Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Evropa chempionati

«S» guruhi, 3-tur. 21 iyun, soat 21:00. Bosh hakam: Bosh hakam: Kleman Turpen (Fransiya)

SHIMOLIY IRLANDIYa

0 : 1

GERMANIYa

Mario Gomes (29)
JAMOALAR TARKIBI
01.Maykl Makgovern
04.Garet Makoli
05.Jonni Evans
08.Stiven Devis
11.Konor Vashington
13.Korri Evans
14.Styuart Dallas
16.Oliver Norvud
18.Aaron Xyuz
19.Jeymi Uord
20.Greyg Katkart
  01. Manuel Noyer
03. Yonas Hektor
05. Mats Hummels
06. Sami Xedira
08. Mesut O‘zil
13. Tomas Myuller
17. Jerom Boateng
18. Toni Kroos
19. Mario Gyotse
21. Joshua Kimmix
23. Mario Gomes
ZAHIRA
02.Konor Maklaflin
03.Sheyn Fergyuson
06.Kris Beyrd
07.Nayall Makginn
09.Uil Grigg
10.Kayl Lafferti
12.Roy Kerroll
15.Lyuk Makkallof
17.Paddi Makneyr
21.Josh Magennis
22.Li Xodson
23.Alan Mannus
  02. Shkodran Mustafi
04. Benedikt Hyovedes
07. Bastian Shvaynshtayger (C)
09. Andre Shyurrle
10. Lukas Podolski
11. Yulian Draksler
12. Bernd Leno
14. Emre Jan
15. Yulian Vaygl
16. Antonio Ryudiger
20. Leroy Sane
22. Mark-Andre ter Shtegen

Matn

90+3'
O‘yin tugadi. Germaniya kichik hisobda g‘alaba qozondi va guruhda 1-o‘rinni egalladi. E’tiboringiz uchun raxmat!
90+1'
O‘zilning uzoqdan yo‘llagan zarbasi noaniq ketdi
90'
3 daqiqa qo‘shib berildi
89'
To‘pga egalik qilish bo‘yicha ustunlik nemislarda: 26%-74% !!!
87'
Hektor uzoq masofadan zarba yo‘lladi, juda noaniq
86'
To‘p bilan Germaniya, ular g‘alabaga va guruhdagi 1-o‘ringa yaqin turishibdi
84'
Shimoliy Irlandiyada o‘zgarish. Evans o‘rniga Makginn maydonga tushdi
82'
Gomes!!! Kimmix to‘pni o‘ng qanotdan jarima maydoniga oshirganda, Gomes boshi bilan zarba yo‘lladi. Darvozabon qiyinchilik bilan to‘pni qaytara oldi!
80'
Hektor chap qanotdan to‘pni jarima maydoniga aniq yetkaza olmadi, to‘p maydon tashqarisiga chiqib ketdi
78'
Shimolliklar hujum qilishga urinmoqda, biroq nemislar himoyada yaxshi harakat qilishmoqda
76'
Germaniyada o‘zgarish. Boateng o‘rniga Hyovedes maydonga tushdi
74'
O‘yin surati biroz pasaydi, jamoalar shoshilishmayapti
72'
Germaniya hujumi zarbagacha yetib bormadi, to‘p maydon tashqarisiga chiqib ketdi
70'
Germaniyada o‘zgarish. Xedira o‘rniga Shvaynshtayger maydonga utshdi
70'
Shimoliy Irlandiyada o‘zgarish. Uord o‘rniga Majennis maydonga tushdi
68'
Tashabbus nemislarda, ular to‘pga egalik qilishda yaqqol ustun
66'
Germaniyaning burchak zarbasi yaxshi amalga oshirilmadi. Bundan tashqari hujumda qoida buzildi
64'
Myullerning uzoq masofadan yo‘llagan zarbasidan so‘ng, himoyachilar to‘pni to‘sib qolishdi
62'
Shimolliklar ketma-ket ikki marta burchak zarbasini amalga oshirishdi, ammo xavfli vaziyat yuzaga kelmadi
59'
Shimoliy Irlandiyada o‘zgarish. Vashington o‘rniga Lafferti maydonga tushdi
59'
Xedira uzoq masofadan zarba yo‘lladi, darvozabon qiyinchilik bilan to‘pni qaytara oldi
57'
Devis katta tezlikda yugurib, darvozabon bilan yuzma-yuz chiqishi mumkin edi, Boateng undan to‘pni olib qo‘ydi
55'
Germaniyada o‘zgarish. Gyotse o‘rniga Shyurrle tushdi
55'
Polsha - Ukraina o‘yinida ham hisob ochildi. Polsha gol urdi va jadvalda yana Germaniyaga yetib oldi
54'
Noyer to‘pni jamoadoshiga oshirishda xatoga yo‘l qo‘ydi, biroq shimolliklar vaziyatdan foydalana olishmadi. Himoyachilar to‘pni olib qo‘yishdi
52'
Gyotse chap qanotdan oshirilgan to‘pni yaqin masofadan darvozaga yo‘llay olmadi!
51'
O‘yin tempi tushib ketdi, jamoalar shoshilishmayapti
49'
Shimolliklar to‘pni ko‘proq ushlab turishmoqda, ular vaziyatni yumshatishmoqchi
47'
Germaniya hujumi, Kimmix o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydoniga yetkazdi, darvozabon to‘pni osonlik bilan egallab oldi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
45'
Hech qancha vaqt qo‘shib berilmadi. Birinchi bo‘lim tugadi.
43'
Myuller oshirgan to‘pni Gyotse yaqin masofadan darvozaga yo‘llashga tayyor edi, biroq ofsayd
42'
Shimolliklar burchak zarbasini yaxshi amalga oshirolmadilar. Jarima maydoniga oshirilgan to‘pni Noyer osonlikcha egallab oldi
41'
Xavfli vaziyat!!! O‘zil himoyachilarni o‘ziga jalb qilib, to‘pni jarima maydoni ichida yolg‘iz turgan Gomesga yetkazdi. Gomes yaqin masofadan tayinla zarba yo‘llay olmadi, to‘p maydon tashqarisiga chiqib ketdi
39'
Germaniyaning o‘ng qanotdan uyushtirgan hujumi yakuniga yetmay qoldi, to‘p maydon tashqarisiga chiqib ketdi
37'
Germaniya tezlikni pasaytirmayapti, ketma-ket hujum uyushtirmoqda
35'
Myuller!!! Chap qanotdan Gyotse oshirgan to‘pni bir zarbada darvozaga yo‘llagan edi, yana ustun!
33'
Germaniya tashabbusni golga aylantira oldi. Shimoliy Irlandiya endi hujumga o‘tishi kerak
29'
Gomes to‘pni Myullerga oshirdi, Myuller darvozabon bilan yaqinlashib, uni yerga yiqilishga majbur qildi va to‘pni Gomesga qaytardi. Gomes bo‘sh qolgan darvozani osonlik bilan ishg‘ol etdi!
29'
GOOOL!!! Germaniya!!! Gomes!!!
27'
Myuller! Omadi kelmayapti yigitni! O‘ng qanotdan oshirilgan to‘pni boshi bilan darvozaga yo‘llaganida, to‘p ustunga tegib maydon tashqarisiga chiqib ketdi
26'
Jeymi Uord uzoq masofadan zarba yo‘lladi, to‘p Noyerning oson o‘ljasiga aylandi
25'
Germaniya katta tashabbusga ega, Shimoliy Irlandiya himoyalanmoqda
23'
Myuller!!! Xedira bilan to‘pni devor uslubida o‘ynagan Myuller darvozabon bilan yuzma-yuz chiqib borib, zarba yo‘lladi. To‘p darvoza ustuni yonginasidan o‘tib ketdi
21'
Shimolliklarning chap qanotdan uyushtirgan hujumi natija bermadi, to‘p jarima maydoniga oshirilganda himoyachilar qaytara olishdi
19'
Myuller o‘ng qanotdan, o‘tkir burchak ostida zarba yo‘lladi, to‘p maydon tashqarisiga chiqib ketdi
17'
Germaniyaning uzoq davom etgan hujumi zarbagacha yetib bormadi, Kroos to‘pni oldirib qo‘ydi
16'
Shimolliklarning o‘ng qanotdan uyushtirgan hujumi. To‘p jarima maydoniga yetkazildi, Noyer uni osonlik bilan egallab oldi
15'
Germaniya katta tashabbusga ega bo‘lmoqda, agar vaziyatlardan unumli foydalanganda, hisob yirik ko‘rinish olishi mumkin edi
12'
Yana bir xavfli vaziyat! Gyotse darvozabon bilan yuzma-yuz chiqib zarba yo‘lladi. Darvozbon to‘pni qaytara oldi
11'
O‘zil!!! Jarima maydoniga kirib, yaqin masofadan zarba yo‘llaganida, to‘p darvozabonga tegib, maydon tashqarisiga chiqib ketdi
8'
Myuller!!! O‘zilning ajoyib to‘p oshirishidan so‘ng, darvozabon bilan yakkama-yakka chiqib, zarba yo‘lladi. Darvozabon to‘pni qaytara oldi!
6'
Kroos uzoq masofadan zarba yo‘lladi, to‘pni himoyachilar to‘sib qolishdi
4'
Germaniyaning o‘ng qanotdan uyushtirgan hujumi zarbagacha yetib bormadi
2'
Shimolliklar to‘p bilan, kichik tashabbus ular tomonda
0'
O‘yin boshlandi
'
Sizlarni Shimoliy Irlandiya - Germaniya o‘yiniga taklif qilamiz
'
Assalomu alaykum muhtaram futbol muxlislari!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.