![]() |
Kombarov chap qanotdan uzatma berdi. Henessi to‘pni egalladi |
| 36' | ![]() |
Dzyuba ofsaydda |
| 35' | ![]() |
Smolov olis masofadan zarba berishga qaror qildi. To‘p Remzining oyog‘idan o‘z yo‘nalishini o‘zgartirdi va ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 34' | ![]() |
Remzi burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Vouks bosh bilan zarba berishga urindi. Muvaffaqiyatsiz |
| 33' | ![]() |
Vuuuh! Remzi olis masofadan kuchli zarba berdi. To‘p Akinfeevning mushtlaridan maydonni tark etdi |
| 32' | ![]() |
Shirokov yuqoridan Uels darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Himoyachi bosh bilan to‘pni qaytardi. Dzyuba to‘pni o‘ziga bo‘ysundira olmadi |
| 30' | ![]() |
VUUUUUH! Beyl o‘z jarima maydonchasi oldida to‘pni egalladi va yuqori tezlikda butun maydonni bosib o‘tdi. U ikki himoyachini aldab, Remzini birga bir vaziyatga chiqardi. Aaronning zarbasini Akinfeev oyog‘i bilan qaytardi |
| 27' | ![]() |
VUUUUUH! Dzyuba birga bir vaziyatga chiqdi va jarima maydonchasi ichida zarba berdi. Henessining qo‘lidan to‘p yon tomonga ketdi |
| 26' | ![]() |
Uels qarshi hujum tashkil qilib, o‘ng qanotdan jarima maydonchasi uzatma berildi. Ledli bosh bilan zarba berdi. Akinfeev egalladi |
| 23' | ![]() |
Uels futbolchisi o‘ng qanotdan uzatma berdi. Remzi jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qildi, ammo uni maydonda olib qola olmadi |
| 20' | ![]() |
GOOOOOL! Nil Teylor, 0:2! Bu futbolchi ham birga bir vaziyatga chiqib ketdi. To‘p unga rossiyaliklardan bordi. Dastlabki zarbani Akinfeev qaytardi. Takroriy zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi! |
| 14' | ![]() |
Eslatib o‘tamiz, bugungi o‘yinda Rossiyaga faqat va faqat g‘alaba kerak. Uels hozircha bunga mutlaqo imkon berayotgani yo‘q |
| 9' | ![]() |
GOOOOOOOL! Aaron Remzi, 0:1! Uelslik futbolchi birga bir vaziyatga chiqdi va to‘pni Akinfeevning ustidan oshirib qo‘ydi! |
| 7' | ![]() |
Beyl jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. Rekoshet holatda to‘p burchak tomon ketdi. Akinfeev to‘pga yugurdi, ammo yeta olmadi |
| 6' | ![]() |
Ruslar pozision, uellislkr qarshi hujum tashkil qilishmoqda |
| 2' | ![]() |
VUUUUUH! Beyl o‘ng qanotdan jarima maydonchasi kirdi va chiziq ustida chap oyoqda kuchli zarba berdi. Akinfees zarba qaytardi. Keyin to‘pni egallab zarba bergan hujumchi ofsaydda qolgandi |
| 1' | ![]() |
Smolnikov o‘ng qanotdan havolatib uzatma berdi. Ulsliklar egallab olishdi |
| 1' | ![]() |
O‘yin boshlandi! To‘pni ruslar kiritib berishdi |
| ' | ![]() |
So‘nggi tur oldidan Rossiya hisobida 1, Uelsda 3 ochko mavjud |
| ' | Tuluzadagi stadionda mamlakatlar madhiyalari yangramoqda | |
| ' | ![]() |
"V" guruhi vakillari — Rossiya va Uels terma jamoalari maydonga chiqib kelishmoqda. |
| ' | ![]() |
Xayrli oqshom, qadrli futbol muxlislari! Yevro-2016ni yoriitishda davom etamiz |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|