| Baho: |
+0; -0
|

Kataloniyaning "Barselona" jamoasi ushbu mavsumda barcha musobaqalarda jami 15 ta penalti tepish huquqini qo‘lga kiritdi. E’tiborli jihati ana shu 11 metrlik zarbalarning 14 tasi gol bilan yakunlangan. Bu esa kataloniyaliklarning oxirgi paytlardagi eng ajoyib natijasidir. Sezib turganinggizdek, mazkur maqola "Barsa"ning mavsumdagi barcha penaltilariga bag‘ishlanadi.
"Barcelona" ijro qilgan 15 ta penaltini 4 nafar futbolchi tepgan.
Jamoa to‘purari Lionel Messi o‘zi tepgan barcha 8 ta penaltini ham golga aylantira olgan. U chempionatda 5 ta, Chempionlar ligasida 2 ta va kubokda 1 ta 11 metrlikdan gol kiritgan.
Braziliyalik Neymar esa 5 ta penaltining 4 tasidan unumli foydalangan. U chempionat va Chempionlar ligasida bir martadan, kubokda 2 bora penaltidan unumli foydalangan.
"Manchester Siti"ga qarshi kechgan bellashuvda Neymar penaltini ko‘kka sovurgan.
Ivan Rakitich kubok bahslarida "Erkules" darvozasini penaltidan ishg‘ol etgan.
Xaves Maskerano "Osasuna" bilan o‘yinda penaltidan gol urib, jamoa libosidagi 7 yillik faoliyati davomida ilk golini kiritdi. Uning hisobida hozircha 319 ta uchrashuv mavjud.
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|