Kirish Ro'yxatdan o'tish

Blog

www.maydon.uz

Maydon.uz blogi

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

Maydon.uz blogi: Qahramon Aslanovdan: Luis Enrikening “mozaika”si

Baho:
+0; -0

Kecha “Barselona” 4:0 hisobida yutishi va bugun biz Messi-yu Suareslarni alqab o‘tirishimiz mumkin edi. Aslida muammo ham shunda – ushbu mavsumda jamoa aslida qanday holatda ekanini bilish qiyin, ajoyib va yomon o‘yinlar doimo almashib turgandek…

Sovrindor murabbiylar ko‘p. Lekin bilasizmi, murabbiyning jamoa sovrinlarida o‘z imzosini qo‘yishi uchun o‘sha paytda o‘sha jamoaning boshqaruvida bo‘lib turgani kifoya qilmaydi. Masalan “Gvardiola Barsasi” deymiz, “Simeone Atletikosi”, “Klopp Borussiyasi” va hokazo. Lekin Yevropa Chempionlar Ligasini yutgan hamma jamoalarga nisbatan bunaqa ta’rif ishlatilmaydi, to‘g‘rimi? “Anchelotti Reali” deganmisiz? “Di Matteo Chelsisi”chi? Hatto juda ko‘p sovrinlarni yutgan murabbiyga nisbatan ham, ba’zida, avvalgi murabbiyning jamoani o‘ynatyapti, deyiladi. Bunday tasniflashning aniq chegarasi qayerda, buni qaysi formula yordamida aniqlash mumkin? Oxirida birgalikda o‘ylab ko‘ramiz buni.

Bir necha yil oldin rus kommentatorlari Devid Vilyaning “Barselona”da o‘ynab ketgani yoki keta olmagani haqida tortishib qolishdi. Jahon chempionatida Ispaniya terma jamoasini chempionlikka yetaklab borgan hujumchi “Barselona”da bor potensialini namoyish qila oldimi yoki yo‘qmi? Mavzu shu edi.

 

Davomi

Kiritilgan sana: 15.02.2017 11:13. O'kildi: 18654 marta.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.